Mavzu: Muhammad Yusuf tavalludining 6-yilligiga bag’ishlangan tadbir ssenariy sinflar uchun



Download 22,53 Kb.
Sana31.12.2021
Hajmi22,53 Kb.
#198621
Bog'liq
user file 5e79c77264515


Mavzu: Muhammad Yusuf tavalludining 66-yilligiga bag’ishlangan tadbir ssenariy 4 – sinflar uchun

Tadbir o’tkaziladigan zal bayramona bezatilgan Muhammad Yusufning kitoblari ,rasmi slayt orqali va hayoti haqida video lavha namoish etiladi. So’ng shoirning “Vatanim” she’riga kuylangan qo’shig’I namoish etiladi. Tadbir boshlovchilari sahnaga chiqishadi.

1-boshlovchi: Assalomu alaykum jondan aziz, qadrli mehmonlar.

2-boshlovchi: Assalomu alaykum she’riyatga oshno qalblar.

1-boshlovchi: Bugungi bayram kechamiz O’zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf ijodiga bag’ishlanadi.

2-boshlovchi: Zabardast shoirimiz hayot bo’lganlarida hozir 66 yoshni qarshilagan bo’lar edilar. Ming afsuski sevimli shoirimiz muhlislarining yuragini o’rtab ketdi. U kishi oramizda yo’q. Muhammad Yusuf degan she’riyat bor.

1-boshlovchi: O’zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf nomini eshitmagan, loaqal u yozgan she’rlarining bir satrini xirgoyi qilmagan yurtdoshimiz bo’lmasa kerak.

2-boshlovchi: Muhammad Yusuf degan shoir she’riyatga qanday kirib kelganini adabiyotimiz sezmay ham qoldi. U tez orada hammani lol qoldirib og’izga tushib ketdi. Uning yozganlari nihoyatda dolzarb mavzuda o’ta jiddiy. Lekin xalq diliga juda yaqin va ravon tilda yozilardi. U qo’shiqlari bilan emas xalq dardini baralla aytgan yurt muhabbati hech kimga o’xshamagan misralarda ta’riflangan she’rlari bilan tanildi, shuhrat qozondi. Endi o’quvchilarning Muhammad Yusufning tug’ilganidan boshlab boshidan kechirganlari haqidagi fikrlarini eshitamiz;

1-o’quvchi

Muhammad Yusuf 1954-yil 26-aprelda Andijon viloyatining, Marhamat tumani , Qovunchi qishlog’ida dehqon oilasida dunyoga keladi. 1978-1980-yillar Toshkentdagi “Kitobsevarlar” jamiyatida, 1980-1986- yillar “Toshkent oqshomi” gazetasida ishlagan.

2-o’quvchi

Shoirning ilk to’plami “Tanish teraklar” nomi bilan 1985-yilda nashr etildi. 1987-yildan to 2004-yilga qadar “Bulbulga gapim bor”, “Iltijo”, “Uyqudagi qiz”. “Halima enam allalari”, “Ishq kemsi”, “Ko’nglimda bir yor”, “Bevafo ko’p ekan”, “Erka kiyik”, “Yolg’onchi yor”, “Osmonimga olib ketaman”, “Saylanma” kabi asarlari nashr etilgan.

3-o’quvchi

Muhammad Yusuf atalmish shoir ustozlari, yaqinlari, farzandlari xotirasida yaxshi ishlari hokisorligi, mehrliligi bilan muhrlanib qolgan bo’lib, shaxsan tanigan va tanimagan muhlislari tasavvurlarida yig’latadigan ezgulikka yetaklaydigan she’r-u qo’shiqlari bilan yashab qoladi.

4-o’quvchi

1986-1992-yillar G’afur G’ulom nomidagi Adabiyoti va san’at nashriyotida1992-1995-yillar O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilish akademiyasida o’qigan. 1998-yilda “O’zbekiston xalq shoiri” unvoniga sazovor bo’lgan.1997-yildan to vafotigacha O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisining o’rinbosari lavozimida faoliyat ko’rsatgan.

1-boshlovchi

Bu she’riyat aslo zavol ko’rmaydi.Shoirdan chinakam ,betakror ijodiy meros qoldi.Haqiqiy ma’nodagi barhayotlik ,zavol bilmaslik M.Yusuf ijodiga ta’luqli desak xato qilmaymiz.

2-boshlovchi:

M.Yusuf kitoblarini varaqlasangiz qulog’ingiz ostuda qo’shiq yangrab turgandek har bir she’rni zavq-shavq bilan o’qiysiz.Qat-qatidagi ichki dunyosida sherik bo’lasiz.UVatanni farzand diliga qanchalik yaqin va bir butunligidan kelib chiqib madx eta oigan.

Endi navbat shoirning ‘’Talabalar madhiyasi’’,’’O’zbekiston’’she’rini o’quvchilar tomonidan eshitamiz.

‘’Talabalar madhiyasi’’she’ri

1-o’quvchi:

Alp o’g’lonlar o’lkasi bu –Ko’xna Turon

Qalqonlari,qanotlari,ilm istang,

Yarim jahon bunyod etgan Sohibqiron,

Alisherning avlodlari ,ilm istang!

2-o’quvchi:

Taxtdan tushganda ham otdan tushmay yurgan,

Ajdodingiz yu qurmagan-Davlat qurgan.

Yurti uchun yelkasida tog’lar surgan,

Rustamlari,Farhodlari,ilm istang.

3-o’quvchi:

Ko’z ochgandankezib yetti bahri ummon,

Yetti tilde so’ylashgan biz tili biyron.

Vatanida Tojmahallar tiklar sulton,

Boburlari,Behzodlari ,ilm istang.

4-o’quvchi:

Haq yo’lida siz limning immatlari,

Xalq yo’lida hidoyati ,himmatlari.

Madad bo’lsin Yassaviyning hikmatlari,

Bobo Mashrab bayotlari ,ilm istang.

5-o’quvchi:

Ilm istang ,izingizdan ibrat yog’sin,

Ixlosingiz ,shaxdingizdan shiddat yog’sin.

Ortingizdan mag’rur-mag’rur millat yog’sin,

Mulki Tyron najotlari ilm istang.

6-o’quvchi:

Alp o’g’lonlar o’lkasidir O’zbekiston,

Erkli elning qanotlari ilm istang.

Yarim jahon bunyod etgan Sohibqiron,

Alisherning avladlari,ilm istang.

‘’O’zbekiston’’she’ri

1-o’quvchi:

O’, ota makonim ,Onajon o’lkam,

O’zbekiston ,jonim to’shay soyanga.

Sendan mehribon yo’q,Seningdek ko’rkam,

Rimni alishmasman bedapoyanga.

2-o’quvchi:

Bir go’sha suv bo’lsa ,bir go’sha qirlar,

Qancha yurtni ko’rdim, qancha taqdirlar.

Qayga borsam suyab boshni tik tut deb,

Tog’laring izimdan ergashib yurar.

3-o’quvchi:

Ko’rdim suluvlarning eng faranglarin,

Yo xudbinman yo bir sodda kasman men:

Parijning eng zo’r restoranlarin,

Bitta tandiringa alishmasman men.

4 – o’quvchi :

Na gapga ko’nayin, Na til bilayin,

Ko’zdan uyqu qochdi, dildan xalovat.

Uch kunda sog’insam nima qilayin? ..

Chala qolar bo’ldi xamma sayoxat.

5 – o’quvchi :

Bildimki, baridan ulug’im o’zing,

Bildimki, yaqini shu tuproq menga.

Bahorda Baxmalda tug’ilgan ko’zing

Arab og’ushidan azizroq menga.

6 – o’quvchi :

Sen bilan o’tgan xar kun bayram – bazm,

Sensiz bir on qolsam rahmim keladi.

Seni bilganlarga qilaman ta’zim,

Seni bilmaslarga rahmim keladi.

1 – boshlovchi: Unga mustaqil yurtni, ozod xalqni ko’rish nasib etdi. Yurtning eng ulug’ bayramlarida uning qo’shiqlari baralla yangraydigan bo’ldi.

O’zbekiston haqidagi she’rini yoshlar hatto o’z madhiyalariga aylantirib yuboradilar.

2 – boshlovchi:

Shu o’rinda hurmatli birinchi yurtboshimizning bu kamsuqum shoirga shaxsan e’tiborini aytib o’tishimiz lozim. Shoir Muhammad Yusufga birinchi Prezidentimiz mehrlari bobomiz Ulug’bek haqidagi qo’shiqni eshitgan paytlaridayoq tushgan edi. “ Xalq shoiri” unvonini ham mamnuniyat bilan Muhammad Yusufga o’zlari topshirgan edilar.

Raqs: M.Yusuf so’zi bilan “Ko’klamoyim” qizlar ijrosida.

1 – boshlovchi: Chiroyli raqsingiz uchun rahmat. Endi sahnaga shoirning “Onaizor”, “Onamdan xat”, “Onamga xat” va “O’zbekning ayollari” she’rlarni o’quvchilar tomonidan tinglab, tomosha qilamiz. Shu jumladan “Onamdan xat” va “Onamga xat” she’rlari sahnaviy tarzda onani va bolani sog’inch hislarini shakllantirib ijro namoyishini ko’rsatish.

“Onaizor” she’ri

1 – o’quvchi:

Ko’nglim qolsa bulbuldan ham guldan ham,

Qolar bo’ksam bir kun axir tildan ham…

Agar bir zot yig’lasa chin dildan ham –

Onam yig’lar, onam yig’lar, onam u …

2 – o’quvchi:

Sig’may qolsam shunday keng bu jaxonga,

Osmonlarga ruhim bo’lsa ravona,

Jonsiz tanim ustida ham parvona –

Onam yig’lar, onam yig’lar, onam u …

3 – o’quvchi:

Qolar bo’lsa qo’limdagi tor, dunyo,

Uch kun o’tmay unutgan do’st – yor, dunyo.

Yeru ko’kni titratib zor – zor, dunyo –

Onam yig’lar, onam yig’lar, onam u …

4 – o’quvchi:

Gulday kulib yurmasmidi o’g’lim deb,

Ko’rib ko’nglim to’lmasmidi, o’g’lim deb,

Onang o’lsa bolmasmidi o’g’lim, deb

Onam yig’lar, onam yig’lar, onam u …

5 – o’quvchi:

Ko’nglim qolsa bulbuldan ham guldan ham,

Qolar bo’lsam bir kun axir tildan ham.

Agar bir zot yig’lasa chin dildan ham –

Onam yig’lar, onam yig’lar, onam u …

“Onamdan xat” she’ri bunda ona qiyofasidagi bir o’quvchining sahna ko’rinishi lavxasi.

O’g’lim, jigargusham, aytgin – chi, nahot,

Achinmaydi joning onang holiga.

Meni to’shaklarga mixlab qo’ydi bod,

Kelsang bir ko’rsamu o’lsam mayliga.

Chakka o’tgan eski tomga o’xshayman,

Ko’zimdan yomg’irlar to’kilar tinmay.

Bu yorug’ dunyoda bormi, bilmayman,

O’z og’li yo’liga intizor menday.

Hayhotdek hovliga qoldim bir o’zim,

Nima xayollarga bormasman ba’zan.

Sog’misan ish qilib qo’rqaman qo’zim,

Podsholar haqida she’rlar yozasan.

“ Onamga xat” she’ri

Men sizni o’ylayman shomu saharda,

Ona, sog’insam ham bora olmayman.

Tunlari charog’on shunday shaharda,

Hech kimga ko’nglimni yora olmayman.

Men siz aytgandayin xammani sevdim,

Hammaga ishondim mana oqibat.

O’z dostim uyiga ko’mildi sevgim,

Kun bo’lib ko’ksimni kuydirdi nafrat.

“ O’zbekning ayollari” she’ri

Uxlamaydi tunlari, Oy nurlari taralgan.

O’zbekning ayollari farzand uchun yaralgan.

Yildan uzun kunlari, Kim ko’nglini so’rolgan.

O’zbekning ayollari mehnat uchun yaralgan.

O’zbekning ayollari, O’zbekning ayollari,

Suvdan halol, guldan pok, Qo’llari oltinlari,

Qay tomonga bursa yuz, Yo’llari oltinlari,

Izzat uchun yaralgan.

1 – boshlovchi: Raqs “ Qizlarjon” qizlar ijrosida

1 – boshlovchi: Hurmatli mehmonlar va qadrli o’quvchilar keling hozir M.Yusufning xotirasini yod etib xammamizga yod bo’lib ketgan “ Fidoying bo’lgaymiz seni O’zbekiston” qo’shig’ini birgalikda ijro etaylik va shu bilan M.Yusufning 66 yilligiga bag’ishlangan tadbir o’z nihoyasiga yetdi.



E’tiboringiz uchun raxmat.
Download 22,53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish