Shunday bo‘lsa-da, bu o‘rinda shuni qayd etish joizki, firmaning moliyaviy hisobotlarida kamdan-kam hollarda uning faoliyati qanchalik samarali bo‘lganini to‘liq baholash uchun zarur ma’lumot mavjud. Ammo hisobotlar manfaatdor shaxslarni korxona faoliyatining qaysi jihatlarini, ayniqsa, o‘ta sinchkovlik bilan tahlil qilish kerakligi to‘g‘risida muhim ma’lumot bilan ta’minlashi mumkin. Moliyaviy hisobotlarni batafsil o‘rganib, firmani boshqarishda qo‘lga kiritilgan yutuqlar va yo‘l qo‘yilgan xatolarni ko‘rish, ba’zida esa firibgarliklarni aniqlash mumkin. Ularning naqadar muhim ekanligini anglash uchun Hisob Palatasi, Moliya vazirligi, Soliq qo‘mitasi, tarmoq yoki soha vazirliklari qoshidagi Nazorat-taftish boshqarmalari, auditorlik xizmatlari va hokazolar tomonidan taqdim etiladigan materiallarga ko‘z tashlashning o‘zi yetarli. Rasmga ko‘rsatilishicha, moliyaviy hisobotlarning ikkinchi funksiyasi firma egalari va kreditorlariga korxona faoliyati samaradorligining asosiy reja ko‘rsatkichlarini aniqlash va menejerlar faoliyatini tartibga solish imkonini berish hisoblanadi. Moliyaviy hisobotlardan direktorlar kengashi korxona samarador-ligining rejadagi ko‘rsatkichlari borasida muayyan maqsadni belgilash uchun foydalanadi. Masalan, ular balans daromadliligi yoki kapital daromadliligi koeffitsiyenti (ROE) uchun aniq o‘sish sur’atini belgilagan holda, muayyan maqsad qo‘yishi mumkin. Shuningdek, kreditorlar firma boshqaruv-chilari oldiga joriy aktivlar va joriy majburiyatlar nisbati koeffi-tsiyenti kabi kutilgan ko‘rsatkichni maqsad qilib qo‘ygan holda, ularning xatti-harakatlarini cheklab qo‘yishlari ham mumkin. Rasmga ko‘rsatilishicha, moliyaviy hisobotlarning ikkinchi funksiyasi firma egalari va kreditorlariga korxona faoliyati samaradorligining asosiy reja ko‘rsatkichlarini aniqlash va menejerlar faoliyatini tartibga solish imkonini berish hisoblanadi. Moliyaviy hisobotlardan direktorlar kengashi korxona samarador-ligining rejadagi ko‘rsatkichlari borasida muayyan maqsadni belgilash uchun foydalanadi. Masalan, ular balans daromadliligi yoki kapital daromadliligi koeffitsiyenti (ROE) uchun aniq o‘sish sur’atini belgilagan holda, muayyan maqsad qo‘yishi mumkin. Shuningdek, kreditorlar firma boshqaruv-chilari oldiga joriy aktivlar va joriy majburiyatlar nisbati koeffi-tsiyenti kabi kutilgan ko‘rsatkichni maqsad qilib qo‘ygan holda, ularning xatti-harakatlarini cheklab qo‘yishlari ham mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |