5-sinf
Mavzu:Milliy qo`g`irchoq turlari, ishlatiladigan asbob-moslamalar, gazlama va ularning turlari
Darsning ta`limiy maqsadi: O`quvchilarga qo`g`irchoq tikish texnologiyasini o`rgatish, ularga to`g`ri o`lchov olish va hisob-kitob qilish ko`nikmalarni rivojlantirish.
Tarbiyaviy maqsad: O`quvchilarga tejamkorlik, ishbilarmonlik, tadbirkorlik tushunchalartni shaklantirish.
Rivojlantiruvchi maqsad: O`quvchilarning milliy qo`g`irchoq tikish bo`yicha bilim,ko`nikma, malakalarini rivojlantirish
Dars turi: Yangi bilimlarni beruvchi.
Dars usuli: Noa`anaviy.Ko`rgazmali, nazariy, savol-javob, guruhlar bilan ishlash.
Dars metodi: “Klaster”, “Aql charxi”,”Kim zukko”.
Darsning jihozi; Kompyuter, slaydlar, videorolik, tarqatma materiallar, ish qutichasi. O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Bola huquqlari konvensiyasi, Hikmatlar durdonalari kitobchasi.
Kerakli asbob-moslamalar: Mato, paxta,sm lenta, qaychi, andaza, qora jun ip,qalam.
Darsning borishi. I.Tashkiliy qism, II.O`tgan mavzuni mustahkamlash, III.Yangi mavzu bayoni.IV. Yangi mavzuni mustahkamlash.V.O`quvchilarni baholash.VI.Uyga vazifa berish
Darsning texnologik xaritasi:
Tashkiliy qism:
|
3 daqiqa
|
O`tgan mavzuni mustahkamlash
|
12 daqiqa
|
Yangi mavzu bayoni
|
15 daqiqa
|
Yangi mavzuni mustahkamlash
|
11 daqiqa
|
O`quvchilarni baholash
|
2
|
Uyga vazifa berish
|
2
|
O`quvchilar 2 guruhga bo`linadi; „Kashtado`z”, “Hunarmand”.
O`quvchilarning bilimi “5” ballik tizimi bilan baholanadi. Bunda rangli kartochkalardan foydalanish yaxshi samara beradi;
I.Tashkiliy qism:Salomlashuv ,davomatni aniqlash, darsga tayyorgarlik ko`rish.
O`qituvchi: Hamma so`zlar ichida, salom sevgan so`zimiz,
Tilimizni shu so`zga o`rgatgan ham o`zimiz,
Sizlar doimo deysiz………
O`quvchilar; Assalomu aleykum!
Darsning kirish qismida yangiliklar haqida ma`lumot beriladi.
O`qituvchi: Haftada bor yetti kun, yetti kunu, yetti tun,
Qani ayting chi qizlar
Bugun qanday, qaysi kun?
O`quvchi: o`quvchi javob beradi.
O`qituvchi: Bahor faslida qanday kunlarni nishonlaymiz?
1-o`quvchi: 1-Mart Zulfiyaxonim tavallud topgan kun, 8-Mart xalqaro xotin-qizlar bayrami.
2-3-4-o`quvchi: 22-Mart Navro`zi olam, 2-aprel Xalqaro bolalar kitoblari kuni, 9-aprel A.Temur tavallud topgan kun. 9-May Xotira va Qadrlash kuni.
O`zbekiston Respublikasining 27 yilligining shiori ! O`quvchilar xor bo`lib-
“Aziz va yagonamsan, jonajon O`zbekistonim!”shiorni aytadilar.
O`qituvchi : 2018-yil Yurtboshimiz tomonidan qanday yil nomlanishi e`lon qilindi?
O`quvchi:“2018-yil “Faol tadbirkorlik, innovasion goyalar va texnologiyalarni qo`llab-quvvatlash yili” deb nomlandi.
O`qituvchi: Aziz o`quvchilar mehnat darslarida, qanday bilim ko`nikmaga ega bo`lasizlar?
O`quvchi: Bichish-tikishni, pazandachilik sirlarini, zardo`zlik, quroqchilik, kashtado`zlik, vaho kazolarni o`rgandik.
II. O`tgan mavzuni “Klaster” usuli orqali mustahkamlanadi.O`quvchilar doirachalarga tegishli so`zlarni yozishlari kerak.
Qiyqcha(belbog`)ning vazifasi nimalardan iborat?
Qiyiqchani tikish uchun qanday asbob-moslamalar kerak bo`ladi?
Qiyiqcha uchun qanday gazlama ishlatilgani ma`qul?
Qiyiqcha tikish uchun qanday kashta choki turidan foydalaniladi?
Qiyiqcha tikish bosqichlarini aytib bering.
Slayd orqali kashtachilik san`ati namoyish etib, tushunchalar beriladi.
Slayd orqali „Aql charxi“ texnologiyasi bo`yicha berilgan so`zlardan gap tuzish. 1-guruhga: gul, mato, sovg`a, dasturxon, qalam, barg.Masalan: Matodan sovg`a uchun dasturxon tayyorlab,unga qalam bilan gul bargini chizib tikdim.
2-guruhga; lola, qog`oz, kapalak, ip, ona, sariq. Masalan: Sariq qog`ozdan lola, kapalak yasab ip bilan bog`lab onamga sovg`a qildim.
Bexato va mazmunli gap tuzgan guruhni kartochk bilan rag`batjantiriladi.
III.Yangi mavzu bayoni.
Turli xil gazlamalardan hamda gazlama qoldiqlaridan yumshoq o`yinchoqlarni tikish mumkin. Bunday o`yinchoqlarni bezashda turli xil mex, charm, porolon, tasmalardan foydalaniladi.O`yinchoqning ko`zlari uchun tugmachalar va taqinchoqlar, og`zi uchun esa charm va kleyonka ishlatiladi.
Ko`p qizlar qo`g`irchoq o`ynashni va qo`liga igna ushlashi bilan qo`g`irchoqlariga ko`ylak tikishni yaxshi ko`radilar.Qo`g`irchoqning tana qismi tayyorlanadi. Tana qismi uchun zich to`qilgan ochiq rangdagi sidirg`a gazlamadan foydalanailadi. Tana qismi sintefon yoki paxta bilan to`ldiriladi.So`ngra sochlari qora jun ipdan tayyorlanib yopishtiriladi yoki tikib qo`yiladi.Qo`g`irchoqning yuz qismi kashta bilan bezatilishi mumkin. Tayyor b`lgan qo`g`irchoq uchun ko`ylakni atlas yoki gazlama bo`laklaridan foydalanib tikish mumkin. Buning uchun tayyor qo`g`irchoqning o`lchamlari olinib, ko`ylakning chizmasi chiziladi. Bunda ko`ylakning orqa bo`lagiga bel qismigacha taqilma bo`lishi kerak.Lozim ham tikilib, uning pochasiga jiyak o`rniga tasma bilan yoki kashta tikiladi.
Kavishi qora rangdagi istalgan gazlamadan tayyorlanadi. Bunda berilgan o`lchamda kavish tikilib, sintefon bilan to`ldiriladi va qo`g`irchoqning oyoq uchlariga tikib qo`yiladi.
Milliy qo`g`irchoq va “barbi”larni o`quvchilarga ko`rsatib ularning farqini, qaysi jihati ularga yoqishini va sababi so`raladi. O`quvchilarni fikrini tinlagandan so`ng milliyligimizga yot bo`lgan liboslari, yuzi va gavdasining tuzilishi, sochi, ko`zlarining rangidagi farqi haqida tushuncha beriladi. Qo`g`irchoqlar ham “Ommaviy madaniyat”ning bir turi hisoblanadi.Qizaloqlar qo`g`irchog`ini yaxshi ko`rganligi sababli ularga o`xshab kiynishi, makiyajiga havas qiladi, qolaversa sochlarini sariq yoki boshqa rangga bo`yagisi keladi.
Mavzuning fanlararo bog`lanishini slayd orqali ko`rsatiladi, kataklarni o`quvchilar bilan birgalikda to`ldiriladi
Vatan tuyg`usi
Milliy qadriyatlarimiz an`analarimiz,kiyinish odobi urf-odatlarimiz haqida bilib olamiz
|
Adabiyot
Turli xalqlarning kiyinishi haqidagi ma`lumotlarni asarlardan o`qiymiz
|
Matematika
O`lchov olish, ko`paytirishni, kamaytirish, taqsimlash,bo`lish.
|
Konstitutsiya
Har bir shaxs erkin kasb tanlash huquqiga ega
37-modda
|
Musiqa
Bichish –tikish vaqtida xalq ohanglarini xirgoyi qilish
.
|
Tasviriy san`at
Kiyimlarda gul, naqshlarni chizishda ranglar uyg`unligini o`rganamiz
|
Botanika
O`simliklar va hayvonlardan olinadigan tolalar. Gullar va o`simliklar haqida
|
Geografiya
Turli kiyimlarning jug`rofik yoyilishi
|
Tarix
Kiyimlarning qayerdan va qanday shaklda paydo bo`lishi
|
Informatika
Internet saytlariga kirib mavzu haqida ma`lumot olish
|
Slayd orqali qo`g`irchoqlar tarixi namoyish etiladi.
“Kim zukko” o`yini. Guruhlar bir-birlariga topishmoq savollarini beradilar;
1.O`chog`i bor, mo`risi yo`q, 3.Bozordagi mo`ndi, 4.Hammaga to`n tikaman,
Cho`g`I boru kuyasi yo`q. Kelib qo`limga qo`ndi. O`zim yalang`och.
(Dazmol) (Angishvona) (Igna)
5.Qora tovuq qaqillaydi 6.Ikki bahodir qilichlashar.
Qanotlari shaqillaydi. (Tikuv mashinasi). (Qaychi).
O`quvchilar bilan birgalikda “Alla” qo`shig`I aytiladi.
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash. Tarqatma savollar.
Yumshoq o`yinchoq deb nimaga aytiladi?
Qo`g`irchoqni tikish uchun qanday materiallar kerak bo`ladi?
Milliy qo`g`irchoq yerropa yoki barbi qo`g`irchog`laridan nimasi bilan farqlanadi?
Qo`g`irchoqlarning tashqi ko`rinishi sizlarga qanday taassurot qoldiradi?
Milliy qo`g`irchoqni tikish jarayonida sizlarga qanday fazilatlar shaklanadi deb o`ylaysiz?
V.O`quvchilarni baholash. O`quvchilarning dars jarayonida to`plagan ballarini hisoblab, kartochkalar bilan baholanadi. G`olib guruhni e`lon qilib kitob sovg`a qilinadi
VI. Uyga vazifa; Qo`g`irchoq tikish uchun ish qutichasi va kerakli xom ashyo olib kelish.
Termiz shahar 13-umumiy o`rta ta`lim maktabi texnologiya fani o`qituvchisi Rashidova Hafizaning
“Milliy qo`g`irchoq turlari, ishlatiladigan asbob-moslamalar, gazlama va ularning turlari”mavzusida yozgan dars ishlanmasi.
Telafon;+998 91 589 74 84
Xatosi bo`lsa uzr
Do'stlaringiz bilan baham: |