III. Xulosa.
Sog‘lom avlodni kamolga еtkazish va tarbiyalashning turli yo‘l-yo‘riqlari, o‘ziga xos usullari mavjud. Ayniqsa bolalarning bo‘sh vaqtini to‘g‘ri tashkil qilish, badan tarbiyasi va sport bilan shug‘ullantirish, turli milliy harakatli o‘yinlarni o‘rgatish ota-ona, yo‘qriqchilar va murabbiylar oldida muhim vazifa hisoblanadi.
Jismoniy harakatli bolalar folklor o‘yinlari: “Quvlashmachoq”, “Kes-kes”, “Ko‘rpa yopildi”, “Ziyrak”, “G‘oz-g‘oz”, “Koptokni quvib еt”, “Olar soka”, “Oq suyak”, “To‘p-tosh”, “Sinish”, “Chiqildo³”, “Chopish”, “Zuv-zuv”, “Oq terakmi-ko‘k terak”, “Eshak mindi”, “Lanka”, “Ot o‘yini”, “Qiz quvdi” va boshqalar.
Mantiqiy bolalar folklor o‘yinlari: tez aytishlar, topishmoqni toppish o‘yinlari, sanimoqlar, aytishuvlar, savol javoblar, o‘ylab topishlar, xotirani tiklashlar, chamalashlar va boshqalar.
O‘yin - tarixiy tashkil topgan ijtimoiy voqea, mustaqil faoliyat turi, kishiga xosdir. O‘yin faoliyati juda ham turli-tumandir: o‘yinchoqlar bilan o‘ynaladigan bolalar o‘yinlari, stol o‘yini, doira bo‘lib o‘ynaladigan o‘yin, harakatli o‘yinlar, sport o‘yinlari. O‘yin o‘zi-o‘zini bilish vositasi, o‘yin-kulgi, dam olish, jismoniy va umumiy ijtimoiy tarbiya vositasi, sport vositasi bo‘lishi mumkin.
Maktabgacha yoshdagi bolalarning asosiy harakat turlarini rivojlantirishning o‘ziga xos xususiyatlari mavjud. O‘rgatishning ushbu bosqichida harakat malakalari va ko‘nikmalari ko‘lamining kengayishi, jismoniy fazilatlar (tezlik, chidamlilik, tezkorlik va boshqalar)ning rivojlanishi bilan bog‘liq holda ham mashqlarni yaxlit, ham harakat texnikasi elementlarini alohida-alohida muvaffaqiyatliroq o‘zlashtirish imkoniyati yuzaga keladi.
Besh-olti yoshli bolalarda o‘z oldilariga qo‘yilgan vazifalarni ongli tushunib yetish, vaziyatni baholash, o‘z harakatlarini boshqara bilishga muayyan tayyorgarlik bo‘ladi, shuning uchun, og‘zaki ko‘rsatma berish va tushuntirish yordamida maktabgacha yoshdagi bolalarning harakat faoliyatida mustahkam bilim va ko‘nikma shakllantirish mumkin bo‘ladi.
Maktabgacha ta’lim muassaslari uchun yaratilgan ta’lim-tarbiya dasturi, Maktabgacha ta’limga qo‘yiladigan Davlat talbalariga muvofiq barcha guruhda bolalar yurish, yugurish, muvozanat saqlash, sakrash, uloqtirish, tirmashib chiqishga o‘rganib, uni takomillashtirib boradilar, sport o‘yinlari: bastketbol, futbol, sport elementlari va hokazolarni egallaydilar.
Jismoniy tarbiya jarayonida o‘rgatishning asosiy vazifasi harakat ko‘nikmalari va maxsus bilimlarini egallashdir. Jismoniy tarbiya jarayonida ham ta’lim ham tarbiya amalga oshiriladi. Bundan o‘rgatishning asosiy fani bo‘lib o‘zaro bog‘langan harakat tizimini o‘z ichiga oluvchi ratsional harakat faoliyatlari hisoblanadi. Biror bir harakatga o‘rgatish shug‘ullanuvchilarning jismoniy rivojlanishi, fuksional imkoniyatlarini oshirish va rivojlantirish, sog‘liqni mustahkamlash va h.k. lar bilan bog‘liqdir, hamda jismoniy sifatlarini oshirish sodir bo‘ladi.
Tarbiyachining o‘yin jarayoniga rahbarlik qilishi metodikasini egallagan bo‘lishi o‘yinlarni muvaffaqiyatli o‘tkazishning asosiy sharti hisoblanadi. Harakatli o‘yinlarni tanlash va rejalashtirish dasturga muvofiq amalga oshiriladi. Bunga har bir yosh gruhning ish sharoiti hisobga olinadi, chunonchi bolalarni jismoniy va aqliy rivojlanishining umumiy darajasi harakat ko‘nikmalarining rivojlanishi, har bir bola sog‘lig‘ining ahvoli, o‘ziga xos xususiyatlar, yil fasli, kun tartibi, uyini o‘tkazish o‘rni, shuningdek bolalar qiziqishlarini o‘ziga xos xususiyatlari. Harakatli o‘yinlar dastur talablariga muvofiq asta-sekin murakkablashtirib boriladi, bolalar ongini o‘sishi, ular to‘plagan harakat tajribasini, maktabga tayyorlash zaruriyatini hisobga olgan holda o‘zgartirib turiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |