Mahsulot sifat darajasini baholashning kompleks, differensial hamda aralash usuli. Bitta turdagi mahsulotning sifati darajasini baholash differentsial, kompleks va aralash usullar orqali amalga oshiriladi. Mahsulot sifati darajasini baholashning differentsial usuli baholanayotgan mahsulot turining sifat ko'rsatkichlarini tegishli bazi ko'rsatkichlari bilan taqqoslash orqali, ya'ni baholanayotgan mahsulotning sifat ko'rsatkichi R1 taqqoslash asosi qilib qabul qilingan namuna ko'rsatkichlari R1 baza bilan taqqoslanadi. Ba'zan mahsulot sifati darajasini baholashda mushkul holatlar ham uchraydi. Bunday xolatlarda barcha ko'rsatkichlarni ahamiyatlilik darajasiga ko'ra ikki guruhga bo'lish maqsadga muvofiqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |