Mavzu: Milliy g'oyaning o'ziga xos xususiyatlari



Download 43,67 Kb.
Sana23.01.2022
Hajmi43,67 Kb.
#404379
Bog'liq
Milliy g\'oyaning o\'ziga xos xususiyatlari


MAVZU: Milliy g'oyaning o'ziga xos xususiyatlari

REJA


  1. Milliy g‘oya va umummafkuraviy jarayonlarning o‘zaro bog‘liqligi.

  2. Mafkuraviy jarayonlar va mafkuraviy kurashlar.

  3. Milliy g‘oyaning mafkuraviy kurashlardagi o‘rni.

  4. Milliy g‘oyaning xalq maqsadlari va taraqqiyot bilan uzviy bog‘liqligi.

  5. Milliy g‘oyaning rivojlanish mexanizmlari.

  6. Milliy g‘oya ta’sirchanligini oshirish mexanizmlari.


  1. Milliy g‘oya va umummafkuraviy jarayonlarning o‘zaro bog‘liqligi.

Insoniyat XX asr oxiri XXI asr boshlariga kelib bir qator chegara bilmas muammolarga duch keldi. Urush va tinchlik, ekologik falokatlar, ma’naviy qashshoqlik, narkobiznes, terrorizm kabi muammolar anna shular jumlasidandir. Shu bilan birga dunyoda globallashuv, axborot oqimining tezlashuvi va intensivlashuvi, universal texnologiyalar bilan bog‘liq umumbashariy jarayonlar ham bormoqda. Yer yuzida odamlar bir makon tarzida yashaydilar. Ammo tarixda mavjud chegaralarni o‘zgartirish, muayyan hududlarni bosib olish uchun son-sanoqsiz urushlar bo‘lgani ma’lum.

Kishilik jamiyati tarixi insonda oliyjanob fazilatlarning shakllanishi va rivojlanishiga ham, Ayni paytda g‘ayriinsoniylikning xilma-xil ko‘rinishlari ildiz otib o‘zining mudhish qiyofasini namoyon qilishga ham ko‘p bor guvoh bo‘lgan. Afsuski, insoniyatning butun tarixi davomida bunday illatlar unga hamrohlik qilib keldi, turli davrlarda yangi shakl-shamoyil, xususiyat kasb etdi. Bugungi kunda ularning eng yovuzlari yer yuzidagi tinchlik va totuvlik, hamkorlik hamda hamjihatlikka va oxir-oqibatda insoniyatning yagona birlik sifatida erkin taraqqiy qilishiga katta xavf tug‘dirmoqda.

Bugun dunyoning mafkuraviy manzarasini o‘z maqsadlari yo‘lida o‘zgartirmoqchi bo‘layotgan mafkura shakllari va yo‘nalishlari birinchi prezident I.Karimovning «O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari, taraqqiyot kafolatlari” nomli asarida ko‘rsatib berilgan. Dunyoning mafkuraviy manzarasining o‘zgarishiga sabablardan biri XX asr oxirida yuz bergan tub o‘zgarishlar – ikki qutbli dunyoning barham topishi, nisbiy muvozanatni buzib, jahonning mafkuraviy manzarasini tubdan o‘zgartirib yubordi.

Bugun “ikki qutbli mafkura” o‘rtasidagi kurashga barham berilgan bo‘lsada, ammo dunyoda mafkuraviy kurashlar to‘xtab qolgani yo‘q. Aksincha, jahon maydonlarini mafkuraviy jihatdan bo‘lib olishga urinishlar turli yo‘llar bilan sodir bo‘lmoqda. O‘zlarini «do‘st”, “millatdosh”, “vatandosh”, “dindosh” etib ko‘rsatish orqali o‘z g‘oyalarini amalga oshirishga urinmoqdalar.

Shulardan biri buyuk davlatchilik shovinizmidir. Buyuk davlatchilik shovinizmini I.Karimov ta’kidlaganidek: “Muayyan kuchlar va davlatlar tomonidan bo‘ladigan siyosiy, mafkuraviy va iqtisodiy hukmronlik deb yoki millatlararo va davlatlararo, mintaqaviy munosabatlarda unga intilish deb ta’riflash mumkin.

Shovinizm ba’zi ko‘p sonli millatlarning nafaqat ko‘p millatli imperiya doirasida, balki uni o‘rab turgan jug‘rofiy-siyosiy makonda ham o‘zining mutlaq hukmronligini o‘rnatish uchun kurashda namoyon bo‘ladi”.

Ko‘rinib turibdiki, buyuk davlatchilik shovinizmi g‘ayriinsoniy xarakterga ega. Zero, u o‘z mohiyatiga ko‘ra milliy tengsizlikni oqlash, targ‘ib qilish hamda himoya qilishning o‘ziga xos shaklidir.

Afsuski, bizning o‘lkamiz ham buyuk davlatchilik shovinizmining halokatli ta’siridan chetda qolmadi. “U ham uzoq vaqt davomida shovinistik va agressiv millatchilik g‘oyalarining butun jafolarini tortib keldi, - deb yozadi I.Karimov. – O‘zbekiston Rossiya imperiyasi, so‘ngra esa sobiq Sovet imperiyasi tarkibida majburan ushlab turilgan murakkab davrni boshidan kechirdi”.

Bugungi kunda inson ongi va qalbi uchun kurash keskin tus olayotgan ekan, xilma-xil qarashlarning mafkura maydonida hukmronlik qilishga intilishi tabiiy. Bunga e’tiqod umumiyligiga asoslangan holda yakka mafkura hukmronligini ta’minlash orqali jahon maydonlarini mafkuraviy jihatdan o‘ziga qaram qilishga bo‘layotgan hatti-harakatlarni misol keltirish mumkin. Diniy ekstrimizm shular jumlasidandir. Masalan, ular ijtimoiy, milliy xususiyati, qaysi davlatga mansubligidan qat’iy nazar, barcha musulmonlarning birlashuvi g‘oyasini ilgari suradilar. Ular hech qanday ma’muriy-jo‘g‘rofiy hududnitan olmaydilar, yer yuzidagi barcha mamlakatlarda yagona musulmonlik birligi va ularning diniy va dunyoviy hokimiyatini o‘zida mujassamlashtirgan “xalifa” rahbarligidagi yagona musulmon davlati qurishni ko‘zlaydilar. Bu shartni bajarmoq, niyatga yetmoq uchun har qanday xunrezlikka va birodarkushlikka fatvo beradilar.

Hozirgi kunda til, madaniyat, urf-odatlardagi umumiylik, etnik birlikka asoslangan holda yagona mafkuraviy maydonni yuzaga keltirish borasidagi qarashlar ham mavjud. Bunday qarashlarning shakllanish tarixi uzoq o‘tmishga borib taqaladi. Bugungi kunda ularning har biri o‘ziga xos tarzda dunyoning mafkuraviy manzarasida muayyan o‘rinni egallashga urinmoqda.

Bugungi kunda xalqlarning lisoniy birligiga tayangan holda ularning ma’naviy-ma’rifiy birligini ta’minlash bayrog‘i ostida taqdim etilayotgan g‘oyalar ortida ham aslida g‘arazli maqsadlar yashiringanligini unutmaslik lozim.

Shunday qilib, mafkura va mafkuraviy tarbiya masalasi o‘z mustaqilligini qo‘lga kiritgan mamlakatimiz uchun ham muhim hayotiy ahamiyatga ega bo‘lib qolmoqda. Zero, ko‘zlangan maqsadlarga milliy mafkura va unga asoslangan tarbiya tizimisiz erishish mumkin emasligi aniq. “Men,– deb yozadi Prezidentimiz, - Abdulla Avloniyning “Tarbiya biz uchun yo hayot – yo mamot, yo najot – yo halokat, yo saodat – yo falokat masalasidir” degan fikrini ko‘p mushohada qilaman.

Buyuk ma’rifatparvarning bu so‘zlari asrimiz boshida millatimiz uchun qanchalar muhim va dolzarb bo‘lgan bo‘lsa, hozirgi kunda biz uchun ham shunchalik, balki undan ham ko‘ra muhim va dolzarbdir”.

Jamiyat hayotida mafkuraviy omillarning sezilarli ta’siri mavjudligini bir qarashdayoq sezish mumkin.

G‘arazli geosiyosiy maqsadlarga erishish yo‘lida mafkuraviy ta’sir o‘tkazishda eng avvalo bo‘lib tashla va hukmronlik qil degan qadimiy tamoyilga amal qilishga urinishni ta’kidlash zarur.

Bu tamoyilni ro‘yobga chiqarishning birinchi yo‘li mamlakat ichida ijtimoiy parokandalikni keltirib chiqarishdir. U jamiyat hayotining ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy va ma’naviy sohalarida o‘ziga xos ko‘rinishda namoyon bo‘lmoqda. Masalan, mamlakatimizga nisbatan bu usul o‘tish davridagi ijtimoiy-siyosiy qiyinchiliklarni bo‘rttirib ko‘rsatish orqali aholining mavjud holatdan noroziligini uyg‘otish, o‘z nog‘oralariga o‘ynaydigan muxolifatchi kuchlarni yuzaga keltirish yo‘li bilan siyosiy beqarorlikni keltirib chiqarishga bo‘lgan harakatlarda namoyon bo‘ldi. Bu yo‘lda diniy omildan ham foydalanishga urinishlar ham kuzatildi. Ana shu holat ham “maqsad vositani oqlaydi” degan aqidaning geostrategik manfaatlarni ro‘yobga chiqarishning asosiy qoidasiga aylanayotganini ko‘rsatadi.

“Bo‘lib tashla va hukmronlik qil” tamoyilini amalga oshirishning ikkinchi yo‘li mintaqa davlatlari o‘rtasida turli ziddiyatlarni yuzaga keltirishdir. Bu yo‘lning eng keng tarqalgan usuli go‘yoki mintaqada gegemonlikka talabgor bo‘lgan davlatning borligini asoslash, ta’bir joiz bo‘lsa, shunday davlat obrazini yaratishdir. Bunday obrazlarning yaratilishi yer yuzining turli nuqtalaridagi nizoli, kam deganda davlatlararo munosabatlarda tanglikni yuzaga keltirganligi to‘g‘risidagi misollarni keltirish mumkin. Bunday “obrazlar” yaratilishi natijasida mamlakatlarning moddiy-moliyaviy, ma’naviy-intellektual salohiyati jamiyat taraqqiyotini ta’minlash o‘rniga anna shu “obraz” ta’sirining oldini olishga yo‘naltirilmoqda. Natijada ikkinchi asosiy maqsadga – muayyan davlatni zaiflashtirish orqali o‘z “ittifoqchisiga” aylantirishga erishilmoqda.

“Bo‘lib tashla va hukmronlik qil” tamoyilini amalga oshirishning uchinchi yo‘li xalqaro maydonda muayyan mamlakat haqida noto‘g‘ri, noxolis tasavvurlarni shakllantirishdir. Xalqaro munosabatlar maydonidan ayrim mamlakatlarning vaqti-vaqti bilan “quvg‘in” qilinib turilishi ana shunday harakatlar natijasidir.

Imtiyozli hamkorni belgilash muayyan mintaqada geostrategik manfaatlarni amalga oshirishga xizmat qiladigan yana bir tamoyildir. Albatta, muayyan sabablar, aytaylik, diniy, lisoniy birlik, madaniy yaqinlik yoki boshqa sabablarga ko‘ra har bir davlat qaysidir davlat bilan imtiyozli hamkorlik qilishi mumkin. Bu tabiiy holat. Ammo gap “imtiyozli hamkor”dan mintaqa davlatlari o‘rtasida ayirmachilikni shakllantirish, “nomaqbul” davlatlar imkoniyatlarini cheklash yo‘lida foydalanish, shu bilan birga “hamkor” davlatning mintaqadagi boshqa davlatlardan qaysidir jihatdan ustunligini ta’minlashga qaratilgan intilishlar haqida bormoqda. Aslida u yoki bu ko‘rinishdagi ustunlikni ta’minlash ham asosiy maqsad emas. Bosh maqsad – muayyan mintaqaga ta’sir o‘tkazish platsdarmga ega bo‘lishdir. Bunday platsdarmga ega bo‘lishga intilish o‘z navbatida ushbu mintaqaning geostrategik imkoniyatlari bilan belgilanadi, imtiyozli hamkorlikni belgilashda ana shunday uzoqni ko‘zlovchi g‘arazli geosiyosiy va geostrategik maqsadlar ham yotishi mumkinligini unutmaslik lozim. Shu nuqtai nazardan qaraganda, “imtiyozli hamkor” tamoyili “bo‘lib tashla va hukmronlik qil” tamoyilining to‘ldiruvchisi sifatida yuzaga chiqadi.

Teng huquqli va o‘zaro hamkorlik tamoyiliga amal qilish – geostrategik manfaatlarni ro‘yobga chiqarish va davlatlararo aloqalarni mustahkamlashning eng oqilona va to‘g‘ri yo‘lidir. O‘zbekiston o‘z mustaqilligining birinchi kunlaridanoq ana shu tamoyilga amal qilib kelmoqda. Negaki, bu tamoyil geostrategik manfaatlardagi uyg‘unlikka erishish va jahon miqyosida taraqqiyotni ta’minlash omilidir.

Mafkuraviy himoyalanish shaxs tomonidan Vatan, millat uchun ko‘ngilli, g‘oyaviy asoslanib amalga oshiriladigan kundalik ishlarda namoyon bo‘ladi. Bu faollik milliy birlik, ma’naviy yuksalishga xalaqit berayotgan sifatlar, yot qarashlar, milliy xavfsizligimizga, ichki va tashqi tahdidlarga ochiq va mardona qarshi turishni ham o‘z ichiga oladi. Boshqacha qilib aytganda, - elim, yurtim deb yashashning har bir kishida, jamoada namoyon bo‘lishini anglatadi. Bu esa milliy g‘oyani amaliy kuchga aylantirish va buzg‘unchi mafkuraviy ta’sirlardan aholini, yoshlarni himoya qilishning shartlaridan biridir. Zero, “fikr va so‘z amaliyotga yo‘naltirilganda, ularning har ikkisi ham moddiyatga – narsaga aylanadi”.1


  1. Mafkuraviy jarayonlar va mafkuraviy kurashlar.

Yot va begona mafkuralar targ‘ibotining «mehribonligi”, “xolisligi” va “betarafligi”, “yoqimliligi”, “do‘stonaligi”ning ortida nima yotganini kishilar, yoshlarimiz doimo bilishlari lozim. Ya’ni, ularning zamirida O‘zbekistonning rivojlanib ketishiga qarab muntazam taktikasini o‘zgartirib turuvchi jonsarak aqidaparastlik targ‘iboti natijasi va amaliyoti yotganini, ularning an’anaviy fundamentalistik nazariya va g‘oyalarini zamonaviy usullarda “jonlantirayotganini” tushunishlari zarur.

Shu bilan birga, ayrim yoshlarimiz har xil yot g‘oyalarni xolis axborot manbai sifatida qabul qilayotganliklarini ham ta’kidlash kerak. Yot va begona mafkuralarni ko‘r-ko‘rona qabul qilish zararli oqibatlarni keltirib chiqarishi muqarrar. Shuning uchun har bir kishi, millat, xalq, davlat va jamiyatning ham aniq maqsadlari bo‘lishi shart. Shu bilan birga bu maqsad anglangan, uni amalga oshirishda sobitqadamlik darkor. Ana shunday aniq maqsad bo‘lmas ekan, xoh alohida inson, xoh millat yoki jamiyat bo‘lsin, goh oshkora, goh pinhona ko‘rinishdagi mafkuraviy tazyiqlarga bardosh berishi amrimaholdir.

Shunday ekan, voyaga yetayotgan yoshlarni, umuman, xalqimizni ma’naviy barkamol, irodasi baquvvat, iymoni butun, kuchli mafkuraviy himoyaga ega shaxs sifatida tarbiyalash ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo etishning asosiy shartlaridan biri bo‘lib qolaveradi. Zero, ularni millat, davlat, Vatan sha’ni daxlsizligi uchun istagan paytda namoyon bo‘ladigan ishonchli fazilatlar bilan qurollantirish lozim.

Insoniyat tarixi ko‘plab mafkura shakllarining tarix sahniga chiqishiga guvoh bo‘lgan. Bugungi kunda ham uning turli turli ko‘rinishlari mavjud. Masalan, sub’ektiga ko‘ra, ya’ni qanday ijtimoiy kuchlar manfaatini ifoda etishiga ko‘ra sinfiy mafkuraning turli shakllari farqlanadi. Chunonchi, ishchilar, dehqonlar, tadbirkorlar, ziyolilar kabi ijtimoiy qatlamlarning bir-biridan farq qiluvchi ehtiyoj va manfaatlari, maqsad va muddaolarining muayyan g‘oyalar tizimida in’ikos etishi tabiiy.

Tarix bunday mafkuralarning ko‘plab marta siyosat sahniga chiqqanidan dalolat beradi. Afsuski, bunday mafkuralar o‘ziga xos manfaatlarni mutlaqlashtirishga asoslanganda jamiyatda nizo va ziddiyatlar kuchayishiga zamin yaratgan. Mafkura shakllari haqida gap ketar ekan, ularda ilgari surilayotgan g‘oyalar, maqsadlarning to‘g‘ri yoki noto‘g‘riligiga qarab ilmiy va noilmiy, jamiyat taraqqiyotiga ijobiy yoki salbiy ta’sir qilishidan kelib chiqib esa, progressiv va reaksion mafkuralar farqlanadi.

Mafkuralarda ko‘zlangan maqsadlarning ro‘yobga chiqishining ehtimollik darajasiga tayanib ularning real va xayoliy (utopik), jamiyatdagi mavjud ijtimoiy munosabatlar, turmush tarzini saqlab qolish yoki uni isloh qilishga yo‘naltirilganiga qarab esa konservativ va liberal ko‘rinishlari ajratiladi.




  1. Milliy g‘oyaning mafkuraviy kurashlardagi o‘rni.

Mafkuraviy jarayonlarning mohiyati. Eng umumiy ma’noda ― mafkuraviy jarayon tushunchasi muayyan g‘oyaviy qarashlar tizimining shakllanishi, rivojlanishi va tarqalishi bilan bog‘liq bosqichlarning uzviy birligini ifodalaydi.

Mafkura tizimidagi bilimlar to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri, progressiv yoki reaksion xarakterga ega bo‘lishi mumkin. Mazkur bilimlarning xarakteri o‘z navbatida ular asosida shakllanadigan baholarning to‘g‘ri yoki noto‘g‘riligiga zamin yaratadi. Shakllanadigan baholarda esa real yoki kutilayotgan hodisa, jarayonlarga mavjud ehtiyojlar, manfaatlardan kelib chiqib o‘ziga xos munosabat ifodalanadi.

Mafkuraviy jarayonlarda maqsadlarni shakllantirishga alohida e’tibor qaratiladi. G‘oyaviy qarashlar doirasida belgilab olingan maqsadlarni bayon etishda istiqbolga, ertangi kunga ishonch tuyg‘usini shakllantirish ham ko‘zlanadi. Albatta, bunday ishonch o‘z mohiyatiga ko‘ra sarob bo‘lishi ham mumkin. Ammo u chuqur ilmiy asos va gumanistik mohiyatga ega bo‘lgan hamda jamiyat taraqqiyoti qonuniyatlari bilan hamohanglik kasb etganda kishilar xulqi va faoliyatining muhim regulyatori bo‘lib xizmat qiladi. Zero, bunday paytda ishonch kishilar qarashlaridagi barqarorlikni belgilovchi xalqa sifatida chiqadi. Ayni paytda, mavjud yoki yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan qiyinchiliklardan cho‘chimaslikka, ularga qarshi tura olish va bartaraf etishning oqilona yo‘llarini izlashga xizmat qiladi va shu tufayli xulqdagi sobitlik, izchillik va amaliyotdagi faollikni ta’minlashga yo‘l ochadi.

Mafkuraviy kurash tushunchasi. Ko‘pgina tushunchalar kabi ― mafkuraviy kurash tushunchasi ham serqirra mazmunga ega. Eng avvalo u turli g‘oyaviy qarashlar o‘rtasida yuzaga keladigan va qarama-qarshilikka asoslangan munosabatni ifodalashini ta’kidlash zarur. U yangi, shakllanayotgan g‘oyalar bilan o‘z «vazifasini» bajarib bo‘lgan mafkura, yoki uning qoldiqlari o‘rtasidagi munosabat shaklida ham sodir bo‘lishi mumkin. Mafkuraviy kurash muayyan g‘oyalarni singdirish jarayonini ham anglatadi.

Mafkuraviy kurashni muxolif mafkuraviy qarashlarning har qanday ko‘rinishini yo‘q qilishga, g‘oyaviy plyuralizmni bartaraf qilishga qaratilgan harakatlardan farqlash kerak. Mazkur sifatiy holatni xarakterlash uchun mafkuraviy konfrontatsiya (fransuzcha - qarama-qarshi qo‘yish) terminini qo‘llash o‘rinlidir.

Mafkuraviy sodda qilib aytganda, mafkuraviy beqarorlik vaziyatining hosilasi hisoblanadi. Bunday beqarorlik holati keskin ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar, xususan, bir tuzumdan boshqasiga o‘tish davri, muayyan hollarda tashqi ta’sir, masalan, xalqaro maydonda yakkalanib qolishi yoki harbiy harakatlar, o‘zaro urushlarda yengilish natijasida yuzaga kelgan ijtimoiy-siyosiy vaziyat natijasi bo‘lishi ham mumkin. Bir so‘z bilan aytganda, mafkuraviy beqarorlik jamiyatdagi mavjud mafkuraviy muvozanat buzilgan, ammo yangisi qaror topmagan vaziyatdagi g‘oyaviy o‘zgaruvchan holat hisoblanadi.

Mustaqil O‘zbekistonda mafkuraviy jarayonlar rivoji. Mustaqillik va O‘zbekistondagi mafkuraviy jarayonlar rivoji haqida gap ketar ekan, eng avvalo u istiqlolning qo‘lga kiritilishi tufayli yuzaga kelgan yangi ijtimoiy-siyosiy vaziyatning hosilasi ekanini ta’kidlash zarur.

Geosiyosat va mafkuraviy poligonlar: Geostrategik maqsadlarni amalga oshirishda mafkuraning o‘rni. Qanday shaklda chiqmasin manfaatlar hamisha mafkura bilan bog‘liq bo‘ladi. Aynan mafkura manfaatlarning imkoniyatdan voqelikka aylanishiga yo‘l ochadi.

Dunyoning mafkuraviy manzarasi. Dunyoning mafkuraviy manzarasi deganda, jamiyat taraqqiyoti qonunlari, uning rivojlanish tendensiyalarini muayyan ijtimoiy guruh, etnik birliklar, siyosiy kuchlarning o‘ziga xos manfaatlaridan kelib chiqib talqin qilish va unga asoslangan holda insoniyat istiqbolini belgilashga qaratilgan mafkuraviy tizimlar majmui tushuniladi.

Kishilik jamiyati taraqqiyotining hozirgi davrida «Turli xil eski va yangi mafkuralarning o‘zaro kurashi har qachongidan ham ko‘ra shiddatli tus olmoqda, rang-barang, ba’zan bir-biriga mutlaqo zid dunyoqarashlar, siyosiy, milliy, diniy oqimlar, mazhab va sektalar o‘rtasidagi fikr talashuvlari goho bahs-munozara doirasidan chiqib to‘qnashuvlar, ommaviy qirg‘inlarga sabab bo‘lmoqda, odamlar boshiga behisob qayg‘u-kulfatlar solmoqda».

Dunyoning mafkuraviy manzarasiga xos mohiyatni chuqurroq va teranroq anglash inson ongi va qalbi uchun olib borilayotgan tinimsiz kurashning asl maqsadlarini to‘g‘ri tushunib yetishga, mamlakatimizdagi mavjud ijtimoiy hamkorlik, milliy birlik va hamjihatlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikka tahdid soluvchi g‘oyalarning oldini olishga qaratilgan tegishli ma’rifiy ishlarni izchil va tizimli tashkil etishga xizmat qiladi.

Dunyoning mafkuraviy manzarasi rivojlanishining istiqbollari. Bugun kechaning, erta bugunning davomi bo‘lganidek yaqin istiqbolda dunyoning mafkuraviy manzarasi qanday bo‘lishini hozirgi kunda jahon mafkura sahnida kechayotgan ayrim jarayonlarda ham ko‘rish mumkin. Xususan, ba’zi hollarda yuqorida qayd etilgan vayronkor mafkuralarning o‘ziga xos omuxtalashuvi kuzatilmoqda. Bu, bir tomondan, millatchilik va irqchilik, boshqa tomondan, ashaddiy millatchilikning diniy aqidaparastlik bilan qo‘shilib ketayotganida yaqqol ko‘rinmoqda. Buning oqibati o‘laroq omuxtalashgan g‘oyaviy qarashlar bilan qurollangan kuchlar o‘z maqsadlari yo‘lida ko‘plab fojialarni keltirib chiqarayotgan terrorchilik harakatlarini sodir etmoqdalar. Natijada milliy ozodlik va diniy qadriyatlar tushunchasining o‘zi obro‘sizlantirilmoqda, jahon afkor ommasida salbiy stereotip va qarashlarning shakllanishiga olib kelmoqda.

Mafkuraviy jarayonlar globallashuviga xos xususiyatlar. Ijtimoiy hayotning turli sohalarida sodir bo‘layotgan o‘zgarishlar mafkura jabhasidagi globallashuvni ham keltirib chiqarmoqda.

Mafkuraviy jarayonlarning globallashuvi deganda, g‘oyaviy ta’sir o‘tkazish imkoniyatlarining kengayishi, uslub va vositalarining takomillashuvi, yangi texnik va texnologik tizimlarning yuzaga kelishi natijasida unga Yer yuzining barcha mintaqalari tortilganini, g‘oyaviy ta’sir o‘tkazish va mafkuraviy kurash umumbashariy miqyos kasb etgani tushuniladi.

Mafkuraviy jarayonlarning globallashuvida bir-biridan tubdan farq qiladigan ikki yo‘nalish, tendensiya namoyon bo‘lmoqda. Birinchidan, muayyan hududda yuzaga kelgan, umuminsoniy mazmunga ega qadriyatlar, ma’naviy-ma’rifiy ne’matlar o‘zi shakllangan tarixiy makon doirasidan chiqib baynalminallashib, universallashib bormoqda. Ikkinchidan, ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, ma’naviy-madaniy rivojlanish darajasidagi turfa xillik, etnik, madaniy, konfessional, sinfiy, irqiy, hududiy, mintaqaviy yoki boshqa shakllardagi o‘ziga xosliklarni mutlaqlashtirish insoniyat istiqboliga jiddiy xavf tug‘diradigan salbiy xodisalarning mafkuralashgan holda globallashuviga olib kelmoqda. Islom Karimov ta’kidlaganlaridek, biron bir hudud yoki mamlakatda paydo bo‘layotgan g‘oyalar tez fursatda butun jahonga yoyilmoqda. Natijada odamzot ma’lum bir davlatlar va siyosiy kuchlarning manfaatlariga xizmat qiladigan, olis-yaqin manbalardan tarqaladigan, turli mafkuraviy markazlarning bosimini doimiy ravishda sezib yashamoqda. Bu jarayonning yana biri muhim xususiyati g‘oyaviy kurashning g‘araz maqsadlar va iqtisodiy manfaatlar bilan chirmashib ketayotganidadir.

Muayyan guruh, xalq, jamiyatni mafkuraviy ta’sir doirasiga tortishga urinishlar hamma vaqt bo‘lgan. Tarixga nazar tashlasak, bu jarayon jamiyat rivojlana borishi bilan birga chuqurlashib, keng qamrovlilik kasb etib borganini ko‘ramiz. Xususan, hozirgi davrda mafkuraviy ta’sir o‘tkazish o‘zining bir qator xususiyatlari bilan ajralib turishini ko‘rish mumkin.



  1. Milliy g‘oyaning xalq maqsadlari va taraqqiyot bilan uzviy bog‘liqligi.

Milliy g‘oyada milliy rivojlanish va demokratiya tushunchalarining o‘zaro munosabati. Demokratiya – yuksak ma’rifat va madaniylashgan jamiyat shakli ekanligi. Milliy g‘oya – millatni demokratiyaga, adolat va erkinlikka tayyorlovchi, safarbar etuvchi omil. Milliy g‘oya va (plyuralizm), fikrlar xilma-xilligi. “Biz hech kimdan kam emasmiz va hech kimdan kam bo‘lmaymiz” (I.Karimov) g‘oyasining mohiyati.

Demokratiya - faqat nazariya yoki siyosiy jarayongina bo‘lib qolmay, shu bilan birga xalqning turmush tarzi va uning butun ruhiyati, an’analari, madaniyati, psixologiyasining xususiyatlari hamdir. Demokratiya g‘oyalarini bayon qilish mumkin. Siyosatda demokratiyani yuqoridan «tushirish» mumkin. Lekin bu bilan demokratiya sizu bizning amaliy hayotimizga singmaydi. Demokratiya jamiyatning qadriyatiga, har bir insonning boyligiga aylanmog‘i kerak. Bu esa bir zumda bo‘ladigan demokratiya turmush tarzining tarkibiy qismi bo‘la olmaydi. Bu tayyorgarlik ko‘rish va demokratiya tamoyillarini o‘zlashtirishdan iborat ancha uzoq muddatli jarayondir. Ba’zi davlatlarda bunga erishguncha ko‘plab avlodlar o‘tgan.

Mamlakatimizda demokratik institutlar faoliyatini yo‘lga qo‘yish va fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirish uzoq muddatli jarayondir. Demokratik g‘oyalarni shunchaki bayon qilib, yuqoridan joriy va tatbiq etish bilan odamlar ongida tub o‘zgarishlar qilib bo‘lmaydi. Birinchi prezident Islom Karimov ta’kidlaganidek, «Demokratiya jamiyatning qadriyatiga, har bir insonning boyligiga aylanmog‘i kerak. Bu esa bir zumda bo‘ladigan ish emas. Xalqning madaniyatidan joy ololmagan demokratiya turmush tarzining tarkibiy qismi ham bo‘la olmaydi. Bu tayyorgarlik ko‘rish va demokratiya tamoyillarini o‘zlashtirishdan iborat ancha uzoq muddatli jarayondir».

Shu boisdan ham demokratiyani ustuvor qadriyat sifatida o‘rganish, ijtimoiy hayotga joriy etish, bir tomondan jahon xalqlari demokratiya an’analarini puxta o‘rganish va o‘zlashtirishni, ikkinchi tomondan ajdodlarimizning adolatli jamiyat barpo etish borasidagi qarashlarini bugungi kunga joriy etishni taqozo etadi. Har bir jamiyat, davlat o‘zi uchun mos demokratik taraqqiyot yo‘lini tanlaydi. O‘zbekiston ham o‘zi uchun maqbul demokratik taraqqiyot yo‘lini tanlab oldi.

Bizga ma’lumki, sobiq sho‘rolar davrida Sharq xalqlariga K.Marksning «Osiyocha ishlab chiqarish uslubi» deb atalgan nazariyasiga tayanib ish ko‘rilgan edi. Bu nazariyaga ko‘ra Sharqda hokimiyatni boshqarish azaldan despotizmga, ya’ni zo‘rovonlikka asoslanadi, degan fikrdan iborat bo‘lgan. Yevropatsentristik qarashlar (Gegel), yevropani jo‘g‘rofiy jihatdan ustun qo‘yish (Montesk’e), kapitalizmning tarixan aynan yevropada paydo bo‘lishi to‘g‘risidagi tasavvurlarning (Maks Veber) barchasi turmush tarzi uchun demokratiya mutlaqo yot bir narsa, degan, bepisand fikrga asoslanish oqibati edi. Bugungi kunda Sharqning ham o‘ziga xos davlatchilik an’analari, boshqaruv tizimi, idora usullari, hokimiyat tarmoqlari bo‘lgani, bu borada u G‘arbdan sira ham kam emasligi barchaga ayon bo‘lib qoldi.

Xususan, Sharq demokratiyasining bir qator ustuvor jihatlari mavjud: 1) G‘oyaviy-falsafiy asosda shakllangan insonparvarlik (ajdodlarimizning bu boradagi boy ma’naviy merosi) negizida siyosiy madaniyat shakllangan. 2) Sharq falsafasining muhim jihatlaridan biri - «me’yor» tushunchasi aslida demokratik me’yorga asoslangan siyosiy madaniyatdir. 3) Sharqda odamlarning hokimiyatga va siyosiy munosabatlarga: saylov tizimi, davlatchilik, siyosiy harakatlar, jamoatchilik fikri, ommaviy axborot vositalari - bularning barchasi Sharqda o‘z xususiyatlariga ega. Sharqda jamoatchilik fikri ham keng rivojlangan.

Umuman, demokratiya qadimdan dunyoning turli mintaqalarida turlicha yo‘nalishda rivojlanib borgan. Demokratiyaning shakllari:

1. Sharqona demokratiya (o‘zida milliy umumbashariy, mahalliy xususiyatlarni birlashtirgan, o‘ziga xos ko‘rinish).

2. Siyosiy demokratiya (jamiyat siyosiy tizimini xalqqa yaqinlashtirish, siyosiy adolatsizliklarning oldini olish).

3. Ijtimoiy demokratiya (bugungi davr demokratik islohotlar jarayoniga e’tibor) ko‘rinishlari mavjud bo‘lib kelgan.

Demokratiya - yuksak ma’rifat va madaniylashgan jamiyat shakli ekanligi - Demokratik tamoyillarga asoslangan farovon hayot qurish g‘oyasi xalq hukumatga emas, hukumat xalqqa xizmat qilishini talab etadi. Lekin bunga erishish uchun demokratiyani yaratish, uni ijod qilish, unga ko‘nikish, u bilan yashash ko‘nikmalari, tajribasi, bir so‘z bilan aytganda demokratik madaniyat ham zarur. Demokratik jarayonlar tarixi shundan guvohlik beradiki, uni o‘rganishdagi eng oson yo‘l - taqlid, eng ishonchlisi - o‘rganish va eng achchig‘i - tajribadir.

Mustaqillik sharoitida inson islohotlar uchun emas, islohotlar inson uchun xizmat qilishi zarur. Har bir shaxs o‘z qobiliyat va imkoniyat-larini namoyon qila olishi uchun to‘liq imkoniyatlar yaratish, bunda ularning farovon turmush kechirishlariga erishish ayni muddao. Kishilarning jamiyat-dan olayotgan ulushlari (ish haqi, daromadlari, mukofotlari, unvonu man-sablari) ularning jamiyat rivojiga qo‘shayotgan hissalariga (mehnat qobi-liyati, zakovati, alohida xizmatlari, sarmoyasi va h.k.) mos kelishi zarur.

Milliy g‘oya - demokratiyaga, adolat va erkinlikka tayyorlovchi, safarbar etuvchi omil - Umuman, milliy g‘oya, erkin fuqaro va demokratiya - yuqori darajada rivojlangan kishilar jamiyati, insoniyat erishgan buyuk ne’mat, ko‘pchilikka ma’qul yashash tarzi. Ammo uning amalga oshishi barcha mamlakatlarda bir xil emas. Har bir mamlakat demokratiyaning umumiy qadriyat va tamoyil-larini o‘z milliy qadriyatlari zaminida, o‘z xalqining uzoq tarixi davomida shakllangan an’analari bilan qo‘shib qabul qilganini bilamiz. Masalan, AQSh yoki Angliya, Frantsiya (boshqa Yevropa mamlakatlari ham) demokratik davlatlar bo‘lsalar-da, lekin har biri o‘z milliy ruhi, an’analarini ham saqlagan. Shu kabi Yaponiya, Koreya, Malayziya kabi mamlakatlarda ham demokratik tuzum milliy va diniy e’tiqod udumlar negizida amal qilmoqda.

Shubhasiz, O‘zbekistonda ham biz ana shunday bo‘lishi uchun intilmoqdamiz. Yurtboshimizning barcha asarlarida bunga alohida e’tibor qilinib, milliy qadriyatlarni tiklash, milliy axloq-odobni mustahkamlash uchun sa’y-harakatlar qilinmoqda. Biz demokratiya yo‘lini, dunyoviy taraqqiyot yo‘lini tanladik, hamda rivojlanayotgan davlatlar erishgan darajaga yetish uchun bosqichma-bosqich qadam tashlamoqdamiz. Shunday qilib, milliy g‘oya hayotiy va istiqbolli g‘oyadir. U taraqqiyotga va mamlakat fuqarolarini chinakam hamjihatlikka, ma’rifatga olib boradigan insonparvar va taraqqiyotparvar g‘oyadir.

Shunga ko‘ra milliy g‘oya har qanday «izmlar» (kommunizm, panislomizm, panturkizm kabi) zararli va umrini o‘tab bo‘lgan fikrlarni rad etadi. Vatanga, xalqiga muhabbatli odamgina yetuk ma’naviyatli, ma’rifatlidir. Ma’rifatli odam o‘z erkini boshqalar erki bilan birga deb biladi, o‘zgalarning yashash tarzi, e’tiqodi huquqini hurmat qiladi. Bizning ulug‘ ajdodlarimiz Forobiy, Bahovuddin Naqshband, Alisher Navoiy ana shunday yetuk, komil inson bo‘lish uchun kurashganlar. «Naqshband uchun shohu gado barobar edi, u qul saqlamas va o‘zi ham hech kimga qul emasligidan faxrlanardi», deb yozadi Navoiy. Hazrat Navoiy asarlarida kuylangan g‘oyalar bugun ham bizga ibrat va saboq bo‘lib kelmoqda.

Mustaqillik, demokratiya va taraqqiyot o‘zaro uyg‘un va bir biri bilan bog‘liq tushunchalar. Chunki agar milliy mustaqillik bo‘lmasa, erkinlik ham, erkin rivojlanish ham bo‘lmaydi. Shaxs erkinligi millat erkinligidan ayri tushuncha emas. Shu bois, O‘zbekiston XX asr 90-yillarida istiqlolni qo‘lga kiritganda bir - biri bilan bog‘liq bo‘lgan ikki vazifa kun tartibida turardi: biri - mustaqillikni mustahkamlash bo‘lsa, ikkinchisi - bozor iqtisodiyotiga asoslangan demokratik jamiyat qurish. Hozirgi paytda O‘zbekistonda bu ikki jarayon muvaffaqiyat bilan davom etmoqda va mamlakatimiz tobora iqtisodiy taraqqiy etgan davlatlar safiga kirib bormoqda. Iqtisodiy taraqqiyot ijtimoiy-siyosiy va ma’naviy-ma’rifiy yuksalish bilan uzviy aloqada kechishi lozim. Boshqacha aytganda, iqtisodiy taraqqiyotni O‘zbekiston xalqining o‘zi amalga oshiradi. Milliy g‘oya va (plyuralizm), fikrlar xilma-xilligi – (lotin. Plyuralist – erkinlik, xilma-xillik) degan ma’noni bildirib, jamiyatda demokratiyaning darajasini ko‘rsatuvchi omillardan biri hisoblanadi. Plyuralizm asosan jamiyatda – fikr, so‘z, vijdon, e’tiqod erkinliklarini bildiruvchi tushuncha sifatida qaraladi. Jumladan O‘zbekiston respublikasi Konstitutsiyasida ham bu norm qonuniy jihatdan o‘zininh kafolatini topgan bo‘lib, unga ko‘ra “O‘zbekiston Respublikasida ijtimoiy hayot siyosiy institutlar, mafkuralar va fikrlarning xilma-xilligi asosida rivojlanadi” deyiladi.

«Biz hech kimdan kam emasmiz va hech kimdan kam bo‘lmaymiz» (I.Karimov) g‘oyasining mohiyati – O‘zbekiston o‘z mustaqilligini qo‘lga kiritgandan so‘ng evolyutsion taraqqiyotga asoslanuvchi “Taraqqiyotning o‘zbek modelini” ishlab chiqdi va hayotga tadbiq etdi. Shuningdek davlatimiz pozitsion jihatdan dunyoviy davlat qurish yo‘lini tanladi.

Davlatimizning ushbu tanlagan strategiyasi naqadar to‘g‘ri va puxta o‘ylangan yo‘l ekanligi bugungi kunga kelib o‘z natijasini berdi va ijtimoiy hayotning barcha sohalarida muvaffaqiyat keltirdi. Bu esa davlatimizni halqaro miqiyosida tan olinishiga va bizning hech bir davlatdan kam emasligimizni ko‘rsatuvchi omil bo‘lib hisoblandi. “Demokratiya” niqobi ostida milliy g‘oyaga yot g‘oyalarni kiritishga urinishlarning tub mohiyati va sabablari.

«Demokratiya» niqobi ostida milliy g‘oyaga yot g‘oyalarni kiritishga urinishlarning tub mohiyati va sabablari - Demokratiya hamma sohalarda shaxsiy qobiliyatni charxlaydi, raqobat va «kim o‘zar»ga bardosh berishni talab qiladi. Biz hozir demokratik davlat qurishning boshlang‘ich davrini boshimizdan kechirayapmiz, bu jarayon uchun muayyan vaqt kerak . Bu muttasil va muntazam ravishda izlanish, ixtirolarni amalga oshirishni, har doim olg‘a intilishni talab qiladi. Sustkashlik qilgan, yangilik yaratishga noqobil odam taraqqiyotdan orqada qolib ketaveradi. Buning oqibatida shaxsda xudbinlik, shaxsiy manfaatni ustun qo‘yishga mayllik vujudga kelishi muqarrar.

Xudbinlikning bir necha jihatlari bor: o‘z iste’dodi va qobiliyatini ishga solib, fikri va rejalarini hayotga tatbiq etish ham aslida xudbinlik, ya’ni shaxs sifatida o‘zlikni namoyon qilishdir. Buni ijobiy ma’nodagi xudbinlik deb atash mumkin. Bunday xudbinlik, individual sa’y-harakat jamiyat rivojiga yordam beradi. Ammo faqat o‘zini o‘ylaydigan, boshqalar mehnati evaziga boyishga intiluvchi shaxslar ham bor. Ular o‘zlarini eng dono, eng kuchli hisoblab, atrofdagilarga bepisand munosabatda bo‘ladilar, kibru havoga beriladilar va jamiyat rivojiga naf keltirmaydilar.

Mana bunday manmanlik va hukmfarmonlikka asoslangan xudbinlik aslida ma’naviy qashshoqlik tufayli paydo bo‘ladigan axloqiy qusurdir. Zero, «o‘zim bo‘lay» falsafasi milliy vatanparvarlik tuyg‘usini so‘ndiradi. «O‘zim bo‘lay» deb intiladigan odam iymon-e’tiqodni ham poymol etadi. Bunday odam harom-halol, yaxshi-yomonni ham farqlamaydi, qanday bo‘lmasin, qaerda bo‘lmasin o‘zlashtirib olsa bo‘lgani, boshqasi bilan ishi yo‘q.

Ulug‘ shoirlarimiz, mutafakkir bobolarimiz, avliyo-shayxlarimiz hirs va hasadga, shaytoniy nafsga berilish, bu yo‘lda odamlarga jabr-zulm qilishga qarshi chiqqanlar. Xalqimiz axloqining eng yaxshi jihatlari shu bois hozir ham o‘z kuchini ko‘rsatmoqda. Biz tariximiz, ulug‘ madaniyatimiz obidalari, ma’naviy qadriyatlarni tikladik. Xalqimizning ruhiyati tiklandi. Ulug‘ ma’naviy merosimiz bilan faxrlanamiz, ulug‘ Vatan farzandlari ekanligimiz dilimizni g‘ururga to‘ldiradi. Buning o‘ziyoq Vatanimizning buguni va kelajagi uchun qayg‘urish hissini uyg‘otadi. Biz chinakamiga uyg‘oq xalq sifatida dunyoga boqmoqdamiz, do‘stu dushmanni ajratib, milliy manfaatlarimiz uchun kurashmoqdamiz.

Milliy-ma’naviy hususiyatlarni demokratiyaga qarshi qo‘yishning ijtimoiy, ma’naviy oqibatlari - Demokratiya (yunon. «demos» xalq va «kratos» hokimiyat) - xalq hokimiyati, fuqarolarning ozodligi va tengligi tamoyillarini e’lon qilishga asoslangan siyosiy tuzum shakli. Demokratiya asosida qiziqish, intilish va manfaatlarni mutanosib-lashtirish, muvofiqlashtirish, murosaga keltirish va kelishish siyosati yotadi. Shu ma’noda demokratiya jamiyatdagi kuchlarni birlashtirishga, mamlakat salohiyatini taraqqiyot uchun safarbar qilishga xizmat qiladi.

Bizning asosiy uzoq muddatli va strategik vazifamiz avvalgicha qoladi - bu demokratik davlat, fuqarolik jamiyatini qurish jarayonlari va bozor islohotlarini yanada chuqurlashtirish, odamlar ongida demokratik qadriyatlarni mustahkamlash yo‘lidan og‘ishmay, izchil va qat’iyat bilan borishdir.

Milliy-ma’naviy qadriyatlarni hisobga olishning demokratik tamoyillarga va milliy g‘oyaga zid emasligi - Prezident Islom Karimov jamiyatning demokratlashuvini uzoq muddatli jarayon sifatida baholaydi, demokratiya g‘oyalarini shunchaki bayon qilish, yuqoridan tushurish bilan uni odamlarimiz hayotiga singdirib bo‘lmasligini uqtiradi.

Demokratik jamiyatning ustuvor qadriyatiga, uning barqaror taraq-qiyoti omiliga aylantirish uchun adolatli jamiyat orzusi yo‘lida insoniyat to‘plagan tajriba va amaliyotni o‘zlashtirish zarur. Bunda sharqona demokratiya tamoyillari tayanch bo‘lib xizmat qiladi. Ammo, inson tabiati ziddiyatlidir. U boshqalar intilishlariga teskari bo‘lgan intilishlarga ega bo‘lishi va shu vaqtning o‘zida o‘zgalar bilan hamkorlikka moyil bo‘lishi mumkin. Inson tabiatiga xos ana shu qarama-qarshilik uning jamiyatdagi hayoti va xatti-harakatlarini ham belgilaydi. Odamlar bir tomondan shaxsiy erkinlikka intilsalar, ikkinchi tomondan ijtimoiy tenglikni talab qilishga moyil bo‘ladilar. Odamlar o‘z manfaatlarini ko‘zlashlari bilan birga umumijtimoiy manfaatlarga ham intiladilar. Ana shu shaxsiy va jamiyat manfaatlarini qanday muvofiqlashtirish mumkin? Jamiyat bu muammoning yechimiga demokratiya mexanizmlarini ishga solish orqaligina bajarishi mumkin. Demokratiya doimiy qutb: «ziddiyat - kelishuv - birdamlik» orqali o‘ziga yo‘l ochar ekan, kishilarning o‘zaro roziligi, kelishuviga tayanadi. Demokratiya bu yolg‘iz o‘z maqsad va talablarini amalga oshirish vositasi bo‘lmay, balki o‘zaro manfaatlarning maqbul qoidalariga rioya etishdir. Umuminsoniy, xususan, demokratik qadriyatlarga tayangan milliy istiqlol g‘oyasi ana shu qutbiy intilishlarni muvofiqlashtirish orqali umumiy manfaatlarni o‘zida ifoda etadi.

5. Milliy g‘oyaning rivojlanish mexanizmlari.

Demokratik o‘zgarishlarni chuqurlashtirish jarayonida demokratiyadagi milliylik va umuminsoniylikning namoyon bo‘lishi. Demokratik o‘zgarishlarni chuqurlashtirish jarayonida demokratiyadagi milliylik va umuminsoniylikning namoyon bo‘lishi - Mamlakatimizda demokratik institutlar faoliyatini yo‘lga qo‘yish va fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirish uzoq muddatli jarayondir. Demokratik g‘oyalarni shunchaki bayon qilib, yuqoridan joriy va tatbiq etish bilan odamlar ongida tub o‘zgarishlar qilib bo‘lmaydi. Birinchi prezident Islom Karimov ta’kidlaganidek, «Demokratiya jamiyatning qadriyatiga, har bir insonning boyligiga aylanmog‘i kerak. Bu esa bir zumda bo‘ladigan ish emas. Xalqning madaniyatidan joy ololmagan demokratiya turmush tarzining tarkibiy qismi ham bo‘la olmaydi. Bu tayyorgarlik ko‘rish va demokratiya tamoyillarini o‘zlashtirishdan iborat ancha uzoq muddatli jarayondir». Shu boisdan ham demokratiyani ustuvor qadriyat sifatida o‘rganish, ijtimoiy hayotga joriy etish, bir tomondan jahon xalqlari demokratiya an’analarini puxta o‘rganish va o‘zlashtirishni, ikkinchi tomondan ajdod-larimizning adolatli jamiyat barpo etish borasidagi qarashlarini bugungi kunga joriy etishni taqozo etadi.

Har bir jamiyat, davlat o‘zi uchun mos demokratik taraqqiyot yo‘lini tanlaydi. O‘zbekiston ham o‘zi uchun maqbul demokratik taraqqiyot yo‘lini tanlab oldi. Milliy tarbiya - o‘zlikni asrab-avaylash va saqlab qolish demokratiyaning hususiyatlarini namoyon etish omili - Umumiy tarzda demokratiya deganda hammaning manfaatlari yo‘lida ko‘pchilikning hokimiyati va ozchilikning irodasini hurmat qilish tushuni-ladi. Batafsil tahlil qilinganda esa demokratiya - xalqning o‘z erkinligi va mustaqilligiga qarashlari ham, o‘zboshimchalik bilan cheklashlar va shu yo‘sindagi harakatlardan himoya qilish ham, fuqarolarning o‘z-o‘zini bosh-qarish shakli ham ekanligi bo‘ladi.

Milliy tarbiyaning bosh maqsadi deganda:

a) eski totalitar mafkuradan ozod;

b) qullik, mute’likni tan olmaydigan;

v) ma’naviy zulmdan ozod;

g) haq-huquqini tanigan;

d) o‘z kuchi, imkoniyatlariga ishongan;

ye) o‘z fikri, qarashiga ega bo‘lib, atrofdagi voqea-hodisalarni xoli-sona tahlil qila oladigan;

j) hirsu havolardan qutulgan, salohiyatli, fidokor, ezgu niyatli shaxslar, komil insonni shakllantirish tushuniladi.
Milliy tafakkur va milliy ahloqning demokratik ko‘rinishlari - Umuman, demokratiya qadimdan dunyoning turli mintaqalarida turlicha yo‘nalishda rivojlanib borgan. Demokratiyaning shakllari:

1. Sharqona demokratiya (o‘zida milliy umumbashariy, mahalliy xususiyatlarni birlashtirgan, o‘ziga xos ko‘rinish).

2. Siyosiy demokratiya (jamiyat siyosiy tizimini xalqqa yaqinlash-tirish, siyosiy adolatsizliklarning oldini olish).

3. Ijtimoiy demokratiya (bugungi davr demokratik islohotlar jarayoniga e’tibor) ko‘rinishlari mavjud bo‘lib kelgan.

Xususan, Sharq demokratiyasining bir qator ustuvor jihatlari mavjud: 1) Foyaviy-falsafiy asosda shakllangan insonparvarlik (ajdodlari-mizning bu boradagi boy ma’naviy merosi) negizida siyosiy madaniyat shakllangan. 2) Sharq falsafasining muhim jihatlaridan biri - «me’yor» tushunchasi aslida demokratik me’yorga asoslangan siyosiy madaniyatdir. 3) Sharqda odamlarning hokimiyatga va siyosiy munosabatlarga: saylov tizimi, davlatchilik, siyosiy harakatlar, jamoatchilik fikri, ommaviy axborot vositalari - bularning barchasi Sharqda o‘z xususiyatlariga ega. Sharqda jamoatchilik fikri ham keng rivojlangan.

Milliy g‘oya va ishbilarmonlik, yosh iste’dodlarni qo‘llab quvvatlash, texnika va texnologiyani egallashga bo‘lgan intilishga ehtiyojning zarurligi - Umuman, milliy g‘oya, erkin fuqaro va demokratiya - yuqori darajada rivojlangan kishilar jamiyati, insoniyat erishgan buyuk ne’mat, ko‘pchilikka ma’qul yashash tarzi. Ammo uning amalga oshishi barcha mamlakatlarda bir xil emas. Har bir mamlakat demokratiyaning umumiy qadriyat va tamoyil-larini o‘z milliy qadriyatlari zaminida, o‘z xalqining uzoq tarixi davomida shakllangan an’analari bilan qo‘shib qabul qilganini bilamiz. Masalan, AQSh yoki Angliya, Frantsiya (boshqa Yevropa mamlakatlari ham) demokratik davlatlar bo‘lsalar-da, lekin har biri o‘z milliy ruhi, an’analarini ham saqlagan. Shu kabi Yaponiya, Koreya, Malayziya kabi mamlakatlarda ham demokratik tuzum milliy va diniy e’tiqod udumlar negizida amal qilmoqda.

Mehr-muruvvat, inson qadri va demokratiya - Demokratiya - faqat nazariya yoki siyosiy jarayongina bo‘lib qolmay, shu bilan birga xalqning turmush tarzi va uning butun ruhiyati, an’analari, madaniyati, psixologiyasining xususiyatlari hamdir. Demokratiya g‘oyalarini bayon qilish mumkin. Siyosatda demokratiyani yuqoridan «tushirish» mumkin. Lekin bu bilan demokratiya sizu bizning amaliy hayotimizga singmaydi. Demokratiya jamiyatning qadriyatiga, har bir insonning boyligiga aylanmog‘i kerak. Bu esa bir zumda bo‘ladigan demokratiya turmush tarzining tarkibiy qismi bo‘la olmaydi. Bu tayyorgarlik ko‘rish va demokratiya tamoyillarini o‘zlashtirishdan iborat ancha uzoq muddatli jarayondir. Ba’zi davlatlarda bunga erishguncha ko‘plab avlodlar o‘tgan.

Demokratiyaning milliy va umuminsoniy qadriyat ekanligi - Mustaqillik, demokratiya va taraqqiyot o‘zaro uyg‘un va bir biri bilan bog‘liq tushunchalar. Chunki agar milliy mustaqillik bo‘lmasa, erkinlik ham, erkin rivojlanish ham bo‘lmaydi. Shaxs erkinligi millat erkinligidan ayri tushuncha emas. Shu bois, O‘zbekiston XX asr 90-yillarida istiqlolni qo‘lga kiritganda bir - biri bilan bog‘liq bo‘lgan ikki vazifa kun tartibida turardi: biri - mustaqillikni mustahkamlash bo‘lsa, ikkinchisi - bozor iqtisodiyotiga asoslangan demokratik jamiyat qurish.

Demokratik rivojlanish sharoitida milliy g‘oyaning umuminsoniy ahamiyati - Aholining har bir qatlami, har bir fuqaro buni yaxshi angab yetib, shunga qarab faoliyat olib borishi lozim bo‘ladi. Ammo bu sohada muammolarimiz ko‘p. Zero, demokratiya - erkin yashash va erkin faoliyat olib borish, fikr bildirish, o‘z irodasini ifodalash, haq-huquqlaridan bemalol foydalanish va jamiyat ishlariga faol qatnashishni anglatadi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi bunga to‘la kafolat beradi va har bir fuqaroning huquqini himoya qiladi. Biroq, ayni vaqtda, demokratiya yuksak ma’naviyat egasi bo‘lish, mas’uliyat va jamiyat oldidagi burchni his qilishni talab etadi. Qonun, huquq imkoniyatlar bersa, axloq, burch, o‘zgalar manfaati bilan hisoblashish, insoniylik udumlari, vijdon esa mas’uliyat yuklaydi, har bir individual shaxs manfaati bilan jamiyat manfaati chambarchas bog‘liq ekanini har soatda bizga bildirib turadi. Shu bois huquq va burch, erkinlik va mas’uliyat hamma vaqt birga, uzviy aloqada amal qiladigan tushunchalardir. Zero, yaxlit bir tizim markazida ma’naviyat, axloq-odob, ma’rifat kabi o‘lmas qadriyatlar turmog‘i kerak. O‘zaro raqobat, aqlu zakovat kurashi va tadbirkorlik, ishbilarmonlik xislatlari ham shu zaminda adolat o‘zaniga tushadi, kishining kishi tomonidan nohaq ezilishi, zo‘ravonlik qilinishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Xalqimiz asrlar davomida ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot orzusida yashab keldi. Bu g‘oya xalqimizni erkinlik va yuksalish ‘allalarida ham, o‘z mustaqilligidan judo bo‘lgan davrlarda ham tark etmadi. Bugungi kunda o‘zbekiston xalqining milliy taraqqiyot yo‘lidagi asosiy maqsadi - ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo etish bo‘lib, bu g‘oya millatimizning azaliy orzu-umidlarini, intilishlarini, bunyodkorlik faoliyatining ma’no-mazmunini ifodalaydi. Inson muayyan makonda tug‘iladi va hayot kechiradi, shaxs sifatida shakllanadi. Ana shu makon unga Vatan sanaladi. Dilida Vatan tuyg‘usi shakllanmagan, kindik qoni to‘kilgan zaminga mehr tuyg‘usi jo‘sh urmagan kishini chinakam Inson deb bo‘lmaydi. Shu bilan birga inson baxt-saodat uchun tug‘iladi. U ana shu baxt-saodatga o‘zi tug‘ilib-o‘sayotgan Vatanida erishmoqni orzu qiladi. Bu unga o‘z baxt-saodatini yurt rivoji, uning ozod va obodligi bilan uyg‘un ko‘rishni anglatadi.

«Ozod Vatan», «Obod Vatan», «Erkin va farovon hayot» tushunchalari shu jihatdan o‘ziga xos ma’no va mazmun kasb etadi. Ozod Vatan – o‘z taqdirini o‘zi mustaqil hal etish huquqini to‘la ro‘yobga chiqara olgan millatning yashash makoni bo‘lib, jahon hamjamiyatida o‘z o‘rniga, nufuziga va mavqeiga ega bo‘lgan mamlakatdir. Obod Vatan – fuqarolari erkin va ozod yaratuvchanlik faoliyati bilan band bo‘lgan, to‘la ijtimoiy-siyosiy xavfsizlikda farovon hayot qurish ishtiyoqida yashayotgan hududdir. Erkin va farovon hayot – odamlarning yuqori darajadagi moddiy va ma’naviy nehmatlarga erkin tarzda, o‘zlarining bor qobiliyatlari va imkoniyatlari evaziga erishishidir. Mustaqillik milliy qadriyatlar, madaniyat va an’analarni, ma’naviyatni tiklab, odamlarimiz qalbida milliy g‘urur va iftixor hamda vatan’arvarlik tuyg‘ularini kamol to‘tirishga zamin yaratdi. Shuningdek, mustaqilligimizning o‘ziga xos mafkurasiga aylangan milliy istiqlol g‘oyasi ming yillar davomida shakllanib, sayqallanib kelgan millatimiz ma’naviyati sarchashmalaridan, butun insoniyat to‘lagan tajriba va qadriyatlardan oziq oladi. Shu ma’noda ushbu g‘oyaning milliy va umuminsoniy jihatlari haqida batafsilroq to‘xtalib o‘tish joiz. Bu sohadagi eng asosiy vazifamiz - deb tahkidlaydi prezident Islom Karimov, - milliy qadriyatlarimizni tiklash, o‘zligimizni anglash, milliy g‘oya va mafkurani shakllantirish, muqaddas dinimizning ma’naviy hayotimizdagi o‘rnini va hurmatini tiklash kabi mustaqillik yillarida boshlagan ezgu ishlarimizni izchillik bilan davom ettirish, ularni yangi bosqichga ko‘tarish va tahsirchanligini kuchaytirishdir. Lekin turli qarash va fikrga ega bo‘lgan ijtimoiy qatlamlar, siyosiy kuch va harakatlarning o‘ziga xos maqsadlarini uyg‘unlashtiruvchi g‘oya – yurt tinchligi, Vatan ravnaqi, xalq manfaati - barchamiz uchun birdek muqaddas bo‘lishi shart.

Tom ma’noda mana shunday olijanob tuyg‘ular milliy g‘oya va milliy mafkuramizning ma’no-mazmuniga, mana shu yurtda yashaydigan har qaysi insonning hayot dasturiga aylanishiga erishish darkor. Yurtimizda yashab ijod qilgan islom falsafasi namoyondalari - imom BuXoriy, imom At-Termiziy, Ahmad Yassaviy, Abulqosim ZamaXshariy, AbduXoliq G‘ijduvoniy, buyuk qomusiy olimlar - Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Ulug‘bek, mutafakkir shoirlar - Yusuf Xos Xojib, Alisher Navoiy, ulug‘ sarkardalar va davlat arboblari Amir Temur, Bobur, AbdullaXon ijodida va seminar faoliyatlarida erkin, farovon jamiyat g‘oyalari aks etganligi bejiz emas. Shu bilan birga Sharq mutafakkirlari inson’arvar jamiyat qurish g‘oyasini odil shohga bog‘laydilar (Farididdin Attor, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy, Jaloliddin Rumiy, Bahoviddin Naqshband, Najmiddin Kubro, G‘azzoliy, Bedil va b.)2. Bu kabi mutafakkirlar hokim va Xalq, shoh va saltanat munosabatlarida adolatli ish tutish, davlatni qonunlar orqali boshqarish, qabul qilinayotgan tadbirlarning Xalq tomonidan qo‘llanishi kabi ijtimoiy muammolarni ko‘taradilar.3 Bu ozod Vatan, Xalq’arvar tuzum ideallarini asoslash edi.

Tasavvufning ko‘pgina namoyondalari ham o‘z ilmiy va seminar faoliyatlarida erkin jamiyat g‘oyasini ilgari surganlar. g‘asan Basriy, Abdulla Ansoriy, Abulhasan g‘araqoniy, Bahouddin Naqshband, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy, Xo‘ja Ahror Valiy, Ma’dumi Ahzam Kosoniy adolat, haqiqat kuychilari bo‘ldilar. Darhaqiqat, barcha davrlar va xalqlar mutafakkirlari baxt-saodat keltiradigan tuzum haqida orzu qilib kelganlar. Bu haqda ko‘plab mutafakkirlarimiz qarashlari to‘g‘risida ko‘p va xo‘p ga’irish mumkin. Lekin birgina Forobiy qarashlari misolida baxt-saodatga, farovonlikka jamiyat ahli qanday erishadi degan g‘oyaning milliy g‘oyamizda aks etgan jihatlariga to‘xtalib o‘tish joiz.

Forobiy fikriga ko‘ra, har bir inson o‘z tabiati bilan shunday tuzilganki, u yashash va oliy darajadagi yetuklikka erishmoq uchun ko‘p narsalarga muhtoj bo‘ladi, u bir o‘zi bunday narsalarni qo‘lga kirita olmaydi, ularga ega bo‘lish uchun insonlar jamoasiga ehtiyoj tug‘iladi. Shu sababli ko‘p kishilarning birlashuvi orqaligina odam o‘z tabiati bo‘yicha intilgan yetuklikka erishuvi mumkin. Bunday jamoa ahzolarining faoliyati bir butun holda ularning har biriga yashash va yetuklikka erishuv uchun zarur bo‘lgan narsalarni yetkazib beradi. Shu ma’noda, Forobiy fikriga ko‘ra, haqiqiy baxtga erishish maqsadida o‘zaro yordam qiluvchi kishilarni birlashtirgan jamiyat fozil jamiyatdir.

Abu Nasr Forobiy o‘zining «Talxisu Navolisi Aflotun» («Aflotun qonunlari mohiyati») asarida fozil jamiyat kontse’tsiyasini bayon qilishni qonunlar haqida fikr yuritishdan boshlaydi. Buyuk mutafakkirning fikriga ko‘ra, insonning xavfsiz yashashi uchun birgina farovonlikning o‘zi yetishmaydi. Inson jasorati esa tashqi urushdagi jasorat emas, balki odamlarning o‘z illatlari ustidan g‘olib kelib, tinchlikni tahminlashlaridir1. Demak, insonlarning o‘zaro munosabatlarini takomillashtirishga qaratilgan harakatidan farovon jamiyat sari intilishning ilk bosqichi kelib chiqadi.

Forobiyning qarashlariga ko‘ra, «eng mushkul ish - qonunni joriy qilishdir. qonunga shubha bilan qarash hamda qonun ustidan arz qilish esa eng oson ishdir.» Bugungi huquqiy davlat barpo etish jarayonlarida bu kabi o‘gitlarning o‘ziga xos o‘rni bor. Ayniqsa uning qonunga hurmat bilan qarashning ahamiyati haqidagi fikrlari ehtiborga molik. Buyuk alloma shunday deb yozadi: «qonunning o‘zi o‘z holicha oliyjanob va yuqori martabali bo‘lishi kerak va uning nomidan hamda u (qonun) haqda nimaiki ga’irilsa ham mo‘htabar hisoblanishi lozim… Xalq qonunlarga ehtiyoj sezishi va ularni chuqur o‘rganishi zarur, chunki ular keyinchalik xalqning o‘ziga foyda keltiradilar. Aks holda qonundan ko‘zlangan maqsadga erishib bo‘lmaydi».

Demak, Forobiy har qanday odamda ham tahsinga loyiq insoniy quvvat ham hayvoniy kuch mujassamligini tahkidlagan holda qonun aynan tahsinga sazovor insoniy quvvatni rivojlantirishga qaratilgan bo‘lishi zarurligini uqtiradi. Shaharning hamma aholisiga kelganda, agar ular tahsinga sazovor quvvat kasb etishga kuchlari yetmasa, yo‘l ko‘rsatuvchi qonun sohiblarining adolatlariga bo‘ysunishi kerak bo‘ladi.

Fozil jamiyat haqidagi tasavvurlarni bugungi kunda demokratiya deb nomlanayotgan qadriyatlar tizimiga ko‘p jihatdan mosligini ko‘ramiz. Xususan, demokratiyaning asosiy mezonlaridan biri bo‘lgan qonunlarni joriy qilish muammosi ham bundan mustasno emas. Uning fikriga ko‘ra, chinakam qonun o‘rnatuvchi yangi qonun qabul qilayotganida mamlakatdagi barcha tabaqalar, avlodlarga, viloyatlar aholisiga baxt-saodat, shod-hurramlik, erkinlik va farovonlik keltirishini hisobga oladi. qonun turli-tuman fehl-atvor hamda xislatlarga ega bo‘lgan odamlar xayrixohlik bilan kutib olishiga arziydigan bo‘lishi zarur.

Ma’lumki, Forobiy fozil jamiyatning asosiy xususiyati deb baxt-saodatga intilishni tushunadi va baxt-saodatga intilmaydigan jamiyatni johil jamiyat deb baholaydi. Baxt-saodat esa oliy darajadagi ezgulik bo‘lib, unga sog‘liq, go‘zallik, boylik kabi qadriyatlar yetaklaydi. Johil va adolatsiz odamlar uchun ezgulik yo‘q va ular baxtga erisha olmaydilar. Ular uchun hatto hayot ham bir kulfatdir. Mutafakkir fikriga ko‘ra, saodatga oqillik va unga hamisha intilib yashash orqali erishish mumkin. Shunday ekan, qonun mustahkam ruh va oqil idrok tarbiyasiga yo‘naltirilgandagina farovonlik tomon yetaklaydi. Demak, rahbar xalq, ommani tarbiyalashga, uning ruhi va idrokini mustahkamlashga harakat qilmog‘i zarur.

Bugungi kunda biz barpo etayotgan jamiyatning oliy maqsadlaridan biri insonlarning farovon hayotini tahminlashdir. Jamiyatni boshqarishda odamlarni farog‘atga keltiradigan birdamlikka yetaklovchi, intizomni shakllantiruvchi qonunlarni yaratish ayni shunga xizmat qiladi. Shunga bog‘liq tarzda aytib o‘tish joizki, XX asr boshlarida ozod yurt qayg‘usida yashagan Abdulla Avloniy bu haqda shunday degan edi: «Intizom deb qiladurgan ibodatlarimizni, ishlarimizni har birini o‘z vaqtida tartibi ila qilmakni aytilur. Agar yer yuzida intizom bo‘lmasa edi. Insonlar bir daqaqa yasholmas edilar… Alhosil, har bir millatning taraqqiy va taoliysi ishlarini vaqtida nizomdan chiqarmay tartib ila yuritmakg‘a bog‘liqdur… Ishlarini tartib uzra yuritgan kishilarning ishlari yerida, o‘zlari tinch va rohatda umr o‘tkarurlar».

O‘z yurtlarini ozod va obod ko‘rishni orzu qilgan jadid ziyolilar ham tarbiya masalasiga alohida ehtibor qilganlari bejiz emas edi. Yana bir bor Avloniyning Forobiy fikrlariga hamohang fikriga ehtibor beraylik. «har bir millatning saodati, davlatlarning tinchi va rohati – deb tahkidlaydi Avloniy, - yoshlarning yaxshi tarbiyasiga bog‘liqdur».

Ko‘rinib turibdiki, Forobiy va Avloniy turli davrda yashaganliklariga qaramay, odamlarni erkin va farovon jamiyatga tarbiya orqali yetaklashga dahvat qilganlar. Forobiy g‘oyasiga ko‘ra, fozil jamiyat faqatgina odamlar jamoasi borligi uchungina fozil deb atalmaydi, balki adolatli qonunlarga va boshqaruv qoidalariga rioya qilgani, dono rahbarga ega bo‘lishga, odamlarning tahsinga loyiq odatlari va axloqini ro‘yobga chiqarishga shart-sharoit yaratgan jamiyat bo‘lgani uchun ham fozildir. Mamlakatdagi tuzumning go‘zal va yaxshi bo‘lishi xukmdorning bilimdonligi va o‘zga tuzumlardagi farovonlik va boshqa ijobiy jihatlardan xabardorlik bilan bog‘liq degan fikr ham Forobiyni zamonaviy demokratiya nazariyotchilari qatoriga qo‘yishimizga imkon beradi. Buning ustiga, fuqarolik jamiyati haqidagi hozirda ko‘plab bildirilayotgan fikr-muhazalar ham mutafakkirning nazaridan chetda qolmagan. Forobiy mamlakat aholisi xushxulqqa ega bo‘lmagan taqdirda kuchli hokimiyatga ehtiyoj tug‘iladi deb tahkidlaydi. «…hokimiyat ixtiyoriy qabul qilinganda ko‘proq ma’qul va har tomonlama qulay hisoblanadi… johil odamlar ustidan hukmronlik va ularni hokimiyatga bo‘ysundirish haqiqatan to‘g‘ri ish bo‘lishi bilan birga, erkin va mehr-shafqatlilarni bo‘ysundirish o‘ta bema’nilikdir». Darhaqiqat, komil inson ustidan hukmronlikka ehtiyoj yo‘q. Komillikka intiluvchi insonlar faoliyati fozil jamiyatni shakllantiruvchi omillardan biridir.

Mutafakkir fozillar shahrining ziddi bo‘lgan shaharlar (jamiyat) haqida ham fikrlar bildiradiki, bu holat hozirgi zamon jamiyatining ayrim jihatlariga tanqidiy munosabatda bo‘lishni talab qiladi. Forobiyning ogohlantirishi shundaki, johil jamiyat aholisi baxt-saodatga intilmaydi, baxt-saodat nimaligini bilmaydi ham. Chunki, jahil odam hech qachon baxt to‘magan va baxt-saodatga ishonmaydi ham. Farovonlikka kelsak, jahil odam (haqiqiy obodonlikni bilmasdan) bahzilar nazarida baxtu-davlat bo‘lib ko‘rinadigan o‘tkinchi, yuzaki narsalarni, mol-dunyoni, jismoniy lazzatlarni, xirsu-shahvatni, obro‘, amal, shon-shuhratni haqiqiy baxt, farovonlik deb o‘ylaydi. Shu nehmatlardan har biri jahil odam nazarida hayotdan maqsad, baxt-saodat bo‘lib ko‘rinadi. Moddiy va ma’naviy nehmatlarning barchasi birgalikda uyg‘unlashgan chog‘dagina haqiqiy baxt-saodatga erishish mumkin. Bu nehmatlarning teskarisi – tan kasalliklari, kambag‘alchilik, zavq va lazzatdan ma’rumlik, hurmat va obro‘ning yo‘qligi – baxtsizlikdir. Yolg‘iz jismi talablarini, hirsini qondirish, ishrat, kayf-safoga intilish baxt-saodatni bildirmaydi. Ehtiroslar tizginini jilovlamay, shaxsiy istaklarini tinimsiz qondirishga intilishlar ham shular jumlasidandir. Forobiy shuningdek bir-birlarini maqtashni, ko‘kka ko‘tarish, bir-birlarining oldida yoki begonalar ko‘ziga ulug‘vor, shon-shavkatli bo‘lib ko‘rinishga soxta urinishlarni ham johillikning ko‘rinishi sifatida baholaydi.

Farovonlikka intiladigan jamiyat ahzolarining o‘z g‘oyalari, ixtiyoriy amal qilishga jazm etgan qadriyatlariga sobitligini talab etadi. Forobiy fikriga ko‘ra, fozil jamiyat aholisining nazariy qarashlari va seminar ishlariga nisbatan begona g‘oyalar asta kirib olib, ularning qarashlarini o‘zgartirib yubormasligi kerak. Zero, inson baxt-saodat nimaligini tushungan bo‘lsayu, unga erishishni maqsad qilib olmasa, g‘oya va xohishiga aylantirmagan bo‘lsa, unga nisbatan ozgina bo‘lsada, shavq va zavq sezmasa, istak va mulohazasini, kuch va quvvatini boshqa narsalarga sarflasa, bu qilmishlari noo‘rindir. Insonlik mohiyati haqiqiy baxt-saodatga erishuv ekan, inson bu maqsadni o‘zining oliy g‘oyasi va istagiga aylantirib, bu yo‘lda barcha imkoniyatlardan foydalansa, u baxt-saodatga erishadi. Inson avvalo baxt-saodatning nima va nimalardan iborat ekanligini bilishi, unga erishuvni o‘ziga g‘oya va eng oliy maqsad qilib olishi, butun vujudi bilan maftun bo‘lishi kerak. Keyin bu baxt-saodatga olib boradigan amal va vositalarning nimalardan iborat ekanligini bilib olishi zarur. So‘ngra esa baxt-saodatga eritiradigan ishlarni shaxsan bajarishga kirishmog‘i lozim bo‘ladi. Forobiyning ushbu fikrlari bugungi kunda o‘z milliy g‘oyasining pirovard maqsadi sifatida fuqarolik jamiyatini barpo etishni ko‘zlayotgan jamiyatimizning maqsadlariga hamohang ekanligini anglash mushkul ish emas.

Xullas, farovon jamiyat g‘oyasi mustaqil va barqaror taraqqiyot yo‘liga kirayotgan jamiyatlar uchun ikki hissa qadrlidir. Shu ma’noda uning umuminsoniy jihatlariga, demokratik mohiyatiga ulkan ehtibor berilayotganligi tabiiydir. prezident Islom Karimov milliy va umuminsoniy qadriyatlarga tayangan holda ozod va obod Vatan, demokratik jamiyat qurish jarayoniga davlat siyosati darajasida ehtibor qaratayotganligi ham shundan. Zero, mamlakatimizda farovon, ilg‘or jamiyat barpo etish - maqsad, amalga oshirilayotgan islohotlar - vosita bo‘lib, jamiyatimizda hukm surayotgan ijtimoiy-siyosiy barqarorlik o‘z navbatida islohotlar uchun shart-sharoitdir.

Demokratiyani jamiyatning ustuvor qadriyatiga, uning barqaror taraqqiyoti omiliga aylantirish demokratik rivojlanish an’analarini avaylab o‘stirish, jahon xalqlari demokratik an’analarini, adolatli jamiyat orzusi yo‘lida insoniyat to‘lagan tajriba va seminarotni muttasil o‘zlashtirish zarur. Bunda sharqona demokratiya tamoyillari tayanch bo‘lib xizmat qiladi.

Ammo, inson tabiati ziddiyatlidir. U boshqalar intilishlariga teskari bo‘lgan intilishlarga ega bo‘lishi va shu vaqtning o‘zida o‘zgalar bilan hamkorlikka moyil bo‘lishi mumkin. Inson tabiatiga xos ana shu qarama-qarshilik uning jamiyatdagi hayoti va hatti-harakatlarini ham belgilaydi. Odamlar bir tomondan shaXsiy erkinlikka intilsalar, ikkinchi tomondan ijtimoiy tenglikni talab qilishga moyil bo‘ladilar. Odamlar o‘z manfaatlarini ko‘zlashlari bilan birga umumiyijtimoiy manfaatlarga ham intiladilar. Ammo bu qarama-qarshi tendentsiyalarni, shaxsiy manfaat bilan jamiyat manfaatlarini qanday qilib muvofiqlashtirish mumkin? Jamiyat bu muammoning yechimiga demokratiya mexanizmlarini ishga solish orqaligina kela oladi. Aynan demokratiya va umumiy manfaatlar vobastaligi ijtimoiy munosabatlarni muvozanatga keltirishga Xizmat qiladi. Demokratiya doimiy qutb - «ziddiyat - kelishuv - birdamlik» orqali o‘ziga yo‘l ochar ekan, kishilarning o‘zaro roziligi, kelishuviga tayanadi. Gap shundaki, demokratiya - bu yolg‘iz o‘z maqsad va talablarini amalga oshirish vositasi bo‘lmay, balki o‘zaro munosabatlarning maqbul qoidalariga rioya etishdir. Umuminsoniy, xususan demokratik qadriyatlarga tayangan milliy istiqlol g‘oyasi ana shu qutbiy intilishlarni muvofiqlashtirish orqali umumiy manfaatlarni o‘zida ifoda etadi.


6. Milliy g‘oya ta’sirchanligini oshirish mexanizmlari.

O‘zbekistonning mustaqil taraqqiyoti yillarida shu narsa aniq isbotini to‘diki, ozod va farovon hayotni barpo etishning asosiy omillaridan biri - barqarorlik¬dir. Oxirgi yillarda jahon hamjamiyatida barqaror rivojlanish kontse’tsiyasi keng ommaviylashmoqda. Xususan, BMT hujjatlarida ham barqaror taraqqiyot oliy qadriyat sifatida talqin etiladi, uning universal xususiyatlari, turli modellarining kuchli va zaif tomonlari tahlil etiladi.

Mutaxassislar orasida barqarorlik deganda demokratik tuzilmalarning tez o‘zgaruvchan ijtimoiy jarayonlarga nisbatan aks-tahsir ko‘rsata olish qobiliyati tushuniladi. Bunda barqarorlik demokratiyaning vazifasi deb qaraladi, u o‘ziga kishilarning fuqarolik jamiyati institutlari vositasida davlatni boshqarishdagi ishtirokini ham o‘z ichiga hamrab olishi zarur. «Kuchli davlatdan - kuchli jamiyatga o‘tish» qoidasi hozirda demokratik institutlarni joriy etishni jadallashtirish, jamiyatdagi ijtimoiy barqarorlik jamoatchilikning faolligiga asoslanishi zarurligini ko‘rsatmoqda. O‘z o‘rnida aytib o‘tish joizki, «barqarorlik» tushunchasi ko‘plab yondashuvlarni o‘ziga jamlagan. Ularni quyi¬dagi ko‘rinishda umumlashtirib keltirish mumkin: a) jamiyatda noqonuniy zo‘rlik va kuch ishlatish tahdidining bo‘lmasligi; b) birmuncha uzoq vaqt davomida bir hukumatning amal qilishi, uning o‘zgaruvchan sharoitlarga samarali tarzda moslashuvchanligi; v) konstitutsion tartibning barqarorligi; g) barqaror legitim hokimiyatning barqaror mavjudligi; d) siyosiy tizimda tuzilmaviy o‘zgarishlarni boshqarish imkoniyatining mavjudligi; i) siyosiy kuchlarning muvozanati va b.

Fikrimizcha, bu demokratlashuv jarayonini boshdan kechirayotgan jamiyatlarga xos umumiy me’yorlardir. Ammo umumiylik doimo xususiylikdan tarkib to‘padi. Demokratiyatni tahminlash boshqaruv tizimini, fuqarolik tartibini, boshqaruvning qonuniyligi va ishonchliligini ifodalovchi ijtimoiy-siyosiy barqarorlik sharoitidagina amalga oshirilishi mumkin. Bu esa ozod va obod Vatan barpo etish yo‘lini ta’minlaydi. Demokratik jarayonlar samarasi faqatgina siyosiy institutlarga emas, fuqarolarning ularga jalb etilishiga ham bog‘liq. Siyosiy hayotdagi ishtirok demokratik tartib va jarayonning muhim mezoni bo‘lib, unda siyosiy sub’ektlarning siyosiy munosabatlar va hokimiyat tizimiga jalb etilganligi darajasi ayniqsa, saylovlar jarayonida yaqqol ko‘zga tashlanadi. Shu ma’noda demokratiya jamiyatda saylovchilar ovozi uchun oshkora, barchaning ko‘zi oldida halol raqobatga kirishishni va aholining keng guruhlarining siyosiy jarayonga «kiritilganligini» taqozo etadi.

Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot qurish g‘oyasi erkinlashtirish, erkin mehnat faoliyati va tadbirkorlikni rivojlantirish jarayonlari bilan uzviy bog‘liq. Boqimandalik yoki soxta «umumiy tenglik» g‘oyasiga asoslanib erkin va farovon hayot qurib bo‘lmaydi. Dunyodagi birorta jamiyat bu yo‘l bilan farovon hayotga erishgan emas. Erkin iqtisodiy faoliyatga asoslangan bozor iqtisodi, mulk xilma-xilliga tayanish, erkin va sog‘lom raqobat muhitida o‘rta mulkdorlar qatlami shakllanib boradi. Bu esa o‘z navbatida ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot qurishning sotsial negizi, ijtimoiy tayanchi hisoblanadi. Xo‘sh, o‘rta ijtimoiy qatlamning o‘zi nima? O‘rta qatlam - bu o‘z shaxsiy mulki, yahni turar joylari, shaXsiy trans’ort vositalariga ega bo‘lgan, o‘zini va o‘z oilasini hayotini munosib tarzda tahminlay oladigan, o‘zining va oila ahzolarining fundamental ehtiyojlarini (ta’lim olish, dam olish, sifatli tibbiy Xizmatdan foydalanish) qondirish uchun yetarli moddiy imkoniyatlari mavjud bo‘lgan, ma’naviy hayoti mazmunli bo‘lgan va eng muhimi - bu imkoniyatni o‘z ish haqi va daromadlari evaziga tahminlay oladigan hamda faol ravishda jamiyat ijtimoiy-siyosiy hayotida ishtirok etadigan fuqarolardir. Jamiyatning aynan o‘rta qatlami milliy boylikning asosiy qismini yaratadi, davlat qaramog‘ida boqimandalarcha kun kechirmaydi va jamiyatning “umurtqa suyagi” ni tashkil etadi. Bunday qatlamning shakllanishi shuningdek jamiyatning keskin tabaqalashuviga - oshib-toshib ketgan boylaru, kambag‘al-qashshoqlarga bo‘linib ketishiga yo‘l qo‘ymaydi. Jamiyatda turli ijtimoiy guruhlarning manfaatlarini uyg‘unlashtirish, fuqarolar birdamligini tahminlash asosida umumiy farovonlikni o‘rnatishning eng sinalgan vositalaridan biri ham jamiyatda o‘rta qatlamni barpo etish ekanligini shundan ko‘rsa bo‘ladi.

Mamlakatimizda bozor munosabatlarining shakllanib borishi jarayonida daromadlari, turmush darajasi va sifatiga ko‘ra bir-birlaridan farqlanuvchi qatlamlar shakllanmoqda. Bu tabiiy hol. Ammo bunday holatni hamma ham to‘g‘ri baholayvermaydi. Bunga ayrim shaXslarning boylikka ruju qo‘yishi, ochko‘zlik, isrofgarchilik, o‘zaro yordam va qarindosh-urug‘chilikning yaXshi jihatlarini mensimaslik, o‘zini ko‘z-ko‘z qilishdek illatlar ham sabab bo‘lmoqda. Bunga ayrimlar uchun hayot tarziga aylangan tahmagirlik, ‘oraXo‘rlik, to‘rachilik kabi jirkanch qiyofaga kirayotgan holatlarni qo‘shadigan bo‘lsak, halol mehnat kishisining ruhiy iztiroblarini tushunish qiyin emas. Shu ma’noda prezidentimizning bozor mexanizmlarini hayotga tadbiq etish bilan birga qonunchilikni mustahkamlash va bunda ma’naviy asos bo‘lib Xizmat qiladigan aXloq normalarini ham ijtimoiy hayotda keng yoyish to‘g‘risida kuyunishi bejiz bo‘lmay, adolatli jamiyat qurishga nisbatan Xalqimizning intilishini ifodalaydi.

Bozor munosabatlari qaror to‘ayotgan hozirgi kunda bahzilar faqat yaxshi yeb-ichish, kiyinishnigina o‘z hayotlarining bosh maqsadi deb biladilar. Bundaylar o‘rtasida ko‘zga tashlanib turuvchi istehmolchilik hol nisbatan “ziyonsiz” bo‘lib tuyulgan ma’naviyat va aXloqni mensimaslikdan boshlanib, oxir-oqibat qonunni chetlab o‘tish, keyinchalik uni buzish va oyoq osti qilish kabi jamiyat uchun o‘ta xavfli oqibatlarga olib kelishi tayin. Hozirda mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy taraqqiyotini barqaror taraqqiyot manfaatlari asosida yo‘lga qo‘yishning nazariy-seminar va ilmiy asoslarini ishlab chiqish talab etiladi. Ayniqsa, ijtimoiy jarayonlarni oldindan ko‘ra bilish, uni ‘rognozlash, zarur o‘zgartirishlar kiritib, ularning samarasiga guvoh bo‘lgach, olingan tajribalarni asta-sekin kengroq ko‘lamda tadbiq etish ko‘zlangan maqsadga olib kelishi mumkin. Shunday ekan, hozirgi davrda ijtimoiy jarayonlarning rivojlanish tendentsiyalarini oldindan bashorat qilish, islohotlar uchun o‘ta muhim yo‘nalishlarni loyihalashtirish, modellashtirish katta ahamiyatga ega. Zero, ularning natijalari va Xulosalari islohotni yuritish siyosatida katta yordam beradi. Mamlakatimizda erkinlik tamoyillarining borgan sari keng ildiz otishi, erkin mehnat faoliyati, tadbirkorlikning rivojlanishida mulkdorlar qatlamining shakllanishi va mustahkamlanishi uchun zamin yaratmoqda.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:




  1. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. Toshkent: O‘zbekiston, 2019;

  2. Mirziyoev Sh.M. Erkin va farovon, demokratik O‘zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. Toshkent: O‘zbekiston, 2016;

  3. Mirziyoev Sh.M. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash – yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi. Toshkent: O‘zbekiston, 2016;

  4. Mirziyoev Sh.M. Milliy taraqqiyot yo‘limizni qat’iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko‘taramiz. 1-jild. Toshkent: O‘zbekiston, 2017;

  5. Mirziyoev Sh.M. Xalqimizning roziligi bizning faoliyatimizga berilgan eng oliy bahodir. 2-jild. Toshkent: O‘zbekiston, 2018;

  6. Mirziyoev Sh.M. Niyati ulug‘ xalqning – ishi ham ulug‘, hayoti yorug‘ va kelajagi farovon bo‘ladi. 3-jild. Toshkent: O‘zbekiston, 2019;

  7. Karimov I.A. O‘zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura. 1-jild.- Toshkent: O‘zbekiston, 1996;

  8. Karimov I.A. Bizdan ozod va obod Vatan qolsin. 2-jild.- Toshkent: O‘zbekiston, 1996;

  9. Karimov I.A. Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir. 3-jild.- Toshkent: O‘zbekiston, 1996;

  10. Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. - Toshkent: Ma’naviyat, 2008.

  11. Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar. (Oliy ta’lim muassasalari uchun qo‘llanma).- T.,Yangi asr avlodi, 2001.

  12. Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar. (Izohli ko‘rgazmali vositalar to‘plami).- T.,Yangi asr avlodi, 2001.

  13. Milliy istiqlol g‘oyasi: ko‘rgazmali vositalar.- T.,Ma’naviyat, 2001.

  14. Saifnazarov I. Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar. Uslubiy ko‘rgazmali qo‘llanma.-T., TDIU, 2001.

  15. Nazarov Q. Bugungi dunyoning mafkuraviy manzarasi.- T., “Ijod dunyosi”, 2002.

  16. Toxir Karim. Milliy tafakkur taraqqiyotidan. –T., Cho‘lpon, 2003.

  17. Ergashev I. Siyosat falsafasi.-T., Akademiya, 2004.

  18. Ochildiev A. Milliy g‘oya va millatlararo munosabatlar.- T.: O‘zbekiston, 2004.

Elektron manbalar:



  1. www. tdpu.uz

  2. www. ziyonet.uz

  3. www. edu.uz

  4. www. manaviyat.uz

Download 43,67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish