Affiksal antonimiya. Bir turkum doirasidagi affikslarning zid ma’no bildirishi hodisasiga affiksal antonimiya deyiladi. Masalan, -li va –siz: kuchli – kuchsiz, unumli – unumsiz; - li va –be: barakali – bebaraka, nuqsonli – benuqson kabi. Morfemik tahlil 1. So‘zning qaysi turkumga tegishliligi aniqlanadi; 2. Nutqda qo‘llanganda qo‘shimcha olish olmasligi, o‘zgarganda qanday qo‘shimchalarni qabul qilish aniqlanadi; 3. O‘zak va affiksal morfemalar aniqlanadi; 4. Shu so‘zga o‘zakdosh so‘zlar topiladi; 5. Affiksal morfemaning turi aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |