Korxonaning to‘lov qobiliyati tahlili
Korxonalar ko‘p turdagi iqtisodiy aloqalarni, jumladan, xomashyo va materiallar sotib olish, tayyor mahsulotlarni sotish bilan bog‘liq bo‘lgan hisob-kitoblarni bajarishadi. Shuningdek, davlat budjeti, moliya bank, sug‘urta va kreditorlar bilan munosabatda bo‘linadi. Ularga hisob berishni belgilangan muddatda amalga oshirish, moliyaviy tartib intizomiga rioya qilish katta ahamiyatga ega.
To‘lov qobiliyati deyilganda, xo‘jalikning muddati kelgan to‘lov majburiyatlarni bajarish uchun zurur bo‘lgan mablag‘larni yetarli yoki kamchiligini aniqlash tushuniladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonalarning to‘lov qobiliyatiga ega bo‘lishi muhim va bu uning o‘z vaqtida zarur bo‘lgan qarzlarni qaytarish imkoniyatlarini belgilaydi.
Korxona balansi ma’lumotlarga asoslanib, to‘lov qobiliyatining qay ahvoldaligi hisoblanadi. Buning uchun korxonaning to‘lash uchun zarur bo‘lgan mablag‘lari bilan qarz majburiyatlarini solishtirish mumkin. To‘lov mablag‘lariga pul mablag‘lari, jo‘natilgan tovar va mahsulotlar qiymati (hali pul kelib tushmagan), debitor sotishdagi tushum va boshqalar kiradi, shuningdek, qisqa muddatga olingan ssudalar ham vaqtincha to‘lov majburiyatlarni amalga oshirish uchun manba bo‘lishi mumkin.
Qimmatli qog‘oz, aksiya, obligatsiya sotishdan olingan mablag‘ va qo‘shimcha korxonalarda qatnashishdan kelgan daromadlar ham to‘lov majburiyatlarini bajarishdagi manba bo‘lishi kerak. To‘lov majburiyatlariga mol yetkazib beruvchi va pudratchilarga, budjet va sug‘urtaga, mehanat haqi, turli xil kreditorlarga bo‘lgan va boshqa turdagi qarzlar kiradi. Korxonaning ma’lum bir kundagi to‘lov qobiliyatini aniqlash uchun shu muddatdagi to‘lov majburiyatlari bilan mablag‘lar solishtiriladi.
Korxona balansi aktividagi moddalarni pulga aylanishi aktiv likvidligi, to‘lovga qodirlik (to‘lov qobiliyati) esa muddatida va to‘liq hajmda qarzlardan uzulishni ifodalaydi. To‘lovga qodirlikning zarur va muhim sharti likvidlikdir. «To‘lovga qodirlik» so‘zi keng ma’noni anglatadi, chunki u aktivdagi moddalarni tez pulga aylanishidan tashqari, savdo, kredit va boshqa pul muomalalari bilan bog‘liq majburiyatlarni muddatida va to‘liq hajmda bajara olish qobiliyatini ham ifodalaydi.
Jadval ma’lumotlaridan ko‘rinadiki, biz tahlil qilayotgan xo‘jalik subyekti joriy davrda to‘lov qobiliyatiga ega hisoblanadi. Korxonaning jami to‘lov mablag‘lari 337089 ming so‘m bo‘lgani holda, jami to‘lov qarzlari 163147 ming so‘mni tashkil qilgan. Bundan ko‘rinadiki korxonada to‘lov qarzlariga nisbatan to‘lov mablag‘lari 173942 ming so‘mga ko‘p bo‘lgan. Bu esa korxonaning mutlaq to‘lov qobiliyatiga ega ekanligidan dalolat beradi. Bundan tashqari to‘lov mablag‘lari tarkibiga e’tibor qiladigan bo‘lsak, uning asosini tayyor mahsulotlar (167464 ming so‘m) hamda debitorlik qarzlari (148125 ming so‘m) tashkil qilmoqda. Bu shundan dalolat beradiki, korxona ayni vaqtda tez to‘lov qobiliyatiga ega emas ekan. To‘lov qarzlarining asosini esa mol yetkazib beruvchilardan bo‘lgan qarzlar hamda boshqa shu kabi majburiyatlar tashkil qilmoqda. Bu esa ushbu qarzlarni qisqa muddatlarda to‘lab beish lozimligini bildiradi. Korxona ma’muriyati to‘lov qobiliyatini yaxshilash uchun mavjud tayyor mahsulotlarini sotish choralarini ko‘rishi hamda debitorlik qarzlarini undirib olish choralarini ko‘rishi lozim bo‘ladi. Aks holda, korxonaning to‘lov qobiliyati bundanda yomonlashishi mumkin.
Korxonaning to‘lov layoqatini baholashda, odatda, quyidagi ko‘rsatkichlardan foydalaniladi:
Mutlaq to‘lov layoqati koeffitsiyenti.
Oraliq to‘lov layoqati koeffitsiyenti.
Joriy to‘lov layoqati koeffitsiyenti.
Mutlaq to‘lov layoqati ko‘rsatkichi korxonaning joriy aktivlarida harakatchan aktivlarning to‘lov majburiyatlarini qoplashiga yetarliligi yoki yetishmasliligini; oraliq to‘lov layoqati ko‘rsatkichi joriy aktivlarda harakatchan va tez pulga aylanadigan aktivlarni to‘lov majburiyatlarini qoplashga yetarliligi yoki yetishmasliligini; joriy to‘lov layoqati ko‘rsatkichi esa joriy aktivlarda barcha aylanma aktivlarning to‘lov majburiyatlarini to‘lashga yetarliligi yoki yetishmasliligini tasniflaydi. Korxonaning to‘lov layoqatiga baho berishda muqobillik variantlarini ham qo‘llash lozim bo‘ladi. Yangi ochilgan va hali faoliyat boshlamagan korxonalarga kredit berish yuzasidan qaror qabul qilishda, uning biznes-reja ko‘rsatkichlari va u bo‘yicha aniqlangan to‘lovga qodirlikning ehtimolligiga, korxonaga maqsadli, markazlashgan kredit resurslarining tushirilishiga, texnik loyihalar asosida kredit ajratilishi va hokazolarga ahamiyat berilishi muhimdir. Mutlaq likvidlik koeffitsiyenti to‘lov qobiliyatining qat’iy me’yori qisqa muddatli majburiyatlarni darhol mavjud pul mablag‘lari bilan qoplanishidir. Bu ko‘rsatkich qancha yuqori bo‘lsa, qarzni uzish kafolati shuncha yuqori bo‘ladi. Oz miqdordagi mablag‘ga ega bo‘lib, pul mablag‘larini kirimi va chiqimini muddati va miqdorini nazorat qilish orqali balans likvidligini ta’minlagan holda korxona doimiy ravishda to‘lovga qodir bo‘lishi mumkin. Mutlaq likvidlik koeffitsiyentining, ya’ni pul mablag‘lari va qisqa muddatli investitsiyalarni qisqa muddatli majburiyatlarni qoplashning yil boshi va yil oxiridagi natijalari biroz tavsiya etilgan me’yorlarga yaqin.
Oraliqni qoplash likvidlilik koeffitsiyenti joriy qarzlarni qancha qismi (zaxiralarsiz) debitorlik qarzlarni to‘liq undirilgan holda qoplay olishini ifodalaydi. Ushbu ko‘rsatkich darajasi 0,5 dan 1,0 gacha va undan yuqori bo‘lishi korxonaning faoliyat turi, joriy aktivlarining strukturasi va debitorlik qarzlarni sifati va boshqa moliyaviy ko‘rsatkichlarning nisbatiga: sotish hajmi bilan aylanma mablag‘lar, sotish hajmi va debitorlik qarzlar, oborot aktivlari va qisqa muddatli majburiyatlarga bog‘liq. Debitorlik qarzlarini yuqori hajmda va jami mablag‘larda salmoqli ulushga ega bo‘lishi korxonaning to‘lovga qodirligini amalda pasayishiga olib keladi. Likvidlikni tahlil etishda debitorlik qarzlarni miqdori va sifatiga katta e’tibor qaratiladi, chunki ularni to‘lov manbalariga aylanishi uchun ketadigan vaqt uzoq muddatni tashkil etadi, inflatsiya tufayli yana qo‘shimcha yo‘qotishlarga duch keladi. Bizning misolimizda oraliqni qoplash likvidlik koeffitsiyenti yil boshi va yil oxirida tavsiya etilgan me’yordan kichik. Ammo, korxona rahbariyati debitorlik qarzlar bilan ishlashni faollashtirib bu shakldagi oborot mablag‘larni pul shaklida muomalaga kiritilishini tezlashtirish orqali mol yetkazib beruvchilar bilan bo‘ladigan hisoblashishni amalga oshirish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Joriy likvidlik (qoplash) koeffitsiyenti yoki umumiy qoplash koeffitsiyenti:
- joriy qarzlarning qancha qismi joriy aktivlar bilan qoplanishini;
- joriy majburiyatlarning har so‘miga necha so‘mlik joriy aktivlar (aylanma mablag‘lar) qiymati to‘g‘ri kelishini;
- joriy majburiyatlarni jami aylanma mablag‘lari bilan qoplanish darajasini ifodalaydi.
Joriy likvidlik koeffitsiyenti korxonani chiqargan aksiyalari va obligatsiyalarini xarid etgan subyekt va jismoniy shaxslar uchun muhim ko‘rsatkich hisoblanadi. Aksiyadan olinadigan dividendlar miqdori, obligatsiyalardan foizlar joriy likvidlik koeffitsiyenti darajasiga bog‘liqdir. Joriy aktivlarni qisqa muddatli majburiyatlarga nisbatan yuqori bo‘lishi rezerv zaxirasini hosil qiladi. Rezerv zaxirasi korxona zarar ko‘rganda qoplashga sarflanadi. Bu ko‘rsatkichni qanchalik yuqori bo‘lishi kreditorlarda qarzni uzishga bo‘lgan ishonchini ta’minlaydi. Joriy likvidlik koeffitsiyentining me’yor ko‘rsatkichi 1 dan 2 gacha hisoblanadi, ammo, barcha tarmoqlar uchun yagona me’yor belgilanishi maqsadga muvofiq emas, chunki, bu ko‘rsatkich darajasi korxonaning faoliyat turi, uning tuzilishi va balans aktivining sifati, operatsion jarayon davomiyligi, kreditorlik qarzlarni qoplanish muddatlari va h.k. larga bog‘liq.
Joriy likvidlik koeffitsiyenti darajasining hisob – kitobiga ko‘ra likvidlik yil boshi va yil oxirida me’yor darajasida, uning o‘sish su’rati 1,08 koeffitsiyentni tashkil etgan. Joriy likvidlik koeffitsiyentining darajasi ko‘p jihatdan zaxiralarni tashkil etish manbalari uzoq muddatli majburiyat va korxonaning o‘z kapitaliga bog‘liq. Uning darajasini oshirish uchun o‘z kapitalini manbalar bilan to‘ldirish, aktivlar va debitorlik qarzlar o‘sishini turg‘un holda saqlashdan iborat. Mazkur ko‘rsatkichdan korxona aktivi likvidligini baholash va uzoq muddatli istiqbolda to‘lovga qodirligini aniqlashda foydalaniladi.
Oborot aktivlarini qisqa muddatli majburiyatlardan ikki marotaba ortiq bo‘lishi korxonaning ishlab chiqarish va moliyaviy holatini barqaror o‘sishi uchun zamin yaratadi. Buning natijasida ishchi kapitali yoki «sof oborot aktivi» shakllanadi.
Ishchi kapitali likvid rezervlari hisoblanib, kutilmagan hollarda vujudga keladigan pul tushumlari va qarz majburiyatlari o‘rtasidagi uzilishlar tufayli vujudga keladigan xarajatlarni qoplashga sarflanadi. Sof ishchi kapitali sof aktivning bir qismi, bank-kreditorlar uchun bank kreditini korxona qaytara olmagan hollarda undan garov sifatida foydalanadilar. Korxonaning to‘lov qobiliyatini tahlil etishda qisqa muddatga to‘lov qobiliyati va uzoq muddatga to‘lov qobiliyati ko‘rsatkichlari ham o‘rganiladi. Shunga ko‘ra qisqa muddatli to‘lov qobiliyati quyidagicha aniqlanadi:
= > Pul mabalag‘lari + Qisqa mud. qim. qog‘ozlar
Qaytarish mud. yetgan kreditor qarzlar
Uzoq muddatli to‘lov qobiliyati esa:
=> Oborot aktivlar = 125152 = 3,4
Majburiyatlar 35772
Demak, korxona yuqori to‘lov qobiliyatiga ega bo‘lgan. Bu korxona faoliyati uchun ijobiy holat hisoblanadi. Korxonaning mavjud pul mablag‘lari doim to‘lov majburiyatlarini qaytarishga tayyor bo‘lgan manba bo‘lganligi uchun hamda qimmatli qog‘ozlar ham shu maqsadga ishlatilishi mumkinligini hisobga olib, to‘lov qobiliyatini belgilovchi koeffitsiyent hisoblaniladi, shuningdek, turli aylanma mablag‘larning pul shakllariga o‘tish muddati har xilligi e’tiborga olinganda, tayyor mahsulot zaxiralari tugallanmagan ishlab chiqarish xarajatlar va yarimfabrikatlarning pulga aylantirish tezligini o‘rganish zurur.
Bundan tashqari to‘lov qobiliyatining o‘zgarishida debitorlik qarzlarining pulga aylanish tezligi, bankdagi to‘lov hujjatlarini o‘z vaqtida rasmiylashtirilishi va ularning tez harakat qilishiga bog‘liqdir. Agarda, debitor, mablag‘larni qarz majburiyatlarini uzishga yo‘naltirilsa, oraliq to‘lov qarzlarini qoplashlik koeffiitsiyenti ko‘rsatkichi hisoblanadi, demak, korxona qisqa muddatli to‘lov majburiyatlarini qoplashga o‘zining barcha aylanma mablag‘larini, ya’ni zaxiralar, pul mablag‘lari, hisob-kitoblar va boshqa aktivlarini jalb etishi lozim bo‘ladi.
Kelgusi yilda korxonaning to‘lov qobiliyatida yuz berishi mumkin bo‘lgan o‘zgarishlarni bilish uchun mahsulotlar sotishdan keladigan tushum hajmini tahlil qilish lozim. Jami tushum hisobiga sarflangan xarajatlar qoplanadi, majburiy to‘lovlar bajariladi va ehtiyot rivojlantirish jamg‘armalari yaratiladi. Sof tushum bevosita korxona oborotida qatnashadi, bunga asosiy vosita eskirishi va sof foyda kiradi. Korxonaning to‘lov qobiliyatini tahlil qilishda sof tushum koeffitsiyentini hisoblash muhimdir, bu ko‘rsatkich quyidagicha aniqlanadi.
Hissadorlik, kooperativ, kichik va hamkorlikda ishlaydigan korxonalarda o‘ziga qarashli mol-mulkni ko‘paytirish ahamiyatli hisoblanadi. Ayniqsa, hissadorlik va boshqa jamg‘armalarni to‘ldirib borish zururdir. Bu hissadorlar, ustav fondi qatnashchilari va a’zolarning badallari hisobiga to‘ldiriladi. Shuning uchun ham a’zolarining kelishuviga muvofiq, qonun bilan belgilangan ustav fondining hajmi kamaytirilmasligi va u to‘ldirib borilishi zarur. Korxona balansini o‘rganishda, albatta, nizom jamg‘armasining o‘tgan yilga nisbatan o‘zgarish sabablari tahlil qilinadi. Ustav fondining ko‘payishi ham moliyaviy barqarorlik yaxshilanganligi belgisi hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |