Mavzu: Mustahkamlash
Maqsadlar:
Ta`limiy: O`quvchilarga inson tabiatning bir bo`lagi ,shu bois, uni asrash insonning burchi ekanligi haqida ma`lumot berish.Har bir o`quvchida nima uchun yerni onalar nomi bilan bog`lab aytishimiz haqida tushuncha hosil qilish;
Tarbiyaviy:O`quvchilarning ekologik madaniyatini yuksaltirish,ona tabiatga daxldorlik hissini uyg`otish;
Rivojlantiruvchi: Tabiatga va uning ne`matlariga mehr uyg`otish, qadrlash va asrab-avaylashga o`rgatish;
Dars turi: noan`anaviy
Dars metodi: savol-javob,didaktik o`yinlar,suhbat.
Dars jihozi:kompyuter,mavzularga doir rasmlar, didaktik va tarqatma materiallar.
Darsning borishi:
Tashkiliy qism: salomlashish,
tozalikni tekshirish,
davomatni aniqlash,
O`qituvchi: - Salom aziz bolajonlarim,
Ko`zlari munchoqlarim!
O`quvchilar: Ko`ksimizda qo`limiz
Biz odobli bolamiz
Hurmat bilan hammaga
Doim salom beramiz.
O`qituvchi: Bir haftada yetti kun
Yetti kunda,yetti tun.
To`g`ri ayting bolalar,
Ayting bu kun qaysi kun.
(Navbatchining axboroti tinglanadi.)
Bugun hafta kunining
Oltininchisi bo`ladi.
Olloh ushbu kuniga
Katta nazar solibdi
Yaxshilik farishtasi
Yer yuzida qolibdi.
Barcha ezgu niyatlar
Ushbu kunning o`zida
Ijobat ham bo`libdi.
O`qituvchi: Darsimiz nima ekan?
O`quvchilar: Tabiat
O`qituvchi: Tabiat fanining shiori
O`quvchilar: Tabiat o`z onamiz
Uni jondan sevamiz.
O`qituvchi: Bugun hamma sog`lommi
Darsga to`liq tayyormi?
O`quvchilar: Ustoz bizlar sog`lommiz,
Darsga doim tayyormiz.
O`qituvchi: Aziz o`quvchilar endi uyga berilgan vazifani so`rab baholayman.
(Bahosi yo`q o`quvchilarni chiqarib “Kun va tun.Yil fasllari”mavzusini so`rayman va qo`shimcha savollar orqali savol-javob o`tkazib baholayman.)
O`tilgan mavzuni mustahkamlash: Yer shari o`z aylanish o`qi atrofida to`liq bir marta aylanib chiqishiga ketadigan vaqt sutka deyiladi.
Yer sharining Quyosh yoritib turgan tomoni kun,orqa tomoni tun bo`ladi.O`z o`qi atrofida aylanish tufayli yer yuzida kun vat un almashinadi.
Yer sharining o`z o`qi atrofida aylanishidan kun va tun almashinadi.
Yer sharining Quyosh atrofida bir marta aylanib chiqishi uchun ketadigan
vaqt yil deb ataladi.
Yer sharining Quyosh atrofida bir tomonga og`gan holatda aylanishidan yil
fasllari hosil bo`ladi.
O`qituvchi: Bugun oddiy dars emas
Balki sinov darsidir
O`tib olsak sinovdan,
Bu hammaga yaxshidir.
Aziz o`quvchilar bugungi darsimiz mustahkamlash darsi bo`lganligi uchun II guruhga bo`linib shartlar asosida didaktik o`yinlar o`tkazamiz .Marhamat guruhlar o`z guruhingiz nomini ta`riflang.
I-guruh.Yomg`ir II-guruh.Kamalak
Ey, kamtarin yomg`irjon, Turfa rangli kamalak,
Menga juda yoqasan. Yomg`irdan so`ng chiqadi.
Quvnab-quvnab sho`x kuylab, Dillarni quvontirib,
Qay manzilga oqasan. Sochar rangin jilolar.
O`qituvchi: O`quvchilar bugun biz sizlar bilan maktabimiz raketasida koinotga sayohatga chiqamiz .Birinchi yulduzlarga sayohat qilamiz.Tayyormisiz.
O`quvchilar baravariga ha javobini berishadi.
O`qituvchi: Yulduzlar haqida nimalarni bilasiz?
Sevinch: Tunlari osmonda son-sanoqsiz yulduzlar ko`rinadi.Yulduzlar bizga mitti bo`lib ko`rinsada,aslida ularning har biri juda ulkan.Yulduzlarbizdan nihoyatda olisda olovdek yonib turgan shar shaklidagi ulkan osmon jismidir.Ulardan taralayotgan nurlar 1 sekundda 300000 km masofani bosib o`tadi.Eng yaqin yulduzning nuri bizga 4 yilda yetib keladi.
Rayxona: Agar diqqat bilan kuzatadigan bo`lsangiz, yulduzlar rang-barangdir.Ayrim yulduzlar oqish yoki ko`kimtir.Ular eng qaynoq yulduzlardir.
Laziz:Ayrim yulduzlar qizg`ish tusda bo`ladi.Bulutsiz tunda 3000 taga yaqin yulduzni ko`ra olishimiz mumkin.
O`qituvchi:Ko`rinadigan yulduzlar ortida ham son-sanoqsiz yulduzlar mavjud.Olimlar azaldan yulduzlarlarni o`rganishga qiziqqanlar.Buyuk alloma munajjim bobomiz kim?
Noila: Mirzo ulug`bek u Samarqandda maxsus inshoot-rasadxona qurdirgan.
Samarqandda bor deysiz mudom
Ey munajjim Ulug`bek bobom.
Fan ko`ksida yashaysiz mudom
Ardoqlaydi ko`xnayi jaxon.
O`qituvchi: Keyingi sayoxatimiz Quyoshga
Odina: Quyosh tunlari yog`du sochib turgan osmondagi yulduzlardan biridir.Yulduzlar qanday holatda bo`lsa,Quyosh ham shunday holatda bo`ladi.Quyosh sarg`ish rangli o`rtacha kattalikdagi yulduz hisoblanadi.Quyosh nuri yerga 8 minutda yetib keladi.Quyosh bizga eng yaqin bo`lgan yulduzdir. Quyosh sirtidagi harorat +6000 atrofida bo`ladi.
O`qituvchi:Raketada Quyoshga qanchada borish mumkin?
Odina: Quyoshga raketada 5 oyda yetib borish mumkin.Masofa esa 150 000 000 km ni tashkil etadi.
O`qituvchi: Quyosh atrofida nechta sayyora aylanib turadi?
Ravshan: 8ta sayyora aylanib turadi.1- Merkuriy-sayyoralarning eng kichigidir. Uning diametri Yernikidan deyarli 3 marta kichik.Sirtida tuproq yo`q.Sirti tosh va qumliklardan iborat.
Shaxzoda: Venera – Bu sayyora Yerdan biroz kichik.U yorqin yulduzdir. Bobokalonlarimiz uni Zuhro yulduzi deb yuritishgan.Venerada hayot yo`q.
Sarvar: Mars- diametri yernikidan 2 marta kichik.Uning tashqi ko`rinishi qizg`ish rangda.Sayyora sirti toshva qumliklardan iborat.sirtida tog`lar ko`p. Sayyorada
hayot yo`q.
Ruxshona – Yupiter: eng katta sayyora hisoblanadi.Uning diametric yernikidan 11 marta katta.Uning sirtida tog`lar va chuqurliklar yo`q.Sirti suyuq holatda bo`ladi.
Shaxzod : Saturn- ham ulkan sayyoradir.U yupiterdan biroz kichikroq.Saturn halqali sayyoradir.Uning halqalari turli qattiq jismlar va changlardan iborat.
Muxlisa: Uran – sayyorasi diametri Yernikidan 3 marta katta.Sirti vodorot,geliy, metan kabi gazlardan iborat.
Muxlisa: Neptun- Uran sayyorasidan biroz katta.Sirti suyuq holatdagi moddalardan iborat.Sirtidagi harorati – 200 C ni tashkil etadi.
(Keyin 8 ta sayyora Quyosh atrofida aylanishi ko`rsatiladi.)
O`qituvchi: Kometa nima?
Anvar: Kometa- bu bosh va dumdan iborat bo`lgan Quyosh sistemasidagi osmon jismi kometa deb ataladi.Ularning uzunligi 200 million kmdan ortiq.
O`qituvchi: Ha boshi temir va toshdan, dumi esa gaz va changlardan iborat bo`lgan ulkan osmon jismi yerga katta tezlik bilan to`qnashsa yerga ta`sir ko`rsata olmaydi, chunki Yerning sirti havo bilan qoplangan.U havoda yonib ketadi.
O`qituvchi: Meteor nima ?
Temur: Havoda yonib,yorug` iz qoldiradigan osmon jismi meteor deb ataladi. Meteorlar kam hollarda yonib tugamasdan yerga tushadi. Yerga tushgan meteorlar meteoritlar deb ataladi.Ular asosan tosh, temir va boshqa moddalardan iborat.Yerni o`rab turgan havo bizni meteorlardan himoya qiladi.
O`qituvchi;Keyingi sayohatimiz Oyga .Qani Oy haqida nimalar bilasiz.
Muzaffar: Oy ona emish,bolasi yulduz,
Alla aytarmish oppog`im qunduz.
Ko`zim nurinisenga tutdimo
Otangday bo`l deb yo`ling tutdimo
O`qituvchi : Tabiiy yo`ldosh nima?
Ro`ziboy: Quyosh atrofida sayyoralar aylanib yurganidek, sayyoralarning atrofida ham osmon jismlari aylanadi.Sayyoralar atrofida doimiy aylanib yuradigan yirik osmon jismi tabiiy yo`ldosh deb ataladi.
Anvar: Oy yer atrofida 27 kun-u 8 soatda bir marta aylanib chiqadi.Uning diametric 3500 km,yani Yernikidan 4 marta kichik.Uning Yerdan uzoqligi 384 400 km gat eng. Oy ham shar shaklidadir.
Sevinch: Oyda hayvonlar ham,o`simliklar ham yo`q.Uning sirtida jonsiz tabiat hukm suradi. Oyda hayot uchun zarur bo`lgan havo ham,suv ham mavjud emas.Oyda kunduzi harorat +120 C,160 C bo`ladi.Oy yuzida havo yo`q.
O`qituvchi: (Slayt asosida ko`rsatib tushuntiradi)
Yerdan Oyning ko`rinishi turli holatda bo`ladi.
1.Hilol oy 2. Yarim oy 3.To`lin oy
O`qituvchi: Endi sayohat sizlarga yoqqan bo`lsa,ona yerga qaytamiz.Yer haqida nimalar bilasiz?
Noila: Yer-sharining diametric 12 800 km ni tashkil etadi.Ekvator uzunligi, ya`ni Yer sharining qoq o`rtasidan o`tkazilgan aylana 40 000 km gat eng.Yer sharining ichki tuzilishini 3 qismga ajratish mumkin.
O`qituvchi: To`g`ri Yer sharini uch qismga ajratish mumkin.1-qism – Yer sharining yadrosi.2-qism – Yer sharining mantiyasi. 3- qism – Yer po`sti. U turli moddalardantashkil topgan.Hamma jismlarning usti ham osti ham bo`ladi.Lekin Yer sharining usti ham ,osti ham yo`q.Yer sharining kichraytirilgan tasviri, ya`ni modeli globus deb ataladi.Globus shar degan ma`noni bildiradi.Dastlabki globuslardan birini buyuk alloma Abu Rayhon Beruniy yaratgan.Yarimshar shaklidagi bu globusning diametric 5 m ga teng bo`lgan.Oradan deyarli 500 yil o`tgandan keyingina ispan sayyohi Xristofor Kolumb Yer sharining orqa tomonidagi quruqlikni – Amerika qit`asini kashf etgan.
O`qituvchi : Sayhat sizga yoqqan bo`lsa ,endi sizlar bilan dam olish daqiqasini o`tkazamiz. Darsimizni o`qish darsiga bog`laganholda qizziq bir masalni tomosha qilamiz.
(Sahnaga ertakchi,tulki kiyimini kiygan o`quvchi,qarg`a chiqadi va “Qarg`a va Tulki masalini namoyish qilishadi.)
O`qituvchi: Mazza qilib dam olgan bo`lsangiz , qani menga aytingchi tulki qayerda yashaydi? U qanday yo`l bilan pishloqqa ega bo`ldi?
O`quvchi: U o`rmonda yashaydi va biz uni bilamizki u ayyor bo`ladi.
O`qituvchi: Juda ham to`g`ri, endi sizlarning topqirligingizni sinash uchun sport maydonchasiga boramiz.Darsimizni jismoniy tarbiya faniga bog`lagan holda “Bumerang” usulidan foydalanib savol-javob o`tkazamiz.Unga qadar guruh sardorlari doskada“Klaster “ usulida “Jonli va jonsiz “tabiatni ta`riflashadi.
“Bumerang” o`yini :Bu o`yinda o`qituvchi savol berib qo`lidagi to`pni xoxlagan o`quvchiga otadi,o`quvchi savolga javob berib to`pni o`qituvchiga qaytaradi.
Baholash: G`olib guruhni ranli guldastalar orqali aniqlanadi.G`olib guruh va faol ishtirok etgan o`quvchilar rag`batlantiriladi va baholanadi.
Uyga vazifa : O`tilgan mavzularni takrorlash va “ona tabiat” mavzusida rasm ishlab kelish.
O`qituvchi: Ilmu odob,mehringizdan
Hurmatingiz yuksaldi.
Quvvat olib sehringizdan,
Darsimiz ham tugadi.
O`quvchilar: Har narsaga bordir sarhisob,
Har narsaning yakuni bordir.
Umrimizning o`zi bir kitob
Darsimizning yakuni bordir.
Xayr salomat bo`ling.
Do'stlaringiz bilan baham: |