Mavzu: milliy g’oya va mafkura rivojlanishining tarixiy bosqichlari



Download 63,95 Kb.
Sana03.07.2022
Hajmi63,95 Kb.
#735594
Bog'liq
Mavzu milliy g’oya va mafkura rivojlanishining tarixiy bosqichl


MAVZU: MILLIY G’OYA VA MAFKURA RIVOJLANISHINING TARIXIY BOSQICHLARI.
MILLIY G`OYANING “AVESTO” TARIXIY YODGORLIGI BILAN BOG`LIQLIGI
Reja:
1.Insoniyat tarixida g’oya va mafkuralar namoyon bo’lishining asosiy bosqichlari.


2. Mifologiya, teologiya va xalq ma’naviy-madaniy qadriyatlarida milliy g’oya va mafkuraning ifodalanishi. “Avesto” va Zardushtiylikda g’oyalar takomili
Insoniyat ijtimoiy taraqqiyoti uzoq davom etgan tarixiy jarayon bo’lib, unda kishilarning erishgan moddiy va madaniy merosi o’z aksini topgan. Tarixiy taraqqiyot jamiyatning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy-ma’rifiy, g’oyaviy-mafkuraviy rivojlanishi bilan uzviy bog’liq holda yuz beradi.
Har bir davlat va jamiyat qurilishi bir-biridan shakl va mazmun jihatdan farq qilib, bu ularning rivojlanish xususiyatlaridagi o’ziga xoslikni belgilaydi. Ayni paytda, dunyodagi barcha davlatlar va jamiyatlarning paydo bo’lishi va rivojlanishida umumiylik ham mavjud bo’ladi. Bunday umumiylik real ijtimoiy asoslarga ega bo’lib, u insoniyatning umumiy manfaat va maqsadlarini ifoda qiluvchi g’oyalarda yaqqol ko’rinadi. Xususan, ijtimoiy - tarixiy taraqqiyotdagi umumiylik, mutanosiblik tamoyillari insoniyatni birlashtirish, uyushtirish, jipslashtirish, yagona ezgu maqsadga safarbar etish jarayonida namoyon bo’ladi. SHunday qilib, har bir davlat va jamiyat rivojlanishida umumiylik, mutanosiblik bilan birga o’ziga xoslik ham bor. Bunday o’ziga xoslikning yuzaga kelishiga o’sha davrdagi siyosiy tuzum, iqtisodiy hayot, madaniy turmush, g’oyaviy-mafkuraviy muhit ta’sir ko’rsatadi. «Sodda qilib aytganda, - degan edi Prezident I.Karimov, - muayyan davlat va jamiyat taraqqiyotining har bir bosqichi hayotning o’zi o’rtaga qo’yayotgan shart va talablarning hisobga olinishini taqozo etadi.
Aytish mumkinki, taraqqiyotning har bir bosqichi - bu yangi muammolar va ularni bartaraf etish yo’lidagi yangi vazifalar demakdir.
Bu - hayot qonuniyati, biz uni inkor etolmaymiz va inkor etishga haqqimiz ham yo’q».
Bundan shunday xulosa chiqarish mumkinki, har qanday jamiyatning u yoki bu davrdagi ijtimoiy-siyosiy taraqqiyoti vorislik tamoyiliga ega bo’lsada, biroq u konkretlik xususiyatiga egadir. Konkretlik xususiyati o’z navbatida taraqqiyotning har bir ijtimoiy-siyosiy bosqichining mazmun, mohiyatini belgilab beradi. Boshqacha aytganda, tarixiy taraqqiyotning mavjudlik belgisi uning g’oyaviy-mafkuraviy mazmunida namoyon bo’ladi. SHu nuqtai nazardan, tarixiy taraqqiyot bilan g’oya va mafkuralarning uyg’unligi insoniyat rivojlanishining muhim shartidir. Ayni paytda, har qanday g’oya va mafkura xalq, millatning tub manfaatlari asosidagina real kuchga aylanishi mumkin. «Milliy g’oya haqida ko’p va uzoq fikr yuritish mumkin. U hayotning o’zi kabi cheksiz mavzudir. Milliy g’oya xalqning milliy manfaatlaridan kelib chiqadi va uni o’zida ifoda etadi», - deydi Prezident I.Karimov.
Insoniyat tarixida g‘oya va mafkuralar namoyon bo‘lishining asosiy bosqichlari. Tarixiy taraqqiyot jarayonida g‘oya va mafkuralarning o‘zgaruvchan xarakteri. Prezident Islom Karimov “Yuksak ma’naviyat -engilmas kuch” kitobida g‘oyalar tarixi va falsafasi, milliy g‘oyaning mazmun-mohiyati, shakllanishi va namoyon bo‘lishi haqida. Mifologiya, teologiya va xalq ma’naviy-madaniy qadriyatlarida milliy g‘oya va mafkuraning ifodalanishi. “Avesto” va Zardushtiylikda g‘oyalar takomili. G‘arb mamlakatlarida ilk g‘oyaviy qarashlar va ularning takomil bosqichlari. Sokrat, Platon, Aristotel, Geraklit, Pifagor va boshqa mutafakkirlarning g‘oyalari va ularning ahamiyati. Afina va Rim imperiyasi g‘oyalar tizimi va mafkurasi. Sharq va Markaziy Osiyoda g‘oyalarning namoyon bo‘lishi, ularning gumanistik mohiyati. O‘rta Osiyoda islom dini g‘oyalarining yoyilishi. Xorazmiy, Farobiy, Beruniy, Ibn Sino merosida g‘oyalar masalasi. Temuriylar davri g‘oyalari, Amir Temur, Ulug‘bek, Navoiy, Boburning milliy va umuminsoniy g‘oyalar to‘g‘risidagi fikrlari. G‘arb mamlakatlarida g‘oyaviy qarashlarning takomil bosqichlari. Yevropa ilk o‘rta asrlar va Renessans davri g‘oyalari. Xristianlik g‘oyalari. Xristianlikning salb yurishlari. Tomazo Kampanella, Tomas Morning “Quyosh shahri” haqidagi utopik g‘oyasi. Marks va Engelsning sotsializm g‘oyasi tanazzuli. Yevropada o‘rta asrlarda umumiy makon, milliy mumtozlik, imperial, kolonial va milliy taraqqiyot yo‘llari to‘g‘risidagi g‘oyalar. XV-XVII asrlardagi ijtimoiy-siyosiy o‘zgarishlar va XVIII va XIX asrlardagi yangi zamon g‘oyalarining shakllanishi. O‘rta Osiyoda XVI-XVIII asrlardagi xonlik va amirliklar davrida g‘oyalar tizimi. XIX asr oxiri va XX asrning 90- yillarida shakllangan g‘oyalar tizimi. Mafkuraning XIX asr o‘rtalaridan boshlangan takomil bosqichlari. G‘oya va mafkura muammosiga obyektiv, subyektiv, evolutsion va inqilobiy, siyosiy yondoshuvlar. XIX asr oxiri va XX asr mafkurasi, uning o‘ziga xos xususiyatlari. Deideologiya va reideologiya yo‘nalishlari. XX asrning oxiri - XXI asr boshidagi mafkuraviy jarayonlar. Sovet davrida kommunistik partiya g‘oyalarining gegemonligi va uning oqibatlari. Sotsializm tuzumining g‘oyaviy inqirozida milliy o‘z-o‘zini anglashning o‘rni. Sho‘rolar davrida mafkuraviy qatag‘onning fojiaviy oqibatlari. Departatsiya (quvg‘in) qilingan xalqlarning ma’naviy-ruhiy holati va ularda milliy o‘zlikni saqlashning tarixiy jihatlari.
Ta`kidlash lozimki, har bir davrning o`ziga xos ijtimoiy taraqqiyotining o`sha bosqichini o`zida mujassam etgan g`oyalari mavjud bo`lgan. Masalan, ibtidoiy jamiyatda inson yovvoyilikdan madaniylashishga o`ta boshladi, tabiat sirlarini o`rganib o`zining inson ekanligini his etish bilan bog`liq g`oyalar yuzaga kela boshladi. Ko`hna qadriyatlarimiz, olimu ulamolarning asarlari jamiyatning g`oyaviy-mafkuraviy asosini yaratishda juda muhim ahamiyatga ega bo`ldi. Yurtimiz xalqlarining tarixi, madaniyati o`z ildizlari bilan asrlar qa`riga borib taqalishi va uzoq ming yillarni o`z ichiga olishini qadimgi fors yozuvchilarining, xitoy, arman va suriyalik geograf va tarixchilarning yozib qoldirgan ma`lumotlari, Nosiriddin Burhonuddin Rabg`uziyning «Qisasi Rabg`uziy», Alisher Navoiyning «Tarixi muluki Ajam», Firdavsiyning «Shohnoma» asarlaridan, zardushtiylikning muqaddas kitobi «Avesto»dan, shuningdek, Bexistun, Bundaxishn, qadimgi turkiy bitiklar, jumladan O`rxun-Enisey yodgorliklaridan aniq va ravshan bilib olishimiz mumkin. Milliy g`oya va mafkuramizning ildizlari o`ta qadimiy ekanligiga yunonistonlik olimlar - Arrian, Kurtsiy, Plutarx, Geradot, Straban, shuningdek, Abu Rayxon Beruniy, Narshaxiy va boshqa mutafakkirlarning asarlari ham guvohlik beradi.
Qayd etish lozimki, O`zbekistonda milliy tiklanish, bir tomondan milliy o`zlikni anglash, boshqa tomondan, jamiyatning g`oyaviy-mafkuraviy asoslarini yaratish, uchinchi tomondan esa bozor iqtisodiyoti munosabatlariga o`tish asnosida yuz berdi. “Ayni vaqtda biz jamiyatni va jamiyat tafakkurini yangilashning inqilobiy usullariga, bu jarayonni sun`iy ravishda chetdan turib, zo`ravonlik yo`li bilan tezlashtirishga qaratilgan har qanday urinishlarga mutlaqo qarshimiz. Biz barcha sohalarda, jumladan, ma`naviy sohada ham tadrijiy-evolyutsion islohotlar yo`li tarafdorimiz va bunga qat`iy amal qilamiz. Ya`ni, sodda qilib aytganda, odamlarning dunyoqarashi, e`tiqod va tafakkurida demokratik tamoyillar vademokratik qarashlarning kengayishi va mustahkam o`rin topishi avvalambor hayotning tabiiy yurishi bilan, ularning moddiy turmush darajasi va madaniy 159 saviyasi tobora rivojlanishi va yuksalishi bilan chambarchas bog`liq ekanini hayotning o`zi taqozo etadi”
Darhaqiqat, milliy manfaatni o’zida ifoda etgan g’oyagina yashovchan bo’ladi va uning moddiy kuchga aylanish imkoniyatini yaratadi. Masalan, hozirgi sharoitda milliy mafkuramizning asosiy g’oyalari shakllanib bo’lgan. Ular xalqimiz tarixiy taraqqiyoti davomida sinovlardan o’tgan. Ayniqsa, ularning ichida Vatan ravnaqi, yurt tinchligi va xalq farovonligi kabi asosiy g’oyalar hozir milliy mafkuramizning tayanch g’oyalari hisoblanadi
Ushbu g’oyalar mazmun-mohiyat jihatdan bir-birini to’ldiradigan hamda mantiqan egiz g’oyalar sifatida baholanishi mumkin. SHu o’rinda ta’kidlash lozimki, g’oya va mafkuralar hukmron siyosiy kuchning vaqtinchalik va xato maqsadlarini bajarishga qaratilganda ularning ijtimoiy nufuzi yo’qoladi. Masalan, sovet mustabid tuzumi davrida xalqimiz o’tmishi faqat urushlardan iborat tarix sifatida talqin etildi. Milliy ozodlik harakatlari, erk, Vatan ravnaqi uchun olib borilgan har qanday kurash sinfiy kurash sifatida bayon etildi.
Mustaqillik sharoitida boy o’tmishimiz va milliy madaniyatimiz xolisona, ilmiy asosda o’rganila boshladi, ularga to’g’ri yondoshuv va munosabatlar yuzaga keldi CHunonchi, eron axmoniylariga qarshi SHiroqning, Iskandar Zulqarnaynga qarshi Spetamenning, arab fotihlariga qarshi Abu Muslim va Muqannalarning, mo’g’ul istilosiga qarshi Jaloliddin Manguberdi, Temur Malik, Najmiddin Kubro, Mahmud Torobiy va boshqalarning, ayniqsa adolatparvar, ma’rifatparvar xukmdor Amir Temurning sa’i-harakatlari, shuningdek, Po’latxon, Dukchi eshon qo’zg’olonlari - bularning bari hech qanday «sinfiy kurash»ga aloqasi yo’q edi. Bunday harakatlarni yuzaga keltirgan, unga kuch bag’ishlagan asosiy omil milliy g’oya bo’lib, uning mohiyatini yurt ozodligi, tinchligi, Vatan ravnaqi va xalq farovonligi tashkil etardi.
Tarixiy taraqqiyotda mafkuralarning o’rni va ahamiyatini ko’rsatib, Prezidentimiz I.Karimov, mafkura faqat bugun emas, har doim ham eng dolzarb siyosiy-ijtimoiy masala, har qanday jamiyatni sog’lom, ezgu maqsadlar sari birlashtirib, uning o’z muddaolariga erishishi uchun ma’naviy-ruhiy kuch-quvvat beradigan poydevor bo’lib kelganligini ta’kidlaydi. SHuning uchun milliy mafkuraning ijtimoiy taraqqiyotdagi o’rni va ahamiyatini belgilab olish o’ta muhimdir.
Milliy istiqlol mafkurasi o’z oldiga buyuk maqsad va vazifalarni qo’yib, istiqbol sari muttasil rivojlanib, ilgarilab borayotgan O’zbekistonda yashayotgan barcha xalqlar va millatlarni jipslashtiruvchi, ularning kuch-qudratlarini birlashtirib, yagona maqsadga yo’naltiruvchi kuchdir. Jamiyatda fuqarolarni birlashtiruvchi yagona umumiy g’oya va mafkura bo’lmasa, parokandalik yuzaga keladi. Mafkuraning birlashtirish, uyushtirish imkoniyatlariga alohida e’tibor qaratilishi ham shundan.
Ma’lumki, g’oyalar milliy, umuminsoniy, mintaqaviy, irqiy, diniy va boshqa turli shakllarda namoyon bo’ladi. SHuningdek, ularning afsona va rivoyatlar vositasida ifoda etilgan mifologik, ilohiy qadriyatlar majmuasi bo’lgan diniy, olamga ilmiy yondashuv asosida vujudga kelgan dunyoviy ko’rinishlari ham bor. G’oyalar tizimida mifologik asosning o’rni kattadir, zero, ibtidoiy hayot davrida mifologiyaga asoslangan diniy-ilohiy qarashlar asosida, totemizm, animizm, fetishizm kabi g’oyaviy tizimlar - mafkura shakllari bo’lgan. Taraqqiyotning keyingi bosqichlarida milliy asosdagi hinduizm, iudaizm, konfusiylik singari diniy mafkuralar shakllangan. YAponlar esa o’zlarining milliy dini - sintoizmni yaratganlar.
G’oyalar tizimi, ta’kidlash lozimki, o’zgarmas emas. Uning tarkibi dunyodagi hamda u yoki bu mintaqa, davlatdagi ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy-mafkuraviy holatlarga bog’liq holda o’zgarish va yangilanish tamoyiliga amal qiladi. Ayni paytda, g’oyalar tizimidagi ayrim sifatlar muammoning hal etilishi darajasiga muvofiq ba’zan ko’tarilib, keskinlashishi ba’zi hollarda esa, uning hal etilgan muammo sifatida pasayishi yoki tamomila yo’q bo’lishini kuzatish mumkin.
Masalan, irqiy manfaatlarni o’zida aks ettirgan g’oyalar insoniyat tarixida doimo dolzarb bo’lib kelgan. Irqiy kamsitishlar, ularga ijtimoiy-siyosiy imkoniyatlarning berilmasligi, jumladan, qora tanlilarni qul qilib sotish yoki sotib olish bilan bog’liq muammolar doimo bo’lgan. Irqiy cheklashlar bilan bog’liq muammolar XX asrning 60-yillarida o’ta keskinlashdi.
Ammo, dunyodagi erkparvar jamoatchilikning talabi, ayniqsa G’arb mamlakatlari hukumatlarining rasmiy siyosati, demokratik tartiblarning har tomonlama joriy etilishi oqibatida irqiy tafovutlar yo’qola bordi. Qora tanlilarning huquqlari tiklana boshlab, ularning kamsitish o’rniga o’zaro hamkorlik, hamjihatlik g’oyasi shakllandi. Bularning bari hozirgi kunga kelib muayyan irqiy manfaatlarni o’zida ifoda etuvchi g’oyalarning ahamiyatini pasaytira boshladi.
Aynan shunday fikrlarni mintaqaviy manfaatlarni o’zida aks ettiruvchi g’oyalar to’g’risida ham aytish mumkin. Jumladan, jaxon hamjamiyatiga umumiy tahdid solib turgan ayrim konkret holatlarda mintaqaviy manfaatlarni ifoda etuvchi g’oyalarning ta’siri ma’lum darajada pasayishi mumkin. Masalan, ikkinchi jaxon urushi davrida barcha mintaqaviy ahamiyatga molik g’oyalar fashizmni tor-mor etishga qaratilgan g’oyaga bo’ysundirildi. Umuminsoniyatga daxldor g’oyalar ijtimoiy taraqqiyotning barcha davrlarida ustuvor ahamiyat kasb etaveradi. Bu hol, jumladan, XX asrning oxiri, XXI asr boshlarida yanada muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Gap shundaki, diniy fundamentalizm, ekstremizm hamda undan kelib chiqadigan xalqaro terrorizm bu davrda ancha avj oldi. Ushbu salbiy holatlar, shubhasiz, jahon hamjamiyatining birlashishiga, yagona maqsad yo’lida imkoniyatlarni jipslashtirishga sabab bo’ldi. Natijada mintaqaviy manfaatlarni himoya etuvchi g’oyalar ijtimoiy rivojlanishning mazkur davrida o’z ustuvorligini ma’lum darajada pasaytirib, umuminsoniy qadriyatlarni himoya etuvchi hamda hududiy cheklanishlarni istisno qiluvchi g’oyalarning dolzarbligi ortdi.
G’oyalar tizimida diniy manfaatlarni o’zida aks ettiruvchi g’oyalar alohida ahamiyatga ega. Bunday g’oyalar ham inson ongi, ruhiyati bilan bevosita bog’liq. Diniy manfaatlarni o’zida ifoda etgan g’oyalar «Tavrot», «Zabur», «Injil», «Qur’on» kabi ilohiy kitoblarda zikr etilgan.
Mustaqillik yillarida mamlakatimizda diniy manfaatlarni o’zida ifoda etuvchi g’oyalarning mazmunan takomillashuv jarayoni yuz berdi. Hozirgi sharoitda diniy manfaatlarning dunyoviy masalalar bilan mantiqiy bog’liqligi yuzaga kelmoqda. I.Karimov din, diniy manfaatlarni himoya etuvchi g’oyalarni eng nozik va murakkab masala sifatida e’tirof etadi. Ayni paytda, u milliy qadriyatlarimizning zamonlar osha bezavol yashab kelishining sababini ularning muqaddas dinimiz bilan mutanosibligida, deb biladi.
SHuningdek, so’nggi paytlarda dunyoviylik va diniylik nisbati xususida ham ko’p gapirilmoqda. Har ikki holatni bir-biriga zid qo’yish esa, ma’lumki, jamiyatda ijtimoiy beqarorlikni yuzaga keltirishi mumkin. «SHu o’rinda ta’kidlamoqchi edimki, - deydi I.Karimov, - dunyoviylik, ayrim aqidaparast kimsalarning da’volaridan farqli o’laroq, aslo daxriylik emas. Biz bunday noto’g’ri va g’arazli talqinlarga mutlaqo qarshimiz»1.
Umuman, xalqlar, millatlar va davlatlar mavjud ekan, ularning borligini anglatib turuvchi g’oyalarning amal qilishi tabiiydir. Insoniyatning taraqqiyoti, uning kelajagi mavjud mintaqaviy, irqiy va diniy manfaatlarni o’zida aks ettiruchi g’oyalarning mutanosibligini ta’minlashga bog’liq. Bunday mutanosiblikning buzilishi esa dunyoda ko’plab muammolarning yuzaga kelishiga sabab bo’lmoqda.
Milliy g’oyalar va mafkuraviy qarashlar har bir davlatning mavjudlik belgisi hisoblanadi. Ayni paytda, ushbu qadriyatlar o’sha davlat va xalqning ijtimoiy mo’ljali hamdir. YAna shu narsaga e’tibor berish lozimki, davlatlarning ijtimoiy-siyosiy tuzumlari o’zgargan paytlarda g’oyaviy-mafkuraviy qarashlar ham o’zgaradi. Umuman, g’oyaviy-mafkuraviy qarashlar, ular tomonidan himoya qilinadigan qadriyatlar har bir davlat va xalqning ijtimoiy taraqqiyotida katta ahamiyat kasb etadi.
Ayni paytda, bir ijtimoiy-siyosiy tuzum davridagi g’oyaviy-mafkuraviy qarashlar boshqa tuzum sharoitida tamomila yangicha mohiyat kasb etsada, ammo, ularning ayrim jihatlari vorislik ahamiyatiga ega bo’ladi. Davlatlarning ijtimoiy-siyosiy tuzumidan qat’iy nazar bu holning mohiyati o’zgarmasdan qolishi mumkin.
Masalan, mustaqillikning dastlabki yillarida milliy mafkurani shakllantirish to’g’risida ko’plab fikrlar bildirildi. Biroq, bu - O’zbekistonda milliy mafkura ilgari mavjud emasdi, degan ma’noni anglatmaydi. CHunki o’zbek xalqining uzoq tarixiy - madaniy rivojlanishi davrida milliy mafkuraning muayyan jihatlari shakllangan edi. Masalan, «Avesto», turkiy bitiklarda, 1X-X11 asrlardagi SHarq O’yg’onish davrida, shuningdek, Amir Temur va temuriylar hamda jadidlar davridagi ma’naviy-mafkuraviy jarayonlarda milliy mafkuraning ustuvor ko’rinishlari namoyon bo’lgan edi.
Bunyodkor g`oyalar bilan qurollangan kishilar farovon hayot, erkin jamiyat qurish uchun kurash olib borganligi tarixdan ma`lum. Bunyodkorlik g`oyalari yurtni obod, xalq hayotini farovon qilishdek olijanob maqsadlar bilan ajralib turadi. Ular insoniyat tsivilizatsiyasiga erishgan davrlardan buyon jamiyat hayotining eng ezgu g`oyalari sifatida yashab kelmoqda. Bunyodkorlik otabobolarimizdan merosdir. Insoniyat tarixida odamlar ongi va shuuriga adolat, haqiqat, ezgulik, mehnatsevarlik, kabi yuksak g`oyalar urug`ini sepgan zot, payg`ambar Zardusht yaratgan «Avesto» kitobida quyidagi satrlar majud: «Ezgu fikr, ezgu so`zlarga, ezgu ishlar amaliga baxshida qilaman, barcha yomon so`zu yomon ishlardan yuz o`giraman». Bu yuksak g`oyalar bundan 2700 yil muqaddam yashab o`tgan vatandoshimiz Zardushtning o`lmas mafkurasi edi.
Ammo, sovet mustabid tuzumi davrida bu mafkura siyosiy aqidalar iskanjasiga olindi va rasmiy hokimiyat tomonidan rad etildi, uning go’yo reaksion ekanligini «isbotlash»ga harakat qilindi. Mustabid tuzum davrida milliy mafkura siyosiy tazyiqlar ostida bo’lsada yashab qoldi, u yo’qolmadi. Boshqacha aytganda, bu davrda ikki mafkuraviy muhit yuzaga keldi. Birinchisi, rasmiy mafkura bo’lib, u kommunistik dunyoqarashni aks ettirar, ikkinchisi esa, rasmiy hokimiyatning cheklashlariga qaramasdan mavjud edi va norasmiy ravishda o’zbek xalqining milliy qarashlarni tashkil etardi.
Mustaqillik yillarida sovet mustabid tuzumi davrida toptalgan va yo’qotishga mahkum etilgan milliy mafkura tiklana bordi. U mustaqillik, milliy tiklanish g’oyalari asosida yangi sifatlar bilan boyitildi. CHunki, har bir ijtimoiy-siyosiy tuzumga uning mohiyatidan kelib chiqadigan g’oyaviy-mafkuraviy qarashlar mos bo’ladi. SHu bilan birga g’oyaviy-mafkuraviy qarashlar vorislik tamoyiliga ega bo’lganligi uchun ham ular yangi mazmun va sifatlar bilan takrorlanishi mumkin.


MILLIY G’OYANING TARIXIY ILDIZLARI.


Har qanday mafkura, milliy g’oya tarixiy, madaniy ma’naviy meros, tarixiy xotira asosida shakllantiriladi va ularga suyanadi. «Milliy g’oya oldiga qo’yiladigan talablar haqida gapirmoqchi bo’lsak, avvalo, uning ikki suyangan togi-tayanchi xakida fikr yuritishimiz zarur. Birinchi navbatda, milliy mafkuramiz xalkimizning tarixiy merosi, azaliy an’analari, udumlari, tili, dini, ruxiyatiga, bir suz bilan aytganada, milliy kadriyatlarimiz, xalkimizninig dunyokarashi va tafakkuriga asoslangan holda zamonaviy, umumbashariy, umuminsoniy yutuqlardan ozuqlangan, ularni o’ziga qamrab olgan tarzda YUrt tinchligi, Vatan ravnaki, Xalk manfaatlari va farovonligi yo’lida xizmat qilmog’i darkor»[1].


Milliy g’oyaninig tarixiy ildizlarini bilish shuning uchun muhimki, bu ildizlarda ajdodlarimizning buyukligini tasdiqlovchi dalillar bor, kelajak orzu-umidlarini ko’rsatuvchi ma’lumotlar yetarli, insonni faollikka, shu asosda yangi jamiyat qurishga chorlovchi da’vatlar mavjud. Milliy g’oyaning ma’naviy-tarixiy ildizlarini chuqur anglash insonning amaliy harakatiga qudratli ta’sir ko’rsatuvchi omil bo’lib xizmat qiladi.
Milliy g’oyaning tarixiy- ma’naviy ildizlari madaniy – ma’naviy merosda, tarixiy ong va tarixiy xotiradadir. Bu ildizlarni bilish, yana bundan tashqari, milliy g’oya kurtaklari turli tarixiy davrlarda paydo bo’la boshlaganini, mazmuni boyib berganligini anglashga yordam beradi. Milliy g’oya ma’naviyatning tarkibiy qismi ekanligini hisobga oladigan bo’lsak, «albatta, har qaysi xalq yoki millatining ma’naviyatini uning tarixi, o’ziga xos urf-odat va an’analari, hayotiy qadriyatlaridan ayri holda tasavvur etib bo’lmaydi. Bu borada, tabiiyki, ma’naviy meros, madaniy boyliklar ko’hna tarixiy yodgorliklar eng muhim omillardan biri bo’lib xizmat qiladi»1. Milliy g’oyaning oziklantiruvchi ildizlarini bilish va anglash inson ma’naviyatini yuksalatiradi. Tarixiylik va mantiqiylikni o’zida mujassamlashtirgan «YUksak ma’naviyat yengilmas kuch» asarida Islom Karimov tomonidan yaxlit holda ko’rsatilgan ma’naviyatni shakllantiradigan asosiy mezonlar bular - ayni paytda milliy g’oyaning tarixiy va zamonaviy ildizlari xam hisoblanadi[21].
Ma’lumki, milliy o’zlikni anglash milliy g’oyaning o’zak unsuri. O’zlikni anglash bu - tarixiy xotirani tiklash, nasl-nasabimiz kim ekanini, kimlarining vorisi ekanmizni anglab yetish, shundan kelib chiqib, o’zimizga xos, o’zimizga mos jamiyat barpo etishdir. «Tarixiy xotirasi bor inson – irodali inson»[3]. Demak, milliy g’oya, ma’naviy meros va tarixiy xotira uzviy bog’liq bo’lib, tarixiy ildizlari ham yagonadir. Islom Karimov ana shunday mantiqiy xulosalar chiqarib, shu sohalarni davlat siyosatining ustuvor darajasiga ko’tardi, ularni o’rganish, hayotga qo’llashninig dasturulamal ko’rsatmalarini berdi.


MA’RIFIY ILDIZLARI.


Milliy g’oyamizning ma’rifiy asoslari uch ming yilliy davlatchiligimiz bilan bir vaqtda shakllana boshlagan. «Avesto»da bayon etilgan ma’rifatparvarlik g’oyalari buning isbotidir. Vatanimizda miloddan avvalgi VIII-VII asrlarda boshlang’ich madaniyat markazlari vujudga kelgan, shaharlar tashkil topa boshlagan. SHahar madaniyatining eng asosiy elementi bu ma’rifat maskanlar, ta’lim tarbiyadir. Bu davrda Markaziy Osiyoda keng tarqalgan Zardushtiylik faqat sof dingina bo’lib qolmasdan, balki o’z davri ma’naviyatining, o’sha davrdagi xalqlarning madaniyati, ma’naviyati, urf - odati, axloqi kabi masalalarni o’zida aks ettiradi va ma’naviy ma’rifiy jarayonlarga katta ta’sir ko’rsatadi.


Qadimgi davr madaniyati, ma’naviyati, jumladan, axloq, ma’rifat, ta’lim tarbiya haqidagi fikrlar xalq og’zaki adabiyotida, folklorlarda, turli xalq an’analarida ham o’z aksini topib kelgan. Go’ro’g’li, Alpomish, Rustam haqidagi dostonlarda xalqimizning urf odatlari, ruhiyati, xulq odoblarining ifodasini uchratishimiz mumkin. Bunday ma’lumotlar qadimgi sug’d, manixey, xorazm, turkiy yozuvlar na’munalarida saqlanib qolgan manbalarda ham uchraydi.[1]VIII-XIIasrlar davomida Vatanimiz hududida muhum o’zgarishlar sodir bo’ladi. O’lkamizga islom kirib keladi. Bu davrda ma’naviyatda hurfikrlilik, har qanday bilim, ilm-fanga hurmat, diniy oqimlar erkinligi ustunlik qiladi. Ta’lim tizimi takomillashadi, ilm dargohlari – madrasalar oliy va o’rta toifalarga ajraladi. SHuningdek ayrim madrasalarda tabiiy va aniq fanlarga ko’proq e’tibor berilsa (Samarqandda Ulug’bek madrasasi), ba’zilarida diniy bilimlar berish ustun xarakterga ega bo’lgan. Ta’lim tizimining hatto eng oliy bosqichi, maxsus tadqiqotlar lobarotoriyasiga ega bo’lgan akademiyalar ham faoliyat olib borgan. Bag’doddagi Ma’mun akademiyasi va Samarqanddagi Ulug’bek akademiyasi bunga misoldir.
XI-XII asrlarga kelib Vatanimiz hududidagi Buxoro, Samarqand, Marv, Urganch, Axsiket, Xiva, SHosh va bashqa shaharlarda ko’plab ilm ma’rifat maskanlar imashhur bo’lgan
Bu davrda Movrounnahr va Xurosonda butun musulmon dunyosiga qator qomusiy allomalarani, ilohiyot nazariyotchilarni, mashhur adib va shoirlar yetishib chiqadilar. Ular o’zlarining kashfiyotlari yaratgan asarlari bilan dunyo ilm fani rivojiga ulkan hissa qo’shdilar. Dunyo sivilizasiyasida SHarq uyg’onish davri deb ataladigan bu davr mo’g’illar istilosi davrida turg’un holatga tushib qoladi, ta’lim tarbiya, ilm ma’rifat sohida ham bu
holat o’z ta’sirini ko’rsatadi
XIV asrning ikkinchi yarmi — XV asrda Amir Temur va Temuriylar SHohrux, Ulug’bek, Xusayn Boyqaro davrlarida Movarounnahr va Xuroson islom doirasidagi mafkuraviy erkinlik, madaniyatga e’tibor ilm-fan, adabiyot, san’atning tez rivoj topishiga olib keldi. Samarqandda rasadxona qurilib, Ulug’bek ilmiy maktabi shakllandi, aniq fanlar rivojida katta yutuqlar qo’lga kiritildi. Qozizoda Rumiy, Koshiy, Ali Kushchi kabi olimlarning asarlari butun musulmon olamiga mashhur bo’ldi. Gumanitar — ijtimoiy fanlar va rassomlik, xattotlik oliy cho’qqilarga ko’tarildi. Jomiy, Behzod, Abdurazzoq Samarqandiy, Mirxond, Xondamir kabi maiqur adib, rassom, tarixchilarning nomlari boshqa o’lkalarda ham tez ma’lum bo’ldi.
Fors tili o’z mavqeini caqlagan holda, adabiyotda turkiy tilning roli kuchayib ketdi.Bu davrda turkiy tildagi she’riyat sultoni Alisher Navoiy ijod etib, o’zining dostonlari, ilmiy-tarixiy asarlari bilan madaniyat tarixida o’chmas iz qoldirdi.
Bu davr mo’g’ullar istilosi natijasida uzilib qolgan Uyg’onish davri — Renessansning tiklanishi va oliy cho’qqisi edi. Uyg’onish davri ma’naviy-madaniy hayotida insoniy qadriyatlarning yuksak xislatlari — ilmga intilish, bilimni kuchaytirish, aqlni ulug’lash, insoniylik, ruhiy poklanish, axloqiy kamolotga erishuv, adolat, ijtimoiy yuksalish, barcha uchun baxt-saodat, do’stlik-birodarlik, komil insonni yaratish kabi masalalar olg’a surildi. Ular muhim ilmiy tadqiqotlar, adabiyot, san’at, diniy asarlarning mazmunini tashkil etdi. Bu davrdagi olim, mutafakkir, donishmand, san’atkorlarning ko’pchiligi shu maqsad yo’lida ijod qildi. Bu davr madaniyatining yutuqlari xalqimizning keyingi madaniy rivojlanishiga katta zamin yaratdi.
XVI-XIXasr birinchi yarmi madaniyatida ilm-fan, xususan tabiiy fanlarning o’rni susayganini, diniy bilimlar, diniy taaccyblikning roli kuchaya borganini ko’ramiz. O’zaro urushlar tufayli tashqi olam bilan aloqalar, ma’naviy-madaniy munosabatlarning kamayib ketishi ham madaniy hayotdagi ma’lum biqiqlikka, yangiliklardan uzilib qolishga olib keldi. Ilm-fan, madaniyat sohasida oldingi erishigan yutuqlar ham o’z ta’sirini yo’qotib, ularga murojaat etish o’rniga diniy ta’limotlar kuchayganini ko’ramiz. Natijada bu davrda an’anaviy islom, uning qoidalari jamiyat hayotida hal etuvchi o’rinni egallab, tasavvuf, xususan, naqshbandiya ham ma’naviy hayotdagi oldin ta’sirini yo’qota bordi.
SHu bilan birga bu davrda turkiy-o’zbek tilidagi badiiy adabiy namunalarining ko’paya borganini, adabiyot, she’riyat ma’naviy hayotning eng muhim asosiy sohasiga aylanib, an’anaviy lirik asarlar bilan birga shoir, adiblar dunyoviy hayot qiyinchiliklari, diniy taassublikning kuchayishiga bo’lgan noroziliklari, so’fiyona fikrlarini she’ri orqali ifoda etishga intilganliklarini ko’ramiz.
Bu davr Maxdumi A’zam, Mirzo Haydar, Abdulg’ozixon, Buxoriy kabi gumanitar ilm vakillari, Mashrab, Turdi, Nodira, Uvaysiy, Mynis Xorazmiy kabi mashhur shoirlarni yetishtirdiki, ular asarlarida zamonasining saboqlari, istaklari, alamlarini aks etdirdilar.
XIX asrning ikkinchi yarmiga kelib Turkiston o’z mustaqilligini yo’qotdi, rus chorizmi tomonidan bosib olindi.
Xonliklar va yerli xalqning keskin kurashi, qarshiligiga qaramay 1870-yillarga kelib Qo’qon xonligi tugatildi. Buxoro va Xiva xonliklari Rossiyaning vassaliga aylandi: Turkistonda rus mustamlakachilik tuzumi o’rnatildi, u rus general gubernatori tomonidan boshqarila boshlandi. Rus chorizmi Turkistonda o’z mustamlakachilik siyosatini o’tkazish yo’lida barcha choralarni amalga oshirib, uning boyliklaridan imkoni boricha keng foydalanishga kirishdi. Jahon va ayniqsa, YAqin SHarq mamlakatlaridagi o’zgarish va Rossiyaning yangi mustamlakasiga olib kelayotgan Ovrupo madaniyati yangiliklari Turkiston madaniyatida yerli xalqning mustamlakachilik siyosati, kamsitilishiga qarshi ma’rifatchilik harakatini kuchaytirib yubordi. U asosan, xalqni yangi madaniyat, ma’rifatga chaqirishga, millatni uyg’otishga, yangilayotgan ma’naviyatni egallashga yo’naltirilgan edi. Asta-sekin marifatchilikdan jadidchilik o’sib chiqdi va u ma’lum darajada siyosiy masalalarni olg’a sura boshladi. YAngi ta’lim - tarbiya, yangi maktab, yangi maorif, uni boshqarish, madaniy targ’ibot, tashkilotchilik masalalari asosiy o’ringa ko’tarildi. YAngiliklarga asoslangan holda va eski feodal maorifidan farq qiluvchi fikr-g’oyalar oldinga surildi ular yerli matbuot, turli kitoblar orqali keng targ’ib etildi. Bu - madaniyatdagi mustamlakachilikka qarshi kurashda xalq ongini oshirish, o’z ahvolini yaxshilashga intilishning ko’rinishlaridan edi.
XIX asrning oxiri — XX asr boshida Turkiston madaniyati qator talantli olim, sayyoh, shoir, pedagog, jurnalistlarni yetishtirib chiqardi, ular xalqimizning umumiy madaniy rivojlanishiga juda katta ta’sir ko’rsatdi.
Bu davrda Ahmad Donish, Berdaq, Feruz, Muqimiy, Furqat, Zavqiy, Bayoniy, Avaz O’tar kabi olim, shoirlar o’z davrining muhim masalalarini ko’tarib chiqdilar va xalqni ilm-fan, marifatni egallashga undadilar.
Behbudiy, Abdulla Avloniy, Fitrat, Ayniy, Hamza kabi talant egalari jadidchilik g’oyalarini olg’a surish va targ’ib qilish sohasida bayroqdor bo’lib tanildilar, Turkistonning o’z rivojlanish yo’liii targ’ib etishda jonbozlik ko’rsatdilar.
Behbudiy - XX asr bo’sag’asidagi Turkiston ijtimoiy- siyosiy harakatining eng yirik namoyandasi, yangi davr o’zbek madaniyatining asoschisidir. Turkiston jadidlarining tan olingan rahnamosi, mustaqil jumhuriyat g’oyasining yalovbardori, yangi maktab g’oyasining nazariyotchisi va amaliyotchisi, o’zbek dramaturgiyasini boshlab bergan birinchi dramaturg, teatrchi, noshir, jurnalist. U Turkiston jadidchilik harakatining asoschisi, boshlab beruvchisi edi.
1903—1904 yillarda Moskva, Peterburgga boradi, 1907 yilda Qozon, Ufa, Nijniy Novgorodga bo’ladi. Nijniy Novgorodga 1907 yilning 23 avgustida Rossiya musulmonlarining turmush va madaniyati muammolariga bag’ishlangan qurultoyi chaqiriladi. Behbudiy turkistonliklar guruhini boshqaradi va katta nutq suzlaydi.
Ma’rifat uchun birgina maktab kifoya qilmaydi. Zamon va dunyo vokealari bilan tanishib bormoq kerak. Millat va Vatanning ahvolidan, kundalik hayotidan ogoh bo’lmoq lozim. Millat uchun oyna kerak, toki undan o’z qabohatini ham, malohatini ham ko’ra olsin.
Mana shu ehtiyoj va zarurat Behbudiyni teatr va matbuotga boshladi. «Padarkush» dramasi shu tariqa maydonga keldi.
1913 yildan Behbudiy matbuot ishlari bilan shug’ullandi. Apreldan «Samarqand» gazetasini chiqara boshladi. Gazeta turkiy va forsiy tillarda, haftada ikki marta, dastlab ikki, so’ng to’rt sahifada chop etilgan. Behbudiy shu yilning 30 avgustidan «Oyna» jurnalini chiqara boshlaydi. «Oyna» jurnali ma’rifat va madaniyat tarqatishda juda katta xizmat qildi. Unda millat va uning haq-huquqi, tarixi, til-adabiyot masalalari, dunyo ahvoliga doir qiziqarli maqolalar, bahslar berib borilgan.
Jadidchilik harakatining yirik vakili, ma’rifatparvarlik g’oyasining tolmas targ’ibotchisi Munavvarqori Abdurashidxonovdir. U 1909 yil¬da boshqa ma’rifatparvar jadidlar bilan birga «Jamiyati xayriya» tuzadi. 1913 yilda «Turon» jamiyatini ta’sis etadi. «Maktab», «Nashriyot» kabi shirkatlar ochadi. Jamiyatning maqsadi yerli musulmon aholisi orasida maorif-madaniyatga rag’bat uyg’otish, ularga moddiy-ma’naviy yordam berish, ular uchun sahna asarlari tayyorlash va ko’rsatish edi. Munavvarkori yoshlarni rivojlangan mamlakatlarda o’qitish, shu orkali Millat va Vatanni farzandlarga tanitish, dunyoni anglatish ishlariga alohida e’tibor berdi. 1908 yildan 1923 yilga qadar uning g’ayrat va tashabbusi bilan yuzdan ortiq turkistonlik chet elda o’qib keldi.
1918 yilning bahorida Turkiston xalq dorilfununining musulmon bo’limini tuzdi. SHu yil¬ning mayidan dekabriga qadar ushbu musulmon xalq universitetining rektori vazifasini bajardi, til bilimidan dars berdi, ulkan tashkiliy ishlar olib bordi. Turkistondagi zamonaviy oliy ta’limning maydonga kelishida o’zining munosib hissasini qo’shdi.
XIX - asr oxiri XX - asr boshidagi o’zbek milliy madaniyatining mashhur vakillaridan biri — ma’rifatparvar shoir, dramaturg, jurnalist, olim, davlat va jamoat arbobi Abdulla Avloniydir.
1909 yilda maktab-maorif ishlariga yordam beruvchi «Jamiyati xayriya» ochib, yetim bolalarni o’qitdi. «Adabiyot yoxud milliy she’rlar» nomli to’rt qismdan iborat she’riy to’plamining birinchi juz’ini nashr qildirdi. «Taraqqiy», «SHuhrat» (1907), «Osiyo» (1908), «Turon» (1917) gazetalarini chiqardi. 1918 yilda Turkiston SHo’rolar hukumatining birinchi gazetasi «Ishtirokiyun»ning tashkilotchilaridan va uning birinchi muharrirlaridan buldi. U turli mas’uliyatli lavozimlarda xizmat qildi, qaysi vazifada ishlamasin ilm-ma’rifat tarqatish, ta’lim-tarbiya masalalari bilan shug’ullanib keldi, bilim yurtlarida, oliy maktablarda o’qituvchilik qildi. 1930—34 yillarda O’rta Osiyo davlat universitetida (hozirgi O’zMU) kafedrani boshkardi.
Avloniy 1927 yilda «Mehnat Qahramoni» unvoniga sazovor bo’ldi.
Uning madaniyatimiz tarixidagi o’rni haqida ran ketganda, ikki jixatini alohida ta’kidlash zarur: pedagogik faoliyati va adabiy- badiiy ijodi. Uning pedagogik faoliyati, ta’lim-tarbiya haqidagi fikrlari XX asrning boshlarida yangi bosqichga ko’tarilgan ma’rifatchilikning xususiyatlarini belgilashda muhim manbalardandir.
Avloniy maktabi gumanistik va erkin tarbiya asosiga qurilgan, dunyoviy va ilg’or ilm-fanni bolalarga o’rgatishni o’z oldiga asosiy vazifa qilib qo’ygan, yoshlarni mamlakatning ijtimoiy-siyosiy hayotiga aralasha olish qobiliyatiga ega bo’lishini ta’minlaydigan haqiqiy xalq maktabi bo’ldi.
Adib bu maktablar uchun darsliklar tuzdi. Uning avvalgi sinf shogirdlari uchun «Birinchi muallim»i (1911) 4 marta, «Alifbedan so’nggi o’quv kito¬bi»—«Ikkinchi muallim» (1912) 3 marta kayta nashr etilgan. Axloqiy-didaktik mazmundagi «Turkiy Guliston yoxud axloq» darsligi (1913) XX asr boshlari ijtimoiy-pedagogik fikr taraqqiyotida alohida o’rin egalladi. Unda tarbiya va axloq masalalari birinchi marotaba XX asrning talab va ehtiyojlari nuqtai nazaridan tahlil kilingan.
Fitrat XX asr o’zbek adabiyoti, fani va madaniyatining yirik vakili, qomusiy bilimga ega olim, adabiyot nazariyachisi, o’tkir tilshunos, betakror dramaturg va shoir, jangovar publisist, noshir va jurnalist, talantli davlat va jamoat arbobi.
Jadidlar maslahati va yordami bilan bir gurux yoshlar, jumladan, Fitrat Istambulga o’qishga yuboriladi. U 1909—1913 yillarda Turkiyada taxsil oldi. Turkiyadagi hayoti Fitratning dunyokarashi, siyosiy ongi va adabiy didini o’zgartirib, o’stirib yubordi. Turkiston xalqi hayotiga Turkiyadagi o’zgarishlar (bu paytda u yerda «Esh turklar inkilobi» vokeasi bulgan edi) va ilg’or mamlakatlar nuqtai nazaridan karay boshladi: diniy xurofotlarni keskin tanqid qilishga, hatto dinni, maktab-maorifni va Turkistondagi idora usulini isloh etish g’oyasi bilan nafas oldi.
Fitratning «Sayyoh hindi» («Hind sayyohining qissasi») nasriy asari 1912 yilda bosildi. Asarda jaxon xalqlari, ilg’or mamlakatlar fuqarosi kuzi bilan Buxoro, umuman Turkistonning davlat tuzumiga, tartib-koidasiga, maorifiga nazar tashlab, ulardagi ibratli jihatlarni qo’llab-quvvatlab, illatlarini esa beayov fosh etadi. U o’zbekning o’zligini tanishi, ota-bobolari kabi ulug’vor kashfiyotlar qilishga, birlashgan, kuchli, kudratli davlat tuzishga va dunyoning ilg’or madaniy mamlakatlariga yetib olishga chaqirdi. Butun ijodining moxiyati xalqning qalb ko’zini ochishga va mehnat, yaratish, o’qish, kurashga da’vatdan iboratdir.
Vatanimizda ilm ma’rifatni targ’ib qilgan jadidchilarimizning aksariyati qatog’on qurbonlari bo’ldilar. Bugun ular muqaddas tutgan yurt ozod va mustaqil bo’ldi. Ular jon fido etgan istiqlol avlodlariga nasib etdi. Mil¬lat va Vatan mustaqilligi yo’lida fido bo’lganlar esa shu Millat va Vatan umri qadar boqiydirlar.
Istiqlolning dastlabki vaqtlaridanoq Prezidentimiz shunday deydi.
“Jamiyat taraqqiyotining asosi, uni muqarrar halokatdan qutqarib qoladigan yagona kuch - ma’rifatdir. Asrimiz boshida Turkistonda kechgan voqealarni bir eslang. Nega bu o’lkada o’sha yillari ma’rifatchilik harakati har qachongidan ham kuchayib ketdi? Negaki, chor Rossiyasi asoratiga tushib qolib, butkul tanazzulga yuz tutgan o’lkani uyg’otishga, xalqning ko’zini ochishga faqat ma’rifat orqaligina erishish mumkin edi”[2]“Ma’rifatparvarlik biz uchun bugun ham o’z ahamiyatini yo’qotgani yo’q, yo’qotmaydi ham. Aql - zakovatli, yuksak ma’naviyatli kishilarni tarbiyalay olsakkina, oldimizga qo’ygan maqsadlarga erisha olamiz, yurtimizda farovonlik va taraqqiyot qaror topadi. Agar shu muammoni yecholmasak, barcha toat - ibodatlarimiz bir pul: taraqqiyot ham, kelajak ham, farovon hayot ham bo’lmaydi!”[3]Mustaqillikdan so’ng Kadrlar tayyorlash Milliy dasturini qabul qilinishi va Ta’lim to’g’risidagi qonunlarni mazmun va mohiyati ham ma’rifatga qaratilgan. Mamlakatimizda ta’lim tarbiya sohasiga katta e’tibor berilmoqda. 1 oktyabr “O’qituvchilar va murabbiylar kuni” umuxalq bayrami sifatida nishonlanmoqda.
SHaxs ma’naviyatini shakllanishida ta’lim tarbiya va murabbiy uztozlar ahamiyatini Prezidentimiz o’uyidagicha ta’kidlaydi. “Barchamizga ayonki, inson qalbiga yo’l avvalo ta’lim-tarbiyadan boshlanadi. SHuning uchun qachonki bu haqda gap ketsa, ajdodlarimiz qoldirgan bebaho merosni eslash bilan birga, ota-onalarimiz qatori biz uchun eng yaqin bo’lgan yana bir buyuk zot — o’qituvchi va murabbiylarning olijanob mehnatini hurmat bilan tilga olamiz.
Biz yurtimizda yangi avlod, yangi tafakkur sohiblarini tarbiyalashdek mas’uliyatli vazifani ado etishda birinchi galda ana shu mashaqqatli kasb egalariga suyanamiz va tayanamiz, ertaga o’rni-mizga keladigan yoshlarning ma’naviy dunyosini shakllantirishda ularning xizmati naqadar beqiyos ekanini o’zimizga yaxshi tasavvur qilamiz”[4]“SHu nuqtai nazardan qaraganda, ma’rifatparvar bobolarimizning fikrini davom ettirib, agarki dunyo imoratlari ichida eng ulug’i maktab bo’lsa, kasblarning ichida eng sharaflisi o’qituvchilik va murabbiylikdir, desak, o’ylaymanki, ayni haqiqatni aytgan bo’lamiz. CHindan ham, o’qituvchi nainki sinf xonasiga fayz va ziyo olib kiradigan, balki ming-minglab murg’ak qalblarga ezgulik yog’dusini baxsh etadigan, o’z o’quvchilariga haqiqatan ham hayot maktabini beradigan mo’’tabar zotdir. Ona tilimizda «maktab ko’rgan», «maktab yaratgan» degan chuqur ma’noli iboralarning mavjudligi ham bu muqaddas dargohning, zahmatkash o’qituvchi mehnatining davlat va jamiyat hayotida qanchalik muhim o’rin tutishidan dalolat beradi”[4]


Foydalanilgan adabiyotlar


[1]Ma’naviyat yulduzlari T.:2001 yil 6-bet.
[2]Karimov I.A. Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q. T.; 1998., 7-bet.
[3]Karimov I.A. Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q. T.; 1998., 7-bet.
[4]Karimov I.A.YUksak ma’niviyat yengilmas kuch. T.; 2008., 130 – bet.
[5]Karimov I.A.YUksak ma’niviyat yengilmas kuch. T.; 2008., 131 – bet.



1


Download 63,95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish