Mavzu: Mulkchilik shakllari oʻzgarishining yoʻllari va usullari reja: Kirish I bob mulkchilik va uning shakillari


O’zbekistonda mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va



Download 323,5 Kb.
bet8/9
Sana25.03.2022
Hajmi323,5 Kb.
#510183
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Mulkchilik shakllari oʻzgarishining yoʻllari va usullari tayyor

2.3 O’zbekistonda mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va
xususiylashtirish jarayonini amalga oshirish bosqichlari
Xususiylashtirishning birinchi bosqichida davlat xalq xo‘jaligining iqtisodiy
jihatdan samarasiz bo‘lgan, biroq butun mamlakatning iqtisodiy taraqqiyotida
muhim rol o‘ynaydigan ayrim sektotlarini, ayrim korxonalarni saqlab turishni va
mablag‘ bilan ta‘minlash vazifalarini o‘z zimmasiga oldi.
Iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning birinchi bosqichi natijasida kichik
xususiylashtirish amalda tugallandi, davlat mulkini boshqarish va uni
mulkchilikning boshqa shakllariga aylantirish uchun kerak bo‘lgan muassasalar
tizimi vujudga keltirildi. Savdo, aholiga maishiy xizmat ko‘rsatish, mahalliy sanoat korxonalari xususiy va jamoa mulki qilib berildi. Natijada 1997 yilda savdo-sotiq hajmi va umumiy ovqatlanish yalpi mahsulotining 95 foizdan ortiqrog‘i davlatga qarashli bo‘lmagan sektorga to‘g‘ri keldi. Uy-joylarni xususiylashtirish jarayonida ilgari davlat ixtiyorida bo‘lgan bir milliondan ortiq kvartira yoki davlat uy-joy fondining 95 foizdan ortiqrog‘i fuqarolarning xususiy mulki bo‘lib qoldi.
Davlat ijtimoiy dasturida belgilab berilgan ikkinchi bosqich 1994-1995
yillarga to‘g‘ri keldi. Bu bosqichda ko‘plab o‘rta va yirik korxonalar hissadorlik
jamiyatlariga aylantirildi hamda ularning aksiyalari respublika qimmatbaho
qog‘ozlar bozorining asosini tashkil etdi. Davlat mulki hissadorlikka aylantirilishi
bilan bir qatorda kichik xususiy biznes korxonalari qizg‘in tashkil qilindi.
Mulkni davlat tasarrufidan chiqarishning va xususiylashtirishning bu
bosqichda ochiq turdagi aksionerlik jamiyatlarini vujudga keltirish, davlat mulkini
tanlov asosida hamda kim oshdi savdosida sotish amaliyotga joriy qilindi.
Ko‘chmas mulk va qimmatli qog‘ozlar bozorining yangi muassasalari barpo etildi.
Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishdan keladigan
samara ikki yoqlama tavsifga ega. Bir tomondan, u aholining bo‘sh turgan
mablag‘larini o‘ziga jalb qilib, ularning bozorga taziqini pasaytiradi. Ikkinchi
tomondan, yangi mablag‘larni ishlab chiqarishga jalb etish va tovar ishlab
chiqaruvchilar o‘rtasida raqobatni yuzaga keltirish uchun sharoit yaratadi. Bu
yerda shuni ta‘kidlash lozimki, xususiylashtirish iqtisodiyotning davlatga qarashli
bo‘lmagan sektorini shakllantirishning yagona yo‘li emas. Tashabbuskorlik asosida
yakka tartibdagi xususiy mulkchilikka asoslangan, shuningdek, turli xil
kooperativlar, shirkatlar, ma‘suliyati cheklangan jamiyatlar ko‘rinishidagi kichik
va o‘rta korxonalarni tashkil qilish - ikkinchi qudratli jarayon hisoblanadi.
Respublika iqtisodiyoti 1996 yildan boshlab mulkni davlat tasarrufidan
chiqarish va xususiylashtirishning uchinchi bosqichiga kirdi. Bu bosqich davrida
(1996-1998 yillar) xususiylashtirilmaydigan ob‘yektlar ro‘yxatiga kirmagan barcha
ob‘yekt va korxonalar (jami 3146 ta) davlat tasarrufidan chiqarildi.
Xususiyiashtirish jarayonlarining to‘rtinchi bosqichi (1998-2002 yillar) ning
asosiy vazifalari sifatida davlat byudjetiga xususiylashtirishdan tushgan
mablag‘larni yo‘naltirish, xususiylashtirilgan korxonalarga xorijiy investisiyalarni
jalb etish, boshqaruv samaradorligini oshirish va mulkchilikning yangi
munosabatlarini to‘laqonli amal qilishi uchun sharoitlar yaratish tadbirlarini
amalga oshirish belgilandi. O‘zbekistonda davlat tasarrufidan chiqarish va xususiyiashtirish jarayonlarining so‘nggi-beshinchi bosqichi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2003 yil 24 yanvardagi «O‘zbekiston iqtisodiyotida xususiy sektorning ulushi va ahamiyatini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmoni bilan bog‘liq. Iqtisodiy nochor davlat korxonalarini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiyiashtirish jarayonini jadallashtirish, shuningdek, mazkur korxonalarni modernizasiyalash va barqaror rivojlantirish uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri investisiyalarni jalb etish maqsadida xususiylashtirilgan ob‘yektlarga narx belgilashning samarali mexanizmi joriy etildi. Xususan, xususiylashtirilgan korxonalar davlat aktivlarining boshlang‘ich narxlarini sekin-asta pasaytirib boorish hamda davlat, iqtisodiy nochor korxonalarni va past likvidli ob‘yektlarni nol darajadagi xarid qiymati bo‘yicha tanlov asosida investisiya majburiyatlarini qabul qilish sharti bilan investorlarga sotish tartiblari tasdiqlandi.
Keyingi yillarda mamlakatimizdagi xususiylashtirish jarayonlarida xorijiy
investorlarning ishtirokiga katta e‘tibor qaratilmoqda. Jumladan, 2005 yilning 11
aprelida qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «To‘g‘ridanto‘g‘ri xususiy xorijiy investisiyalarni jalb etishni rag‘batlantirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Farmoni buning yaqqol dalilidir. Mazkur Farmonga binoan, 2005 yilning 1 iyulidan boshlab to‘g‘ridan-to‘g‘ri xususiy xorijiy investisiyalarni jalb etadigan korxonalar quyidagi soliq va majburiy ajratmalarni to‘lashdan ozod etiladi:
-asosiy faoliyati bo‘yicha daromad (foyda) solig‘i;
-mulk solig‘i;
-obodonlashtirish solig‘i;
- ekologiyasolig‘i;
- mikrofirma va kichik korxonalar uchun belgilangan yagona soliq;
- Respublika yo‘l jamg‘armasiga ajratma.
Xorijiy investisiyalar uchun bunday imtiyozlarning belgilanishi, shubhasiz,
yaqin yillar davomida mamlakatimizdagi mulkni davlat tasarrufidan chiqarish
hamda xususiyiashtirish jarayonlarida ular ishtirokining yanada kengayishi va
buning natijasida, mazkur jarayonlar samaradorligining sezilarli darajada oshishiga
olib keladi. Respublikada xususiylashtirishning adresli yo‘naltirilganligi uning navbatdagi xususiyatidir. Bu aholining barcha qatlamlariga mazkur jarayonda aniqroq va natijaliroq qatnashishi imkonini beradi. Xususiylashtirishning adresli
yo‘naltirilganligi uy-joylarning o‘z egalariga imtiyozli yoki bepul berilishida,
aholining ko‘proq muhtoj va zaif qatlamlarini qo‘llab-quvvatlashning turli xil
dasturlari byudjet mablag‘lari hisobiga qoplanishida, qishloq aholisi o‘z yordamchi
xo‘jaligi uchun chek yerlar olishi kabilarda ifodalanadi.
O‘zbekistonda xususiylashtirishning to‘lovliligi uning navbatdagi muhim
xususiyatidir. Pulni to‘lash orqali davlat tasarrufidagi korxona va ob‘yektlarni
xususiylashtirishda mulkni bepul taqsimlash bilan bog‘liq salbiy holatlar bartaraf
etilishi bilan birga qator muammolarni hal qilish imkoniyati yaratiladi. Bulardan
asosiysi, avvalo, tadbirkorlikni, xususiylashtirilgan korxonalarni davlat tomonidan
qo‘llab-quvvatlashning moliyaviy manbalari paydo bo‘ladi, bozor
infrastrukturasini barpo etish uchun resurslar vujudga keladi va aholini ijtimoiy
muhofazalash dasturini ro‘yobga chiqarish uchun mablag‘lar jamlanadi.
Davlat mol-mulkini yangi mulkdorlarga sotish yo‘li orqali ularning
mulkchilikning boshqa shakllariga aylantirilishi bilan birga xususiylashtirishdan
olinadigan mablag‘lar shu korxonaning o‘zini qo‘llab-quvvatlashga, yangi
raqobatlashuvchi korxonalar barpo etishga ham sarflanadi.
Navbatdagi muhim xususiyat - respublikada mulkni davlat tasarrufidan
chiqarish chog‘ida aholi uchun kuchli ijtimoiy kafolatlar yaratildi va ta‘minlandi.
Ijtimoiy kafolatlar bir butun imtiyozlar tizimi orqali yaratildi. Bular
xususiylashtirilayotgan korxona mehnat jamoasiga aksiyalarni imtiyozli shartlar
bilan sotish, yangi mulkdorga eskirgan asosiy fondlar hamda ijtimoiy
infrastruktura ob‘yektlarini bepul topshirish, davlat korxonalarining mol-mulki,

fermalar, bog‘lar va shu kabilarni imtiyozli shartlar asosida xususiyiashtirish,
hamda soliq to‘lashda ayrim imtiyozlar berish kabilardir.
Ijtimoiy kafolatlar iste‘mol savatining eng kam miqdorini kuzatib borish, eng
kam ish haqini, daromad solig‘ini tartibga solish kabilarni ham o‘z ichiga oladi.
Ijtimoiy muhofazalash davlatning barcha mulkdorlar hissadorlar,
xususiylashtirilgan uy-joylaming, sotib olingan texnika, avtotransport
vositalarining, yer maydonlari, xususiylashtirilgan fermalar va boshqa
vositalarning egalarining huquqlarini himoya qilishda o‘z ifodasini topadi.
Respublikada davlat mulkini xususiylashtirishning o‘ziga xos boshqa jihatlari
Prezidentimiz I.A.Karimov tomonidan bayon qilingan iqtisodiy islohotlarni amalga
oshirishning asosiy qoidalaridan kelib chiqadi. Bular quyidagilar:
a) davlat mulkini xususiylashtirish respublikada amalga oshirilayotgan
islohotlarning ichki mantiqiga bo‘ysundiriladi va ularning asosini tashkil qiladi;
b) mulkni xususiylashtirish jarayoni davlat tomonidan boshqariladi;
c) xususiylashtirishni huquqiy-me‘yoriy jihatdan ta‘minlashda qonunlarga
rioya etiladi.
Respublikamizda xususiylashtirish bo‘yicha qo‘yilgan vazifa, davlat sektori
bozor sharoitida ham sezilarli rol o‘ynashi inkor qilmaydi. Chunki iqtisodiyotning
davlat korxonalari saqlanib qolishi kerak bo‘lgan sohalar ham mavjud. Bunday
korxonalar uchun ularning bozor sharoitlariga tarkiban moslashuviga imkon
beradigan xo‘jalik yuritish mexanizmini ishlab chiqish talab qilinadi.


Xulosa.
O‘zbekiston so‘ngi yillarda ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan taraqqiy etayotgan va raqobatbardosh mamlakatga aylanmoqda. Zero, raqobatbardosh iqtisodiyotni shakllantirmasdan, mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqorolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasida ko‘zda tutilgan maqsadli vazifalarni amalga oshirmasdan turib, kelajakda iqtisodiyotimizni rivojlangan demokratik mamlakatlar darajasiga olib chiqib bo‘lmasligi davlatimiz rahbari tomonidan asoslab berilgan edi.Mamlakatimizda mulkchilik tizimi va mulkchilik munosabatlarini takomillashtirishga hamda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirishga e‘tibor qaratilib, xususiy mulkning huquq va himoyasi mustahkamlandi. Bugungi kunda har bir tadbirkor biladiki, davlat xususiy mulkdor huquqlarining himoyachisidir.
Xususiylashtirish jarayonlarini yanada chuqurlashtirish, haqiqiy mulkdorlar qatlamini shakllantirish, ko‘p ukladli iqtisodiyotni vujudga keltirish va unda xususiy mulkning yetakchi o‘rin egallashini ta‘minlash, xususiylashtirishni amalga oshirish bosqichlarida aholi uchun kuchli ijtimoiy kafolatlarni yaratilishi, mulkni tejab-tergab foydalanadigan, talab va taklif qonuni asosida iste‘mol bozorini to‘ldira oladigan mulkdorlarga topshirilishi lozimligi, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish va milliy iqtisodiyotga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish masalalari ham nazariy, ham amaliy ahamiyatga molik ekanligi ushbu mavzuda kurs ishining naqadar dolzarb ahamiyatga ega ekanligidan dalolat beradi. Kurs ishining ilmiy yo‘nalishi mulkchilik shakllarini o’zgartirish yo’llari va usullari, mulkchilik munosabatlarini takomillashtirish orqali iqtisodiyotni innovatsion rivojlantirish bo‘lib, uning maqsadi mamlakatimizda mulkchilik shakllarini o’zgartirish borasidagi muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat:
- xususiy mulk tushunchasini nodavlat mulkka asoslangan korxonalar tushunchasidan farqini aniqlashtirish;
- qonunga muvofiq ravishda iqtisodiyotda xususiy mulkning ustuvorligini amalda ta‘minlash yo‘nalishlarini takomillashtirish;
- xususiy mulkni qo‘llab-quvvatlash va daxlsizligini kafolatlash hisobiga ishlab chiqarishni texnik va texnologik yangilash va modernizatsiya qilish;
- jahon bozorlariga yangi maxsulotlarni olib chiqishdagi mavjud muammolarni tahlil etib, ishlab chiqarish xarajatlarini pasaytirish;
- tayyorlanayotgan mahsulotlarning material va energiyani ko‘p talab qilishi va avvalo iqtisodiyotning xususiy mulkka asoslangan sektori tarmoqlarining texnologik jihatdan qoloqligini oldini olishga qaratilgan tavsiyalar ishlab chiqish.
Kurs ishidan kutilayotgan ilmiy-amaliy natija mulkchilik shakllarini o’zgartirish yo’llari va usullari tushunchalariga nazariy jihatdan aniqlik kiritish, qonunlarimizga muvofiq ravishda iqtisodiyotda xususiy mulkning ustuvorligini amalda ta‘minlash. Uni qo‘llab-quvvatlash va daxlsizligini kafolatlash orqali xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, biznes yuritish, iqtisodiyotimizga mahalliy va xorijiy investitsiyalarni keng jalb etish uchun zarur sharoit va qulay muhit yaratish imkoniyatlari tahlil etilib, ijtimoiy sohani rivojlantirish, ish joylarini shakllantirish va aholi bandligi, uy-joylar qurish va aholi punktlarini obodonlashtirish, ta‘lim tarbiya jarayonlari va sog‘liqni saqlash tizimini yanada isloh etish va takomillashtirishga yo‘naltirish chora tadbirlarini ishlab chiqish zarur. Demak, O`zbekiston Respublikasi iqtisodiyoti hozirgi bozor munosabatlariga o`tish davrida mulkchilik va ko`p ukladlilik xususiyatiga ega hamma qonunga ko`ra fuqarolarga, tashkilotlarga va boshqa mulkdorlarga ularning mulkiy huquqini himoya qilish va ulardan samarali foydalanish uchun teng sharoitlar yaratiladi. Bular O`zbekistonning mavjud barcha potentsialidan foydalanish asosida iqtisodiyotni ko`tarishga ta‘sir etuvchi strategik yo`nalishi hisoblanadi.Insoniyat taraqqiyoti bosqichlari va har bir bosqichga xos bo’lgan iqtisodiy tizimlarni o’rganish iqtisodiy jarayonlarni, ularni o’zgaruvchan ekanligini bilishda muhim ahamiyatga egadir. Kishilik jamiyati ishlab chiqarish munosabatlari va ishlab chiqaruvchi kuchlarning o’zaro birligi va ziddiyati asosida taraqqiy etib borib, uning turli bosqichlariga o’ziga xos bo’lgan iqtisodiy tizimlar muvofiq keladi.
Taraqqiyot bosqichlarini bilishda,tarixiy-formastion yondashuv; madaniylashish (stivilizastiya) darajasi jihatdan yondashuv; texnika va texnologik taraqqiyot darajasi jihatidan yondashuv; sostial-iqtisodiy shakllar o’zgarishi jihatidan yondashuvlar keng qo`llaniladi. Insoniyat jamiyati tarixida bir-biri bilan izchil almashinib turgan qator ishlab chiqarish usullari va shunga muvofiq ijtimoiy-iqtisodiy formastiyalar ajralib turadi. Jamiyat taraqqiyotiga, jumladan texnika va texnologiyaning rivojiga ijtimoiy iqtisodiy munosabatlarning kuchli ta’sirini shunda ko’rish mumkinki, bir necha ming yillab rivojlanmay yotgan texnika va texnologiya taraqqiyoti tovar xo’jaligi va bozorning vujudga kelishi bilan gurkirab o’sib ketdi. Har bir davrda va makonda amal qilayotgan iqtisodiy munosabatlar majmuasi – iqtisodiyotni tashkil qilish shakllari, xo’jalik mexanizmi va iqtisodiy muassasalar bilan birgalikda iqtisodiy tizimni tashkil qiladi. Iqtisodiy nazariyada ko’pincha iqtisodiy tizim tushunchasini ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanish darajasi bilan bog`lab turkumlashga harakat qilinadi. Shu asosda dunyodagi rivojlangan mamlakatlar iqtisodiy tizimining uchta nusxasiga kiritiladi: an’anaviy iqtisodiyot, ma’muriy buyruqbozlik iqtisodiyoti va bozor iqtisodiyoti tizimlari. Mulkchilik munosabatlari har qanday jamiyat iqtisodiy tizimining asosiy munosabatlaridan birini tashkil qilib, insoniyat taraqqiyotining mahsuli hisoblanadi.Mulkchilik munosabatlari moddiy va ma’naviy ne’matlarni ishlab chiqarish hamda jamiyat boyliklarini o’zlashtirish jarayonlarida vujudga keladi. Mulkchilik munosabatlari uning ob’ektlari va sub’ektlari bo’lishini shart qilib qo’yadi. Mulk ob’ektida asosiy bo’g`in - bu ishlab chiqarish vositalariga egalik qilish hisoblanadi. Bozor iqtisodiyotining to’laqonli amal qilishi ko’p jihatdan mamlakatdagi monopoliyaga qarshi siyosatning samarasiga ham bog`liq. O’zbekiston Respublikasida olib borilayotgan monopoliyaga qarshi siyosatning muhim yo’nalishlaridan biri – bu monopolist korxonalarning tovar bozoridagi egallab turgan ustunlik mavqeini nazorat qilish va raqobatni qo’llab quvvatlashdir. Agar bu borada Respublikamizda amalga oshirilayotgan chora-tadbirlardan biri – ijtimoiy soha ob’ektlarining ishga tushirilishiga e’tibor qaratsak, 2019 yil davomida qishloq joylarda 197,2 km uzunlikdagi tabiiy gaz, 1665 km uzunlikdagi ichimlik suv tarmoqlari quvurlarini tortish, 466 ta qishloq aholi punktlarida ichimlik suv ta’minoti ob’ektlarini rekonstrukstiya qilish, obodonlashtirish boshqarmalarini 3100 dona maxsus texnikalar bilan jihozlash, 564ta ko’p qavatli uylarni mukammal ta’mirlash ishlari bajarilganini ko’rishimiz mumkin. Umuman olganda, hududlarda ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilma ob’ektlarining qurib, ishga tushirilishi natijasida, respublika bo’yicha qo’shimcha 1,6 mln. nafar aholining yoki 468,4 mingta oilaning turmush darajasi yaxshilanib, zarur hayotiy va ijtimoiy-maishiy ehtiyojlarga bo’lgan talabini qondirishga erishilgan. Bu esa, yuqorida ta’kidlanganidek, aholi va xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning moddiy farovonligi va imkoniyatlarining kengayishi orqali ichki ehtiyojning o’sishiga ahamiyatli ta’sir ko’rsatadi.


Download 323,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish