1-rasm. Avtoklavga buyum yuklash.
Izotermik ishlov berish 175-2000С haroratda, 0,8-1,3 MPa bosim ostida 4-8 s davomida amalga oshiriladi va 2-4s davomida bug’ bosimi tushiriladi. Silikat buyumlar tayyorlash umumiy jarayoni 8-14 soat davom etadi.
Silikat g’isht
Silikat g’isht kvarst qumi (92-94%), ohak (6-8%, aktiv SaO hisobida) va suv (7-9%) bikr aralashmasini 15-20 MPa bosim ostida presslab, so’ngra avtoklavda ishlov berib tayyorlanadi. Silikat g’isht ikki turda ishlab chiqariladi: oddiy 250x120x65 mm va modulli 250x120x88 mm.
Modulli g’isht kovakli tayyorlanadi va bitta g’ishtning massasi 4,3 kg dan oshmasligi kerak.
Siqilishdagi va egilishdagi mustahkamlik chegarasiga ko’ra silikat g’ishti quyidagi markalarda bo’ladi: 100, 125, 150, 200 va 250.
Silikat g’ishtning o’rtacha zichligi 1800-1900 kgm3, issiqlik o’tkazuvchanlik koeffistienti 0,70-0,75 Wm.0C, suv shimuvchanligi (massa bo’yicha) 14-16%, sovuqqa chidamliligi /15, /25, /35 va /50 markalarda bo’ladi. Silikat g’ishti och kul rangida va tarkibiga ishqorga bardoshli pigmentlar kiritilsa istalgan rangda bo’lishi mumkin.
Silikat g’isht ishlab chiqarishda quritish va yuqori haroratda pishirish jarayonlari bo’lmagani sababli energiya sarfi kamayadi va g’ishtning tannarxi keramik g’ishtga nisbatan 30-40% arzonlashadi.
Silikat g’isht ishlab chiqarish texnologik sxemasi 9.2-rasmda berilgan. Kesak holdagi ohak-kipelka chala pishgan va o’ta pishgan ohakdan tozalash maqsadida saralanadi, maydalanadi va kukunlanadi. Bu jarayonda juda kukunlangan zarrachalar separator vositasida ajratib olinadi. Me’yorida kukunlangan ohak bog’lovchisi yuqori aktivlikka ega bo’lgani uchun buyum tayyorlashda sarfi kamayadi.
Ohakni qum bilan birga ikki xil usulda so’ndirish mumkin. Birinchi usulda 8-9 s davomida siloslarda, ikkinchi usulda tezlikda so’ndirish barabanlarida amalga oshiriladi. So’ndirish barabani metall stilindrdan iborat bo’lib, ikki tomoni kesik konus shaklida bo’ladi va gorizontal o’q atrofida aylantiriladi.
Me’yorlovchi moslamalar yordamida o’lchangan qum (hajm bo’yicha), ohak (massa bo’yicha) zich yopiladigan lyuk orqali solinadi. Homashyo barabanga solingandan keyin aylantiriladi, bug’ yuboriladi va 0,3-0,5 MPa bosim ostida ohak so’ndiriladi. Ohak-qum aralashmasi kurakchali qorgich yoki begunlar yordamida qo’shimcha 7% gacha namlanadi va presslanadi.
Silikat g’ishti 15-20 MPa bosim ostida presslanadi. Press davriy aylanadigan qoliplar joylashtirilgan stol ko’rinishidagi uskuna.
G’ishtni presslash richag mexanizm moslama yordamida amalga oshiriladi.
Presslab zichlashtirilgan silikat g’ishtida ohak bog’lovchisi va kvarst qumi o’rtasida kimyoviy reakstiya to’la kechadi. Press moslamalari quvvati 2200-3000 dona silikat g’ishtini 1s davomida tayyorlab beradi.
Qoliplangan g’isht press stolidan ehtiyotkorlik bilan olinadi, vagonetkalarga yuklanadi va ishlov berish uchun avtoklavga joylashtiriladi.
Avtoklavda ishlov berishda kremnezem (SiO2) bilan kimyoviy reakstiyaga kirishmagan ohak qismi havodagi karbon kislotasi bilan birikib ohaktosh hosil qiladi:
Ca(OH)2CO2CaCO3H2O
Shuning uchun silikat g’ishtning mustahkamligi avtoklavda ishlov berilgandan keyin ham oshib boradi.
Silikat g’isht keramik g’isht ishlatiladigan joylarda ishlatiladi, lekin nam va suvli sharoitlarda poydevor va devorlar qurishda ishlatish tavsiya etilmaydi.
Silikat g’ishtning qurilish qorishmalari bilan yopishishi (adgeziyasi) yuqori bo’lmagani uchun seysmik aktiv zonalarda yuqori qavatli binolar qurishda konstrukstion material sifatida qo’llanilishi ruxsat etilmaydi. Nam muhitda silikat g’ishtning suvga va sovuqqa chidamliligi pasayishi mumkin.
Yuqori harorat ta’sirida bo’ladigan xumdonlar, tutun trubalari va shu kabi konstrukstiyalar tayyorlashda silikat g’ishti ishlatilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |