MAVZU: MIRAZIZ A’ZAM IJODI.
Reja:
1. . Miraziz A’zam tarjimai holi
2. Miraziz A’zam – shoir, nosir, tarjimon, dramaturg.
3. “Qo’lni qo’lga beraylik”, “Vatan o’g’li”, “Bedananing buvisi” she’rlarida Vatan mavzusining yoritilishi.
4 Xulosa.
Tayanch tushunchalar: “Qo’lni qo’lga beraylik”, “Vatan o’g’li”, “Bedananing buvisi” she’rlari tahlili
Miraziz A’zam o‘zbek she’riyatida o‘zining munosib o‘rniga ega ijodkor. U 1936 yili Toshkentda tavallud topgan. Uning ijodi talabalik yillaridayoq boshlangan. Uning birinchi she’ri 1960 yilda «G‘alati tush» nomi bilan chop bo‘lgan. Ijodining dastlabki pallasida bolalar shoiri sifatida mashhur bo‘lgan bo‘lsa, keyinchalik kattalar uchun ham bir qator salmoqli she’riy guldastalar yaratgan. Jumladan, «Sevaman» 1977), «Tuyg‘ular» (1980), «Sabot» (1983) kabi to‘plamlaridagi ko‘pchilik she’rlar o‘zining hayotiy va jozibaliligi bilan o‘quvchi qalbini zabt etadi.Adib mohir tarjimon, adabiyot va madaniyatning hormas targibotchisi ham. Uning turk, rus, nemis adiblaridan qilgan tarjimalari, ayniqsa, islom madaniyatiga oid tarjimalari qo‘pchilik mutaxassis va oddiy o‘quvchi ixlosini orttirdi.Miraziz akaning keyingi ijodi ham sermahsul, serfayz bo‘lishiga ishonamiz va unga sihat-salomatlik,yangi ijodiy yutuqlar tilab qolamiz..
1. BOLALIKDA
Hamma onalar ham alla aytadi. Mening onamning allasi boshqa – juda hazin va alamli bo‘lardi. Har gal yurak-bag‘ri to‘lib-to‘lib aytar, so‘zi ham, ohangi ham tinglovchini qattiq mutaassir qilardi.
– Opa, nega siz alla aytsangiz yig‘lagim keladi? – deb so‘raganimda, – Men ham sendayligimda Tog‘a-buvamdan so‘ragandim:
“Tog‘a-buva, men nega sal narsadan yig‘layman, arzimagan voqeadan ham ta’sirlanib ko‘zimdan yoshim suv bo‘lib oqadi?” – deb so‘ragandim. Tog‘a-buvam meni chaqaloqlikdan bilarkan, shunday degandi:
– Sen bir darz ko‘zaga o‘xshaysan, ko‘za darz bo‘lgach, undan tomchilab suv oqadi-da… Sening darz ko‘zaliging shuki, etti kunlik chaqaloqligingda onang o‘lgan, seni boshqa bir, bolasi o‘lgan, emadigan bolaga muhtoj xotin emizib katta qilgan. Sen bu boqib olgan onangning qo‘lida yayrab o‘sding, bu onangga ko‘pdan-ko‘p rahmat, ammo o‘z onangdan ayriliq sening yuragingda darz qoldirgan. O‘sha darz yuragingdan yosh oqib ketaveradi…
Onam menga bu hikoyasini aytib bergandan keyin shunday degandi:
– Senga mendagi ta’sirchanlik o‘tgan. Otang ham urushda o‘ldi. Otasizlik sening yuragingni ikki karra darz
Do'stlaringiz bilan baham: |