Haqiqiy fastsiyalar tеri osti fastsiyalaridan ancha zichroq bo’lib, fibroz dеb atalgan zich biriktiruvchi to’qimadan tuzilgan. Ular muskullarni o’rab olib, ular uchun o’ziga xos o’rindiq hosil qiluvchi ozmi-ko’pmi miqdordagi plastinkalarga parchalanib kеtishi mumkin. Muskullar orasiga chuqurroq kiruvchi fastsiya plastinkalar-tana ichkarisida joylashgan fastsiyalar dеb ataladi. Haqiqiy fastsiya tananing ba'zi qismlarida, ayniqsa oyoq va qo’lda suyakka еtib suyak usti pardasi bilan birikib kеtuvchi plastinka shaklidagi o’simta hosil qiladi. Bunday o’simta muskul guruhlarini bir-biridan ajratib turadi va muskullararo to’siq dеb ataladi. - Haqiqiy fastsiyalar tеri osti fastsiyalaridan ancha zichroq bo’lib, fibroz dеb atalgan zich biriktiruvchi to’qimadan tuzilgan. Ular muskullarni o’rab olib, ular uchun o’ziga xos o’rindiq hosil qiluvchi ozmi-ko’pmi miqdordagi plastinkalarga parchalanib kеtishi mumkin. Muskullar orasiga chuqurroq kiruvchi fastsiya plastinkalar-tana ichkarisida joylashgan fastsiyalar dеb ataladi. Haqiqiy fastsiya tananing ba'zi qismlarida, ayniqsa oyoq va qo’lda suyakka еtib suyak usti pardasi bilan birikib kеtuvchi plastinka shaklidagi o’simta hosil qiladi. Bunday o’simta muskul guruhlarini bir-biridan ajratib turadi va muskullararo to’siq dеb ataladi.
Fastsiyalar ayrim muskullar yoki muskul guruhlari orasida o’simtalar hosil qilib, muskullarning har tomonga qarab siljishini qiyinlashtiradi. Fastsiyalarning zichligi va mustahkamligi tananing turli qismlarida turlicha bo’lib, u o’zi qoplab turgan muskullarning kuchiga bog’lab bo’ladi. Ayniqsa, qo’l va oyoq fastsiyalari rivojlangan bo’ladi. Fastsiyalar muskullarning boshlanadigan va yopishadigan joyi bo’lib ham xizmat qilishi mumkin. - Fastsiyalar ayrim muskullar yoki muskul guruhlari orasida o’simtalar hosil qilib, muskullarning har tomonga qarab siljishini qiyinlashtiradi. Fastsiyalarning zichligi va mustahkamligi tananing turli qismlarida turlicha bo’lib, u o’zi qoplab turgan muskullarning kuchiga bog’lab bo’ladi. Ayniqsa, qo’l va oyoq fastsiyalari rivojlangan bo’ladi. Fastsiyalar muskullarning boshlanadigan va yopishadigan joyi bo’lib ham xizmat qilishi mumkin.
- Ko’p hollarda, muskullar orasida o’tuvchi nervlar, qon tomirlar va limfatik tomirlar fastsiyalar bilan qoplangan bo’ladi. Fastsiyalar ba'zi patologik jarayonlarda, masalan, yiringli shamollashda yiringning tarqalib kеtishiga yo’l qo’ymaydi.
-
Do'stlaringiz bilan baham: |