5. Xususiy kapital to‘g‘risidagi hisobotni tuzish Xususiy kapital to‘g‘risidagi hisobot joriy buxgalteriya ma’lumotlariga asosan tuzilib, unda tashqi va ichki foydalanuvchilar uchun muhim ko‘rsatkichlar mavjud.
Xususiy kapital to‘g‘risidagi hisobot ma’lumotlariga asosan korxonaning bozor faolligi ko‘rsatkichlarini tahlil qilish mumkin. Bu ko‘rsatkichlar kompaniyaning aksiyalarini qiymati va daromadliligini ta’riflaydi.
Bir aksiyaga to‘g‘ri keladigan foyda (AF) quyidagicha aniqlanadi:
AF = Sof foyda – imtiyozli aktsiyalar bo‘yicha dividendlar / Muomaladagi oddiy aktsiyalar Bu ko‘rsatkich muomaladagi bir oddiy aksiyaga qancha sof foyda to‘g‘ri kelishini ko‘rsatadi. Bu bozor iqtisodiyoti sharoitida eng zaruriy ko‘rsatkichlardan biri hisoblanadi.
Aksiyaning bozor bahosi bilan bir aksiyaga to‘g‘ri keladigan foydaning munosabati (BF) quyidagicha aniqlanadi:
BF = Bir aktsiyaning bozor qiymati / AF Bu ko‘rsatkich kompaniyaning bir so‘m sof foydasiga aksionerlar necha so‘m to‘lashga roziligini bildiradi. Masalan, «A» kompaniyasida bu ko‘rsatkich 10 bo‘lib, «B» kompaniyasida 8 bo‘lsa, investorlar «A» kompaniyasining investitsiya sifatini afzalroq baholaydi. Bu ko‘rsatkich boshqa kompaniyalarning bir aksiyaga to‘g‘ri keladigan foyda dinamikasi va umumiy bozor dinamikasi bo‘yicha baholanadi.
Bir aksiyaning balans qiymati (ABQ) quyidagicha aniqlanadi:
ABQ = Aktsioner kapitalining qiymati – imtiyozli aktsiyalar / Muomaladagi oddiy aktsiyalar Bir aksiyaning balans qiymati buxgalteriya hisobi va hisoboti ma’lumotlariga binoan bir oddiy aksiyaga to‘g‘ri keladigan korxonaning sof aktivlari qiymatini ko‘rsatadi.
Bir aksiyaning bozor qiymati bilan balans qiymatining nisbati uning balans qiymatiga qaraganda bozor qiymati qancha ekanligini ko‘rsatadi va u quyidagicha aniqlanadi:
Bq = Bir aktsiyaning bozor qiymati / Bir aktsiyaning balans qiymati Dividend daromad yoki dividend normasi quyidagicha aniqlanadi:
Dividenddan daromad ( haq. qiymat me’yori) = Bir aktsiya bo‘yicha divided / bir aktsiyaning bozor qiymati Aksiyaning daromadliligi (AD) muhim ahamiyatga ega bo‘lib, u quyidagicha aniqlanadi:
AD = D + (S* - S) / S bu erda D – aksiyaga egalik qilish davrida olingan dividend summasi,
S* - sotish narxi,
S – sotib olish narxi
To‘lanadigan dividendlar ulushi (TDU) quyidagicha aniqlanadi:
TDU = Bir aktsiyaga to‘g‘ri keladigan dividend / Bir aktsiyaga to‘g‘ri keladigan sof foyda Bu ko‘rsatkich tahlilining xususiyati shundan iboratki, uning «yaxshi» va «yomon» darajasi bo‘lmaydi. Lekin buning umumiy ko‘rsatkichi 1 dan oshmasligi kerak. Bu demak kompaniya dividend to‘lash uchun etarli darajada foyda olganligini ko‘rsatadi. Agar bu ko‘rsatkich 1 dan oshib ketsa, kompaniya moliyaviy imkoniyatidan oqilona foydalanmaganligini yoki zaxira kapitalidan qarz olganligini ko‘rsatadi. Dividendlar xususiy kapitalni kamaytiradi, chunki ular kompaniya tasarrufida qolgan sof foydadan to‘lanadi.
Xulosa Moliyaviy buxgalteriya hisobi (yoki moliyaviy buxgalteriya) ning maydoni buxgalteriya hisobi biznes bilan bog'liq moliyaviy operatsiyalarni sarhisob qilish, tahlil qilish va hisobot berish bilan bog'liq. Bu tayyorlashni o'z ichiga oladi moliyaviy hisobotlar ommaviy foydalanish uchun mavjud. Aksiyadorlar, etkazib beruvchilar, banklar, xodimlar, davlat idoralari, biznes egalari va boshqalar manfaatdor tomonlar qaror qabul qilish maqsadida bunday ma'lumotlarni olishga qiziqqan kishilarning misollari.
Moliyaviy buxgalteriya hisobi mahalliy va xalqaro buxgalteriya standartlari bilan tartibga solinadi. Umuman qabul qilingan buxgalteriya tamoyillari (GAAP) - har qanday yurisdiksiyada qo'llaniladigan moliyaviy buxgalteriya hisobi bo'yicha ko'rsatmalarning standart doirasi. U buxgalterlar ro'yxatga olish va xulosalashda va moliyaviy hisobotni tayyorlashda amal qiladigan standartlar, konvensiyalar va qoidalarni o'z ichiga oladi.
Boshqa tarafdan, Xalqaro moliyaviy hisobot standartlari (UFRS) - bu operatsiyalarning ayrim turlari va boshqa hodisalar moliyaviy hisobotda qanday aks ettirilishi kerakligini ko'rsatadigan ehtirosli buxgalteriya standartlari to'plamidir. IFRS tomonidan berilgan Buxgalteriya hisobi bo'yicha xalqaro standartlar kengashi (IASB). IFRS xalqaro miqyosda tobora keng tarqalishi bilan, izchillik moliyaviy hisobotlarda global tashkilotlar o'rtasida keng tarqalgan.
Moliyaviy buxgalteriya hisobi tashkilotdan tashqarida yoki kompaniyaning kundalik faoliyatida ishtirok etmaydigan odamlar uchun buxgalteriya ma'lumotlarini tayyorlash uchun ishlatilsa, boshqaruv hisobi menejerlarga biznesni boshqarish to'g'risida qaror qabul qilishda yordam beradigan buxgalteriya ma'lumotlarini taqdim etadi.
Moliyaviy hisobot -xo‘jalik yurituvchi subektlar tomonidan mahsulotlarini sotish, bajarilgan ish va ko‘rsatilgan xizmatlar natijalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar 346 majmui bo‘lib, moliyaviy-xo‘jalik faoliyatining holatini ma’lum davr (chorak, yillik) ga qiymat ko‘rinishida aks etirishdir.
Shuningdek, ushbu hisobotni tuzish tamoyillarini, uni taqdim etish tartibi to‘g‘risida nazariy hamda amaliy ko‘nikmalarini shakllantirish bo‘yicha tavsiyalar berilgan.
Foydalanilgan Adabiyotlar O‘zbekiston Respublikasining «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi Qonuni. 1996y.
O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirligining 140-sonli buyrug‘i 2002 yil 27 dekabrdagi
Konsolidallashgan hisobot 8 –sonli milliy standart
O‘z.R. AV tomonidan 2003 yil 24 yanvarda ro‘yxatga olingan O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2002 yil 27 dekabrdagi 140-sonli buyrug‘i
«Auditorlik faoliyat to'g'risidagi» O'zbekiston Respublikasining qonuni. 26 may 2000 yil
«Buxgalteriya hisobida hujjatlar va hujjatlarning aylanishi to'g'risidagi» Nizom. AV №1297 14 yanvar 2004y