Byudjet nazorati davlat moliyaviy nazorat organlari yoki vakolatli organ tomonidan tasdiqlanadigan nazorat qilish yillik rejalariga muvofiq amalga oshiriladi
Byudjet nazorati davlat moliyaviy nazorat organlari yoki vakolatli organ tomonidan tasdiqlanadigan nazorat qilish yillik rejalariga muvofiq amalga oshiriladi.
Byudjet nazorati nafaqat byudjet tizimi, balki davlat organlari aktivlari va ulushlari mavjud bo’lgan sub’ektlarda ham o’tkaziladi. Byudjet nazorati nazorat organlari tomonidan o’tkaziladigan barcha nazoratlarni o’z ichiga oladi va quyidagi yo’llar bilan amalga oshiriladi:
Tekshirish, shu jumladan taftish, nazorat tartibida tekshirish
Statistika axborotlarini va boshqa axborotlarni tahlil qilish
Idora qaramog’idagi organlarni tekshirishdan o’tkazish
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va uning tasarrufidagi vakolatli organlar esa byudjet tizimidagi byudjet mablag’laridan maqsadli hamda oqilona foydalanish ustidan davlat moliyaviy nazoratini, pensiyalar hamda boshqa tegishli to’lovlarni tayinlash va o’z vaqtida to’lash bo’yicha o’rnatilgan qoidalarning qo’llanilishini nazoratini qilish, sug’urta munosabatlarini nazoratini, auditorlik faoliyatini tartibga solish va boshqa nazorat faoliyatlarini amalga oshiradi.

Moliya organlari hamda g’aznachilik bo’linmalarida Davlat nazoratini tashkil etish O’zbekiston Respublikasining "Byudjet kodeksi"ga va boshqa tegishli qonuniy xujjatlarga asosan O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G’aznachiligi va uning hududiy bo’linmalari Qaroqalpog’iston Respublikasi moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar moliya boshqarmalari, shahar va tuman moliya bo’limlari tomonidan amalga oshiriladi. Xozirda byudjet ijrosi hisobi kassa usuliga asoslangani sababli, Moliya organlari shuningdek G’aznachiligi va uning hududiy bo’linmalari buxgalteriya hisobi va hisobotlarini yagona “G’azna dasturi”da yuritmoqda. Moliya organlari shuningdek G’aznachiligi va uning hududiy bo’linmalari bosh buxgalterlari o’z ishlarida (faoliyatlarida) O’zbekiston Respublikasi Davlat byudjetini ijro etish qoidalarini tartibga soluvchi amaldagi me’yoriy-huquqiy hujjatlarga tayanishi kerak. Bu vazifa qay darajada bajarilishi tekshirishning asosini tashkil qiladi.