Mavzu: Murakkab o’g’itlar mikroo’g’itlar



Download 22,92 Kb.
bet1/2
Sana20.06.2022
Hajmi22,92 Kb.
#683235
  1   2
Bog'liq
8M


MAVZU: Murakkab o’g’itlar mikroo’g’itlar.


Reja:
Kompleks o’g’itlar: murakkab, murakkab aralash va aralashtirilgan o’g’itlar.


Kompleks o’g’itlarni qo’llashning o’ziga xos tomonlari.
Mikroelementlar va mikroo’g’itlar.
Mikroelementlarning o’simliklar
hayotidagi o’rni va turli tuproqlardagi miqdori.

Aralash mineral o’g’itlarni xo’jaliklarning o’zidja ham tayyorlash mumkin. Lekin xo’jaliklarda mineral o’g’itlarni talab darajasida aralashtiradigan mexanizmlar mavjud emas.


Shuning uchun xo’jaliklarda odamlar o’g’itlarni yerga solishdan oldin qo’lda aralashtirib, keyin soladilar.
O’g’itlar aralashmalarini tayyorlashda ma'lum bir cheklanishlar mavjudki, hamma o’g’itlar ham bir-biri bilan aralashavermaydi. Bu ham xo’jalik sharoitida ishning murakkablashuviga olib keladi.
O’g’itlar aralashmasini zavodlarda tayyorlab solinadigan tuproq sharoitlarini o’simliklarning biologik xususiyatlarini hisobga olib, ishlab chiqarish maqsadga muvofiq bo’lar edi.
O’g’itlar aralashmasini tayyorlashni mexanizatsiyalash ularning tannarxini keskin pasaytiradi.
O’rta Osiyo Respublikalarida 40-yillardayoq azotli va fosforli o’g’itlardan aralashmalar tayyorlash yo’lga qo’yilgan edi.
AQSh, Angliya, Frantsiya va boshqa rivojlangan mamlakatlarda ishlayotgan o’g’itlarning yarmidan ko'pi aralashma holida foydalaniladi. Qanday aralashmalar ishlab chiqarish kerak, degan muammo ko’ndalang bo’ladi, chunki aralashmalarning tarkibi 3 shartni qondirishi lozim.
Birinchidan, tuproq tarkibidasi o’sindiklarsa o’zlashadisan shakldasi oziaa elementlari bilan tuprognins ta'minlansanlik darajasini hisobsa olish lozim.
Ikkinchidan, aralashma o’s’itlanayotsan ekinnins talabisa, oziaa elementinins shakli va nisbatisa iavob berishi kerak.
Bu esa nafagat hosil migdorisa, balki unins sifatisa o’s’itnins samarali ta 'sirini belsilavdi.
Uchichidan, aralashmani tavvorlayotsanda, uni asosiy o’s’it sifatida, ekish bilan birsa beriladimi yoki o’suv davridasi ozialantirishda ishlatiladimi, shularni ham hisobsa olish lozim.

Murakkab mineral o’g’itlar. Murakkab mineral o’g’itlarga shunday kimyoviy birikmalar kiradiki, ularning tarkibida 2 yoki 3 ta oziqa elementlari mavjud bo’ladi, qaysiki, ular o’simliklar uchun eng kerakli bo’lgan oziqa elementlaridir. Eng yaxshi murakkab mineral o’g’itlardan biri - bu ammofosdir.


Bu o’g’itda ballasti yo’q.
Bu tuzni tashkil etgan ammoniy va fosfat ionlari hamma o’simliklarga kerak va ular hamma tuproqlarda o’simliklar tomonidan oson o’zlashadi. Ammofos tarkibida 11-12% azoti va 46-60% atrofida o’zlashuvchan fosfori bor.
Ammofosni ishlab chiqarish texnologiyasi juda soddadir, yani ammiakni fosfor kislota bilan neytrallashga asoslangan.
Ammofos yuqori kontsentratsiyali o’g’it bo’lib, undan foydalanganda juda katta iqtisodiy samaradorlikka erishiladi.
Fosfoammomagneziva - voki masniy - ammoniy - fosfat, kam eruvchan murakkab o’g’it, tarkig’ida 8% azot va 40% fosfori mavjud.
Bu o’g’itning tarkibidagi ammoniyni nitriHkatsiya jarayoni ham sulfat va nitrat ammoniylarniki kabi tez boradi. Asosiy o’g’it sifatida foydalaniladi, hatto katta dozalarda ham o’simliklarga zararli ta'sir ko’rsatmaydi. Bu o’g’itning tarkibiga marganets, mis, rux kabi mikroelementlarni ham qo’shish mumkin. Natijada berkitilgan yoki yopilgan tuproq sharoitida ham foydalanish mumkin bo’lgan o’g’itga aylanadi.
Kombinatsivalangan yoki murakkab aralashgan mineral o ’g 'itlar. Nitrofosforlar va nitrofoskalar appatit yoki fosforitni nitrat kislota bilan parchalanish orqali olinadi. Bunda kaltsiyli selitra va kaltsiy monofosfat aralashgan dikaltsiyfosfat olinadi.
Kaltsiy nitrat juda gigroskopik bo’lganligi sababli bunday aralashma tezda nam tortib qoladi. O’g’itni fizik xossalarini yaxshilash uchun ortiqcha kaltsiy eritmadan ajratib olinadi, buning uchun kaltsiy nitrat boshqa birikmalarga aylantiriladi. Bu ish turli usullar bilan amalga oshiriladi. Qaynoq pulpa aralashmasiga ammiak yoki sulfat kislota yoki ammoniy sulfat qo’shiladi. Bunda kaltsiy nitrat o’rniga gigroskopikligi kamroq bo’lgan ammoniy nitrat va gips hosil bo’ladi.
Sulfat kislotali va sulfatli nitrofoslar dikaltsiy fosfat, ammoniy fosfat, ammoniy nitrat va gipsdan tarkib topadi. Ammoniy sulfatning yoki sulfat kislotaning miqdoriga qarab, o’g’it tarkibidagi suvda eriydigan fosfor miqdori turlicha bo’ladi. Boshqa usulda eritmadan ortiqcha kaltsiyni ajratib olish uchun pulpaga ammiak va ancha arzon karbonat kislota qo’shiladi. Bunda dikaltsiy fosfat, ammoniy nitrat va kaltsiy karbonatdan iborat karbonatli nitrofoska olinadi.
Kaltsiy nitratni muzlatish va so’ngra ammiak hamda sulpfat kislota aralashmasi bilan ishlov berish usuli ham qo’llaniladi. Bunda ammoniy nitrat, dikaltsiy fosfat va ozroq miqdoridagi ammoniy fosfat aralashmasidan iborat muzlatilgan nitrofos olinadi.
Fosforli nitrofoska ballastsiz va juda kontsentrlangan o’g’it tarkibida 50% oziq moddalar bo'ladi.
Uning tarkig’idagi fosforning 50% i suvda eriydigan shaklda bo’ladi. Bu o’g’itni ekishdan oldin va ekish bilan birga ishlatiladi. Demak, nitrofoskalarda azot va kaliy oson eruvchan birikmalar holida bo’ladi. Fosfor esa, asosan kaltsiy fosfat va qisman suvda eriydigan ammoniy fosfat hamda kaltsiy monofosfat holida bo’ladi.
Karbonatli nitrofoskada suvda eriydigan fosfori bo’lmaydi, shuning uchun u faqat kislotali tuproqlarda asosiy o’g’it sifatida ishlatiladi.



Download 22,92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish