Yunusobod tumani
327-sonli maktabning ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi Mavlyanova Ra’noning 9-sinflar uchun Muhammad Rizo Ogahiy mavzusida
1 soatlik dars ishlanmasi
Annotatsiya
Ushbu dars ishlanmasi adabiyot fanidan 9-sinflar uchun mo`ljallab o`z qo`lim bilan yozdim.
Dars ishlanma Dars muqaddas asosida yozildi. Bu dars ishlanma 45 minutga 29 nafar o`quvchiga mo`ljallangan.Bu darsda “FSMU metodi”,AKT imkoniyatlaridan foydalanib slaydlardan foydalandim. Yangi mavzuni mustahkamlashda darslikdagi shoir g`azallari,”Ogohnoma”qasidasi tahlil qilindi. O`quvchilarning bilimini baholashda “Assesment texnikasi”dan foydalaniladi. Faol ishtirok etgan o`quvchilar baholandi.
MAVZU: Muhammad Rizo Ogahiy. Lirika.
Ta’limiy maqsad: Muhammad Rizo Ogahiyning hayoti va ijodi, hamda g‘azallarini ifodali o‘qish va taxlil qilish.
Tarbiyaviy maqsad: O‘quvchilarda bobokalonlardan faxrlanish tuyg‘usini shakllantirish.
Rivojlantiruvchi maqsad: O‘spirinlarda buyuk ajdodlarga o’xshashga intilish istagini tarkib toptirish.
Darsning metodi: Suhbat.
Darsning jihozi: Darslik, portret, mavjud bo‘lgan texnik vositalar tarqatmali kartochkalar.
Darsning borishi
I Tashkiliy qism:(5 daqiqa)
Davomat aniqlanadi, o‘quvchilarning darsga tayyorgarligi aniqlanadi.
II Uy vazifasini tekshirish (10 daqiqa)
O‘qituvchi: O‘tgan darsda qaysi shoirning hayoti va ijodi bilan tanishgan edik?
O‘quvchilar: O‘tgan darsda Muhammad Rizo Ogahiyning hayoti va ijodi haqida, hamda Ogahiy g‘azallaridan yod olish berilgan.
O‘quvchilarga tarqatmali savol kartochkalari tarqatiladi.
1. Ogahiy qachon va qayerda tavallud topgan?
2. 1845-yili Ogahiy hayotida qanday davr boshlandi?
3. Ogahiyning tarixga doir qanday asarlarini bilasiz?
4. Ogahiy qanday she’riy janrlarda ijod qilgan?
5. “Ta’viz ul-oshiqin” devoni haqida fikr yuriting.
6. “Qasidai nasihat” qissasida Ogahiy qanday g’oyani ilgari suradi?
7. Shoir kimlarning asarlarini o’zbek tiliga tarjima qilgan?
III Yangi mavzu bayoni (10 daqiqa)
O‘quvchilarga kampyuter orqali taniqli suhandonlar o’qigan Ogahiyning hayoti va ijodi, hamda g’azallari qo’yib eshittiriladi. Ifodali g’azal yod olish haqida gapiriladi. So’ng g’azal yod olgan o’quvchilarga Ogahiy g’azallari yoddan aytiriladi.
Ogahiy g’azallarini o’z davrida hofizlar, bugungi kunda xonandalar sevib ijro etmoqdalar. O’quvchilarga O‘zbekiston xalq artisti Sherali Jo‘rayev ijro etgan Ogahiyning “Ko‘rmishan” g’azaliga aytilgan qo’shig’i eshittiriladi.
Ogahiyning kichik she’riy janrlar: ruboiy, tuyuq, ta’rix, fard kabi shakllarida ham benazr ekanligiga guvox bo’lamiz. Ayniqsa, musoviyattarafayn (ikki tomonlama teng, bir xil) shaklida yozilgan she’ri adabiyotimizda juda ham kam uchraydigan hodisalardan deyishimiz mumkin. She’rni ikki xil odatdagi yon tomondan hamda pastgi tomon o’qisangiz, bir xil matn hosil bo’laveradi. Bu shaklda A. Navoiy ham benazr ijod qilgan.
Muhammad Rizo Ogahiy she’ri
Ul sho‘xki
|
ochildi
|
xat-u
|
ruxsori
|
Ochildi
|
rayohinda
|
yuzi
|
gulnori
|
Xat-u
|
yuzi
|
besabr-u qarori
|
man man
|
Ruxsori
|
gulnori
|
man man
|
zori
|
Alisher Navoiy she’ri
Dilbar
|
erur
|
tengsiz
|
jahonda
|
Erur
|
angahamma
|
hushtori
|
banda
|
Tengsiz
|
hushtori
|
shaydosi
|
man
|
Jahonda
|
banda
|
man
|
mananga
|
IV Mustahkamlash (15 daqiqa)
Venn diogrammasi yo’li bilan Ogahiy va A Navoiyning o’xshash va farqli tomonlarini topib so’zlash.
A.Navoiy Ogahiy
Darslikdan “Ilohi, har kuning navro’z bo’lsin” radifli g’azalini o’qib tahlil qilish. Darslikda berilgan so’zlar lug’ati bilan ishlash.
V. Rag’batlantirish:(3 daqiqa) darsda faol ishtirok etgan o’quvchilar bajolanadi.
VI. Uyga vazifa:(2 daqiqa) Ilohi har kuning navro’z bo’lsin,
Hamisha toleing feruz bo’lsin. G‘azalini yod olish.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. 9-sinf adabiyot darslik
2.”Til va adabiyot ta’limi” jurnali3.Ogahiy “Ta’viz ul-oshiqin”
|
Do'stlaringiz bilan baham: |