Mavzu: Mollyuskalar (Mollysca) tipi. Qorinoyoqli (Gastropoda) mollyuskalar sinfi


Mavzu: Bo’gimoyoqlilar (Artnhropoda) tipi. Qisqichbaqasimonlar (Crustacea) sinfi



Download 6,75 Mb.
bet7/61
Sana09.04.2023
Hajmi6,75 Mb.
#926276
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   61
Bog'liq
A qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika

Mavzu: Bo’gimoyoqlilar (Artnhropoda) tipi. Qisqichbaqasimonlar (Crustacea) sinfi.
Reja:
1. Bo’g’imoyoqlilar tipining umumiy tavsifi.
2. Bo’g’imoyoqlilar tipining klassifikatsiyasi va ularning xilma-xilligi.
3. Qisqichbaqasimonlarning umumiy ta’rifi, klassifikatsiyasi va ahamiyati.
4. Daryo qisqichbaqasining yashash muhiti, tashqi tuzilishi, ko’payishi va rivojlanishi.
Mavzuga oid tushuncha va atamalar: ikki bo'lmali oshqozon, bo`g`imoyoqlilar, paropodiya, plankton, dafniya sikloplar, zaxkashlar, jag`oyoqlar, qisqich, haqiqiy yurish oyoqlari, qorinoyoqlar, tukli plastinkalar, tullash, yurak devoridagi uch juft teshikchalar, bit juft yashil bezlar, harakatchan poyacha, juda ko`p mayda ko`zchalar, mozaika ko`rish, uzun va kalta mo`ylovlar.
Mavzuning maqsadi va vazifasi: Quyida keltirilgan atama va tushunchalarni izohlash va ularni o’zaro bog’lab tushuntirish: tananing geteronom segmentlari – bosh, ko’krak, qorin; tashqi skelet – xitinlashgan kutikula, gipodermal epiteliy, ko’ndalang-targ’il muskullar;vtana qismlari – jabra, o’pka xaltasi, xelitsera, pedipalplar; ochiq qon aylanish sistemasi, yurak, gemolimfa; og’iz apparati – jag’, yuqorigi va pastki lab;gangliya, bosh miya, qorin nerv zanjiri;fasetkali (mozaik) ko’rish, fasetkali ko’z, kalta poyacha; yashil bezlar, shakli o’zgargan metanefridiyalar, malpiginaychalari; bevosita rivojlanish, metamorfoz, to’liq va to’liqsiz rivojlanish, jinsiy demorfizm. Bo’g’imoyoqlilar tipining kelib chiqishi to’g’risidagi tasavvurlarga ega bo’lish. Ushbu tip sinflarining tuzilichidagi asosiy belgilarni izohlash. Bo’gimoyoqlilarning quruqlikda yashashga moslanishlari va yer yuzida keng tarqalish sabablarini tushuntirish.Bo’g’imoyoqlilar sinfi ayrim vakillarining tibbiy ahamiyatini izohlash.
Bo’g’imoyoqlilar (Artnhropoda) – yer yuzida nihoyatda ko’p tarqalgan hayvonlardir. Ularni suvda, havoda, tuproqda, xullas yer yo`zining hamma qismida ko’plab uchratish mumkin. Bo’g’imoyoqlilarning 1 mln. dan ortiq turi ma’lum.
Bo’g’imoyoqlilarning tanasi halqali chuvalchanglar kabi segmentlardan tarkib topgan bo’lsa ham ularda segmentlararo pardalar yo’qolgan. Terining ustki qismidagi kutikula qalinlashib, u xitin deb ataluvchi organik modda tarkibiga ega bo’lgan qattiq himoya qavati hosil etgan. Ayni vaqtda mazkur qavat tashqi skelet vazifasini ham bajaradi (ichki tomondan bu qavatga muskullar birikadi.) Shuning uchun ham bo’g’imlarning oraliqlari yupqalashgan o’sish vaqtida esa xitinli kutikula almashib turishi, ya’ni po’st tashlash hodisasi ro’y beradi.
Halqali chuvalchanglardagi parapodiyalarning so’ngi takomillanishi natijasida hosil bo’lgan xarakat organlari-oyoqlari ham maxsus bo’g’imlardan tashkil topgan. Shu boisdan ham mazkur tipga mansub bo’lgan guruhlarni bo’g’imoyoqlilari deb nomlangan.Tipning bir qancha soddaroq tuzilgan (qadimgi) avlodlarida oyoqlar ko’p bo’lib, bir qancha guruhlarida ular xilma-xil vazifalarni bajarishga moslashib o’zgargan bo’lishi, bir qanchalarida oyoqlar sonining kamayishi yo`z berganligi xarakterlidir.
Bo’gimoyoqlilarning ko’pchiligida tananing bosh, ko’krak va abdomen (qorincha) bo’linganligi, yaxshi rivojlangan harakat organlari-oyoqlarning paydo bo’lishi bilan bir qatorda tez murakkab harakatni boshqaruvchi ko’ndalang chiziqli muskularni yaxshi taraqqiy etganligi ham harakterlidir. Ularda sezgi organlarining g’oyat kuchli darajada rivojlanishi-markaziy nerv sistemasi ”bosh miya “ va qorin nerv zanjirni marakkablanishi va taraqqiy etishini muvofiqlashtirgan.
So’ngi takomillanish natijasida bo’g’imoyoqlilarda ikkilamchi tana bo’shlig’i o’zgargan. Ulardagi mavjut tana bo’shlig’i, ko’pchilik zoologlarning ko’rsatishlaricha, ikkilamchi va birlamchi tana bo’shliqlarining qo’shilishi natijasida hosil bo’ladi. Shuning uchun ham, aftidan, ularda qon ayalnish sistemasi (qon tomirlari) to’la tutashgan emas. Bir qancha avlodlarida mazkur organlar sistemasi soddalashgan.
Birlamchi (dastalbki) suvda yashovchi bo’g’imoyoqlarda halqalilarning nafas olish organi-paropodiya o’simtalarning o’zgarishi natijasida rivojlangan jabralar bo’lib, bir qanchalarida havodan nafas olishga moslashgan varaqchalar (“o’pka”) yoki naychalar sistemasi (traxeya) taraqiy etgan. Bo’g’imoyoqlilarning hamma avlodlari jinsiy yo’l bilan ko’payadi. Dastlabki suvda yashovchilarning ko’pchiligida otalanish tashqi bo’lib, ba’zi suvda yashovchilar va hamma quruqda yashovchi formalarda bu xodisa ichki jinsiy organlarda sodir bo’ladi. Bularning hamma avlodlarida deyarli embrion taraqqiyoti lichinkalik davrini o’tish bilan vujudga keladi. Juda ko’p xodisalarda lichinka to’la o’zgarishli metomorfoz orqali rivojlanadi.
Bo’g’imoyoqlilar tipi (Artnhropoda ) jabra bilan nafas oluvchilar, traxеyalilar, xеlitsеralilar va trilobitasimonlar kеnja tiplariga bo`linadi. Ya'ni;

1. Jabra bilan nafas oluvchilar kеnja tipi –Branchiata


Qisqichbaqasimonlar sinfi- Crustacea
2. Xеlitsеralilar -CHELICERATA kеnja tipi
Qilichdumlilar sinfi – Xiphosura
Qisqichbaqachayonlar sinfi -
O`rgamchaksimonlar sinfi -Arachinida
3. Traxеyalilar kеnja tipi -TRACHEATA
Ko`poyoqlilar sinfi -Myriapoda
Hasharotlar sinfi -Insecta
Endi quyida sinflarning asosiy vakillari bilan tanishamiz.

Download 6,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish