Ovoz apparati.
Tovush hosil bo’lishi ovoz apparatining harakati natijasida sodir bo’ladi. Bu apparat uch qismdan iborat.
1. Nafas organlari (o’pka, bronx, traxeya) tamoqning nafas yo’li.
2. Xiqqildoq (ovoz pardalari joylashgan qismi).
3. Rezonatorlar (yutqli og’iz va burun).
Ovoz apparatining har bir qismi bir-biri bilan chambarchas bog’langan. Tovush hosil qilish uchun o’pkadan chiqayotgan xavo oqimi bronx traxeya orqali tomoqqa keladi va u yerda ovoz pardalari to’sig’iga uchraydi. Havo bosimi ta’sirida ovoz pardalari harakatga kiradi, ularning takroriy ochilib yopilishi va tebranishi natijasida havo to’lqinlari tovush hosil qiladi.
Tovush hosil qilish bilan bog’liq bo’lmagan holdagi odamdagi nafas olish jarayonida ovoz pardalari sokin holatda bo’ladi, havo uch burchak shaklidagi ovoz teshigidan erkin o’tadi. Tovush hosil bo’lishida ovoz teshigi torayadi.
Bolalar ovozi ko’krak aralash va bosh registrlaridan iborat. Bolalar ovozi uchun bosh qismining baland rezonanslanishi hosdir. Bolalar ovoz apparatining tuzilish va rivojlanishi hususiyatlariga qarab har bir yosh gruppasi individual registrdagi ovoz to’zilishiga ega. Kichik gurux bolalari (7 dan 10 yoshgacha) ovozining diapazoni kichik bo’lib yengil fal’tset (bosh registrdagi) sadosi bilan ajratib turadi.
O’rta yoshdagi bolalar ovozlarida (11 – 13 yosh) ayniqsa, o’g’il bolalarda ko’proq registrdagi tovush elementlari paydo bo’lib, diapazon kengayadi. Bu yoshdagi bolalar ovozining diapazonida uchala registr (bosh aralash ko’krak) ajralib turadi va kuylash vaqtida mikst (aralash) registri tovushlari ishlatiladi.
Katta gurux yoshidagi bolalar ovozida (14 – 16 yoshlarda) tembr aniqligi, voyaga yetgan ovoz elementlari paydo bo’ladi. Lekin amalda mikst (aralash) registri tovushlari saqlanadi.
Ovozning registr to’zilishi:
Kichik oktava si-dan birinchi oktava fa-gacha past.
Birinchi oktava sol-dan ikkinchi oktava fa-gacha o’rta.
Ikkinchi oktava sol-dan uchinchi oktava do-gacha yuqori.
Bolalar ovozida:
Diskant (saprano) birinchi oktava mi-bemol, fa.
Fal’tsetga o’tishda esa ikkinchi oktava mi-bemol, fa.
Al’t tovushlar birinchi oktava mi-bemol, fa yuqorisi esa ikkinchi oktava do-diez, mi-bemol.
Vokal pedagogikasining birdan-bir vazifasi xonanda ovozi registrlarini tekkislab, bir xil sadolashini ta’minlashdir. Turli registrdagi ovoz sadosining hususiyati tessitura tushunchasi bilan bog’liq. Tessitura ovoz, xor partiyasi yoki diapazonning bir qismi bo’lib, asarda eng ko’p qo’llaniladigan tovushlar hisoblanadi.
Tessitura past, o’rta, yuqori bo’lishi mumkin. Ovoz erkin va tabiiy yuzaga keluvchi o’rta tessitura qulay hisoblanadi. Yuqori va past tessituralar xonandalar uchun qiyinchilik tug’diradi, chunki uzoq vaqt kuylash davomida ortiqcha kuch sarflanadi va bu esa ovozni charchatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |