Mavzu: Musiqa ta'limi ijodiy faoliyatlari shakllari va turlari.
Reja:
Kirish.
O'quvchilarga ijodiy faoliyat turlarini o'rgatish.
Shaxs ijodiy faoliyatininng psixologik-pedagogik tahlili.
Qo`shiq ijrochiligi orqali o`quvchilarni ijodiy faoliyatga o'rgatish metodi.
Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar.
Kirish
Respublikamiz ta'lim tizimida so'nggi yillar mobaynida yosh avlodni aqliy, jismoniy va ma'naviy kamolotga yetkazishda tub islohotlar amalga oshirildi. ―Kadrlar tayyorlash milliy dasturi‖da uzluksiz ta‘limning barcha bo‗g‗inlarida ta‘lim oluvchilarning huquqiy, iqtisodiy bilimlarini oshirish, tahsil oluvchilarning ta‘lim-tarbiyasini takomillashtirish, madaniyatli va o‗z e‘tiqodiga sodiq yoshlarni tarbiyalashga bo‗lgan e‘tiborni har qachongidan ham kuchaytirish zarurligiga alohida urg‗u berilgan. Zero, Prezidentimiz I.A.Karimov ta'kidlab o'tganidek: ―Bu murakkab dunyoning azaliy va abadiy muammolari, shu bilan birga, har bir davrning dolzarb masalalariga har tomonlama asosli ilmiy javoblar topilgan taqdirdagina ma'naviyat olami yangi ma'no-mazmun bilan boyib boradi. Boshqacha aytganda, har bir ilmiy yangilik, yaratilgan kashfiyot - bu yangicha fikr va dunyoqarashga turtki beradi, ma'naviyatning shakllanishiga o'ziga xos ta'sir o'tkazadi‖.Umumta‘lim maktablarida o'quvchilarni musiqiy qobiliyatlarini rivojlantirish, uning samaradorligini oshirish shuning uchun ham muhimki, ular yosh xususiyatlariga ko'ra mustaqil faoliyat yuritish, hayotiy maqsadini belgilab olishga nisbatan jiddiy munosabatda bo'ladilar. ―Kadrlar tayyorlash milliy dasturi‖da uzluksiz ta'limning barcha bo'g'inlarida ta'lim oluvchilarning huquqiy, iqtisodiy bilimlarini oshirish, tahsil oluvchilarning ta'lim-tarbiyasini takomillashtirish, madaniyatli va o'z e'tiqodiga sodiq yoshlarni tarbiyalashga bo'lgan e'tiborni har qachongidan ham kuchaytirish zarurligiga alohida urg'u berilgan. Jamiyat a'zolarining ijtimoiy faolligi ularning qobilyati, ilmiy salohiyati hamda ilmiy dunyoqarashi bilan belgilanadi. Hozirgi davrda taraqqiy etgan davlatlarning iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy va madaniy ravnaqi fan taraqqiyoti bilan chambarchas bog'liqdir. Kadrlar tayyorlash milliy modelida fanning tabiat va jamiyat to'g'risidagi fundamental va amaliy tadqiqotlarni rivojlantirish, yuqori malakali kadrlar tayyorlash jarayonini ilmiy jihatdan ta'minlash infrastrukturasini vujudga keltirish, mamlakatimiz ilm-fanining jahon ilm-faniga integrasiyasini tashkil etish kabi vazifalar belgilab berilgan. Bunday dolzarb vazifalar tizimida yosh avlodni qobiliyatlarini rivojlantirish masalasi alohida ahamiyat kasb etadi. Chunki ta'lim sohasidagi islohotlar faqat malakali kadrlar tayyorlashga xizmat qilib qolmay, balki fuqarolik jamiyatining qobiliyatlarini rivojlantirishga ham qaratilgandir. Bunday qarashlar bitiruv malakaviy ishimiz mavzusini “"Musiqa talimida ijodiy faoliyat turlari va ularni o‘rgatish uslublari" tarzida tanlanishiga asos bo'ldi.
Tadqiqotimiz maqsadi musiqiy ta'lim jarayonida ijodiy faoliyatni tashkil etish yo'llari va usullaridan foydalanishning imkoniyatlarini nazariy va amaliy jihatdan yanada chuqquroq o‗rganish va maktab o‗quv tizimiga tadbiq etish.
Do'stlaringiz bilan baham: |