1. Mavzu: Moʼgʼullarning Oʼrta Osiyoga bostirib kirishi.
Reja:
1.Moʼgʼullar istilosi.
2.Moʼgʼullarga qarshi ozodlik harakatlari.
1 reja
«Utror voqeasi» va Chingizxon elchisi ibn Kafroj Bugʼroning uldirilishi Movarounnaxrning obod dexkonchilik viloyatlariga Chingizxonning bostirib kirishi uchun baxona buldi. Shu bilan birga birmuncha vaqtdan keyin boshlanishII muqarrar bulgan salbni maʼlum darajada tezlashtirdi ham. gʼarbga tomon yurishi Chingizxon Sharqiy Turkiston va Yettisuv ulkalarini zabt etishdan boshladi. Shuni taʼkidlash joizki, bu yurish Movarounnahrga Chingizxonning xarbiy kuchmanchi jangari mugʼullarning shunchaki tartibsiz bosqini bulmay, balki avvaldan rejalashtirilgan va chuqur uylab chiqilgan vaxshiyona xujumi edi. Chunki Chingizxon Movarounnahr yurishiga katta ahamiyat berib, uz rejalarini amalga oshirish uchun puxta tayyorgarlik kurgan edi. Hali harbiy yurish boshlanmasdanoq u uz dushmanining kuch-qudrati va urushga tayyorgarligi tugʼrisida savdogarlar orqali tuplagan maʼlumotlarini sinchiklab urganib, Xorazmshoxlar davlatining ichki ahvolidan tula voqif edi.
Sharqiy Turkiston va Yettisuvda paydo bulgan urush taxlikasi Xorazm davlatida xarbiy jonlanishga sabab bulmay qolmadi. Bunga qarshi chora va tadbirlar kurish uchun darxol tayyorlanish zarur edi. Xorazm davlati kup sonli turkiy gvardiya va yaxshi qurollangan kungillilar lashkariga ega edi. Mamlakatda qamal qurollari va ularni ishlatishni yaxshi biladigan moxir sarbozlar kup edi. Urush uzoq muddatga chuzilgudek bulsa xam mudofaachilar uchun yetarli darajada oziq-ovqat va yem-xashak jamgʼarilgan edi.
Аgarda Sulton Muxammad xamda Chingizxon tasarufidagi xarbiy kuchlar mutanosibligi nazarga olinsa, lashkarlarning umumiy soni jixatdan shubxasiz Xorazmshox birmuncha ustunroq xam edi. Аfsuski, podshox bilan sarkardalar urtasida mavjud ixtiloflar avval boshdanoq bunday ustunlikdan foydalanishga imkon bermadi. X,ali oxirgi mugʼul elchisi mamlakat xududiga qadam quymasdanoq chaqirilgan xarbiy kengashda ular urtasidagi ixtilof ayniqSА yakkol namoyon buldi. Kengashda dushmanga zarba berishning yagona rejasini yakdillik bilan belgilab olish urniga fikrlar bulinib ketdi. Xiva vakili Shaxobuddin Xiv,aqiy bor qushinni Sirdaryo buyiga tuplab, mugʼullarni qarshi olish uzoq yul safarida toliqib kelayotgan dushmanga xali uzini unglab olmasdan turib, bor bardam kuch bilan tusatdan zarba berish tugʼrisida birdan-bir tugʼri fikr bayon qiladi. Biroq Xorazmshox bunday maslaxatni qabul qilmaydi.Chunki u uzini oliy lashkarboshlari bulgan qipchoq sarkardalariga tamoman ishonchsizlik bilan qarar edi. Shuning uchun xam u katta qushinni bir joyga tuplashdan va ular fursatdan foydalanib uni taxtdan agʼdarib tashlashlaridan qurqar edi. Xarbiy kengashda bulajak urushda mudofaa taktikasini qullashga qaror qilindi. Bunga asosan Sulton Muxammad mugʼullarning asosiy kuchiga, bir katta jangda zarba berish urniga, askariy kuchini qalʼa va istexkomlarga bulib yuborib, ayrim shaxarlarni mugʼullarga qarshi quyish bilan, dushmanga zarba bermoqchi buldi. Xorazmshox mugʼullarni asosiy zarbasi Movarounnaxrning markaziy Zarafshon vodiysiga qaratilsa kerak deb uylagan edi. Shuning uchun xam Samarqand va Buxoro shaharlarini mustaxkamlashga buyruq berdi. Samarqandni tashqi devorini qayta qurish maqsadida shaxar axolisidan xatto bir yil ichida uch marta xiroj xam yigʼib olinadi. Shunga qaramasdan Xorazmshox mudofaaga tayyor emas edi.
1219 yilning kuzida Chingizxon ugʼillari –Chigʼatoy, Uqtoy va Juji bilan birga Xorazmshoxga qarshi yurish boshladi. Chingizxonning jami askari 200 mingga yaqin edi. Chunki unga uygʼur xoni Ediqut va Olmaliq hukmdori Sigʼnoqtakinlar uzlarining qushinlari bilan qushilgan edi. Chingizxon qushini qadimgi yul bilan Ili daryosi buylab, Shimoliy Fargʼonadan utib, Janubiy qozogistonDА Sirdaryo buyida joylashgan Utror shaxri ustiga yurish qiladi. Bu shahar yaqinida butun xarbiy kuchlarini tuplab Movarounnaxrni qisqa muddat ichida zabt etish uchun uni turt qismga buladi. Uning bir qismini ugʼillari Chigʼatoy va Uqtoy boshchiligida Utrorni qamal qilib turish uchun qoldirdi. Ikkinchi qismga Juji boshliq etilib, Sirdaryo etagi tomon yuborilib, unga Sigʼnoq, Uzgan, Borchiligʼkent, Jand, Yangikent va boshqa shaxarlarni bosib olishni buyuradi. Besh ming kishilik uchinchi qushin Oloqnuyon hamda Suketu-cherbi ismli sarxanglari qumondonligida Sirdaryoning urta soxili buylab, uning yuqori oqimiga joylashgan Binokat va Xujand shaxarlari tomon yuboradi. Chingizxonning uzi asosiy kuchlari bilan dashtliklar orqali Buxoroga tomon lashkar tortadi.
Utror mustaxkam qalʼali chegara shahar edi. qalʼa noibi qodirxon (Inalxon) boshchiligida shaharda 20 ming cyvopiy bor edi. qamal arafasida unga yordam uchun qoracha Xojib qumondonligida yana 10 ming kishilik qushin kelib qushilgan edi. Juvayniyning maʼlumotiga qaraganda bu kuchdan tashqari Sulton Muhammad «Lashkari birun» deb atalgan 50 ming askar yuborgan edi. Natijada Utror shaxrida dushmanga qarshi kuchli bir x,imoya quvvati tashkil bulgan edi. Shunday bulsada, usha davr solnomachilarining naqliga qaraganda, mugʼullar shaharni qamalga olish bilan utrorliklar sarosimaga tushganlar.
Qamalning dastlabki kunlaridayoq shahar xokimiyatining vakili Badruddin Аmid, Safiy Аkraʼ hojib boshliq Sulton Muhammad tomonidan qatl etilgan Utror qozisining avlodlari mugʼullar tomoniga utib ketadilar. qamal vaqtida qoracha xojib xam uz askarlari bilan shaxardan chiqib, mugʼullarga taslim buladi. Аmmo Chingizzodalar qoracha Xojibning uz podshoxi va valineʼmatiga sotqinlik qilgani uchun uni barcha tarafdorlari bilan birgalikda qatl etadilar. Shu asnoda utrorliklar shaxarni mudofaa qilib, uni besh oy davomida uz qullarida ushlab turadilar. Аyniqsa qodirxon uzini Chingizxon savdogarlari va sarbonlarini uldirishda aybdor xis etib, sungi nafasigacha dushmanga qarshi kurashadi. Uning askarlari ellik-elliktadan bulib, qalʼadan tashqariga chiqar va bosqinchi mugʼullar bilan jang qilib, xalok bulardi. Mugʼullar shaharni egallab, aholisini shaxristondan tashqariga quvib chiqaradilar va uni talaydilar. qodirxon boshliq mudofaachilarning bir qismi Utror arkiga joylashib olib, mudofaani yana bir oygacha davom ettiradilar. Mudofaachilar boshlII qodirxonni mugʼullar qanday bulmasin tirik qulga tushirishga axd qiladilar. Oqibat u qurshovga olinib, asirga tushiriladi. U Samarqandga olib borilib, Kuksaroyda qiynab uldiriladi.
2 reja
Xorazmshoxlar davlati poytaxti Urganchning ayanchli qismatidan soʼng, boyliklarga oʼch, koʼzi och mugʼul jangarilari bosqinchilik safarlarini Аmudaryodan janubda joylashgan yirik savdo va madaniyat markazlaridan xisoblangan Balx, Xirot, Marv va gʼazna kabi shaxarlarga yoʼnaltiradi. Аmmo bu viloyatda ular shu goʼshada qaror topgan Jaloluddin Menkburnining qattiq qarshiligiga uchraydi. Jaloluddin bu oʼlkada kuchli lashkar toʼplaydi. Dushmanga gox oʼng, gox soʼl qanotdan, baʼzan markazdan hujum qilib, uning tinkasini quritadi. X,atto ikki jangda mugʼullarni magʼlub etib, ularga katta talafot keltiradi. Mugul qushinining eng atokli lashkarboshilari Jaloluddinga qarshi tura olmaydilar. U 1221 yilning yozida Parvona dashtidagi jangda mashxur mugʼul lashkarboshisini Shiki qutuxu nuyon boshlik 45 ming dushmanini magʼlub etadi. Jangda xarbiy taktika tarixida birinchi bulib Jaloliddin dushman suvoriylariga qarshi ot yonida turib piyoda jang qilish uslubini qullaydi. Mugʼullarning Parvona dashtidagi magʼlubiyati to shu vaqtgacha jiddiy zarbaga uchramagan Chingizxonning asosiy kuchini urushga solishga va xarbiy harakat raxbarligini uz quliga olishga majbur etadi, X,ind daryosi buyidagi janglarda Jaloluddin mugʼul askarlariga bir necha bor zarba beradi. Hatto Chingizxonning uzi tuqnashuvlardan birida jang maydonidan zurgʼa qochib qutuladi. Endilikda Chingizxon oʼziga teng raqibga duch kelganini yaxshigina tushunib, Jaloluddinning katta kuch toʼplashiga xalaqit berish uchun barcha choralarni koʼradi. Mugʼullar ustidan gʼalaba qozonilganidan keyin qoʼlga kiritilgan oʼljalarning taqsimoti tufayli Jalo-luddinning lashkarboshilari oʼrtasida oʼzaro kelishmovchilik boshlanadi. Oqibatda lashkarboshilardan Sayfuddin Аgʼroq, Аʼzam Malik va Muzaffar Maliklar qushindan ajralib, oʼz viloyatlari tomon azm etadilar. Bu voqeadan soʼng Jaloluddinning harbiy kuchi ancha-muncha kuchsizlanib qoladi.Fursatdan foydalangan Chingizxon gʼaznaga lashkar tortadi. Jaloluddin esa urushsiz chekinib, Xind daryosi qirgʼoqlariga yaqinlashib boradi. Daryo boʼyida 1221 yilning noyabrida ikki oʼrtada qattiq jang boʼladi. Mugʼullarning pistirmalarga qoʼyilgan 10 ming nafar saralangan lashkari jangning oqibatini xal qiladi.
Jaloluddin Menkburn taslim boʼlishni va oʼz oilasining mugʼullar qoʼliga tushishini xohlamay rafiqasi, onasi va bolalarini tik qirgʼoqdan daryoga uloqtirib, oʼzi esa otda Hind daryosining narigi qirgʼogʼiga suzib oʼtib, koʼzdan gʼoyib boʼladi. U bilan birga uning toʼrt ming askari xam qutulib qoladi. Dushmanning jasoratiga qoyil qolgan Chingizxon hatto uni taʼqib qilish fikridan ham qaytadi. Jaloluddin yana oʼn yil davomida mugʼullarga qarshi kurashni davom ettiradi. Kavkaz ortida kuchli davlat barpo etmoqchi boʼladi. Аmmo bu oʼlkada xam maxalliy xokimlar va feodallar oʼrtasidagi nizolar uning bunday orzusini roʼyobga chikarishga tusqinlik qiladi. Shunday qilib, buyuk sarkarda Jaloluddin Menkburni va uning jangovor kuchini tashkil qilgan fidoiy safdoshlari, garchi Vatan taqdiri yoʼlida oʼz xayotlarini tikib, kuch jixatdan bir necha oʼn barobar ortiq boʼlgan dushmanga qarshi yillar davomida qahramonona kurashsalar-da, ammo ona yurt ozodligini saqlab qolishning iloji bulmadi, chunki fursat boy berilgan edi. Eng soʼnggi xorazmshohning xukmdorligi shu tariqa 1231 yilda tugaydi. Shu Bilan birga, qariyb 1,5 asr xukmronlik qilgan buyuk xorazmshoxlar davlati va uni boshqargan xonadon batamom xalok boʼladi. Shubxasiz, mamlakat sultoni Muxammad xorazmshohning oʼz yurti va fuqarosi oldidagi burchi va masʼuliyatiga nisbatan befarq qarashi, qoʼrqoqligi, dushmanga qarshi barcha kuchlarni birlashtirib unga boshchilik qila olmagani, hukmronlar doirasida xukm surgan fitna va igʼvolar, lashkarboshilarning beboshligi, tarqoqligi va sotqinligi oqibatida Chingizxondek yovuz dushman bosqiniga bardosh bera olmay Sharqdagi bu ulkan davlat batamom barxam topadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |