Mavzu: Misgarlik tarixi. Tayyorladi: 8 “K” sinf o’quvchisi O`qituvchi


Misgarlik, mis buyumlarining turlari va ularga



Download 1,58 Mb.
bet3/3
Sana01.07.2022
Hajmi1,58 Mb.
#726107
1   2   3
Bog'liq
Мисгарлик

Misgarlik, mis buyumlarining turlari va ularga
bezak berish.
Misgarlik qadim zamonlardan buyon davom etib kelinayotgan san’atdir. Misgarlik deganda undan qurollar, uy ro‘zg‘or buyumlari va boshqa jihozlar yasash kasbini tushunamiz. Misgarlik hunarmandchilikning qadimiy va keng tarqalgan turidir. Misgarlikda ishlatiladigan asosiy material- mis. Mis- nima? Mis nima uchun ishlatiladi degan savol tug‘iladi. Misgarlik san’atining o‘ziga xos maktablari bo‘lib, ular Qo‘qon, Toshkent, Samarqand, Xiva va boshqa shaharlarda bo‘lgan. Mis idishlar ikki yo‘l bilan birinchisi misni eritib, quyib, ikkinchisi bolg‘alab yasalgan. Buyumni yasashda metall tez-tez qizdirilib turiladi. Agar murakkab idishlar yasaladigan bo‘lsa, mis bir qancha bo‘laklari quyilib, keyin qalaylangan. Qolipdan chiqarilgan mis idish yaxshilab tozalandi. Idish bitgandan so‘ng naqsh o‘yuvchi kandakorga beriladi.
Metalldan ishlangan idishlarning umumiy shakli ma’lum proporsiya hamda siluetga ega. Suv solinadigan hamda choy damlab ichiladigan idishlarning shakli xilma-xil bo‘ladi. Bu idishlar sharsimon yumaloq, agar yapaloqsimon bo‘lsa satranji, qanoti nafari, shakli qovurg‘ali, piltali, qirrali, raxli bo‘lgan. SHunday idishlar borki, ularning qorni bir xil bo‘lib, dastasi va tumshug‘i bilan farq qilgan.
Mis laganlar ko‘pincha doirasimon ba’zi birlarigina ovalsimon to‘rtburchak bo‘ladi. Bularni Buxoroliklar hamda Samarqandliklar chorkunj deb yuritadilar. Mis laganlarning Lavxo‘ri, do‘lava hamda qoshig‘lik turlari bor.
Lavxo‘ri-ovalsimon yoki to‘rtburchak mis laganlarni lablari yon tomonga qayrilgan bo‘ladi. Bu laganlar o‘simliksimon, geometrik va ramziy naqshlar bilan juda nafis qilib bezatilgan.
Do‘lava-tuxumsimon yoki to‘rtburchak shakldagi mis laganlarning yon tomonga qayrilib, yana davom etib, pastga qayrilgani. Bu laganlar ham juda chiroyli qilib ishlangan.
Qoshig‘lik-qoshiqi, tuxumsimon yoki to‘rtburchak mis laganlarning yon tomonga qayrilib yana davom etib, pastga qayrilgan lablari kungurali bo‘ladi.
Shabaka- mis idishlarga mayda qilib teshib ishlangan panjara. Toshkentda “Sumbarno” deb yuritiladi. SHabaka bu misgarlikda texnikaviy uslub hisoblanadi.
Sarxum- katta xumlardan suv olishda ishlatiladigan mis idish, shakli krujkaga o‘xshash, lekin uning hajmi katta, bandi esa juda chiroyli bo‘ladi.
O‘rdak oftoba- qopqog‘i o‘rdaksimon, kafti, dastasi, jo‘mrak o‘rniga o‘rdak tumshug‘ining shakli o‘rnatilgan idish.
Suv keltirish, suv saqlash va choy damlash uchun mis choynak, mis ko‘za, choydish, kashkil o‘zbek xalqi orasida keng tarqalgan mis idishlardan biridir.
Dastshuy- qo‘l yuvish uchun ishlatiladigan mis idish, u yumaloq ko‘rinishga ega bo‘ladi. Dastsho‘y ajoyib naqshlar bilan bezatiladi.
O‘smajo‘shak- o‘sma ezish va qosh bo‘yash hamda turli xil bo‘yoqlar tayyorlashda ishlatiladigan mis idishcha. Bu idishchani kandakor islimiy naqshlar bilan bezagan.
Surmadon- og‘zi kichkina, ustki qismida esa burma teshikchasi bo‘lib, bu teshikcha temir naycha o‘tkazilgan po‘kak bilan mahkamlangan bo‘ladi.
Manqaldon-pechka o‘rnida ishlatiladigan idish. Manqaldonni ayrim hollarda sandal ostiga qo‘yib isitib o‘tirishgan.
Meva sharbatlari hamda har xil ichimliklar uchun mis kosa, sharbat kosa, mis qozonlari, non isitiladigan nondon, turli xil krujka hamda cho‘michlar, sarxum, kapkir va boshqalar ham ishlatilgan.

Badiiy bezak turlari.


Mis choy idish oftoba, qumg‘on va boshqalarga zarb bilan bezak beriladi. Idishlarning orqa va old tomonlariga o‘ziga xos bezaladi. Masalan zarb qilingan naqshlarning chetidan hoshiya bilan o‘ralmaydi, ko‘rkam naqsh motivlari bilan bezaladi, juda murakkab nafis naqshlar bilan to‘ldirib ishlanadi. Mis ranglarga zarb qilinadigan naqsh kompozitsiyalari o‘ziga xos turlarga ega. Gardish, turunj, mehrob, sitora, ishkalak, naqshlari ishlanadi.
Mehrob-mehrob tasvirini beruvchi naqsh. YA’ni markazdan aylana atroflab bir necha mehroblar tutashib hosil qilingan naqsh. Mehrobning turi juda xilma-xil. Masalan, mehrobi, bargi, bed, mehrobi duraftor, mehrobi duraftor islimi, mehrobi muhcha, mehrobi madohil va boshqalar. Sitora- mis idishlarni butun sirtini yulduzsimon naqsh qoplab olgan kompozitsiya.
Gardish- naqshlar doiralaridan tashkil topgan ritmik joylashgan kompozitsiya. Markazida joylashgan doirani chetlari keng va qisqa yo‘llar bilan o‘raladi.
Ishkalak- ishkalak band, mis laganlarni markazi to‘rtburchak romlar chegarasi bilan chegaralangan naqsh kompozitsiya. Uning bu romlari naqshlar bilan to‘ldiriladi.
Turunj-tuxumsimon, ovalsimon, jimjimador har xil bezakli naqsh.
Qo‘chqorak- qo‘chqor shoxiga o‘xshash naqsh.
Pushti baliq- baliq tangachasimon naqsh turi. Uni baliq tangachalar deb yuritiladi.
Kirmak- chirmoq, Marg‘ilonda “kir-kira” deb yuritiladi. Kirmak- chirmovuqsimon naqsh turi; ilon izi- to‘lqinsmion o‘simliksimon naqsh. Toshkentda islimi naqsh deb yuritiladi.
Har bir naqshga nom qo‘yilishi o‘z o‘zidan bo‘lmagan albatta, bu nomlrni har bir naqshning mazmuniga, shakliga biror narsaga o‘xshatib, taqoslab, murakab soddaligiga qarab, naqshning turiga qarab, boshqa shaharning nomiga qarab har bir naqshga nom qo‘yganlar.
Naqshlar agar aylanma shaklda bo‘lsa, bunday naqshni “naqshi girdob”, uchburchak shaklida bo‘lsa “uchburchak naqsh”, agar ikki chiziq orasida bir novda pechakka o‘xshab o‘sib, kurtak, g‘uncha va nodacha chiqarib bir yoki ikki tomonga o‘ssa bunday naqshni pechak islimi, yoki raftor naqsh deb yuritiladi.
Kompozitsiyada turli-tuman chiziq holda belbog‘lar bo‘lib, bularning hammasini “zanjir” deb yuritiladi. Tugmacha naqshlar mis idishlarga zarb qilingan tugmachaga o‘xshagan naqsh bo‘li, Toshkent kandakorligida ishlatiladi. Tugma naqshning o‘rtasida ko‘pincha naqsh bo‘ladi.
Mis zarb qilingan badiiy naqshlarni geometrik, me’moriy, o‘simliksimon, jonivorsimon yozuvli naqshlar va maishiy buyumlar tasviri juda ko‘p ishlatilgan. Kandakorlikda asosan islimiy naqshlar juda ko‘p ishlatiladi. Hoshiyalar va har xil yo‘llar oddiy, eng oddiy o‘simliksimon naqshlar bilan to‘ldiriladi.

Kandakorlik maktablari.


XIX- asr oxiriga kelib kandakorlik buyumlarini yasash va bezash bo‘yicha har bir shahar, vioyat uchun milliy xarakterga ega bo‘lgan maktablar ochildi. Bu davrlarda hattoki har bir kandakorning o‘ziga xos uslubi va maktabi bo‘lib, u o‘zi bezagan idishlarining shakli va ornamentlari bilan boshqalardan ajralib turadi. Kandakorlik texnikasining o‘ziga xos mahalliy xususiyati birinchidan zarbaning chuqur yoki yuzaligida, ikkinchidan naqshlar sirti va zaminning bezagiga qo‘llaniladigan usulning iboratligidadir.
Buxoro kandakorlik maktabi.
Buxoro kandakorlik idishlari sodda hamda sipoligi bilan farq qilgan. CHekma hamda katak bilan texnik usullarni ishlash juda keng qo‘llaniladi. Mis buyumlarining zamini kesma uslub bilan bezatilib, sirti qalay bilan qoplangan hollardagina zaminga chekma gullar o‘yilgan. CHekma bu har xil katta va kichik nuqtalar zarb qilingan naqsh zamini va gulning sirtini jimjimador qilib bezatiladigan usul. Buxor naqshlari Toshkent naqshlariga qaraganda nafis va Qo‘qon naqshlariga qaraganda yirikroqdir. Kandakorlar mis buyumlariga arab yozuvini o‘simlik naqshlariga o‘xshab zarb qilganlar. Buxoro kandakorlik maktabi nomayondalari SHodi Muhammad Barotboy, usta SHarif, Salohiddin, Hakim Buxoriy, usta Hamid va G‘ulom, Muxtor Muhsinov, Salimjon Hamidovlardir.
O‘sma jo‘shak idishi yasab unga bezak berish tartibi. Buxoro kandakorlik maktablarining o‘ziga xos va milliy harakteri. Kandakorning o‘ziga xos ish uslubi. YAsalgan buyumning shakli va ornalitlari. Zarbning chuqurligi. Naqshlar sirti va zaminiga e’tibor qaratilgan holda dastshuy, surmadon, o‘smajo‘shak, lagan kabi buyumlarning yasalishi va o‘ziga xos mahalliy sharoitdan kelib chiqib bezaklar beriladi.
Toshkent kandakorlik maktabi ish uslubida dastshuy idishi yasab
unga bezak berish.
Toshkent kandakorlik maktabi ish uslubida asosan shakllarning kattaligi, naqshlarining soddaligi va o‘ziga xosligi, buyum zaminiga ishlov berilmay shunday qoldirilishidir. Toshkentlik kandakorlar san’at asarlarida tevarak atrofimizni o‘rab turgan narsalarni naqsh orqaliaks ettiradilar. Masalan elpig‘ich, tumor, belanchak, olmagul va boshqalar. Usta Mo‘min, YUsufjon va qizi Zebuniso, Jamila Saidova kabi ustalarlar Toshkent kandakorlik maktablari vakillaridandir.
Dastshuy idishiga zaminiga ishlov berilmay shunday qoldirish va tevarak atrofimizni o‘rab turgan narsalarni elpig‘ich, tumor, olmaguli, doira va hok.

Dastshuy. Qumg‘on.
Xorazm kandakorlik maktabi ish uslubida lagan idishi yasab
unga bezak berish.

Xorazm kandakorlik maktabi ish uslubi. Xiva kandakorlari chizma usulni faqat pardozlashga qo‘llaydilar. SHabakani juda kam qo‘llaydilar. Ular medalonlar bilan bezashni mis idishlarning kaft, ba’zan bo‘ynining yuqori qismida qo‘llaganlar. Naqsh zaminini qora yoki qizil lok bilan bo‘yaydilar. Islimi, murakkab islimi, madoxili, murakkab aylanma islimi naqshlari bilan bezaydilar. Geometrik chetan yoki katak naqshlari o‘ziga xos originaldir.


Xorazm kandakorlik maktabining vakillari Muxammadmano, Xudoybergan Matjonov, Sobirjon, YUsuf va Matpano Xudoyberganovlardir.
Samarqand kandakorlik maktabi ish uslubi.
XVI- asrda Samarqandda Kamol ismli kandakor usta yashab o‘tgan va unga teng keladigan usta topilmagan deyishadi. Samarqand kandakorlik buyumlarini pardozlashda gardishga o‘xshash chekmani qo‘llashi bilan ajralib turadi. Bundan tashqari geometrik ko‘rinishga o‘xshash naqshlar ishlatilib, o‘ziga xos motivga ega bo‘lgan. Kandakorlar ko‘pincha me’morchilik, amaliy san’at bumlarida qo‘llaniladigan chorbarg gullarni juda ko‘p ishlatadilar.
Usta Ahmad, Salim misgar, usta Oxunjon, Karim G‘ofurov, Karim Ahmedovlar Samarqand kandakorlik maktablarining vakillaridandir.
Samarqand kandakorlik maktablarining ish uslubida surmadon idishi yasab unga bezak berishda yuqoridagilarga amal qilinishini tavsiya etamiz.

Shaxrisabz kandakorlik maktabi ish uslubida obdasta idishi yasab


unga ishlov berish.
Shaxrisabz kandakorlik maktabi ish uslubi asosan qolipi usulida bo‘lgan. Ular samovar qopqog‘i, o‘zi ochiladigan tufdon, choynak va boshqalarni ajoyib qilib bezaganlar. SHahrisabz o‘simliksimon naqshlari Buxoro naqshlariga qaraganda oddiy va bir xildir. SHahrisabz kandakorlarining oftobasi Qarshi oftobasidan uncha farq qilmaydi, farqi shundaki SHahrisabz kandakorlari naqsh zaminini ko‘k, qizil, qora va boshqa rang surg‘ichlarni qo‘llaydilar. SHahrisabz dastshuylari naqsh solinmagan bo‘lsada lekin qoplama bezaklar bilan bezatilgan. Pallachalarning lablariga feruza ko‘zlar qo‘yib bezatilgan. SHahrisabzda misgarlik va kandakorlik kasbini ko‘pincha bitta usta bajargan. Jalol Sobirov, usta Olim, SHarafiy Asad va boshqalar SHahrisabz kandakorlik maktabi vakillaridandirlar.
Shaxrisabz kandakorlik maktabi ish uslubida obdasta idishini qolipi usulida yasab unga bezak berishda zaminini ko‘k, qizil, qora va boshqa rang surg‘ichlardan foydalanish, naqsh solmasdan qoplama bezaklar bilan bezash tavsiya etiladi.
Download 1,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish