Mavzu: Mulkchilik munosabatlari-jamiyat iqtisodiy taraqqiyotining asosiy vositalaridan biri sifatida. Reja: Kirish: I bob. Mulkchilik munosabatlarining iqtisodiy mazmuni va turlari



Download 165,65 Kb.
bet1/8
Sana29.05.2022
Hajmi165,65 Kb.
#618016
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Samiyev O\'lmasjon kurs ishi


Mavzu:Mulkchilik munosabatlari-jamiyat iqtisodiy taraqqiyotining asosiy vositalaridan biri sifatida.
Reja:
Kirish:
I Bob. Mulkchilik munosabatlarining iqtisodiy mazmuni va turlari.
1.1 Mulkchilikning turli shakllari.
1.2 O’zbekistonda mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish maqsadi, yo’llari va usullari.
1.3 Ijtimoiy sohada davlatning roli.
II Bob. Mulkchilik islohotlarining O’zbekistondagi xususiyatlari.
2.1 O’zbekistonda mulkchilik tizimini rivojlantirishning fundamental asoslari.
2.2 O’zbekiston mulkchilik tizimining faolyati mexanizmini belgilovchi meyoriy huquqiy bazasi.
2.3 O’zbekistonda mulkchilik tizimining shakllanish bosqichlari va xususiyatlari.
Xulosa.
Tayanch iboralar.
Foydalanilgan adabiyotlar.

KIRISH
Iqtisodiy munosabatlarning paydo bo’lishi va rivojlanishi jamiyat taraqqiyotining turli bosqichlarida o’ziga xos xususiyat kasb etadi. Iqtisodiy munosabatlar bir joyda o’zgarishsiz qotib turmaydi. Ular doimo o’zgarib, rivojlanib boradi. Shunga ko’ra, mazkur kurs ishida ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot bosqichlari va ularni bilishga bo’lgan turlicha yondashuvlar, ishlab chiqarishning ijtimoiy va texnologik usullari hamda iqtisodiy tizim tushunchalari batafsil ko’rib chiqiladi. Tahlil davomida iqtisodiy tizim modellari va ularning xususiyatlari ko’rsatib beriladi. Ishlab chiqarish har doim ma’lum mulkchilikning aniq shakli doirasida sodir bo’ladi. Shuning uchun bu erda mulkchilik munosabatlarining mohiyati, mulk shakllarining iqtisodiy mazmuni va bozor iqtisodiyotini shakllantirish jarayonida mulk shakllarining o’zgartirish yo’llari va usullari kabi masalalarga alohida o’rin ajratiladi.
Kurs ishi bugungi kunning eng dolzarb masalalaridan biriga bagishlangan bo’lib, u kirish, 2 bobdan iborat asosiy qism, xustlosa va foydalanilgan adabiyotlar ruyxatidan iborat reja asosida tayyorlangan. “ijtimoiy-iqtisodiy tizimlar va mulkchilik munosabatlari” deb nomlanib, u 4 paragrafdan tashkil topgan. mazkur bobda ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning asosiy bosqichlari, iqtisodiy tizimlar, ularning iqtisodiy moxiyati, o’ziga xos xususiyatlari, shuningndek, ijtimoiy-iqtisodiy tizimlarda mulkchilik munosabatlarining amalga oshish xususiyatlari, mulkchilik shakllari va ularning iqtisodiy mazmuni yoritilgan.
“O’zbekistonda mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish maqsadi, yo’llari va usullari” deb nomlangan bo’lib, u 2 paragrafdan iborat. Mazkur bobda mulkchilik islohotlarining O`zbekistondagi xususiyatlari yoritilgan bulib, iktisodiyotning yangi bosqichga o’tishi jarayonida mulkchilik soxasidagi yangiliklar, ularning iqtisodiy va ijtimoiy axamiyati yoritilgandir. Shuningdek, bozor iqtisodiyotiga o’tish sharoitida, jaxon iqtisodiy-moliyaviy inqirozi jarayonida O’zbekistonda mulkchilik munosbatlaridagi o’ziga xos xususiyatlar to’grisida to’xtanilgan. Kurs ishini tayyorlash jarayonida prezident asarlari, darsliklar, vaqtli matbuot materiallaridan va internet saytlari ma’lumotlaridan samarali foydalanishga harakat qildik. Jamiyat rivojining hozirgi bosqichida mulkchilik munosabatlari o’z ichiga davlat mulkini, ishlab chiqarish, xizmat ko’rsatish va matlubot sohalaridagi jamoa mulkining xilma-xil turlarini, ijtimoiy tashkilotlar mulkini, uy xo’jaligi va shaxsiy tomorqa xo’jaligi hamda yakka tartibdagi mehnat faoliyati bilan bog`liq bo’lgan mehnatkashlarning shaxsiy mulkini, tashqi iqtisodiy munosabatlar sohasidagi aralash mulk shakllarini va xususiy mulklarni oladi. Sababli «O’zbekiston Respublikasining mulkchilik to’g`risida»gi qonunida turli-tuman mulklar quyidagi mulk shakllariga kiritiladi: davlat mulki, jamoa mulki, xususiy mulk, shaxsiy mulk, aralash mulk. Mulkchilik shakllarining tasniflanishi. Mulkchilik turli shakllarining mavjud bo’lishi va ularning iqtisodiy mezoni, avvalo, ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanishi va ishlab chiqarishning umumlashuvi darajasi bilan bog`liq. Shu bilan birga mulkchilik shakllari ishlab chiqaruvchi kuchlarning holati, ijtimoiy mehnat taqsimoti va tashkiliy-iqtisodiy munosabatlarining etuklik darajasi bilan mos kelishi zarur.Davlat mulki – egalik qilish, foydalanish va tasarruf qilish davlat ixtiyorida bo’lgan mulk ob’ektlaridan iborat. Davlat mulki asosan ikki yo’l bilan hosil bo’ladi:
-xususiy mol-mulkni milliylashtirib, davlat qo’liga olish;
-davlat mablag`lari hisobidan korxonalar qurish, davlatga qarashli korxona va tashkilotlarda investistiyalarni amalga oshirish.
Davlat mulki haqiqatda ham xalqqa qarashli bo’lgan, bo’linmaydigan yoki umumiy resurslardan foydalanish uchun juda mosdir. Bunga misol qilib takror ishlab chiqarib bo’lmaydigan tabiiy resurslarni, yirik inshootlar va transport vositalari, yo’llar kabi iqtisodiy tuzilmaning kattagina qismini ko’rsatish mumkin. O’zbekistonda Fuqarolik Kodeksiga muvofiq davlat mulki Respublika mulkidan va ma’muriy-xududiy (munistipal) tuzilmalar mulkidan iborat bo’ladi. Er, er osti boyliklari, suv, havo bo’shlig`i, o’simlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy resurslar, respublika xokimiyati va boshqaruvi tuzilmalari mol-mulki, davlatga qarashli madaniy va tarixiy boyliklar, byudjet mablag`lari, oltin zaxirasi, valyuta fondi va boshqa davlat fondlari respublika mulki hisoblanadi. Ma’muriy-hududiy (munistipal) tuzilmalar mulkida davlat hokimiyati mahalliy organlari mol-mulki, mahalliy byudjet mablag`lari, munistipal uy-joy fondi va kommunal xo’jaligi korxonalari va boshqa mulkiy majmualar, xalq ta’limi, madaniyat, sog`liqni saqlash muassasalari kabilar mol-mulki bo’ladi.

Download 165,65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish