Bog'liq Mustaqillik yillarida davlat boshqaruvi tizimida amalga oshirilgan islohotlar.
5 Milliy strategiyani amalga oshirish, bajarilishini monitoring qilish hamda moliyalashtirish mexanizmi Milliy strategiyani amalga oshirishda O‘zbekiston Respublikasi davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalari ishtirok etadilar. Shuningdek, Milliy strategiyani amalga oshirishda xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik qilinadi.
Milliy strategiyaning sifatli va samarali bajarilishini nazorat qilishning quyidagi tizimi yo‘lga qo‘yiladi:
1) Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining Milliy strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”da belgilangan vazifalarning amalga oshirilishi yuzasidan:
muntazam monitoring olib borib, chora-tadbirlar sifatli va o‘z vaqtida ijro etilishi bo‘yicha taklif va tavsiyalarni tegishli vazirlik va idoralarga kiritib boradi;
doimiy ravishda aniq ko‘rsatkichlar va erishilgan natijalar aks ettirilgan batafsil axborotni o‘z veb-saytida joylashtirib boradi;
har chorakda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga umumlashtirilgan ma’lumotni kiritib boradi;
axborot-tahliliy sharhlar tayyorlanishi, xorijiy tillarga tarjima qilinishi va e’lon qilinishini ta’minlaydi;
2) Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining Milliy strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”da belgilangan mas’ul ijrochilar o‘zlariga yuklatilgan vazifalar ijrosi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni har oyning 5-sanasiga qadar Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markaziga taqdim etadi;
3) Milliy strategiyaning ijro holati yuzasidan har olti oyda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Rayosati majlislarida vazirlik va idoralarning axboroti tinglanadi;
4) Oliy Majlis palatalari vazirlik va idoralar rahbarlarining Milliy strategiya va uni amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ning ijro holati yuzasidan axborotini har chorakda eshitib, tanqidiy muhokama qilib boradi;
5) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahar xalq deputatlari Kengashlari vazirlik va idoralar hududiy bo‘linmalari rahbarlarining Milliy strategiya va uni amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ning hududlar kesimida ijro holati yuzasidan axborotini har chorakda eshitib, tanqidiy muhokama qilib boradi.
Milliy strategiyaning to‘liq va tizimli amalga oshirilishi seminarlar, konferensiyalar va boshqa tadbirlar doirasida ommaviy axborot vositalarida keng yoritib boriladi.
Shuningdek, inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilish borasida O‘zbekistonda qabul qilinayotgan chora-tadbirlar hamda ularning natijalari to‘g‘risida jamoatchilik hamda xalqaro hamjamiyat tizimli ravishda xabardor qilib boriladi.
Milliy strategiyaning barcha chora-tadbirlari O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi.
Milliy strategiyani amalga oshirish bo‘yicha hamkorlik doirasida xalqaro tashkilotlar va moliya institutlarining mablag‘lari, grantlari hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablag‘lar ham jalb qilinishi mumkin.
III XULOSA