Mavzu: Mulkchilik munosabatlari-jamiyat iqtisodiy taraqqiyotining asosiy vositalaridan biri sifatida. Reja: Kirish: I bob. Mulkchilik munosabatlarining iqtisodiy mazmuni va turlari


O’zbekiston mulkchilik tizimining faolyati mexanizmini belgilovchi meyoriy huquqiy bazasi



Download 165,65 Kb.
bet6/8
Sana29.05.2022
Hajmi165,65 Kb.
#618016
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Samiyev O\'lmasjon kurs ishi

2.2 O’zbekiston mulkchilik tizimining faolyati mexanizmini belgilovchi meyoriy huquqiy bazasi.
Bizga ma‘lumki, jamiyatda istalgan tizimni faoliyat mexanizmini belgilovchi meyoriy-huquqiy bazasi mavjuddir. O‘zbekiston Respublikasida mulkchilikka doir munosabatlar O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi hamda O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlari bilan tartibga solib turiladi. Bundan tashqari O‘zbekiston Respublikasi Fuqorolik Kodeksi, Baholash faoliyati to‘g‘risidagi qonunlarning ham tegishli moddalari orqali mulkchilik mexanizni barqaror amalga oshiriladi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 53-moddasida ko‘rsatilishicha:
―Bozor munosabatlarini rivojlantirishga qaratilgan O‘zbekiston iqtisodiyotining negizini xilma-xil shakllardagi mulk tashkil etadi. Davlat iste‘molchilarning huquqi ustunligini hisobga olib, iqtisodiy faoliyat, tadbirkorlik va mehnat qilish erkinligini, barcha mulk shakllarining teng huquqliligini va huquqiy jihatdan bab-baravar muhofaza etilishini kafolatlaydi. Xususiy mulk boshqa mulk shakllari kabi daxlsiz va davlat himoyasidadir. Mulkdor faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibdagina mulkidan mahrum etilishi mumkin.‖
10. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 54-moddasida ko‘rsatilishicha:
―Mulkdor mulkiga o‘z xohishicha egalik qiladi, undan foydalanadi va uni tasarruf etadi. Mulkdan foydalanish ekologik muhitga zarar etkazmasligi, fuqarolar, yuridik shaxslar va davlatning huquqlarini hamda qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini buzmasligi shart.‖
11. O‘zbekiston Respublikasida qabul qilingan ―Mulkchilik to‘g‘risidagi Qonunning 1-moddasida ta‘kidlanganidek:
O‘zbekiston Respublikasida mulkiy huquq tan olinadi va qonun bilan muhofaza etiladi.
Mulkdor o‘ziga tegishli mol-mulkka o‘z ixtiyoriga ko‘ra egalik qiladi, undan foydalanadi va uni tasarruf etadi. Mulkdor o‘z mol-mulkiga nisbatan qonunga zid bo‘lmagan har qanday xatti- harakatlarni qilishga haqlidir. U mulkdan qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan har qanday xo‘jalik yoki boshqa faoliyatni amalga oshirishda foydalanishi mumkin.
Mulkdor o‘ziga qarashli mol-mulkka egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf qilish huquqini boshqa shaxslarga berishga faqat o‘zi haqlidir. O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida ko‘zda tutilgan hollarda, mulkdorning zimmasiga boshqa shaxslarning uning mulkidan cheklangan tarzda foydalanishiga yo‘l qo‘yish vazifasi yuklanishi mumkin.
Mulkdor O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida ko‘zda tutilgan shartlar va doira chegarasida o‘ziga tegishli mulkiy huquqni amalga oshirish paytida fuqarolarning mehnatidan foydalanish to‘g‘risida ular bilan shartnoma tuzishga haqlidir. Fuqaroning mehnatidan foydalanishga asos bo‘lgan mulkning qay shaklda ekanligidan qatiy nazar, fuqaro O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida va boshqa qonun hujjatlarida nazarda tutilgan ijtimoiy-iqtisodiy huquqlar va kafolatlar bilan ta‘minlanadi.
Mulkiy huquqning amalga oshirilishi atrof-muhitga zarar etkazmasligi, jismoniy, yuridik shaxslarning va davlatning huquqlarini buzmasligi hamda qonun 12 bilan muhofaza qilinadigan manfaatlariga putur yetkazmasligi kerak. O‘zbekiston Respublikasida qabul qilingan
―Mulkchilik to‘g‘risidagi qonunning 5-moddasida ko‘rsatilishicha, O‘zbekiston Respublikasida mulk quyidagi shakllarga bo‘linadi:
-fuqarolarning shaxsiy va xususiy mulki;
-jamoa mulki, shu jumladan oilaviy, mahalla, kooperativ mulk, ijaraga olingan korxona mulki, aksiyadorlar jamiyati, davlat korxonasi jamoasining jamoat tashkilotlari va diniy tashkilotlarning mulki, turli xo‘jalik birlashmalari va uyushmalari mulki, yuridik shaxs hisoblangan boshqa jamoalar mulki;
-davlat mulki;
-aralash mulk;
-qo‘shma korxonalar, ajnabiy fuqarolar, tashkilotlar va davlat, shuningdek ajnabiy yuridik shaxslar mulki shaklida yuzaga chiqadi.
O‘zbekiston Respublikasida mulkning hamma shakllari teng huquqlidir. Shaxsiy mulk - individual o‘zlashtirishni bildiradi, ammo xususiy mulkdan farqliroq daromad topishga xizmat qilmaydi, balki shaxsiy extiyojni qondirishga qaratiladi. Xususiy va shaxsiy mulk birgalikda fuqarolar mulki deyiladi. Jamoa mulki- boylikning muayyan maqsad yo‘lida ayrim jamoalarga birlashgan kishilar tomonidan birgalikda o‘zlashtirilishidir. Jamoa mulkining avfzalligi shuki, bu mulk ishlab chiqaruvchining o‘zini mulkdor qiladi. Bu yerda mulk egalari va ishlovchilar aynan bir kishilardir, shu sababli ishlab chiqarish omillari tog‘ridan- to‘g‘ri birikadi. Davlat mulkining paydo bo‘lishini rivojlanishi quyidagilar hisobidan bo‘ladi:
mulkni davlat mulkiga aylantirilishi;
davlat mablag‘i hisobidan korxonalar qurilishi;
jamiyatda yaratilgan, ammo boshqa mulklarga taalluqli daromadlarning bir qismining soliq undirishi orqali davlat byudjetiga olinishi. Aralash mulk muayyan bir ob‘ektning turli mulkdorlar ishtirokida o‘zlashtirishini bildiradi.
O‘zbekiston Respublikasida mulkchilik tizimi va undagi munosabatlar, bozor infratuzilmasi, baholash va rieltorlik faoliyatlari rivojiga ham katta ahamiyat berilgan. Masalan ―O‘zbekiston Respublikasi 2009-2015-yillar davrida baholash faoliyatini rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari‖ nomli dastur choralari hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 24 apreldagi ―Baholovchi tashkilotlar faoliyatini yanada takomillashtirish va ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini va ularning mas‘uliyatini oshirish to‘g‘risida‖gi № 843-sonli Qarori talablariga mos ravishda ishlab chiqilib amalga oshiriliyotgani fikrimizning yaqqol isboti desak mubolag‘a bo‘lmaydi.
Mulkchilik jamiyatdagi ham huquqiy, ham iqtisodiy munosabatlar mazmunini o‘zida ifodalaydi. Mulkchilikning huquqiy va iqtisodiy mazmuni o‘zaro bog‘liq va bir-birini taqozo qiladi, shu sababli mulkchilik bir vaqtda ham iqtisodiy, ham huquqiy kategoriya hisoblanadi. Bu birlikda, yuqorida ko‘rsatilganidek, halqiluvchi ro‘lni mulkchilikning iqtisodiy tomoni egallaydi. Agar mulk iqtisodiy jihatdan ro‘yobga chiqarilmasa, ya‘ni ishlab chiqarishda foydalanilmasa yoki mulk egasiga daromad keltirmasa, bunda u ―huquqiy‖ kategoriya sifatida qoladi. Mulkchilik xo‘jalik va tadbirkorlik faoliyatining turli shakllari orqali iqtisodiy jihatdan ro‘yobga chiqariladi. Boshqa tomondan, mulkchilikning huquqiy jihati uning iqtisodiy tomoniga nisbatan faqat bo‘ysunuvchi rol o‘ynamaydi. Bu shunda ko‘rinadiki, ishlab chiqarish vositalariga ma‘lum huquqiy egalik qilmasdan, hech kim ishlab chiqarish jarayonini amalga oshira olmaydi, ishlab chiqarish vositalari va ishlab chiqarilgan mahsulotdan foydalana olmaydi. Shu sababli mulkchilikning huquqiy normalari egalik qilish, tasarruf etish, foydalanish huquqi iqtisodiy munosabatlarning aniqlashtirilgan ko‘rinishi hisoblanadi. Huquqiy normalar, bir tomondan, aynan mulkchilik munosabatlarini muhofaza qilish zarurati bilan bog‘liq holda vujudga kelsa, boshqa tomondan u tovar ishlab chiqarish sharoitida mulkchilik munosabatlarini rivojlantirishda g‘oyat muhim rol o‘ynaydi. Bu rol shunda ko‘rinadiki, tovar xo‘jaligi sharoitida ayrim ijtimoiy qatlamlar ishlab chiqarish jarayonida qatnashmasdan, ayirboshlash munosabatlarida ishtirok etib (masalan, savdo vositachilari) mulkdorga aylanish imkoniyati paydo bo‘ladi. Shunday qilib, mulkchilikning huquqiy normalari, birinchidan, ishlab chiqarish vositalari va yaratilgan moddiy ne‘matlarning muayyan shaxslarga (huquqiy yoki jismoniy) tegishli ekanligini, ikkinchidan, mulk egalarining qonun bilan qo‘riqlanadigan vakolatlarini va nihoyat, uchinchidan mol-mulkni himoya qilish usullarini belgilab beradi.
Mulkchilik shakllarining yana bir ahamiyatlisi bu-qo‘shma mulkdir. Qo‘shma mulk tufayli jalb etiladigan chet el kapitali yangi texnologiyani olib kirmokda. Chetki Capital asosidagi qo‘shma korxonalarning ahamiyati investitsiyani kuchaytirish, milliy iqtisodiyotni bozor munosabatlari asosida shakllantirishda ortib boradi. Katta mablaglar zaruriyati sharoitida qo‘shma mulk orqali chet el kapitalini jalb etish zaruriyatidir. Korxona mulkini uning mustaqil balansida aks etadigan asosiy fondlari va oborot mablag‘lari qiymati va boshqa boyliklar tashkil etadi. Korxona to‘g‘risidagi qonuniy hujjatlarga ko‘ra quyidagilar korxona mol-mulkini tashkil etuvchi manba‘lardir:
ta‘sis etuvchilarning pul va moddiy badallari;
mahsulot, ishlar, xizmatlarni realizatsiya qilishdan, shuningdek xo‘jalik faoliyatining boshqa turlaridan olingan daromadlar;
qimmatli qog‘ozlardan olinadigan daromadlar;
bank va boshqa qarz beruvchilarning kreditlari;
kapital mablag‘ va byudjetdan dotatsiyalar;
tashkilotlar, korxonalar va fuqarolarning tekinga va xayriya maqsadlarida bergan badallari shuningdek meros to‘g‘risida, ayirboshlash va sovg‘a qilish yo‘li bilan oladigan daromadlari;
O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan o‘zga manba‘lar. Mamlakatda Mulkdorlik huquqini, xususiy tadbirkorlar manfaatlarini kafolatlovchi qonunlar, huquqiy me‘yorlar, davlat va norasmiy tashkilotlar hamda muassasalar tizimlari vujudga keltirilganligi va ularning samarali faoliyat kursatayotganligi natijasida, 1997 yili nodavlat sektorining ulushi sanoatda 51 foizga, qishloq xo‘jaligida 98 Foizga yetdi, ishlovchsilarning 70 Foizi xususiylashtirilgan iqtisodiyot hissasiga to‘g‘ri keldi. Ishlab chiqarish, savdo- tijorat, vositachilik, hunarmandchilik, moliya-bank, turizmda, erkin ijodiy faoliyatda mashg‘ul xususiy soxibkorlar va tadbirkorlar mustakil O‘zbekistonda shakllanayotgan mulkdorlar sinfining ildam o‘sayotgan ichki sinfiy qadamlaridir. Mulkdorlar sinfi tushunchasi eng keng tushunchalardan biridir. Bozor iqtisodiyoti va bozor munosabatlari rivojlanishi jarayonida bu sinfning ichidan tabaqalanib, farqlanib, tafovutlanib borishi muqarrardir. Hozirgi vazifa mulkdorlar sinfining shakllanishiga keng yo‘l ochib berishdir. Bu vazifani bajarish-O‘zbekistonni ilg‘or davlatlar qatoriga olib chiqishda hal kiluvchi omildir.


Download 165,65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish