Milliy g`oya va ma`naviy qadriyatlarning uzviy bog`liqligi. Milliy ma`naviy qadriyatlar - ijobiy axloqiy sifatlarni takomil-lashtirish, davlat va millat rivojiga to`g`anoq bo`ladigan salbiy illatlarni bartaraf etish omilidir. Milliy g`oya va ma`naviy qadriyatlar orasida uzviy aloqadorlik, o`zaro ta`sir mavjud bo`lib, bu quyidagilarda o`z ifodasini topadi: 1. Milliy qadriyatlar milliy g`oya uchun ma`naviy negiz, manba bo`lib xizmat qiladi. 2. Milliy g`oya qadriyatlarni boyitish, yanada yuksak bosqichga ko`tarish, odamlar ongi va qalbiga milliy qadriyatlarni singdirish omili bo`lib hisoblanadi. 3. Milliy g`oya xalqning tub manfaatlari nuqtai nazaridan mavjud ma`naviy qadriyatlarga baho beradi, ijobiy jihatlarni rivojlantirish, salbiy holatlarni inkor etishning ma`naviy mezoni bo`lib maydonga chiqadi. - Milliy g`oya va ma`naviy qadriyatlarning uzviy bog`liqligi. Milliy ma`naviy qadriyatlar - ijobiy axloqiy sifatlarni takomil-lashtirish, davlat va millat rivojiga to`g`anoq bo`ladigan salbiy illatlarni bartaraf etish omilidir. Milliy g`oya va ma`naviy qadriyatlar orasida uzviy aloqadorlik, o`zaro ta`sir mavjud bo`lib, bu quyidagilarda o`z ifodasini topadi: 1. Milliy qadriyatlar milliy g`oya uchun ma`naviy negiz, manba bo`lib xizmat qiladi. 2. Milliy g`oya qadriyatlarni boyitish, yanada yuksak bosqichga ko`tarish, odamlar ongi va qalbiga milliy qadriyatlarni singdirish omili bo`lib hisoblanadi. 3. Milliy g`oya xalqning tub manfaatlari nuqtai nazaridan mavjud ma`naviy qadriyatlarga baho beradi, ijobiy jihatlarni rivojlantirish, salbiy holatlarni inkor etishning ma`naviy mezoni bo`lib maydonga chiqadi.
Milliy g`oya ma`naviy negizida umuminsoniy qadriyatlar va milliy xususiyatlarning e`tirof etilishi. 1. Umuminsoniy qadriyatlar ustuvorligi - barcha xalqlar uchun ijobiy ahamiyat kasb etuvchi, insoniyatning umumiy manfaatiga mos keluvchi moddiy va madaniy hodisalar, mezonlar, qadrli jihatlarning ustuvor bo`lishiga tayangan g`oyalar asosidagi faoliyat qadriyatlardir. Har bir odam jinsi, irqi, millati, yoshi, kasbi, e`tiqodidan qat`iy nazar avvalambor bashar farzandi, insondir. SHu umumiy mohiyat barcha odamlar, millatlar uchun birday ahamiyatli va qadrli bo`lgan predmet, hodisa, jarayon, munosabatlarni farqlashga imkon beradi. Umuminsoniy qadriyatlar insoniyat tarixining yaxlitligini ifoda-laydi, u davrlar o`tishi va ijtimoiy hayotning o`zgarishi bilan bir qatorda takomillashib, rivojlanib, tobora ko`proq xalqlarni, millatlarni, inson-larni yaqinlashtiruvchi, birlashtiruvchi va kamol toptiruvchi kuchga aylanib boradi. Insonparvarlik va ijtimoiy adolat, erkinlik va ozodlik, barqa-rorlik va farovonlik, ezgulik va taraqqiyotga bo`lgan intilish umuminsoniy qadriyatlarning muhim jihatlaridir.
Do'stlaringiz bilan baham: |