Mavzu: mirzo ulug’bekning “TO’rt ulus tarixi” asari haqida m. Ulug’bekning hayoti va ijodi haqida “To’rt ulus tarixi”ning



Download 93,32 Kb.
bet1/4
Sana10.06.2022
Hajmi93,32 Kb.
#652929
  1   2   3   4
Bog'liq
Firdavsiyning shohnomasi haqida1


MAVZU: MIRZO ULUG’BEKNING “TO’RT ULUS TARIXI” ASARI HAQIDA
1. M. Ulug’bekning hayoti va ijodi haqida
2. “To’rt ulus tarixi”ning yaratilish tarixi

3. Asarning asosiy obrazlari va qahramonlari

4. Asarda davr voqealarining ifodalanilishi

Mirzo Ulug'bek buyuk o'zbek astronomi va matematigi, davlat arbobi. Sohibqiron Amir Temurning nabirasi. Temuriylar hukmdori Shohruxning o'g'li. Sohibqironning "besh yillik yurish"ida (1392—96) Iroqdagi Mordin qal'asini qamal qilish chog'ida Eron Ozarbayjonining Sultoniya shahrida tug'ilgan. Temuriylar davri mashhur tarixnavisi Sharafuddin Ali Yazdiy "Zafarnoma" asarida yozishicha, Amir Temur huzuriga chopar kelib Ulug'bekning tug'ilgani va munajjimlar bu nevara kelajakda ham olim, ham hukmdor bo'lishini bashorat qilganliklari to'g'risidagi xushxabarni yetkazadi. Sohibqiron xursandligidan Mordin qal'asi qamalini to'xtatib, uning xalqiga yuklangan to'lovni bekor qiladi. Uning o'z nabirasiga Muhammad Tarag'ay va Ulug'bek deb ism qo'yganini ham munajjimlarning yuqoridagi bashorati bilan bog'lash mumkin. Amir Temur Ulug'bek tarbiyasiga alohida e'tibor bergan va uni davlat ahamiyatiga molik tadbirlarda qatnashtirgan. Kastiliya qirolining Amir Temur huzuriga yuborgan elchisi Rui Gonsales de Klavixoning qayd etishicha, Ulug'bek bobosining xorijiy elchilarni qabul qilish marosimlarida ishtirok etgan. 1404-yil Samarqandning Siyob (Obirahmat) arig'i bo'yida joylashgan Konigil mavzesida o'tkazilgan tantanalarda Amir Temur oltita nabirasining (jumladan, Ulug'bekning) nikoh to'ylarini o'tkazgan. To'yda Sohibqiron Ulug'bekka Toshkent, Sayram, Yangi (hozirgi Taroz), Ashpara va Mo'g'ulistonni to Xitoy hududigacha suyurg'ol qilib bergan. Amir Temur O'trorda vafot etgan chog'da Ulug'bek ham o'sha yerda bo'lgan. Amir Temur vafotidan so'ng Temuriylar o'rtasida toju taxt uchun kurash boshlangan. O'trordan qaytgan Shohrux farzandlari — Ulug'bek va Ibrohim Sultonni amirlar poytaxt Samarqandga kiritmaydilar, ular Buxorodan panoh topishgan. Samarqand taxtini Amir Temurning nabirasi, Mironshohning o'g'li Xalil Sulton egallagan. Xurosonni boshqarib turgan Shohrux Ulug'bekka dastlab Andxo'y bilan Shibirg'onni, keyinchalik Xurosonning Tus, Xabushon, Kalot, Bovard, Naso, Yozir, Sabzavor va Nishopurdan iborat qismini boshqarishni topshirgan. 1410-yili Shohrux Movarounnahrni o'z tasarrufiga kiritgach, uni idora etishni Turkiston viloyati bilan birga Ulug'bekka topshirib, Sohibqiron vasiyatini qayta tiklagan. Ulug'bek yosh (15 yosh) bo'lgani sababli amir Shohmalik unga homiy etib belgilangan. Lekin Shohmalikning raqibi



— O'trordagi Shayx Nuriddin va Muhammad Jahongirning Hisordagi voliylari 1410-yil bahorida Ulug'bek va Shohmalikka qarshi chiqqanlar. Shu yilning yozida Shohrux ishtirokida bo'lgan jangda Shohmalik va Ulug'bek g'alaba qilganlar. 1411-yil sentabrda Shohrux Samarqandga kelib, Shohmalikni o'zi bilan Hirotga olib ketgan va keyinchalik Xorazmga hokim qilib yuborgan (1413). Shu vaqtdan boshlab Ulug'bek Movarounnahrni mustaqil idora etishga kirishgan. Shohrux Movarounnahrda boshqa temuriy shahzodalarga ham mulk ajratgan edi. Chunonchi, Hisori Shodmonni temuriy shahzoda, Amir Temurning nabirasi Muhammad Sultonning o'g'li Muhammad Jahongir Mirzoga, O'zgand viloyatini temuriy shahzoda, Umarshayxning o'g'li Amirak Ahmadga suyurg'ol qilgan edi. Biroq ular Ulug'bekka tobe edilar. 1414— 15-yillar ular o'rtasida ixtilof chiqib, Ulug'bek Amirak Ahmad ustiga qo'shin tortgan va uni yenggan. Shohrux Amirak Ahmad-ni Xurosonga chaqirtirib olgan; Qashqar ham to 1428-yilgacha Ulug'bekka tegishli bo'lgan. Ulug'bek o'z hukmronligi davrida 2 marta yirik harbiy yurish qilgan. Birinchisida 1425-yili Mo'g'uliston xoni Shermuhammad o'g'lon (1421—25) o'zini mustaqil xon deb e'lon qilganda, Ulug'bek unga qarshi yurish qilib zafar qozongan. Ulug'bekning 2-yurishi Sig'noq shahri tomon bo'lgan. Sirdaryoning quyi havzasi Ulug'bek tasarrufida bo'lganligi uchun Ulug'bek 1427-yili Sig'noq yaqinida uning mulkiga tahdid qilgan Baroq o'g'lon bi­lan to'qnashgan va mag'lubiyatga uchragan. Dushman Ulug'bekni ta'qib qilib, Samarqand ostonalarigacha kelgan. Movarounnahr xavf ostida qolganligi tufayli Shohrux Xurosondan katta lashkar tortib kelib xavmi bartaraf etgan. Shohrux vafoti (1447-yil 12-mart)dan keyin Ulug'bekning katta o'g'li Abdullatif voris sifatida Temuriylar hukmdori bo'lib qoladi. Lekin Shohruxning qattiqqo'l xotini Gavharshodbegim Shohrux davrida Temuriylarning poytaxti bo'lib qolgan Hirot taxtiga marhumning 3-o'g'li bo'lmish Boysung'ur Mirzoning o'g'li va suyukli nabirasi Alouddavla Mirzoni o'tqazish tarafdori bo'lgan. Gavharshodbegim Hirot taxtiga Alouddavlani o'tqazganini Ulug'bekka nisbatan isyon deb qaralmog'i kerak edi. Shuning uchun Ulug'bek 1448-yil bahorida Abdullatif bilan birgalikda 90 ming askar bilan Xurosonga kelib, Hirot yaqinida bo'lgan jangda Alouddavlani tormor qiladi. G'alaba Abdullatifning shaxsiy shijoati va lashkarboshilik iste'dodi tufayli erishilgan bo'lsa ham, Ulug'bek fathnomani kichik o'g'li Abdulaziz nomidan e'lon qila­di. Undan tashqari, bobosi Shohrux tomonidan Abdullatifga vasiyat qilingan Hirotdagi Ixtiyoriddin qal'asi va uning ichidagi boyliklarini ham Ulug'bek Abdulazizga beradi. Shundan so'ng Ulug'bek bilan Abdullatif o'rtasidagi munosabat ochiq dushmanchilik tusini oladi.
Mirzo Ulug'bek Samarqandda Abdulazizni qoldirib, lashkar bilan katta o'g'liga qarshi jangga otlanadi. Abdullatif ham o'z lashkari bilan Amudaryo yoqasiga kelib turadi. Ikkala lashkar daryoning 2 sohilida uzoq muddat turib, suvni kechib o'tishga botinmaydi. Bu orada Ulug'bek, Abdulaziz lashkardagi amirlaming oilalarini ta'qib etayotir, — degan xabarni eshitib, Samarqandga qaytib kelishga majbur bo'ladi va shahar aholisining Abdulazizga qarshi isyon ko'targanining guvohi bo'ladi. Tezda shaharni tartibga keltirib, yana Abdullatifga qarshi jangga yo'l oladi, lekin Samarqand yaqinida undan mag'lubiyatga uchraydi. Oradan ko'p o'tmay, Ulug'bek Abdullatif buyrug'i bilan qatl etiladi. Uning jasadi Go'ri Amir maqbarasiga dafn etilgan. Mirzo Ulug'bek otasi Shohrux davrida siyosiy hukmdor sifatida ichki va tashqi siyosat bobida birmuncha mustaqil bo'lgan. Boshqa davlatlar bilan bevosita savdo va elchilik munosabatlari olib borgan. Mirzo Ulug'bek davrida Samarqand shahri yanada ravnaq topgan. Shaharda hunarmandchilik, me'morlik, adabiyot, umuman ilm-fan yuksalgan, savdo taraqqiy etgan. Buxoroda (1417), Samarqandda (1420), G'ijduvonda (1432—33) madrasalar va Marvda xayriya muassasaiari qurilgan. Madrasalarda diniy fanlar bilan birga dunyoviy fanlar ham o'qitilgan, ko'proq aniq fanlarga ahamiyat berilgan. Bibixonim masjidi, Amir Temur maqbarasi, Shohizinda va Registon majmualari qurilishlari poyoniga yetkazilgan. Bundan tashqari, mamlakatda ko'plab jamoat inshootlari (karvonsaroy), tim, chorsu, hammom va boshqalar bunyod etilgan. Mirzo Ulug'bek O'rta Osiyo xalqlari ilm-fani va madaniyatini o'rta asr sharoitida dunyo fanining eng yuqori pog'onasiga olib chiqdi. Uning qilgan eng buyuk ishi Samarqand ilmiy maktabini — o'sha davr akademiyasini barpo etganligi bo'ldi. Bu ilmiy maktabda 200 dan ortiq olimlar faoliyat olib bordi. Ular orasida Qozizoda Rumiy, G'iyosiddin Jamshid Koshiy kabi yirik olimlar bor edi. Ulug'bekning ilmiy maktabi o'z faoliyatida o'rtaosiyolik mashhur olimlar Muhammad Xorazmiy, Ahmad al-Farg'oniy, Abul Abbos al-Javhariy, Ibn Turk al-Xuttaliy, Xolid al-Marvarrudiy, Ahmad al-Marvaziy, Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniylar boshlab bergan ilmiy an'anaga asoslangan edi. Ulug'bek, shuningdek, Samarqand yaqinida astronomik muassasa — rasadxona barpo qildi. Mirzo Ulug'bek akademiyasidagi yirik olim — Ali Qushchini Ulug'bek o'zining "Ziji Ko'ragoniy" asari so'zboshisida "farzandi arjumand ", ya'ni "aziz farzandim" deydi. Aslida u Ulug'bekning sadoqatli shogirdi bo'lib, "Zij" ustida ishlar poyoniga yetkazilguniga qadar ustoziga yordam bergan. Mirzo Ulug'bek Samarqandda 2 ta madrasa barpo qilgan: biri — Registon ansambli tarkibida, ikkinchisi Go'ri Amir ansambli tarkibida. Boshqa yirik olimlar qatori Ulug'bekning o'zi ham bu madrasalarning har birida haftada bir marotaba ma'ruza o'qigan. Boshqa vaqtini ko'proq astronomik kuzatishlar, "Zij" ustida ishlash va davlat ishlariga bag'ishlagan. Mirzo Ulug'bekning "Risolai Ulug'bek" deb atalgan matematik asari ham mavjud bo'lib, uning 1-nusxasi Hindistondagi Aligarx universiteti kutubxonasida saqlanadi. Risola hali o'rganilmagan. Balki u ham hisoblash matematikasiga aloqadordir. Mirzo Ulug'bekning fan va madaniyat tarixida so'nmas iz qoldirgan ilmiy merosi uning "Ziji Ko'ragoniy" asaridir. Bu asar sayyoralar, Quyosh va Oy harakatini talqin qilish, yulduzlar katalogi va unda qo'llanilgan matematik usullari bo'yicha o'rta asrlardagi astronomik asarlarning eng mukammali bo'lganligi uchun, avvalo, u musulmon mamlakatlari olimlari diqqatini jalb qilgan. "Zij"ga ilk sharhni "Sharhi Ziji Ulug'bek" nomi bilan Mirzo Ulug'bekning shogirdi Ali Qushchi yozgan. XV asrning o'zida qohiralik munajjim Shamsiddin Muham­mad as-Sufiy al-Misriy "Tashil Ziji Ulug'bek" ("Ulug'bek "Zij"ini osonlashtirish") nomli asar yozib, unda Ulug'bek jadvallarini Qohiraning geografik kengligiga moslashtirgan. Al-Misriy o'zining "Taqvim al-kavokib as-sab'a" ("Yetti sayyoraning taqvimlari") va "Jodavil al-mahlul as-sani ala usul Ulug'bek" ("Ulug'bek usuliga ko'ra ikkinchi yechimlar jadvali") nomli asarlarida ham Mirzo Ulug'bek "Zif'iga murojaat qilgan. Suriyalik olim Zayniddin al-Javhariy as-Solihiy (15-asr) "Ad-Durr an-nozil fi tashil at-taqvim" ("Taqvimni soddalashtirishda nozil bo'lgan durlar") nomli asarida Ulug'bek "Zij" ini qayta ishlagan. Mirzo Ulug'bek "Zij"iga yozilgan eng mukammal sharh Samarqand ilmiy maktabining so'nggi namoyandasi Nizomiddin Abdul Ali ibn Muhammad ibn Husayn Birjandiy (1525-yil vafot etgan) ning 1523-yili yozib tugatilgan "Sharhi Ziji Ulug'bek" asaridir. Birjandiy o'z "Sharh"ida mufassal va aniq raqamlar bilan "Zij" sirlarini ochadi. Mirzo Ulug'bekning ko'plab jumlalarini chizmalar bilan tushuntirib isbotlaydi. Samarqandlik 2 buyuk olim — Qozizoda Rumiy va Ali Qushchining nabirasi Miram Chalabiy (1525-yili vafot etgan) "Zij"ga sharh yozib, uni "Dastur al-amal va tashih al-jadval" ("Amallar dasturi va jadvallarning tuzatilishi") deb atagan. Eronlik olim G'iyosiddin Mansur al-Husayniy ash-Shiroziy (1542-yili vafot etgan) "Zij"ga "Risola dar ta'niq Ziji Ulug'bek" ("Ulug'bek "Zij"ini aniqlashtirish haqida risola") nomli sharh yozgan. XVI asrning 2-yarmi va XVII—XVIII asrlardagi qator musulmon olimlari ham "Zij"ga sharhlar yozganlar hamda uni qayta ishlab o'z davr va makonlariga moslashtirganlar. Suriyalik Taqiyiddin ash-Shomiy (1526—85), Mazhariddin al-Qori (16-asr), misrlik Abdulqodir al-Manufiy ash-Shofi'iy (16-asr), Rizvon ar-Razzoq al-Misriy (1710-yili vafot etgan), eronlik Shoh Fathulloh Shiroziy (1589-yilda vafot etgan), Muhammad Boqir al-Yazdiy (1637-yili vafot etgan), hindistonlik Farididdin Dehlaviy (1629-yili vafot etgan), turkiyalik Muhammad Chalabiy (1640-yili vafot etgan), dog'istonlik Damodon al-Muhiy (1718-yili vafot etgan) kabi olimlarning sharhlari shular jumlasidandir. Hind davlat arbobi va olimi Savoy Jay Singh Hindistonning Boburiy sultoni Muhammadshoh (1719—48) farmoni bilan Dehli, Banoras, Jaypur, Ujjayn va Muttra shaharlarida Mirzo Ulug'bek rasadxonasi kabi rasadxonalar barpo etdi. So'ng homiylik qilgan sultonga atab "Ziji Muhammadshohiy" asarini yozdi va unda Ulug'bekning ba'zi jadvallarini o'zgartirmagan holda qabul qildi. Savay Jay Singh asari bilan Mirzo Ulug'bek "Zij"i orasidagi bog'liqlikni matematik olim, O'zbekiston FA akademigi T.N. Qori-Niyoziy va dushanbalik olim G. Sobirovlar o'z asarlarida bayon qilib berdilar. Mirzo Ulug'bek nomi Yevropa va umuman G'arb mamlakatlarida buyuk bobosi Amir Temur shuhrati tufayli ancha ilgari malum bo'lgan. Yevropa Amir Temur va uning oila a'zolari haqida birinchi marta Samarqandga 1403—05-yiIlar sayohat qilgan Kastiliya qiroli elchisi Klavixo ma'lumotlaridan xabardor bo'lishgan. 1582-yili Klavixo "Kundaliklar"i Sevilyada va 1607-yili Parijda nashr etilganidan so'ng yevropaliklar Amir Temur va uning oila a'zolari bilan qiziqqanlar. Mirzo Ulug'bek nomi XVII asr boshidanoq (1601-yildan) Amir Temurga bag'ishlangan dramatik asarlarda eslatiladi. Yevropada bevosita Ulug'bekka bag'ishlangan birinchi nashr ingliz astronomi Jon Grivs (1602—52) qalamiga mansub. Uning 1648-yil nashr etilgan asarida Ulug'bek yulduzlar jadvalining bir qismi (98 ta yulduz) ilova qilingan. 1665-yil yana bir ingliz olimi Tomas Xayd (1636— 1703) Grivs ishlaridan butunlay bexabar holda "Zij"dagi yulduzlar jadvalini forscha va lotincha tarjimada nashr etgan. 1690-yil Gdanskda polyak astronomi Yan Geveliy (1611— 87) chop ettirgan "Yulduzlar osmonining atlasi'dagi ikkita gravyurada o'sha davrning mashhur astronomlari qatori Ulug'bekka ham faxrli o'rin bergan. Unda Ulug'bekning yulduzlar jadvalini Ptolemey, Tixo Brage, Jovanni Richcholi, Vilgelm IV va o'zining jadvallari bilan solishtirgan. Ulug'bekning geografik jadvali 1711-yili Oksfordda uchinchi marta nashr etilgan. 1725-yil ingliz as­tronomi J. Flemstid (1646—1719) Ulug'bekning yulduzlar jadvalini Ptolemey, Tixo Brage, Vilgelm IV, Yan Geveliy va o'zining jadvallari bilan birga nashr etgan. 1767-yil ingliz G. Sharp Ulug'bek yulduzlar jadvalining Tomas Xayd nashrini qayta chop ettirgan. 1843-yil ingliz F.Beyli (1774—1844) uni yanada takomillashtirib, uchinchi nashrni amalga oshirgan. Fransuz sharqshunosi L.A. Sediyo (1808—76) 1839-yil Ulug'bek "Zij"idagi astronomik jadvallarning bir qismini nashr etgan. 1917-yil amerikalik olim E.B.Nobl Ulug'bek "Zij"ining Angliya kutubxonalarida saqlanayotgan 27 qo'lyozmasi asosida yulduzlar jadvalining tanqidiy matnini, 1927-yil K. Shoy "Zij"ning trigonometrik jadvali­ni nashr etgan. 1908—09-yillar arxeolog V.L. Vyatkin rahbarligida olib borilgan qazilma ishlari natijasida Mirzo Ulug'bek rasadxonasi xarobalari va rasadxonaning asosiy astronomik asbobi — kvadrantning topilishi Samarqand olimlari faoliyatiga qiziqishni yanada oshirdi. Natijada 1918-yil rus sharqshunosi V. V. Bartoldning "Ulug'bek va uning davri" asari nashr etildi.Yaqin yillargacha Ulug'bek faqat astronom va matematik deb hisoblanib kelinardi. Lekin 20-asr oxiriga kelib uning ijodi serqirra ekanligi, tarix, she'riyat va musiqa bobida ham qalam tebratganligi ma'lum bo'ldi. Tarixchi Mirzo Muhammad Haydar "Tarixi Rashidiy" asarida "Mirzo Ulug'bek tarixnavis donishmand (va) "To'rt ulus" (tarixi)ni (ham) yozib qoldirgan edi", deb yozgan. Mirzo Ulug'bekning turkiyda yozgan "Tarixi arba' ulus" ("To'rt ulus tarixi") asari Chingizxon bosib olgan mamlakatlaming 13—14-asrlar 1-yarmidagi siyosiy hayotini o'rganishda muhim manba hisoblanadi. Mamlakatimizda istiqlol yillarida Ulug'bek ilmiy merosini o'rganish borasidagi keng ko'lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Alloma yashagan davr, uning hayoti va faoliyati haqida yangi kitoblar, ilmiy maqolalar, badiiy asarlar yozilmoqda. Mirzo Ulug'bekning "To'rt ulus tarixi", "Ilmi nujum. Astrologiya" asarlari nashr etildi. Ulug'bek tavalludining 600 yilligi 1994-yil aprelda Parijda, oktyabrda Toshkent va Samarqandda tantanali ravishda nishonlandi va xalqaro konferensiyalar o'tkazildi. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov tashabbusi bilan 1994-yil "Ulug'bek yili" deb e'lon qilindi. Shu yili Toshkentda Ulug'bekka haykal o'rnatildi. 2009-yil iyunda Samarqand shahrida "Mirzo Ulug'bekning jahon ilm-fani rivojiga qo'shgan hissasi" mavzuida xalqaro ilmiy konferensiya bo'lib o'tdi va u ulug' allomaning ilmiy va ma'naviy merosini chuqur o'rganishga bag'ishlandi.
Mirzo Ulug'bekning hayoti va faoliyati haqida pyesa (M. Shayxzoda, "Mirzo Ulugbek" tragediyasi), roman (O. Yoqubov, "Ulug'bek xazinasi"), opera (A. Kozlovskiy, "Ulug'bek"), doston (M. Boboyev, "Ulug'bek"), balet (M. Bafoyev, "Ulug'bek burji"), film (rejissyor Latif Fayziyev, "Ulug'bek yulduzi", 1965) va boshqalar yaratilgan.
Tarixda o‘tgan shaxslar xususida fikr yuritganda Alisher Navoiyning mana bu satrlari beixtiyor xotirga keladi:
Bu gulshan ichraki yo‘qdir baqo guliga sabot,
Ajab saodat erur qolsa yaxshilik bila ot.
Feodal sinf namoyandasi, toju taxt sohibi, buyuk o’zbek astronomi va matematigi, davlat arbobi, asl ismi Muhammad Tarag’ay bo’lmish Mirzo Ulug’bek

1394-yil 22-martda Sultoniya shahrida Amir Temurning “besh yillik yurish”i vaqtida tug’ilgan. Sharafiddin Ali Yazdiyning “Zafarnoma” asarida yozilishicha: ”Amir Temur huzuriga chopar kelib, Ulug’bekning tug’ilgani va munajjimlar bu nevara kelajakda ham olim, ham hukmdor bo’lishini bashorat qilganlari xushxabarani yetkazadi. Sohibqiron xursandligidan Mordin qal’asi qamalini to’xtatib xalqiga yuklangan to’lovni bekor qiladi”. Amir Temur Ulug’bek tarbiyasiga alohida e’tibor bergan va uni davlat ahamiyatiga molik tadbirlarda qatnashtirgan. Ulug’bek Amir Temurning xorijiy elchilarni qabul qilish marosimlarida ishtirok etgan. Ulug’bek O’rta Osiyo xalqlari ilm-fani va madaniyatini o’rta asr sharoyitida dunyo fanining eng yuqori pog’onasiga olib chiqdi. Fan va madaniyat tarixida so’nmas iz qoldirgan Ulug’bekning ilmiy merosi uning “Zij”idir. Bu asar sayyoralar, Quyosh va Oy harakatini talqin qilish, yulduzlar katalogi va unda qo’llanilgan matematik usullari bo’yicha o’rta asrlardagi astronomik asarlarning eng mukammali hisoblanadi.


Mirzo Ulug‘bek fanning juda ko‘p sohalari, xususan matematika, falakiyot, musiqashunoslik va tarix ilmlari bo‘yicha zabardast olim, ilm-fan, madaniyatning ulkan homiysi sifatida abad ul-abad tarixda qoldi.Yaqin yillargacha Ulug’bek faqat astronom va matematik deb hisoblanardi. Lekin XX asr oxirida uning ijodi serqirra bo’lib, u tarix, sheriyat, musiqa bobida ham qalam tebratgani aniqlandi.
Mashhad binolarining birida Ulug’bek qalamiga mansub quyidagi bayt topilgan.
Harchand husn mulki sening hukmingda bo’lsa ham,
Sho’xlik qilmagilki sen uning nazari ostidasen.
Olimning merosi XVII asrdan beri butun dunyo ilmiy jamoatchiligining diqqat-e’tiborini o‘ziga jalb qilib kelyapti. Mirzo Ulug‘bek va u qoldirgan merosni o‘rganishda bizning mamlakatimizda ham, xorijiy yurtlarda ham anchagina asarlar yaratildi.

Mirzo Ulug’bek riyoziyot, falakiyot, musiqashunoslik va tarix ilmlari sohasida qalam tebratgan olim. Ulug’bekning tarix ilmida yozilgan asari esa “Tarix-i arba’ ulus”dir. Bu asar u yaratgan asarlar orasida alohida o‘rin tutadi. Tarixchi Mirza Muhammad Haydar “Tarixi Rashidiy” asarida “Mirzo Ulug’bek tarixnavis donishmand, “To’rt ulus tarixini yozib qoldirgan edi” deb yozgan. Ulug’bekning turkiyda yozgan “Tarixi arba’ ulus” asari Chingizxon bosib olgan mamlakatlarning XIII-XIV asrlar 1-yarmidagi siyosiy hayotini o’rganishda muhim manbadir.


Avvalambor shuni aytish kerakki, «Tarix-i arba’ ulus» Mirzo Ulugbekning ilmiy rahbarligi va shaxsan ishtirokida yaratilgan. Asar 1425 yili yozib tamomlangan.
Asar “Ulus-a arba’-yi Chingiziy” (“Chingiziylarning to‘rt ulusi”) va “Tarix-i arba’ ulus” (“To’rt ulus tarixi”) nomlari bilan mashhur. Lekin, Ovrupo sharqshunoslari orasida ushbu asarni birinchilar qatori o‘rgangan va uning qisqartirilgan inglizcha tarjimasini e’lon qilgan polkovnik Mayls, yetarli asosi bo‘lmagani holda bu kitobni “Shajarat ul-atrok” (“Turk (hoqon)larining shajarasi”) deb ataydi. Chuqur va atroflicha o‘rganish natijalari shuni ko‘rsatadiki, asarning faqat Yofas o’g’lon va uning o‘g‘li Turkxon hamda farzandlari tatar-mo‘g‘ul bilan turk tabaqalari, shuningdek, ularning podsholarigina “Shajarat ul-atrok” asosida yozilgan, xolos. Asarning Chingizxonning ulug’ ajdodi Buzunjor qoondan va Movarounnahrni XIII-XIV asrning birinchi yarmida idora qilgan Chig’atoyxon avlodi tarixini o‘z ichiga olgan qismi “Ulus-i arba’-yi Chingiziy” yoki “Tarix-i arb’a ulus” deb ataladi. Rus sharqshunos olimi V.V.Bartold bu asarga ko’plab tanqidiy fikrlar bildirgan.Olim o‘zining bir qator ilmiy risolalari xususan “Turkiston mo‘g‘ul bosqinchiligi davrida”, “Ulug‘bek va uning davri”da Ulug‘bekning mazkur asaridan manba sifatida foydalangan. Lekin uni muhim tarixiy manbalar qatoriga qo‘shmaydi. U bunday deb yozadi: “Shohruhning o‘g‘li va taxt vorisi Ulug‘bek “To‘rt ulus tarixi”ni yozgan. Asar o’z nomiga ko’ra mo’g’ullar imperiyasining to’liq tarixini o’z ichiga oladi. Ulug‘bekning bu asari bizgacha yetib kelmagan, lekin ba’zi manbalarda, xususan Xondamirning “Habib us-siyar”ida undan olingan parchalar uchraydi. Bu parchalardan ko‘rinib turibdiki, mo‘g‘ullar davlati tarixi Xondamir yashagan davrgacha bayon qilingan. Olimning boshqa bir asarida esa mana bu gapni o‘qiymiz: “Ulug’bek qalamiga taalluqli deb hisoblangan tarixiy asar ehtimol, adabiy manba va tarixni tanqidiy o‘rganish uchun material sifatida birmuncha qiziqish uyg‘otishi mumkin, lekin mazkur asar nusxasi topilganda ham mo‘g‘ullar imperiyasi yoki uning inqirozidan so‘ng tashkil topgan davlatlar tarixiga oid bo‘lgan mavjud ma’lumotlarni boyitadi, deb aytish qiyin”. “Tarix-i arba’ ulus”ga bunday munosabatda bo‘lishning sababi ikkita, deb aytadi B.Ahmedov. Birinchidan, jahon kutubxonalarida mazkur asar to‘liq-nusxasining saqlanmaganligi va ikkinchidan, XV — XVII asrlarga oid tarixiy qo‘lyozma asarlarning hozir ham qoniqarli darajada o‘rganilmayotganligidir. Lekin, haqiqat faqat ma’lum mavzuga bag‘ishlangan asarlarni bir-biriga qiyoslab o‘rganish va ular keltirgan ma’lumotlarni diqqat bilan tekshirish orqaligina aniqlanadi.
Asarni yozishda muallif ham ko’plab tarixiy, jug’rofiy asarlardan foydalangan. Muallif ko‘p hollarda o‘z manbalarini aniq ko‘rsatmaydi va «aytishlaricha», «qissa va tarix kitoblarda» yozilishicha, «Chig‘atoy ulusi ulamolarining kitoblarida keltirilishicha,» «bir guruh odil, haqiqatgo‘y tarix arboblarining aytishicha» kabi umumiy iboralar bilan cheklanadi. Lekin, ayrim o‘rinlarda o‘zi foydalangan ba’zi asarlar va ularning mualliflari nomini ham tilga oladi. Bular orasida mashhur astronom Abu Ma’shar Balxiy, yirik olim, shoir hamda sayyoh Rashiduddin Votvot, mashhur tarixchi-yu, davlat arboblari Alouddin Otamalik Juvayniy, Rashiduddin Fazlulloh Hamadoniy, Hamdulloh Mustovfiyi Kazviniy va boshqalarning nomlari tilga olinadi. Olim hadis kitoblar va rivoyatlardan foydalanganligini ham aytadi. Rashiduddin Votvot, Xo‘jandiy va Nizomiydan olingan she’riy parchalar ham uchraydi. Shunga qaraganda Ulug‘bek mazkur asarini yozishda juda ko‘p va mazmun jihatdan xilma-xil kitoblardan keng foydalangan.
Endi bevosita asarning tarkibiy qismi haqida to’xtaladigan bo’lsak, asar muqaddima va yetti bobdan iborat.

Download 93,32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish