Mavzu:Mustaqil O’zbekiston Respublikasining tashkil topishi va uning tarixiy ahamiyati Reja: 1.O’zbekiston mustaqillikka erishish arafasida ijtimoiy-iqtisodiy,siyosiy ahvol. 2.O’zbekiston Respublikasining tashkil etilishi. 3. . XX asrning 80-yillari oxirida O’zbekistondagi ijtimoiy-siyosiy hayot.Ma`lumki, XX asrning 70-80 yillarida SSSRda iqtisodiyotning rivojlanish sura’ti tobora pasayib, sarf-xarajatlari ortib bordi. Mavjud imkoniyatlarni hisobga olmasdan ishlab chiqilgan ijtimoiy, oziq-ovqat, agrar, energetika, ekologiya va boshqa sohalardagi dasturlar samara bermadi, iqtisodiy ziddiyatlarni chuqurlashtirib yubordi. Farg’ona fojeasi. Qayta qurish millatlararo munosabatlarning keskinlashuvida ham o’z aksini topdi. Uzoq yillar davomida to’planib, shakllangan ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, madaniy sohadagi muammolarning millatlararo munosabatlarga ta’sir etmasligi mumkin emas edi. 1989 yil may-iyun oylarida Farg’ona, Toshkent viloyatlarida va Andijon shahrida millatlararo mojarolar ro’y berdiki, u respublikada va butun mamlakatda g’oyat darajada katta shov-shuvlarga sabab bo’ldi hamda respublikada siyosiy vaziyatning keskin tus olishiga olib keldi. Ma’lumki, ikkinchi jahon urushi yillarida mustabid tuzum tomonidan deportatsiya qilingan bir qator xalqlar qatorida mesxeti turklari ham bo’lib, ular asosan aholi zich yashaydigan Farg’ona viloyatiga, bir qismi Andijon, Namangan va Toshkent viloyatlariga joylashtirilgan, buning oqibatida esa ijtimoiy-iqtisodiy va millatlararo munosabatlarda qo’shimcha muammolar yuzaga kelgan edi. Bu muammoga sovet davlati o’z vaqtida e’tibor bermadi. Aksincha, «rivojlangan sotsializm» davriga kelib SSSRda «milliy masala butunlay hal qilindi» deb «tantana» qilindi. Mahalliy yoshlar bilan mesxeti turklar o’rtasida to’qnashuv kelib chiqdi va bu mojaro Farg’ona vodiysida ommaviy tus oldi. Respublikaning siyosiy rahbariyati yuzaga kelgan bu murakkab vaziyatni to’g’ri baholay olmadi. Natijada, oddiy mojaro Farg’ona, Marg’ilon, Toshloq, Qo’qon, Andijon, Namangan, Toshkentda aholining, ayniqsa, yoshlarning ommaviy chiqishlariga, millatlararo to’qnashuvlarga sabab bo’ldi.
. XX asrning 80-yillari oxirida O’zbekistondagi ijtimoiy-siyosiy hayot.Ma`lumki, XX asrning 70-80 yillarida SSSRda iqtisodiyotning rivojlanish sura’ti tobora pasayib, sarf-xarajatlari ortib bordi. Mavjud imkoniyatlarni hisobga olmasdan ishlab chiqilgan ijtimoiy, oziq-ovqat, agrar, energetika, ekologiya va boshqa sohalardagi dasturlar samara bermadi, iqtisodiy ziddiyatlarni chuqurlashtirib yubordi.
Farg’ona fojeasi. Qayta qurish millatlararo munosabatlarning keskinlashuvida ham o’z aksini topdi. Uzoq yillar davomida to’planib, shakllangan ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, madaniy sohadagi muammolarning millatlararo munosabatlarga ta’sir etmasligi mumkin emas edi.
1989 yil may-iyun oylarida Farg’ona, Toshkent viloyatlarida va Andijon shahrida millatlararo mojarolar ro’y berdiki, u respublikada va butun mamlakatda g’oyat darajada katta shov-shuvlarga sabab bo’ldi hamda respublikada siyosiy vaziyatning keskin tus olishiga olib keldi. Ma’lumki, ikkinchi jahon urushi yillarida mustabid tuzum tomonidan deportatsiya qilingan bir qator xalqlar qatorida mesxeti turklari ham bo’lib, ular asosan aholi zich yashaydigan Farg’ona viloyatiga, bir qismi Andijon, Namangan va Toshkent viloyatlariga joylashtirilgan, buning oqibatida esa ijtimoiy-iqtisodiy va millatlararo munosabatlarda qo’shimcha muammolar yuzaga kelgan edi. Bu muammoga sovet davlati o’z vaqtida e’tibor bermadi. Aksincha, «rivojlangan sotsializm» davriga kelib SSSRda «milliy masala butunlay hal qilindi» deb «tantana» qilindi.
Mahalliy yoshlar bilan mesxeti turklar o’rtasida to’qnashuv kelib chiqdi va bu mojaro Farg’ona vodiysida ommaviy tus oldi. Respublikaning siyosiy rahbariyati yuzaga kelgan bu murakkab vaziyatni to’g’ri baholay olmadi. Natijada, oddiy mojaro Farg’ona, Marg’ilon, Toshloq, Qo’qon, Andijon, Namangan, Toshkentda aholining, ayniqsa, yoshlarning ommaviy chiqishlariga, millatlararo to’qnashuvlarga sabab bo’ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |