sichqonchaning chap tugmasi toʻxtovsiz ikki marta bosilsa uning xossalar oynasi
ochiladi. Xossalar oynasining mazmuni tanlangan elementga bogʻliq ravishda
oʻzgarib turadi. Hamma xossalar oynalarida Label (elementning nomi) va Fault
foydalanib bajariladi. Sichqonchaning ung tugmasi, asosan, elementlar va oʻlchash
—
kerakli elementlarni topish va tanlash;
—
elementlarni sxema oynasining ishchi soxasiga joylashtirish;
—
elementlarni bir-biriga simlar yordamida ulash;
—
elementlar parametrlarining kiymatlarini oʻrnatish.
Kerakli elementlarni topish va tanlash dastur oynasining yukoridan ikkinchi
katoridagi belgilarning ustida sichkonchaning chap tugmasini bosib va tanlangan
elementni sxema oynasiga surish yuli bilan amalga oshiriladi. Sxema tarkibiga
albatta korpus (erlanish) koʻshilishi kerak. Erlanish boʻlmasa sxemaning toʻgʻri
ishlashi kafolatlanmaydi.
Multisim dasturida oʻzgaruvchan rezistorar, kondensatorlar va gʻaltaklar
mavjud. Ularning parametrlarini belgilarida koʻrsatilgan klavishalarni bosish yuli
bilan uzgartirish mumkin. Parametrlarni sxema ishlayotgan vaktda ham uzgartirish
mumkin. Lekin bu xolda hisoblashlarning aniqligi kafolatlanmaydi, natijalarni
dasturni kaytadan ishga tushirib tekshirib koʻrish kerak.
Sxema oynasidagi elementlarni yangi joyga surish uchun ularning ustida
sichkonchaning chap tugmasi bosilgan holatda kerakli joyga siljitiladi.
Elementlar bir-biriga simlar yordamida ulanadi. Simlarni hosil kilish uchun
sichkonchaning chap tugmasi element chikishining ustiga olib kelinadi, doyra
shaklidagi tugun hosil boʻlishi bilan bosiladi va kerakli tomonga suriladi. Keyingi
elementning ulanadigan tuguni koʻrinishi bilan qoʻyib yuboriladi. Hosil kilingan
simlarni sichkoncha yordamida surish ham mumkin.
Sxema oynasida boshka elementlarga ulanmagan element kolishi mumkin
emas.
Elementning parametrlarini uzgartirish uchun uning ustiga kursor olib kelinadi
va sichkonchaning ung tugmasi bosilib hosil boʻlgan kontekst menyudan kerakli
punkt tanlanadi. Bundan tashkari, elementning ustida sichkonchaning chap
tugmasini ikki marta bosib yoki Circuit menyusidan tanlab Component Properties
ost menyusini ochish mumkin. Hosil boʻladigan dialog panelda kerakli parametr
oʻrnatiladi.
Rezistorlar, kondensatorlar va induktivlik gʻaltaklari uchun paneldagi Zalue
boʻlimidan foydalaniladi. Murakkab va aktiv elementlarning, qumladan, diodlar,
tranzistorlar va uzun liniyalarning parametrlari Models bulimidagi Default va Ideal
boʻlimlarini yoki bibliotekadan elementning tipini tanlash yoʻli bilan oʻrnatiladi.
Buning uchun Edit knopkasidan foydalaniladi.
Elementni sxemadan yoʻqotish uchun uning ustida sichqonchaning oʻng
ugmasi bosiladi va xosil boʻlgan menyudan Delete punkta tanlanadi.
Sxema kurinishining kushimcha parametrlarini oʻrnatish uchun Circuit
menyusining Schematic Option punkta tanlanadi (1.17-rasm). Ushbu punktdan
koʻpchilik xollarda tugunlarning tartib rakamlarini koʻrsatish uchun foydalaniladi.
Buning uchun Show/Hide bulimidagi Show nodes punkta belgilanadi.
1.17-rasm. Sxema koʻrinishining qoʻshimcha parametrlarini oʻrnatish (Circuit
menyusining Schematic Option punkti)
Multisim dasturida katta sxemaning bir qismini ost sxemaga aylantirish
mumkin. Buning uchun sxemaning bir kismi sichqonchaning chap tugmasi bosilgan
xolatda surilib ajratiladi va Circuit menyusining Create Subcircuit punkta tanlanadi.
Favorites oynasida oʻrnatilgan ost sxemaning tasviri xosil boʻladi. Ost sxemalardan
foydalanish murakkab qurilmaning kompakt sxemasini olish imkoniyatini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: