V.Darsni yakunlash. O’quvchilar rag’batlantiriladi.
VI.Uyga vazifa: 184- mashq. Topishmoqlarni o’qing, javobini ayting.
1. Shahari bor, odami yo’q, Daryosi bor, suvi yo’q.
2. Oppoq sochli boshlari, Daryo bo’lar yoshlari.
3. To’ni silliq, tuki yo’q, Ichi qizil, po’ki yo’q.
4. Otlari har xil, Yoshlari bir xil.
Ko’chiring. Egalik qo’shimchalarining shaxs-sonini va qanday tovush bilan tugagan otlarga qo’shilganini ayting.
Sana:___________________________________
Mavzu: 6-nazorat ishi va uning tahlili.
Maqsad:a)O’quvchilar olgan bilim ko’nikma va malakalarni rivojlantirish.
b)O’quvchilarda o’rganilgan bilimlarni amalda qo’llash malakasini shakllantirish.
d)O’quvchilarda o’zaro do’stlik, hamjihatlik munosabatlarini shakllantirish
Dars turi:Nazorat darsi
Quyosh sevgan yurt
Quyosh moviy tog‘lar ortidan bosh ko‘taribdi. Bog‘dagi rango-rang gullar unga salom berishibdi. Daraxtlar shoxida qushlar chuldirab sayrabdi. Yaproqlar quyoshni olqishlabdi. Butun olam uning saxiy nuridan baxramand bo‘libdi…
Ko‘hna Turon zaminda insonlar qalbini yorituvchi quyoshlari bor. Bular, Amir Temur, Ibn Sino, Imom al-Buxoriy, Ulug‘bek, Navoiylar!
Bu yurt mustaqil yurt! O‘ziga xon, o‘ziga bek yurt! Bu yurtning odamlari juda mehnatkash! Har yili umid bilan nihol ekishadi. Men ularni parvarishlayman. Qizil olmalarda o‘z aksimni ko‘rganday bo‘laman. Chamanzordagi gullarga nur qo’lim bilan jilo beraman.
(79 so’z)
Rauf Tolib (Diktantlar to‘plami)
Diktantni baholashda quyidagicha mezon belgilanadi
T/R
|
Baholash mezoni
|
Reyting ball
|
1
|
Mutlaqo xatosiz yozilgan; qo‘pol bo‘lmagan bitta imlo yoki bitta tinish belgida xatosi bo‘lsa
|
5
|
2
|
Ikkita imlo va ikkita tinish belgida xatosi bo‘lsa. Xatolar nisbati o‘zgarishi mumkin, lekin ularning umumiy miqdori to‘rttadan, imlo xato esa ikkitadan oshmasligi kerak
|
4
|
3
|
To‘rtta imlo hamda 4 ta tinish belgida xatosi bo‘lsa. Xatolar nisbati 3 ta imlo, 5 ta tinish belgida xato bo‘lsa va boshqa ko‘rinishda ham bo‘lishi mumkin. Ammo imlo xato miqdori 4 tadan oshmasligi kerak.
|
3
|
4
|
Beshtagacha imlo va 5 ta tinish belgida xatosi bo‘lsa
|
3
|
5
|
7 tagacha imlo va tinish belgida xatosi bo‘lsa
|
2
|
6
|
9-10 tagacha imlo va tinish belgida xatosi bo‘lsa
|
1
|
7
|
11-13tagacha imlo va tinish belgida xatosi bo‘lsa
|
|
8
|
14 tagacha imlo va tinish belgida xatosi bo‘lsa
|
|
9
|
Xatolar miqdori 15 tadan ortsa.
|
|
Eslatma: 1. Diktantdagi xatolar nisbatan turlicha ko‘rinishda bo‘lishiga qaramay, baholashda imlo xatolar miqdori asosiy chegara sanaladi.
Agar diktantdagi tuzatishlar miqdori 5 tadan ortiq bo‘lsa, baho 1 ballga pasayadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |