Mavzu: Munavvar Qori Abdurashidxonovning pedagogik qarashlari


Munavvar Qori shunday yozadi



Download 37,21 Kb.
bet2/3
Sana25.04.2022
Hajmi37,21 Kb.
#581337
1   2   3
Bog'liq
Munavvar Qori Abdurashidxonovning pedagogik qarashlari.

Munavvar Qori shunday yozadi: « Savtiya bolalarga harflarni
ovozlari ila tanitmok . Uxilgan so’zlarni yozdirib, ma’nosini bildirmox. Bedil, kabi Forsiy va mushkul kitoblarning badaliga e’tikod, imlo, xusnixat, ilmi xol, xisob, tarixi islom, jurrofiya, xandasa. kabi diniy va darsviy ilmlarni har kim™ ning o’z tilida yozilmish kitoblaridan uxitib, bildirmokdan iborat ekanini bilib. har birlarining kungillariga usuli savtiyani .qaytadan kabul etmok fikri tushdi.»
Muallif oxirgi jumlalarni usuli savtiyaning xulayligini anglayotgan atrofdagi kishilarga karata aytgan edi. U « usuli jadid»maktablari uchun alifbo kitoblari zarurligini ta’kidlaydi. Xuddi shu majburiyat ushbu kitobni yuzaga chikarishga da’vat etganidan so’zlaydi. Munavvar Qori “Adibi avval kitobni muallimlarga takdim etayotganini aytib, agarda taklif va muloxazalar bildirilsa, ikkinchi nashrda albatta inobatga olishi va kitobning nuksonsizrok chikajagini ta’kidlaydi,
«Adibi avval» kitobning yakuniy matni Tartibi ta’lim» deb nomladanadi. Bu matndan Munavvar Qori maktabning ta’lim muddati, qanday fanlar o’qitilishi, bolalarni uxitish jaraenida xanday qoidalarga amal xilinishi to’g’risida ma’lumot olish mum­kin. Muallifning o’zi « Usuli savtiya» maktablarining taxsil muddati 4 yilligini alohida xayd etgan. Bu turt yilda kuyi- dagi fanlar o’qitilishi ta’kidlanadi: o’qimoq, yozmoq,e’tixod. ibodat, muomala darsi , imlo, insho, xususiyat, qiroat, Ku’on, Tajvid bilan madxali jug’rofiya, axloq, islom tarixi , xisob va xokazolar.
Munavvar Qori maktabga ilk kelgan bolaga avvalo bismillo va kalimai iщodatni uxitib, qo’liga daftar bilan kalam bergan. Bir xafta davomida o’quvchi qo’liga kitob bermay, alifboni yozdirgan. SHundan keyin uning qo’liga alifbo kitobni berib, dastlabki harfdan boshlab o’qita boshlagan va yozdira boshlagan.
Uning yozishicha, har bir harfni urgatayotganda mualim divdat bilan. o’z maxoratini ishga solmogi lozim. Muallim har bir sabokni kora taxtaga oq bur bilan yozib berishi kerak. SHu taxtaga yozilgan sabokni bolalar bir soat takrorlashi zarur. Keyin bolalarning o’zlashtirishiga karab, berilgan sabokni kitobdan 10-15 marta kuchirib yozishga da’vat kilmogi kerak, Ertasi kuni, yangi sabok berishdan avval muallim topshirigini kim kay darajada bajargan yoki bajarmaganligini o’quv daftar- larini tekshirish orkali ko’rgan. Kimda kim topshirikni bajarma- gan yoki kam bajargan bo’lsa, unga o’qishdan keyin kolib, tayyorlatish jazosi qo’llangan. O’qituvchi yangi sabokni berishdan avval kechagi yozdirgan sabogini bolalarning o’ziga o’qittirgan. SHuidan sung so’zlarning ma’nosini ham og’zaki ravishda aytib beri­shi suralgan.
Munavvar Qori muallim bolalarga shirin so’zli, yaxshi muoma­lada bo’lishi zarurligini aytadi.
Muallif o’z darsliklarining har bir sonidan uning usuli va mazmunan takomillashib borishi yuzasidan ish olib borgan. Nati- jada «Adibi avval» yangi usul maktablari uchun nashr kilingan alifbo kitoblari orasida tuzilishi jixatdan puxta darajaga kutarilgan, SHu O’rinda Samarkandlik pedagog jurnalist Xoji Muinning «Adibi avval» xakida 1918 yilda bayon qilgan fikrini keltirish o’rinlidir: «Adibi avvali bir vaqt shunday yuzaki musoboka davrini kurib utdi. O’zining kamchiliklarini tuzatib keluv soyasida bu risola soxibi shu musobakadan sung ham bi- rinchilik darajasini olib quydi.
Xullas, XX asrning birinchi un yilligida paydo bo’lgan Mu­navvar Qorining « Adibi avval» asari yangi usuldagi maktablar
uchun o’ziga xos ravishda yaratilgan asar bo’ldi, U o’zidan oldin yaratilgan darsliklardan o’ziga xosligi bilan ajralib turadi. Agar Saidrasul Aziziyning «Ustodi avval» darsligida alifbo matnlar va tarjimalar ham qo’llangan bo’lsa, Munavvar Qorining «Adibi avval» asaridagi barcha matnlar muallif tomonidan tu­zi lgan .
Jadidchilik harakatining tanixli tadxixotchisi, professor Begali Kosimov « Adibi avval» kitobi xaqida quyidagi fikrni aytadi:» Adibi avval kitobining asosiy mazmunini diniy ma’lumot egallaydi..
SHuni alohida aytish kerakki, yozilgan asarga, darslikka o’z davri nuqtai-nazaridan turib munosabat bildirmox lozim, Mu­navvar Qorining yaratilgan ushbu darsligi davrning talabi nuqtai-nazaridan yozilgan. Kolaversa, Munavvar Qori imom va xori edi. « Adibi aval» darsligida ilm, maktab, tarbiya, axlox borasidagi fikrlar shariat qoidalariga boglab tushuntiriladi. Bu darslik bugungi kunda ham o’quvchiga, xolaversa, barchaga kerakli va foydali ma’lumot beradi.


Download 37,21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish