Quyidagilar muloqot chog‘ida ishlatiladigan ayrim harakat va holatlar ma’nosi haqida fikr yuritamiz. - Ochiq kaftlar – qo‘l ishoralari orasida eng maqbuli. Ochiqlik haqqoniylik, suhbatdoshni tan olish va unga ishonch belgisidir.
- Kaftlar o‘zi tomonga qaratilgan – yanada yaqin, bir-birini tushunishga asoslangan muloqotga taklif. So‘zlarning yurakdan chiqayotgani ifodasi.
Qo‘llar tana bo‘ylab pastga tushirilgan - har qanday sharoitda xotirjam va aql bilan harakat qila oladigan, o‘ziga ishongan kishi. Uning so‘zlari hamda xatti-harakatlari chuqur o‘ylangan va mantiqli. Bu holatdagi odam ochiq va boshqalar kutganidek o‘zini tabiiy tutadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |