O‘zbekiston Respublikasida tijorat banklari faoliyatining asosiy ko‘rsatkichlari
Ko‘rsatkich
|
2001
|
2002
|
2003
|
2004
|
2005
|
2006
|
2007
|
2008
|
Tijorat banklari aktivlari, mlrd. so‘m
|
3198,0
|
3918,2
|
4419,0
|
6400,0
|
6630,6
|
7208,0
|
9276,2
|
12065,0
|
Tijorat banklari yalpi kapitali hajmi, mlrd. so‘m
|
602,0
|
714,7
|
791,0
|
824,0
|
930,9
|
1250,0
|
1502,6
|
2104,0
|
Faoliyat ko‘rsatayotgan mini-banklar soni, birlik
|
309
|
530
|
795
|
1122
|
1450
|
1800
|
2038
|
2161
|
Kichik tadbirkorlik sub’ektlariga ajratilgan kreditlar hajmi, mlrd. so‘m
|
206,0
|
256,0
|
294,0
|
353,9
|
419,9
|
547,0
|
743,7
|
1251,0
|
Tijorat banklarida aholi omonatlari qoldig‘i, mlrd. so‘m
|
91,5
|
170,1
|
245,0
|
323,0
|
449,5
|
975,0
|
994,6
|
1724,0
|
O‘rta va uzoq muddatli kreditlarning jami kredit qo‘yilmalaridagi ulushi, foiz
|
74,0
|
81,0
|
81,1
|
82,8
|
81,0
|
85,0
|
86,7
|
-
|
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki ma’lumotlari.
Prezidentimiz «Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O‘zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo‘llari va choralari» nomli asarlarida bank ishini yanada takomillashtirish, aholi va xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning bo‘sh mablag‘larini tijorat banklari depozitlariga jalb qilishni rag‘batlantirish ishlari ham 2009 yilda ustuvor vazifa bo‘lib qolishini ko‘rsatib o‘tdilar.
«Hech kimga sir emaski, bugun keng ko‘lamda tarqalib borayotgan jahon moliyaviy inqirozining asosiy sabablaridan biri – bu banklar likvidligi, ya’ni to‘lov qobiliyatining zaifligi bilan bog‘liq muammoning keskinlashuvi, kredit bozoridagi tanglik, soda qilib aytganda, pul mablag‘larining etishmasligi bilan izohlanadi»
XULOSA.
Soliq va Moliya tizimidagi islohatlar.
9-noyabr kuni Moliya va soliqlar kafedrasi tomonidan “O‘zbekistonda soliq va moliya tizimini rivojlantirishning konsepsiyalarini amalga oshirish istiqbollari” mavzusida respublika ilmiy-amaliy anjumani tashkil etildi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi mutaxassislari, Rossiya oliy ta’lim muassasalari vakillari, Respublikamizdagi iqtisodiy yo‘nalishdagi oliy ta’lim muassasalarining professor-o‘qituvchilari, tayanch doktorantlar, ilmiy-xodimlar ishtirok etdi.
Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida O‘zbekistonning soliq siyosatining muhim strategik yo‘nalishlari sifatida soliq yukini kamaytirish, soliqqa tortish tizimini soddalashtirish siyosatini davom ettirish soliq ma’muriyatchiligini takomillashtirish va tegishli rag‘batlantiruvchi choralarni kengaytirish kabi muhim masalalar belgilab olingan. bo‘lib, bular iqtisodiyotni tezkor rivojlantirish hamda mamlakatning investitsiyaviy jozibadorligini yaxshilashning muhim shartlari sifatida belgilab olindi.
Oxirgi uch yil davomida Respublikamiz moliya-soliq tizimini isloh qilish borasida o‘ndan ortiq O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror va farmoyishlari qabul qilindi. Shu kunlarda tamoman yangi mazmundagi Soliq kodeksining yangi loyihasi keng omma ishtirokida keng muhokamalar o‘tib uni qabul qilish bo‘yicha qonunchilik Palatasiga taqdim qilish ishlari ko‘rilmoqda.
Oxirgi bir yarim yil davomida O‘zbekiston Respublikasining soliq siyosatini takomillashtirish konsepsiyasini hayotga joriy etib borish natijasida bir qator soliqlar va yig‘imlar unifikatsiya qilindi, birgina 2019 yilda tushumdan olinadigan majburiy ajratmalarni to‘liq bekor qilish natijasida korxonalarda qo‘shimcha 5,2 trillion so‘m ularning o‘zlarida qolishi, jismoniy shaxslar uchun daromad solig‘ining eng yuqori stavkasi 22 foizdan 12 foizgacha, yagona ijtimoiy to‘lovi 25 foizdan 15 foizgacha tushirilishi, fuqarolarning 8 foizlik sug‘urta badali bekor qilinishi natijasida aholi daromadlari 6,5 foizga oshishi, yuridik shaxslar mol-mulk solig‘i 5 foizdan 2 foizgacha, foyda solig‘i 14 dan 12 foizgacha, kichik biznes sub’ektlari yagona solig‘i 5 foizdan 4 foizgacha kamaytirilishi natijasida tadbirkorlar ixtiyorida 2 trillion so‘m qo‘shimcha mablag‘ qolishi, 2019 yil 1 oktyabrdan boshlab qo‘shilgan qiymat solig‘ining 20 foizdan 15 foizga tushirilishi hisobiga esa tadbirkorli sub’ektlari ixtiyorida 10 trln so‘mdan ko‘proq mablag‘ qolishi kutilmoqda.
Agar oxirgi ikki yilda moliya tizimida amalga oshirilgan islohotlarga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, davlat byudjetiga tushadigan mablag‘larning bir qismini mahalliy byudjetlar ixtiyorida qoldirish tartibi o‘rnatilishi hisobiga 2018 yilning o‘zida mahalliy byudjetlar ixtiyorida 5,5 trillion so‘m yoki 2017 yilga nisbatan 6 barobar ko‘p mablag‘ qoldi, 2019 yil yakunlari bo‘yicha bu ko‘rsatkich yanada oshishi kutilmoqda.
2019 yildan boshlab Davlat byudjetini ishlab chiqishda o‘rta muddatli byudjetni rejalashtirish mexanizmlarini joriy etilishi tadbirkorlar, fuqarolar va byudjetga aloqador barcha tomonlarga o‘z faoliyatini bir yilga emas, balki uch yilga aniqroq rejalashtirish imkoni bermoqda. Fuqarolar uchun byudjetni tayyorlash va e’lon qilish konsepsiyasining joriy etilishi byudjet, uni shakllantirish va ijro etish to‘g‘risidagi ishonchli va to‘liq axborotdan keng jamoatchilik foydalana olishini ta’minlashga olib keldi, o‘z navbatida byudjetni shakllantirishda aholining takliflarini e’tiborga olishga imkoniyat yaratildi, moliya sohasida boshqaruvning oshkoralik tamoyillarining roli kuchaytirildi.
Muhtaram Prezidentimiz 2019 yil uchun mo‘ljallangan eng muhim ustuvor vazifalar haqidagi Oliy Majlisga Murojaatnomasi va boshqa shu kabi chiqishlarida moliya-soliq tizimidagi muhim ustuvor vazifalar sifatida byudjet hisobidan mablag‘ ajratiladigan har qanday dastur yoki loyihaning sifat va miqdor ko‘rsatkichlaridan iborat, natijaga yo‘naltirilgan indikatorlari bo‘lishi, moliya bozorlari, jumladan, fond bozorini rivojlantirish, yangi moliyaviy instrumentlarni joriy etish va obligatsiyalar chiqarish orqali, bank xizmatlari ko‘lamini yanada kengaytirish, byudjet va iste’mol mahsulotlari narxining barqarorligini ta’minlash, mamlakat taraqqiyotining tayanchi bo‘lgan insofli, halol soliq to‘lovchilarni rag‘batlantirish, yashirin faoliyat yuritadiganlarni esa jazolash ko‘zda yangi tahrirdagi Soliq kodeksini qabul qilish, soliq stavkalari pasaytirilishi yoki ayrim soliqlar bekor qilinishi bilan byudjetga tushadigan mablag‘larning kamayishini samarali soliq ma’muriyatchiligi orqali bartaraf etish, soliq yukini kamaytirish hisobiga barchaga bir xil adolatli soliq rejimini joriy etish, soliq imtiyozlarini bosqichma-bosqich bekor qilish va shu kabi muhim vazifalarni belgilab bergan edi.
Konferensiyani o‘tkazishdan asosiy maqsad Respublikamizda amalga oshirilayotgan soliq va moliya tizimini rivojlantirishning konsepsiyalarining dastlabki natijalarini ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilib, bu boradagi mavjud muammolarni atroflicha ilmiy jihatdan muhokama qilish asnosida bu kabi muammolarning yechimlari va mavjud mexanizmlarni yanada takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishdan iboratdir.
Konferensiya ishining yalpi majlisidan tashqari quyidagi to‘rtta yo‘nalishdagi sho‘balarda 50 ga yaqin ma’ruzalarning muhokamasi bo‘lib o‘tdi:
1-sho‘ba: O‘zbekiston Respublikasi Davlat moliyasi tizimini takomillashtirish istiqbollari;
2-sho‘ba: Soliq ma’murchiligini takomillashtirish – soliq tizimidagi islohotlarning dolzarb masalasi sifatida;
3-sho‘ba: Makroiqtisodiy barqarorlikni mustahkamlash va yuqori iqtisodiy o‘sish sur’atlarini ta’minlash sharoitida sug‘urta xizmatlari bozorini rivojlantirish;
4-sho‘ba: Moliya bozorini rivojlantirish va uning milliy iqtisodiyotdagi ahamiyatini oshirish yo‘llari.
Do'stlaringiz bilan baham: |