Darsning tarkibiy qismi
(bosqichlari)
|
Ajratiladigan vaqt (reglament)
|
1
|
Tashkiliy qism
|
5 daqiqa
|
2
|
Ma’naviyat daqiqasi
|
3
|
O‘tilgan mavzuni takrorlash
|
5 daqiqa
|
4
|
Yangi mavzuni tushuntirish
|
25 daqiqa
|
5
|
Mustahkamlash
|
5 daqiqa
|
6
|
O‘quvchilarni baholash
|
5 daqiqa
|
7
|
Uyga vazifa berish
|
DARSNING BORISHI:
Tashkiliy qism: O‘quvchilar bilan salomlashib, sinf xonasining darsga tayyorlik darajasini tekshirish, davomatni aniqlash.
Ma’naviyat daqiqasi: O‘quvchilar bilan kunning muhim iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy, axloqiy-tarbiyaviy yangiliklari xususida qisqacha suhbat tashkil etish, ularga nisbatan o‘quvchilarning mustaqil yondashuvini tinglash, bahs-munozara uyushtirish.
O‘tilgan mavzuni takrorlash: O‘quvchilar bilan quyi sinflarda olingan bilimlarni og‘zaki yoki tarqatmali materiallar asosida takrorlash – savol-javob o‘tkaziladi. Mustaqil o‘qish uchun berilgan topshiriqlar o‘quvchilardan so‘raladi.
Yangi mavzu bayoni: O‘quvchilarga yangi mavzu yuzasidan quyidagi tushunchalar beriladi.
Sir emaski, hamma zamonlarda dramatik asarlar bevosita sahna hayoti bilan bog‘liq bo‘lib kelgan. Muallif qahramonlarining sahnada o‘zlarini tutishlarini va o‘sha asarni tomoshabin qanday qabul qilishini ko‘z oldiga keltirishi hamda syujet voqeligining barcha komponentlarini puxta o‘ylashi kerak. Boshqa adabiy tur va janrlar bilan dramatik asarlar taqqoslanganida uning poetik xususiyati va tarkibiy tuzulishini yaxshi anglab olish mumkin. Dramatik asar voqelikning o‘ziga xos badiiy talqini bo‘lgani uchun obrazlar tabiati ham dialogik va monologik nutq, xatti-harakat, imo-ishora, sukut,
yig‘i yoki kulgi kabi sahnaga xos tasviriy-psixologik vositalar yordamida ochiladi. Tabiiyki, bu omillar sahna asarining umrboqiyligini ham belgilaydi. Umuman, bugungi o‘zbek dramaturglari ozod yurt yoshlarining ma’naviyati yuksak, axloqi pok, ruhiy olami mustahkam bo‘lishiga o‘zlarining munosib hissalarini qo‘shmoqda. Har qanday badiiy asarda insonlarning ma’naviy kamoloti yoki tubanlashuvining obrazli tasviri muhim sanaladi. Jumladan, mustaqillik davri o‘zbek dramalarida ham zamon kishilari yoki tarixiy shaxslarning odilligi, haqgo‘yligi, xolisligi, olimligi, sadoqati, mardligi hamisha shu insoniy fazilatlarning zidi bo‘lgan axloqiy-ma’naviy tushunchalar bilan
yonma-yon muhokama qilinadi. Tabiiyki, bunday murakkab va ziddiyatli hayot girdobiga tushgan qahramonlar orasidan har doim yuksak insoniy kamolot darajasiga ko‘tarilgan chin ma’nodagi yuragi butun shaxslar g‘olib bo‘lishadi.
Mustahkamlash: Darsning ushbu qismida o‘quvchilar dars yakunida quyida berilgan topshiriqlar va savollarga javob beradilar:
5. Orol bobo farzandlariga xos bo‘lgan sifatlarga baho bering?
6. Orol bobo va uning shogirdlari munosabatini matnga asoslangan holda sharhlang.
7. Amet nima uchun ovulga qaytdi?
8. Drama mavzusini hozirgi kun ekologiya muammosi bilan qiyoslab tushuntiring.
Do'stlaringiz bilan baham: |