Ob’yektiv ko’rikda - imcha katta bo'lmagan mitral qopqoqchalar yetishmovchiligida bemomi tashqi qiyofasi o'zgarmaydi. Ushbu nuqsonda yurakni zarb hajmi pasayganda va o'pka gipertenziyasi shakllanganda akrosianoz (lab, burun uchi, barmoqlar sianozi), ba’zan yonoqlarda yorqin sianotik qizillik (facies mitralis) paydo bo'lishi mumkin. Yuqorida sanab o'tilgan mitral stenozga xos belgilar (astenik tana tuzilishi, skelet mushaklarini yaxshi rivojlanmasligi, terining kulrang tusdagi sianozi, jismoniy rivojlanishda orqada qolish) faqat bolalik yoki navqironlik davrda shakllangan mitral yetishmovchiligida ham kuzatiladi.
- Elektrokardiografiyada chap bo'lmacha va chap qorincha gipertrofiyasi hamda turli xildagi yurak ritmi va o'tkazuvchanligi buzilishlari, rentgen yordamida tekshirishda esa chap qorincha va chap bo'lmacha dilatatsiyasi belgilari aniqlanadi.
- Exokardiografiya mitral yetishmovchiligini tashhislashning ishonchli qo'shimcha tekshirish usuli hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |