Faqatgina kompleks usulni qo'llash esa baholanayotgan mahsulotning barcha asosiy xossa- xususiyatlarini obyektiv baholashga imkon bermaydi. Bunday holatlarda mahsulotning sifatini baholash uchun mahsulot sifatining birlik va kompleks ko'rsatkichlaridan differentsial va kompleks baholash usulini qo'shib, birgalikda foydalaniladi. Baholashning bunday usuli aralash usul deyiladi. Aralash usulda mahsulot sifatini baholash quyidagi ketma-ketlikda amalga oshiriladi: 1. Sifatning birlik ko'rsatkichlarini bir qator guruhlarga birlashtiriladi. Guruhlar bo'yicha sifatning kompleks ko'rsatkichlari aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |