1997 yil 20 oktyabr-Xiva shahrining 2500 yillik yubileyiga bag’ishlangan tantanali marosim o’tkazildi.
2002 yil 2 aprel - Termiz shahrining 2500 yillik yubileyiga bag’ishlangan tantanali marosim bo’lib o’tdi.
2002 yil 1 noyabr- Shahrisabz shahrining 2700 yilligiga bag’ishlangan tantanali marosim bo’ldi.
2003 yil 12 sentyabr- Nukus shahrining 70 yilligi nishonlandi va shahar «Do’stlik» ordeni bilan mukofotlandi.
2006 yil 27 oktyabr - Qarshi shahrining 2700 yilligiga bag’ishlangan tantanali marosim bo’ldi.
2006 yil 2 noyabr - Xorazm Ma'mun akademiyasining 1000 yilligi Xivada tantanali nishonlandi.
2007 yil 24 - 26 may - Samarqandning 2750 yilligiga bag’ishlangan «Samarqand shahrining umumbashariy madaniy taraqqiyot tarixida tutgan o’rni» mavzuida xalqaro ilmiy simpozium o’tkazildi.
2007 yil 25 avgust - Samarqand shahrining 2750 yillik yubileyiga bag’ishlangan tantanali marosim o’tkazildi. Bu marosim Samarqandda 1997 yildan buyon an'anaviy tarzda o’tkazib kelinayotgan «Sharq taronalari» VI xalqaro musiqa festivaliga ulanib ketdi.