Mavzu: milliy xafsizlikni ta’minlash borasida amalga oshirilyotgan ishlarning mazmun mohiyati



Download 30,39 Kb.
bet1/2
Sana14.01.2022
Hajmi30,39 Kb.
#361468
  1   2
Bog'liq
MAVZU


MAVZU: MILLIY XAFSIZLIKNI TA’MINLASH BORASIDA AMALGA OSHIRILYOTGAN ISHLARNING MAZMUN MOHIYATI

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev raisligida 2018-yil 31-yanvar kuni O'zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmatining kengaytirilgan hay'at yig'ilishi bo'lib o'tdi. Yig'ilish sohada amalga oshirilgan ishlar tahlili va Milliy xavfsizlik xizmati organlari faoliyatini tubdan takomillashtirish bo'yicha chora-tadbirlarga bag'ishlandi.

Yig'ilishda Oliy Majlis palatalari rahbarlari, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni vakillari, hukumat a'zolari, shuningdek, MXX markaziy apparati va hududiy tuzilmalarining rahbar xodimlari ishtirok etdi.

Yig'ilishda alohida ta'kidlandiki, hamma zamonda har qanday davlatning eng asosiy vazifalaridan biri shaxs, jamiyat va davlatning xavfsizligini ta'minlash bo'lgan va shunday bo'lib qoladi.

Aynan shuning uchun ham O'zbekistonda mustaqillikning birinchi kunlaridan milliy xavfsizlik masalalari mamlakatimiz ichki va tashqi siyosatining eng ustuvor yo'nalishi etib belgilandi.

Xalqaro terrorizm, diniy ekstremizm, odam savdosi, narkotik moddalar va qurol-yarog' vositalarining noqonuniy savdosi kabi transmilliy tahdidlar kuchayib borayotgan bugungi kunda ushbu vazifalarga alohida e'tibor qaratish yanada dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.

O'tgan davrda Milliy xavfsizlik xizmati O'zbekiston suverenitetini, mustaqilligini va hududiy yaxlitligini saqlash hamda himoya qilish ishlariga salmoqli hissa qo'shgani qayd etildi.

Bu, ayniqsa, bizning yaqin va uzoq yon-atrofimizda ro'y bergan turli inqirozlar, ayrim buzg'unchi kuchlar tomonidan mamlakatimizdagi tinchlik va barqarorlikni izdan chiqarishga urinishlar sodir etilgan juda og'ir yillarda yaqqol namoyon bo'ldi.

Shu bilan birga, yig'ilishda Milliy xavfsizlik xizmatining faoliyati xolis baholangan holda,  uning ayrim bo'linmalari va hududiy boshqarmalari faoliyati tanqid qilindi. Idoralararo hamkorlik, tezkor va qidiruv tadbirlarini o'tkazish, shuningdek, kadrlar bilan ishlash borasida yo'l qo'yilayotgan kamchiliklar aniq misollar bilan ko'rsatib o'tildi.

Davlatimiz rahbari zamon talablaridan kelib chiqqan holda, Milliy xavfsizlik xizmatining tarkibiy tuzilishini qayta ko'rib chiqish kerakligini ta'kidladi. Maxsus xizmat doirasiga kirmaydigan vazifalar bilan shug'ullanadigan, boshqa davlat tuzilmalari faoliyatini takrorlaydigan bo'linmalarni tugatish, ayni vaqtda milliy xavfsizlikning ustuvor yo'nalishlarini ta'minlaydigan bo'linmalarni mustahkamlash zarurligi ko'rsatib  o'tildi.

O'zbekiston taraqqiyotining Harakatlar strategiyasida belgilab berilgan keng ko'lamli vazifalardan kelib chiqqan holda, mamlakatimizning barcha sohalari davr talabi asosida tubdan isloh etilayotgan yangi sharoitda Milliy xavfsizlik xizmatining yaqin kelajakka mo'ljallangan ustuvor vazifalari belgilab olindi.

Prezidentimiz Milliy xavfsizlik xizmati davlatning huquq-tartibot organlaridan biri sifatida o'zining kundalik faoliyatini mamlakatimizning barcha vazirlik va idoralari uchun asosiy faoliyat mezoniga aylangan "Xalq davlat organlariga emas, davlat organlari xalqqa xizmat qilishi kerak", degan tamoyil asosida tashkil etishi zarurligini alohida ta'kidladi.

Joriy yilda O'zbekiston Respublikasining "Milliy xavfsizlik xizmati to'g'risida"gi qonuni ishlab chiqilishi va qabul qilinishi muhim ahamiyatga ega. Qonunda MXXning asosiy funktsiya va vazifalari belgilab beriladi va, eng muhimi, uning qabul qilinishi bilan mamlakatimiz huquq-tartibot organlarining vakolat doiralari aniqlashtirib olinadi.

Har qanday jamoa, jumladan, MXX ish faoliyatining samarasi ham kadrlar, birinchi navbatda, uning rahbar xodimlariga, ularning o'z burchiga sadoqati, professional darajasi, mehnatsevarligi va yuksak mas'uliyatiga bog'liq, deb alohida qayd etdi Prezidentimiz.

MXX bo'linmalari o'zining vakolati doirasida xalqimizning muammolarini hal qilishga, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa davlat tashkilotlariga olib borilayotgan keng ko'lamli islohotlarni amalga oshirish ishlariga yaqindan yordam berishi lozim.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti MXX o'quv yurtlarining rahbarlari va professor-o'qituvchilariga yosh kadrlarni Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash, mamlakat qonunchiligi talablariga og'ishmay rioya etish, turli sinovlarga chidamli bo'lish, o'z ustida muntazam ishlash va professional mahoratini uzluksiz oshirib borishga intilish kabi masalalarga alohida e'tibor qaratishni qat'iy vazifa qilib qo'ydi.

Yig'ilishda tashkiliy masala ko'rildi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi etib tayinlangani munosabati bilan Milliy xavfsizlik xizmati raisi Rustam Inoyatov egallab turgan lavozimidan ozod qilindi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga binoan Respublika Bosh prokurori  lavozimida ishlab kelayotgan Ixtiyor Abdullaev Milliy xavfsizlik xizmati raisi etib tayinlandi.

Milliy xavfsizlik xizmati va uning bo'linmalari faoliyati samaradorligini yanada oshirish bo'yicha mas'ul rahbarlarga tegishli topshiriqlar berildi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan yaqin qo‘shnilar bilan konstruktiv va o‘zaro manfaatli munosabatlar o‘rnatish, mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlikni mustahkamlash O‘zbekiston tashqi siyosatining ustuvor yo‘nalishi sifatida belgilab berildi.

Markaziy Osiyoda ishonch muhitini qaror toptirish yo‘lida amalga oshirilgan sa’y-harakatlar Toshkentga chegara hamda suvdan foydalanish singari murakkab va nozik masalalarda tub burilish yasash imkonini berdi. Bu muammolar yillar davomida yechilmasdan, mintaqadagi tanglikka sabab bo‘layotgan edi. O‘tgan yili O‘zbekistonning qo‘shni davlatlar bilan o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi 20 foiz o‘sib, qariyb 3 milliard AQSh dollariga yetdi. Prezidentimiz Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Ostona shahrida bo‘lib o‘tgan maslahat uchrashuvida yaqin yillarda o‘zaro savdo hajmini 5 milliard AQSh dollariga yetkazish mo‘ljallanayotganini ta’kidladi.

Ayni paytda mintaqadagi barqarorlik hamda izchil taraqqiyot bevosita qo‘shni Afg‘onistonda tinchlik va osoyishtalik qaror topishi bilan uzviy bog‘liqdir. Binobarin, ushbu mamlakat Markaziy Osiyoning ajralmas qismi bo‘lgan hamda shunday bo‘lib qolajak.

Bizni umumiy tarix, din, madaniyat va urf-odatlar hamda xavfsizlikni ta’minlash, savdo-sotiqni rivojlantirish sohasidagi manfaatlar birlashtiradi. Tinch Afg‘oniston Markaziy Osiyo davlatlarining Hind okeani va Fors ko‘rfazi portlariga eng qisqa yo‘lini ta’minlashi, Hindiston, Eron hamda Pokistonni Yevropa va Yaqin Sharq bozorlari bilan bog‘lashi mumkin.

Shuning uchun ham Afg‘onistonni mintaqaviy muammolar, tahdidlar manbai sifatida emas, balki noyob strategik imkoniyatlar mamlakati sifatida qarash o‘rinli. Bu esa, o‘z navbatida, butun Yevroosiyo mintaqasida keng transmintaqaviy munosabatlarni rivojlantirishga turtki beradi.

O‘tgan davr mobaynida O‘zbekiston Afg‘oniston bilan ikki tomonlama munosabatlarni sezilarli darajada kengaytirdi, afg‘on muammosini hal qilish bo‘yicha xalqaro sa’y-harakatlarga faol qo‘shildi. O‘zbekiston — Afg‘oniston munosabatlari yuqori sur’atlarda rivojlanayotgani mamlakatimiz rahbari 2017 yil sentyabr oyida BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasi, noyabr oyida Samarqandda bo‘lib o‘tgan Markaziy Osiyo bo‘yicha yuqori darajadagi anjuman hamda yaqinda Ostonada bo‘lib o‘tgan mintaqa davlatlari rahbarlarining maslahat uchrashuvida ilgari surgan O‘zbekistonning yangi tashqi siyosat strategiyasining amaliy natijasidir.

Bugun Toshkent Afg‘oniston bilan savdo-iqtisodiy, transport, energetika va madaniy-gumanitar aloqalarni har tomonlama rivojlantirish bo‘yicha izchil hamda qat’iy siyosat olib borayapti. Ikki mamlakat rahbarlarining muntazamlik kasb etgan o‘zaro muloqotlari birgalikdagi hamkorlikka katta turtki bo‘lmoqda. Prezidentlar do‘stona va samarali, o‘zaro ishonchga asoslangan muloqotni yo‘lga qo‘yishga erishdilar. Shu ma’noda aytganda, o‘tgan yili dekabr oyida Afg‘oniston Prezidenti Ashraf o‘anining mamlakatimizga rasmiy tashrifi tom ma’noda tarixiy voqea bo‘ldi. Tashrif davomida siyosiy muloqot hamda amaliy hamkorlik aloqalari sifat jihatidan yangi bosqichga chiqdi.

Muzokaralar natijasida tomonlar xavfsizlik, energetika va transport masalalarini qamrab olgan 20 ta qo‘shma hujjatni, shuningdek, qo‘shni mamlakatga yarim milliard dollarga teng bo‘lgan qurilish materiallari, oziq-ovqat mahsulotlari, bug‘doy, maishiy texnika, avtotransport vositalarini yetkazib berishga doir 40 ta tijorat shartnomasini imzoladi.

Vazirlik hamda idoralar rahbarlari darajasida muloqotlar faollashdi. O‘tgan bir yarim yil ichida Afg‘oniston Islom Respublikasidan O‘zbekistonga 20 dan ortiq yuqori martabali delegatsiyalar tashrif buyurdi. Qayd etish kerakki, bu o‘zbek — afg‘on munosabatlari tarixida oldin kuzatilmagan.

Joriy yilning fevral oyida Toshkentda Xavfsizlik masalalari bo‘yicha O‘zbekiston — Afg‘oniston qo‘shma komissiyasining ilk majlisi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish, qurol savdosi hamda giyohvandlik moddalarining noqonuniy aylanishi sohasida hamkorlikning dolzarb masalalari atroflicha muhokama qilindi. Barcha darajadagi jadal va ishonchli muloqotlar, mamlakatlar rahbarlarining siyosiy xohish-irodasi ikki tomonlama hamkorlikka yangicha shukuh bag‘ishladi.

Birinchidan, 2017 yilning o‘zida o‘zaro savdo aylanmasi 15 foiz o‘sib, qariyb 600 million dollarni tashkil qildi. Joriy yilning boshida ushbu tendensiya davom etdi: yanvar oyida tovar aylanmasi yillik kesimda qariyb 30 foiz o‘sdi. Va e’tiborlisi, bu bir yilning alohida ko‘rsatkichlari emas, balki tizimli ishlar samarasidir. Prezidentimiz topshirig‘iga ko‘ra, 2017 yilning boshida hamkorlikni rivojlantirishning “yo‘l xaritasi” qabul qilindi. Bu hujjatning izchil amalga oshirilishi yaqin yillarda o‘zaro tovar ayirboshlash hajmini 1,5 milliard dollarga yetkazish imkonini beradi.

Kobulda O‘zbekiston savdo uyi ochildi. Unda doimiy ravishda “O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan” nomi ostida tovarlar ko‘rgazmasi faoliyat yuritadi. 2017 yilning sentyabr oyida Mozori Sharifda “UzTrade” shourumi (ko‘rgazma zali) ochildi. Unda o‘zbekistonlik ishlab chiqaruvchilarning turli mahsulotlari o‘rin olgan. Bugungi kunga qadar “UzTrade” kompaniyasi afg‘onistonlik sheriklari bilan 29 million dollardan ortiq bitimlar imzoladi. Bundan tashqari, yurtimiz 25 ta avtobus, 3 ta traktor va tirkama texnikani beg‘araz yetkazib berdi.

Termizda faol hamkorlik uchun qulay sharoitlar yaratish maqsadida bojxona terminaliga ega bo‘lgan xalqaro logistika markazi tashkil etildi. U ikki mamlakat o‘rtasida eksport-import hamda tranzit yuk oqimlariga va Yevropa hamda Osiyo bozorlariga chiqishga ko‘maklashadi.

Bundan tashqari, O‘zbekistondan Afg‘onistonga yiliga 300 ming tonna mineral o‘g‘it, 2 ming dona qishloq xo‘jaligi texnikasi, 250 ming tonnagacha g‘alla va afg‘on bozorida talab yuqori bo‘lgan boshqa mahsulotlarni uzoq muddatli yetkazib berish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

Shu bilan birga, avtomobil, qishloq xo‘jaligi mashinalarini ishlab chiqarish hamda to‘qimachilik sohalarida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari ko‘rilayapti. O‘zbekistonlik mutaxassislarning Shimoliy Afg‘onistonda istiqbolli neft va gaz konlarini o‘zlashtirishga ko‘maklashishi imkoniyatlari o‘rganilmoqda.

Ikkinchidan, transport-kommunikatsiya sohasida hamkorlik natijasida Mozori Sharif — Hirot yo‘nalishi bo‘yicha transafg‘on transport yo‘lagini yaratish bo‘yicha muhim kelishuvga erishildi. Ushbu yo‘lak ilgari O‘zbekiston tomonidan qurilgan birinchi transport yo‘lagi — Hayraton — Mozori Sharif temir yo‘lining davomi hisoblanadi. U Afg‘oniston iqtisodiyoti uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega. Bugungi kunda mazkur magistral orqali Afg‘oniston importining katta qismi olib kirilmoqda. Ular orasida insonparvarlik yuklarining hajmi katta o‘rin tutadi.

Osiyo taraqqiyot banki hisob-kitoblariga ko‘ra, Hayraton — Mozori Sharif temir yo‘li foydalanishga topshirilishi natijasida mingdan ortiq kishilar ishli bo‘lishdi. Temir yo‘l bo‘ylab afg‘onlar bandligi o‘sish sur’atlari yiliga 10-11 foizni tashkil etdi. Mozori Sharif — Hirot temir yo‘li loyihasini amalga oshirish Afg‘oniston iqtisodiyotini tiklashga katta hissa qo‘shadi. Qatnovning yo‘lga qo‘yilishi Afg‘oniston tashqi savdo aylanmasini 50 foiz ko‘paytirish imkonini beradi. Jumladan, temir yo‘l liniyasi qurilishi yakunlanganidan so‘ng birinchi yilda yuklar tranziti hajmi taxminan 5,3 million tonna, istiqbolda esa yiliga 15 million tonnaga yetishi mumkin.

Shu bilan birga, Afg‘oniston bilan transport hamkorligining boshqa yo‘nalishlari ham jadal kengayib bormoqda. Masalan, 2017 yilning noyabridan Toshkent va Kobul o‘rtasida doimiy aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yildi. Avtomobil tashuvlari sohasida ham hamkorlik faol rivojlanmoqda. O‘tgan yili 2016 yildagiga qaraganda O‘zbekiston hududi orqali olib o‘tilgan Afg‘oniston yuklari hajmi 70 foiz oshdi.

Uchinchidan, Afg‘onistonni ijtimoiy-iqtisodiy tiklash ishlarining muvaffaqiyatli kechishida energetika sohasidagi aloqalar hal qiluvchi ahamiyat kasb etishi sir emas. O‘zbekiston 15 yildan ortiq muddat davomida elektr energiyasi yetkazib berish borasida Afg‘onistonning ishonchli sherigiga aylandi. Afg‘onistonga yetkazib berilayotgan elektr energiyasi hajmi 2002 yildagiga qaraganda 30 baravar ko‘paydi. 2018 yilning yanvaridan O‘zbekiston Afg‘oniston uchun eksport qilinayotgan elektr energiyasi narxini 35 foiz arzonlashtirdi.

Afg‘oniston Prezidentining O‘zbekistonga tashrifi davomida 260 kilometrlik Surxon — Puli Xumri elektr uzatish liniyasini qurish loyihasini amalga oshirish bo‘yicha bitim imzolandi. Uning 45 kilometri O‘zbekiston hududidan o‘tadi. Loyihalash uchun trassaning koordinatlari kelishildi. Hozirgi paytda loyihaning texnik-iqtisodiy asosi ishlab chiqilayapti.

O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida energetika sohasida amalga oshirilayotgan qo‘shma loyihalar ko‘p jihatdan multiplikativ samara beradi. Ya’ni Kobulga elektr uzatish liniyasi qurilishi aholi uchun o‘tkir — elektr tanqisligi muammosini hal qilibgina qolmasdan, ishlab chiqarish quvvatlarini, yangi korxonalarni ishga tushirish, ish o‘rinlari yaratishda qo‘shimcha imkoniyatlar eshigini ochadi.

To‘rtinchidan, ta’lim sohasidagi hamkorlik aloqalari ham sifat jihatidan yangi bosqichga chiqmoqda. Masalan, O‘zbekiston Prezidenti tashabbusi bilan Termizda Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazi ochildi. Unda Afg‘oniston turli sohalari uchun malakali kadrlar tayyorlanadi. Bu borada istiqbolli yo‘nalish sifatida temir yo‘l transporti va servisi sohasi uchun kadrlar tayyorlash belgilab olingan.

O‘zbekiston erishilgan yutuqlar bilan chegaralanib qolmoqchi emas. Toshkent umummintaqaviy ahamiyatga ega transport loyihalarini amalga oshirish, kadrlar tayyorlash, Afg‘onistondagi mojaroni siyosiy yo‘l bilan hal qilish jarayonini qo‘llab-quvvatlagan holda, mamlakatning tinch-osoyishta ravnaqiga ko‘maklashish bo‘yicha sa’y-harakatlarini davom ettiradi. Bular esa pirovardida butun Markaziy Osiyo mintaqasi xavfsizligi hamda taraqqiyotining garoviga aylanadi.




Download 30,39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish