Obyektivlik tamoyili
Milliy g‘oya shaklan subyektiv, ya’ni inson tafakkurining mahsuli bo‘lsada, mazmunan obyektivdir. U ma’lum bir shaxs yoki ijtimoiy guruh tomonidan emas, balki xalqning o‘zi tomonidan yaratiladi, ya’ni xalq ijodining mahsulidir. Milliy g‘oyaning muallifi – xalq. Tafakkur tarixidan ma’lumki, axloq, urf-odatlar, an’analar, hikmatlar xalq tomonidan yaratilgan. Dunyoda qancha xalq bo‘lsa, shuncha o‘ziga xos milliy g‘oyalar mavjud.
Ilmiylik tamoyili
Milliy g‘oya diniy, mifologik g‘oyalar tarkibiga kirmaydi. Milliy g‘oyaning mazmunini ilmiy bilimlar tizimi tashkil etadi. Milliy g‘oya – u yoki bu xalqning orzu-umidlari, maqsadlarini ifodalovchi ilmiy bilimlar tizimi. Milliy mafkura esa muayyan bir maqsadlarni hayotga tatbiq etish yo‘llari haqidagi fikrlar majmuasidir. Shu sababli, O‘zbekistonda milliy g‘oyani o‘rganuvchi va o‘rgatuvchi «Milliy g‘oya: asosiy tushuncha va tamoyillar» fani vujudga keldi. Milliy g‘oya ilmiy asoslangan nazariyalar, hayot sinovlaridan o‘tgan tajribalar hamda statistik materiallar asosida o‘zining ilmiy xulosalarini ishlab chiqadi
Do'stlaringiz bilan baham: |