Yuqoridagi asosiy bo‘g‘inlarning birligi moliya siyosatining mazmunini aniqlab beradi.
Faqat hozirgi kundagi joriy davrga mo‘ljallangan, kundalik ehtiyojlarni qondirishga qaratilgan moliya siyosati samarasizdir. Shuningdek, uzoq davrga mo‘ljallangan, istiqbolni ko‘zlab ishlab chiqilgan konsepsiyalar va yo‘nalishlar, ular qanchalik oliyjanob, jozibali bo‘lmasin, davlatning amaliy harakatlari, chora-tadbirlari bilan ta’minlanmasa, inqirozga duchor bo‘ladi.
Moliya siyosatining turlari
Xal qilinishi lozim bo‘lgan vazifalarning xarakteriga, murakkabligiga va davrining uzoqligiga qarab, moliya siyosati:
1. Moliyaviy strategiya.
2. Moliyaviy taktikaga bo‘linadi.
Moliyaviy strategiya – moliya siyosatining istiqbolga (kelajakka) mo‘ljallangan va ijtimoiy hamda iqtisodiy strategiya orqali belgilangan keng ko‘lamli masalalarni xal etishga yo‘naltirilgan uzoq muddatli kursi.
Uni ishlab chiqish jarayonida moliyaning rivojlanish asosiy tendensiyalari taxmin qilinadi, ulardan foydalanish konsepsiyalari shakllanadi, moliyaviy munosabatlarni tashkil etish tamoyillari ko‘zda tutiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |