Moliyaviy hisobotlarda koeffitsentlardan foydalanish samaradorligi.
Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar
KIRISH O‘zbekiston Respublikasining iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyotini yanada rivojlantirishni ro`yobga chiqarish maqsadida Respublikamiz Prezidenti tashabbusi bilan ishlab chiqilgan 2017-2021 yillarga mo`ljallangan “Ozbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo`yicha harakatlar strategiyasida moliya bozorini rivojlantirish, milliy iqtisodiyot tarkibida sanoat, xizmat ko`rsatish sohasi, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik ulushini ko`paytirish, mahalliy ishlab chiqaruvchilarning mahsulotlari raqobatdoshligini oshirish, ta`lim va fan sohasini rivojlantirish, ta`lim-tarbiya sohasining yaxlit, uzluksiz tizimini shakllantirish va mustahkamlash kabi dolzarb vazifalar belgilangan”1. Shu sababli mamlakatimizda buxgalteriya hisobi va barcha iqtisodiy fanlarni chuqur o`rganish, us-hbu fanlarni o`qitish metodikasini takomillashtirish,iqtisodiy ong, iqtisodiy madaniyat, iqtisodiy tafakkur va ishbilarmonlik sifatlarini shakllantirish shu kunning dolzarb vazifasi hisoblanadi. Boshqaruv qarorlari qabul qilish uchun zaruriy axborotlar albatta moliyaviy menedjment uchun tegishli axborotlar manbalarining sifati, ko‘rsatkichlari va ehtimolliligiga bevosita bog‘liqdir. Bunda birinchi navbatda korxonalarning ichki moliyaviy holatini o‘zida aks ettiruvchi moliyaviy hisobotlar asosiy rol uynaydi. Moliyaviy hisobotlar moliyaviy menedjment uchun boshqaruv, moliyaviy, investitsion qarorlar qabul qilishdagi eng muhim moliyaviy axborotlar manbai rolini uynaydi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonalardagi mavjud moliyaviy hisobotlar tizimi asosan quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
-balans;
-moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot;
-budjetga tulanmalar to‘g‘risidagi hisobotlar,
-asosiy vositalarning harakati tug‘risidagi hisobot;
1.“Ozbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo`yicha harakatlar strategiyasi to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 17-fevraldagi PF-4947-sonli Farmoni
-pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobot;
-xususiy kapital to‘g‘risidagi hisobot;
-debitorlik va kreditorlik to‘g‘risidagi hisobotlar.
Turli mamlakatlarda hisobotlarni shakllantirishga o‘ziga xos talablar qo‘yiladi, birok hisobot tizimining asosiy shakllari sifatida balans va moliyaviy natijalar tug‘risidagi hisobotlar to‘ziladi. Hisobotning qolgan shakllarining balans va moliyaviy natijalar turisidagi hisobot shakllari xosilasi sifatida to‘ziladi. Umuman hisobot tizimi elementlarining detallashtirilishi subyektlar iqtisodiy faoliyatining natijalarini moliyaviy aks ettirilishini osonlashtiradi va undan foydalanuvchilar uchun bir qator qulayliklar tugdirishi mumkin. Moliyaviy menedjment axborotlarining asosiy manbai korxonalarning buxgalterlik balansi hisoblanadi.
Balans subyektlarning ma’lum muddatlarga moliyaviy holatini tavsiflab, bir tomondan yagona pulli baholanishlarda subyektlarning resurslarini tarkibini va ulardan foydalanish yo‘nalishlarini ikkinchi tomondanularni moliyalashtirish manbalarini aks ettiradi. Subyektlar balansi uning aktiv va passiv tomonlari muvozanatini ta’minlaydi. Balansdagi o‘zgarishlar aktivlar va passivlarning tarkibi yoki aktivlar va passivlarning o‘zaro to‘g‘ri mutonosib ravishdagi kamayishi yoki ko‘payishi muvozanatini o‘zida aks ettiradi. Shuningdek balansdagi o‘zgarishlar aktiv bo‘limlari tarkibining o‘zgarishlari va passiv bo‘limlarining tarkibini o‘zgarishi bilan sodir bo‘ladi.