Mavzu: Moliyaviy natijalar to`g`risidagi hisobot tavsifi, uning qo`llanilishi va kamchiliklari Reja Kirish I bob. Moliyaviy nаtijаlаr to`G`risidаgi hisobotning o`rni, аhаmiyati vа tartibga soluvchi me’yoriy huquqiy hujjatlar



Download 78,4 Kb.
bet3/10
Sana30.05.2023
Hajmi78,4 Kb.
#946276
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
MNTH kurs ishi

Tushunarlilik – bu moliyaviy hisobot taqdim qiluvchi korxonalar faoliyatiga taaluqli iqtisdoiy-moliyaviy qaror qabul qilishda foydali bo`lishi uchun axborot tushunarli bo`lishi zarur. Ammo, tushunarli bo`lsin degani bu axborotni barcha tushunadigan va mutaxxasis bo`lmagan shaxslar ham anglashi kerak bo`lgan darajagacha sodda bo`lishi kerak degani emas.
Ahamiyatlilik – bu moliyaviy hisobotlarni sifat xususiyatlarini ifodalovchi, moliyaviy axborotlardan foydalanib qaror qabul qilish vakolatiga ega bo`lgan tashqi foydalanuvchilar uchun buxgalteriya axborotining yaroqliligini ifodalaydi.
Buxgalteriya axborotining ahamiyatlilik darajasini aniqlash uchun sifatning quyidagi uch jihati orqali o`lchash mumkin:

  • O`z vaqtidalilik;

  • Istiqbolni belgilash imkoniyati;

  • Teskari aloqa.

Ishonchlilik – moliyaviy axborotlarning ishonchliligi, dastlab, uning xato va noaniqliklardan holiligini bildiradi. U axborotning ma’nosini to`liq va to`g`ri yoritib berishi zarur. Qaror qabul qilish vakolatiga ega tashqi foydalanuvchilar iqtisodiy istiqbolni belgilash va natijalarni tasdiqlashda tayanadigan axborotning malakali mutaxassislar tomonidan tayyorlanganligiga ishongan bo`lishlari zarur.
Axborotning to`g`riligi quyidagi uch mezonga asosan tekshiriladi:

  1. Haqqoniylik (to`g`ri aks ettirish);

  2. Tekshirish imkoniyatining mavjudligi;

  3. Xolislik (ya’ni betaraflilik).

Solishtirish imkoniyatining mavjudligi – moliyaviy axborotlarning sifat xususiyatini ifodalovchi bu tushuncha, ikki xil axborot orasidagi munosabatga xos belgidir. Solishtirish yordamida axborotlardan foydalanuvchilar moliyaviy hisobotlarning ikki to`plamida berilgan axborotlar o`rtasidagi o`xshashliklar va farqlarni topish imkoniyatiga ega bo`ladilar. Solishtirish imkoning mavjudligi turli xo`jalik yurituvchi subyektlar moliyaviy hisobotlarini taqqoslashda yoki bir subyektning turli davr, ma’lum bir vaqt uchun moliyaviy hisobotlarini taqqoslashda muhim vosita sifatida qo`llaniladi.
Moliyaviy hisob shunday ma’lumotlarni o`zida mujassam etadiki, ushbu ma’lumotlar nafaqat korxona faoliyatiga rahbarlik qilishda foydalaniladi, balki tashqi foydalanuvchilarga ham tegishli ma’lumotlar taqdim etiladi. Moliyaviy hisob axborotlarni umumlashtirish va sintez qilishga yo`naltirilgan. U ba’zi bir davr uchun korxona foydasini tezkor aniqlashga, korxonaning aktivlari va passivlarini hisobot balansi shaklida umumlashtirishga, korxonaning mulkiy va moliyaviy holatini ta’riflashga imkon beradi.
Moliyaviy hisobotning maqsadi, vazifalari unda aks ettirilishi lozim bo`lgan axborotlarning turi, nomi va ko`lamini belgilab beradi. Boshqacha qilib aytganda korxonaning moliyaviy holati, hisobot davri uchun moliyaviy natijalari hamda mulkiy holati haqidagi ma’lumotlar moliyaviy hisobotda aks ettirilishi lozim. O`zbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi to`g`risida”gi qonuniga muvofiq quyidagi shakllarda aks ettirish tavsiya etiladi:

  • Buxgalteriya balansi – 1-sonli shakl;

  • Moliayviy natijalar to`g`risidagi hisobot – 2-sonli shakl;

  • Asosiy vositalarning harakati to`g`risidagi hisobot – 3-sonli shakl (hozirda bu hisobot amaliyotda qo`llanilmaydi va bu hisobot chiqarib yuborilgan);

  • Pul oqimlari to`g`risidagi hisobot – 4-sonli shakl;

  • Xususiy kapital harakati to`g`risidagi hisobot – 5-sonli shakl;

Bu moliyaviy hisobotlar O`zbekiston Respublikasining Buxgalteriya hisobi Milliy standartlari asosida ishlab chiqilgan va “Korxona hisob siyosati”ga asosan tuzilishi va foydalanuvchilar uchun ahamiyatli bo`lgan barcha moliyaviy axborotni o`zida mujassamlashtirishi kerak.
Moliyaviy natijalar to`g`risidagi hisobot” shaklida korxonaning mahsulot sotishdan ko`rgan moliyaviy natijasi, asosiy faoliyat, umumxo`jalik faoliyati bo`yicha moliyaviy natijasi va sof foydasi ko`rsatiladi. Bu shakl ma’lumotlari buxgalteriya balansini tuzishda ishlatiladi. Moliyaviy natijalar – bu korxona iqtisodiy faoliyatining foyda yoki zarar ko`rinishidagi yakuniy natijasidir. Bunda daromadlar va xarajatlar faoliyat turini chegaralash yo`li bilan ko`rsatilishi mumkin. Masalan, amaliyotda asosan korxonaning asosiy faoliyat turidan kelib chiqqan daromad va xarajatlar bilan favqulodda holatlar natijasida hosil bo`lgan daromadlar va xarajatlarni chegaralash qo`llaniladi. Daromadlar va xarajatlar moddalarini chegaralash va uning turli xil kombinatsiyalari korxona faoliyati natijasini ko`rish imkonini beradi. Moliyaviy natijalar to`g`risidagi hisobot choraklik hisobot shakliga kirib barcha xo`jalik yurituvchi subyektlar tomonidan tuziladi.
Iqtisodiy adabiyotlarda moliyaviy hisobotga berilgan ta’riflar va qarashlar turlicha, lekin mazmun jihatdan bir-biriga o`xshash . Fikrimizcha moliyaviy hisobotga quyidagicha ta’rif berish mumkin: «Moliyaviy hisobot har bir mamlakatda qabul qilingan tartib-qoidalar asosida buxgalteriya hisobi ma’lumotlarini umumlashtirish natijasida su’yektning
mol-mulki, mablag’lari, majburiyatlari, kapital, daromaddari, xarajatlari, foydasi
(zarari)ning umumiy qiymati hamda ularning tarkibi to`g`risidagi, shuningdek,
foydalanuvchilar uchun zarur boshqa iqtisodiy ko`rsatkichlarni o`zida mujassam
qilgan maxsus hisobot shakllarining yig’indisidir». Chunki, har bir mamlakatda
xo`jalik yurituvchi su’yektlarning moliyaviy hisobot shakllari va ularning
ko`rsatkichlari belgilab qo`yiladi.



    1. Download 78,4 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish