Regeneratsiya chastotasi.
Tasvirni regeneratsiyalash (yangilash) chastotasi, monitordagi tasvirni soniya davomida necha marta to‘liq o‘zgartira olishini ko‘rsatadi (shuning uchun kadrlar chastotasi deb ham atashadi). Bu o‘lchov nafaqat monitorga, balki videoadapter sozligi va xususiyatiga ham bog‘liq bo‘ladi. Ammo baribir oxirgi imkoniyatini monitor aniqlab beradi. Regeneratsiya chastotasi gersda (Gts) o‘lchanadi. U qancha yo‘qori bo‘lsa, tasvir shuncha aniq va mustahkam bo‘ladi. Ko‘z kamroq charchaydi, kompyutyerdan uzoqroq ishlash imkoni bo‘ladi. Regenerasiya chastotasi 60 Gts bo‘lganda, tasvirni pirillashi darrov ko‘rinadi. Bugungi kunda bunday narsaga yo‘l qo‘yilmaydi. Minimal 75 Gts, normativ – 85 Gts va – 100 Gts va undan ortig‘i qulay hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |