main grafik sarlavhalar fayli va funksiyalari.
Birinchi navbatda grafik sinflar va grafik foydalanuvchi interfeys sinflari aniqlangan sarlavha
fayllarini kiritamiz.
#include"Window.h" //odatiy oyna
#include"Graph.h"
yoki
#include "Simple_window.h" // agar bizga Next tugmachasi kerak bo‘lsa
#include "Graph.h"
Fahmlaganingizdek Window.h fayli oyna bilan bog‘liq vositalardan, Graph.h fayli esa, oynada
shakllarni chizish bilan bog‘liq uskunalardan tashkil topgan. Bu vositalar Graph_lib nomli
maydonda tavsiflanadi. Belgilarni soddalashtirish uchun using namespace direktivasidan
foydalanamiz.
using namespace Graph_lib;
Odatda main() funksiyasi biz bajarishni xoxlaydigan kodni hamda kamdankam vaziyatlarni
qayta ishlashni o‘z ichiga oladi.
int main () try
{
// . . . bu yerda bizning kod joylashadi . . .
}
catch(exception& e) { // xatolar haqida xabar return 1; } catch(...) {
// xatolar haqida boshqa xabar return 2;
}
Do'stlaringiz bilan baham: |