TANKCHILAR GURUHI XUJUMDA
Tankchilar guruhi (TGr) MUV bilan xamkorlikda tank vzvodi tarkibida xujumga o‘tishi mumkin. Vzvod tarkibida xujumga o‘tganda TGrga motoo‘qchi seksiya berilishi mumkin. Tank guruhining jangovar tartibi tanklar orasidagi masofa 100 metrgacha bo‘lib joylashgan tanklar jangovar chizig‘i va jangovar chiziqda yoki uning ortidan xarakat qiluvchi qo‘shimcha kuchlardan tashkil topadi.Tank guruhining xujum fronti vzvod jangovar vazifasini bajarishda guruhning roliga, vzvod jangovar tartibidagi o‘rniga, jangovar imkoniyatlariga, qarshidagi dushmanning kuch va vositalariga xamda jangovar xarakatlar olib boriladigan erlarning sharoiti va tuzilishiga bog‘liq bo‘ladi.Dushman shoshilinch mudofaaga o‘tib himoyalanayotganda yoki xujum frontidan boshqa (asosiy bo‘lmagan) yo‘nalishda xarakatlanayotgan tank guruxning xujum fronti katta, yorib o‘tish uchastkasi kichik bo‘ladi. Bo‘lib o‘tgan urushlar tajribasi shuni ko‘rsatadiki tayyorgarlik qurilgan dushman mudofaasiga xujum qilib, uni yorib o‘tish uchun xujumga o‘tgan tanklar bilan dushmanni tankka qarshi vositalarining nisbati 4 (6) :1 bo‘lishi talab qilinadi.Motoo‘qchi guruh, bilan ko‘chaytirilgan tank guruhi dushmanning bitta tankka qarshi vosita bilan motopiyoda bo‘linmasiga qarshi muvaffaqiyatli xujum qila oladi, bunda tanklar orasidagi masofa 100 metrgacha etishi mumkin.Tajribalardan va urushlar amaliyotidan ma’lumki, xujumga o‘tganlar oqopdagi bitta tankni yakson qilish uchun o‘nga 2-3 tadan kam bo‘lmagan tank bilan xujum qilishi kerak. Bu jangovar unumdorlik koeffitsientini hisoblash orqali isbot qilingan.Dushman shoshilinch tayyorgarliksiz mudofaaga o‘tganda mudofaasi o‘t ochish nuqtai nazaridan ishonchli xolsizlantirilganda yoki xujum frontini boshqa (asosiy bo‘lmagan) yo‘nalishida xarakatlanayotgan xujumdagi tank guruhining muvaffaqiyatli xujumini ta’minlash uchun dushmandan ikki va undan ko‘p marta ustunlikka ega bo‘lish talab etiladi. Bunday xolatda tank guruhi, mudofaadagi bir yarim ikkitagacha motopiyoda (piyoda) seksiya mudofaa frontida xujumga o‘tishi, xujum fronti 200 - 300 m gacha, xujumdagi tanklar orasidagi masofa 100 m gacha ortadi.Xujumdagi tanklar o‘rtasida masofa 100 m gacha bo‘lganda dushmanni yakson qilish xolatlarini kuzatish va guruhning o‘t ochishini boshqarish qulay bo‘ladi xamda tanklar ortidan xujumga o‘tayotgan piyodalar jangovar mashinalari xavfsizligini ta’minlaydi. SHuningdek, tanklar xujum vaqtida jang maydonida manyovr qilish imkoniga xam ega bo‘ladi. Agar xarakatlanayotgan tanklar o‘rtasida masofa 50 m bo‘lib, oskolkali-fugas (sochma-yondiruvchi) snaryad bilan 1,5 km uzoqlikka otsa, guruh xujum frontidagi dushman piyodalarini yo‘q, qilinishi ta’minlanadi.Motoo‘qchi vzvod bilan xamkorlikda xujumga o‘tgan tank guruhi o‘zi qo‘llayotgan vzvod (guruh) frontida xujumga o‘tadi. Tank guruhining komandiri guruhni radio orqali, signallar va ovozi orqali komanda berish bilan boshqaradi.Tank guruhining komandiri jangovar tartibda shunday joyda joylashadiki, u joydan dushmanni, bo‘ysunuvchilarning, qo‘shnilarning xarakatlarini, joylarini kuzatish va guruhni uzluksiz boshqarish qulay bo‘lishi kerak bo‘ladi.Xujum boshlanishidan oldin tank guruhi tank vzvodi tarkibida yoki berilgan bo‘linmalar tarkibi bilan birga yashirin ravishda dastlabki rayonga joylashadi.Dushman bilan bevosita to‘qnash kelgan xolatda xujumga o‘tganda tank guruhi oldindan tuzilgan jangovar tartibi orqali amalga oshiriladi. Jangovar tartibga saflanish, odatda, joylashgan pozitsiyada yoki dastlabki tayanch punktida, xujumga tayyorgarlik ko‘rish uchun kuchlar o‘rni almashtirilganda amalga oshiriladi. Kutib turuvchi pozitsiyani tayyorlash va uni egallash yashirin ravishda (niqoblanish qoidalariga rioya etib) amalga oshiriladi. Bunday xolda TGrsi xujumga o‘tish rubejiga o‘t ochish tayyorgarligi davomida xarakatlanadi.Xarakat mobaynida xujumga o‘tishda tank guruhiga trallar bilan jixozlanadigan rayon ko‘rsatilishi mumkin. Trallar o‘rnatiladigan rayon, dushman mudofaasini old chizig‘idan 4-6 km uzoqlikda, vzvod kolonalariga yoyiladigan rubej rayonidan tayinlanadi. Pichoqli trallar (KMT-6) xujumga o‘tishning dastlabki holat rayonida o‘rnatiladi.Dushman mudofaasini old chizig‘idagi tankka qarshi va zirxli vositalarini yakson qilish uchun artilleriya etarli bo‘lmasa, u holda to‘g‘ridan-to‘g‘ri mo‘ljalga olib otish uchun dushmanni bitta nishoniga 2-3 ta o‘t ochish vositasi to‘g‘ri keladigan qilib, tanklar va tankka qarshi boshqariladigan raketa komplekslari ajratilishi mumkin. Bu vazifalarni bajarish uchun, odatda, ikkinchi eshelondagi (zaxiradagi) tanklar jalb qilinadi. Tayyorlangan o‘t ochish pozitsiyalarini tanklar tunda, yashirin ravishda xujumdan oldin egallaydilar, agar buni iloji bo‘lmasa o‘t ochish tayyorgarligi boshlang‘ich egallaydilar.Ikkinchi eshelondagi (zaxiradagi) to‘g‘ridan-to‘g‘ri mo‘ljalga olib otish uchun ajratilgan tanklar xujumga o‘tayotgan bo‘linmalar rubejiga yaqinlashishi bilan xujumdagi bo‘linmalar ixtiyoriga berilgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘t ochishga mo‘ljallangan tanklar dushmanga qarshi o‘t ochishni davom ettirib, etib kelgan tanklar bilan birgalikda dushmanga qarshi xujumni davom ettiradilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |