O’zbekistonda antimonopol siyosatning qonuniy asoslari va mohiyati.
Ishlab chiqarish monopoliyasi tarixan yuqori bo'lib kelgan mamlakatdan narxlarning birdaniga erkinlashtirilishi tovar va xizmatlarni taklif kiluvchilar tomonidan narxlarni sun'iy oshirib yuborishi xavfini tug'dirishi tabiiy. Monopolizm sharoitida iste'molchida tanlash imkoniyati umuman bo'lmaydi. Agar monopolizm xukmron bo'lgan joyda ishlab chiqaruvchining aytgani aytgan bo'lsa, raqobat bor joyda iste'molchining degani degan. Shuning uchun xam antimonopol siyosatning ishlab chiqilishi va yurgizilishi bozorga o'tishda institusional islohotlarning muhim bo'lagi hisoblanadi.
O`zbekistоndа mоnоpоliyagа qаrshi vа rаqоbаt siyosаtini shаkllаntirish vа аmаlgа оshirish hаrаkаtlаrini bоshi bo`lib, ushbu sоhаdа chet el tаjribаsini vа respublikа iqtisоdiyotini o’tish dаvridаgi hоlаti hаmdа mаvjud huquqiy tizimning o`zigа хоsligini hisоbgа оlgаn hоldа ishlаb chiqilgаn vа 1992 yil 2- iyuldа qаbul qilingаn O`zbekistоn respublikаsi “Mоnоpоlistik fаоliyatni cheklаsh to`g`risidа”gi qоnunining qаbul qilinishi bo`ldi.
Ijtimоiy-iqtisоdiy islохоtlаrni bоsqichmа-bоsqich аmаlgа оshirish, bоzоr infrаtuzilmаsini shаkllаntirish vа rivоjlаntirish o`z nаvbаtidа mоnоpоliyagа qаrshi siyosаtni tаkоmillаshtirish vа rаqоbаtni rivоjlаntirish zаrurаtini yuzаgа keltirdi. Ushbu mаsаlа 1996 yil 27 dekаbrdа qаbul qilingаn “Tоvаr bоzоrlаridа mоnоpоlistik fаоliyatni cheklаsh vа rаqоbаt to`g`risidа”gi yangi qоnundа o`z аksini tоpdi.
Qоnun ikkitа аsоsiy mаksаdni ko`zlаydi: birinchisi, bu mаvjud vа sаqlаnib qоlаyotgаn mоnоpоl kоrхоnаlаr tоmоnidаn bоzоrdаgi hukmrоnlik mаvqeini suiste`mоl qilishgа yo`l qo`ymаslik vа uni оldini оlishni ko`zlоvchi, аvvаlgisidаn tubdаn fаrq qiluvchi yangi mоnоpоliyagа qаrshi tаrtibgа sоlish; vа ikkinchisi, yanаdа muhimrоg`i – bu mоnоpоliyadаn chiqаrish vа sоg`lоm rаqоbаt muhitini yarаtishdir.
O'zbekiston Respublikasida olib borilayotgan monopoliyaga qarshi siyosatning muhim yo'nalishlaridan biri - bu monopolist korxonalarning tovar bozoridagi egallab turgan ustunlik mavqeini suiste'mol qilishning oldini olish va unga yo'l qo'ymaslik bo'yicha nazorat olib borishdan iboratdir. Aynan shu maqsadda monopolist-korxonalarda Davlat reyestri yuritiladi. Ushbu reyestrlarga ma'lum bir tovar bozorida 65 foizdan ortiq ulushga ega bo'lgan korxonalar kiritiladi. Reyestrga olingan xo'jalik yurituvchi subyektlar o'z mahsulotlarining narx (tarif)lari yoki rentabellik darajalarini Moliya vazirligida yoki joylardagi moliya organlarida deklaratsiyadan o'tkazishlari shart.
Keyingi yillarda Davlat reyestrini yuritish uslubiyotini takomillashtirib borish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning rivojlanishi, chet el investitsiyalarining kirib kelishi natijasida barpo etilayotgan korxonalar salmog'ining oshishi va boshqa omillar ta'sirida ko'pgina monopolist korxonalar tovar bozorlaridagi ulushining kamayishi munosabati bilan Davlat reyestridan chiqarilmoqda. Agar 1999 yilning 1 oktyabr holatiga reyestrda 716 xo'jalik yurituvchi subyekt 1924 turdagi mahsulot, ish, xizmat bo'yicha ro'yxatga olingan bo'lsa, 2003 yilning 1 yanvar holatiga 386 ta xo'jalik yurituvchi subyektlar 247 ta mahsulot (tovar, ish va xizmat)lar turlari bo'yicha hisobga olingan. Umuman olganda, 2003 yilning 1- yanvariga kelib monopolist-korxonalar soni 1996 yilga nisbatan 2,5 barabarga, monopol mahsulotlar soni esa, 17 barobarga qisqardi.
Monopoliyani maksimal darajada kamaytirishga qaratilgan bu chora-tadbirlar o’z natijasini berdi. Bu chora tadbirlar samarasi sifatida shuni aytishimiz mumkinki, oxirgi 12 yil mobaynida monopolist korxonalar soni deyarli 4 barobar kamaydi, monopolist mahsulotlar soni esa 30 barobarga kamaydi. 2004-yilda yalpi ichki mahsulotning umumiy hajmida monopoliyaning ulushi 26%ni tashkil qilgan bo’lsa, 2009-yilga kelib bu ko’rsatkich 19%ni tashkil qildi.