3. Milliy boylikning kengaytirilgan konsepsiyasi: tabiiy va inson kapitali statistikasi muammolari
Hayot farovonligi va sifatini oshirish hamda barqaror taraqqiyotni ta’minlashga bofclgan intilish butun dunyoda ishlab chiqarish omillari qa-torida inson omilini - uning bilimi va malakasi bilan uyg'unlikda birinchi o'ringa qo‘ydi. A. Smit tomonidan e’tirof etilgan uch oinil - kapital, yer, mehnatning qo'shilishida inson ishlab chiqarish va iqtisodiy o'sishining muhim omili hisoblanadi.
Milliy boylikning an’anaviy unsurlaridan farqli olaroq, yangi kengaytirilgan konsepsiyasi tabiiy va inson resurslarini o‘z ichiga qamrab oladi, Biroq, ko‘pgina davlatlarda milliy boylik tarkibiga xanuzgacha asosiy va aylanma kapital hamda aholining shaxsiv mulki kiritib kelinmoqda.
Inson kapitali- bu umr davomida inson tomonidan to’planadiganjihat-lai yig indisi (sog‘liq, bilim, malaka, kasbiy sifatlar va boshqalar) boMib, ulaidan foydalanish ishlab chiqarish jaravonini yoiga qo4yish imkonini beiadi. Milliy hisoblar tizimida iqtisodiy aktivlarga quyidagi talablar qo’yiladi: egalik qilish huquqi imkonivatining o'rnatilishi hamda iqtisodiy foydav(manfaat) keltira olishi. Inson kapitali bu talablarga to’liq javob bera olmaydi, chunki inson kapitalining egasi va tasarruf etuvchisi inson-ning o'zi hisoblansada, inson kapitalini shakllantirish manbalari turlicha bo'ladi. Inson shakllanishi oiladan boshlanib, ma’lum davrga kelganda bu jarayonga davlat qo'shiladi (bilim olish, sog'liqni saqlash jarayonlarida), bu jarayonda ish beruvchilar ham ishtirok etishi mumkin, masalan, xodim-lar malakasini oshirishda. Bundan tashqari inson kapitali shakllanishiga qilingan xarajatlar va undan olinadigan iqtisodiy manfaat o'rtasida aniq boimagan vaqt lagi mavjuddir. Inson kapitali qiymatini miqdoriy baholash muammolari quyidagilarda namoyon bo'ladi: inson kapitaliga taalluq-li bo'lgan identifikatsion belgilar va elementlar tasnifini ishlab chiqishning murakkabligi; statistika mavjud bo'lgan usullar - ta’lim olish va sog'liqni saqlashning rivojini bilvosita tavsiflaydi va inson kapitali shakllanishidagi sifat xususiyatlarini baholash imkonini bermaydi.
Tabiiy kapitalga tiklanadigan va tiklanmaydigan tabiat in’omlari kiradi: yer, suv, foydli qazilmalar, yovvoyi o'simlik va hayvonot dunyosi, havo, energiya’ning tabiiy turlari. Egalik qilish huquqi joriy qilinadigan, shu bilan birga iqtisodiy manfaat manbai bo'la oladigan tabiiy resurslar milliy boylik tasnifida ishlab chiqarilmagan moddiy aktivlar tarkibiga kiritiladi.
MHTda y er - bu ishlab chiqarilmagan moddiy aktiv boiib, yer us-tidagi turpoq, unda joylashgan suv xavzalari hamda qurilish inshootlari joylashgan yerlar yer tarkibiga kiritiladi.
Qazilma boyliklar - bu mavjud texnilc taraqqiyot darajasidan kelib chiqib foydalanish iqtisodiy ma'noga ega bo'lgan yer usti va qa'rida joylashgan foydali qazilmalarning aniqlangan zaxirasi.
O'simlik va hayvonot dunyosining yetishtirilmaydigan biologik resurslari - bu inson ishtirokisiz o'simlik va hayvonot mahsulini bera oladigan va keyinchalik ularga egalik huquqi o'rnatiladigan yovvoyi flora va fauna, yovvoyi o'simliklar va hayvonlar.
Suv resurslari - milliy iqtisodiyotda foydalanilishga yaroqli bo'lgan yer usti va ostida joylashgan suvlar.
Tabiiy kapital hajmini miqdoriy baholashda huddi inson kapitali kabi muammolar mavjud bo'ladi. Bu kapitalni baholashda sarf-xarajat usulini qo'llash mumkin emas, chunki bu kapitalning shakllanishida inson hech nima sarflamaydi. Baholanayotgan tabiiy kapital unsurlariga o'xshash unsurning bozorda mavjud emasligi bozor baholari usulidan foydalanish imkonini bermaydi.
Bugungi kunda eng keng tarqalgan usul renta usuli bo'lib, tabiiy resursdan olinadigan daromad darajasi (differensial rentani hisoblash orqali) bo'yicha baholashga asoslanadi.
Jahon banki tomonidan olib borilgan tadqiqotlarda milliy boylik un-surlarining xizmat qilish muddati 25 yil qabul qilingan. Bunda tabiiy resurslarning amortizatsiyasi yiliga 4% dan chiziqli usulda chegirib bo-riladi. Xizmat muddatining 25 yil qilib qabul qilinishi tabiiy va inson kapitali shu muddat atrofida xizmat qilishiga hamohangdir.
Hozirgi paytda rivojlangan mamlakatlar va xalqaro tashkilotlar statistikasida tabiiy kapital va uning elementlarini baholashda asosan renta usulidan foydalanilmoqda. Masalan, foydali qazilmalarni baholashda Jahon Banki ekspertlari barcha kapitallar uchun xizmat qilish yilini 25 yil, foydali qazilmalar tiklanmaydigan resurs bo'lgani uchun joriy yil-ning rentasi yoki qazib chiqarish natijalari olinadigan yillik amortizatsiya normasini 4,0 % ga tenglashtirib olganlar. Foydali qazilmalar tiklanmaydigan resurs bo'lgani uchun yilning rentasi yoki qazib chiqarish natijasida olinadigan iqtisodiy foydasi (foydalanilgan asosiy kapitalning yillik amortizatsiyasi va foydasi summasi chegirib tashlanganidan so'ng) to'g'risidagi ma’lumotlar asosida baholangan.
Aholi jon boshiga to'g'ri kelgan milliy boylikning kapital turlari bo'yicha taqsimlanishi tabiiy va inson kapitalining tabiiy boylikning shakllanishidagi o'rnini ko'rsatadi (12.12-jadval). Xususan. Shimoliy Amerika va G'arbiy Yevropa davlatlarida tabiiy kapital hissasi past, lekin inson kapitalining hissasi yuqori darajaga ega. Inson kapitalining qiymatini baholash uchun sog'liqni saqlash, yashash sharoitlarini yaxshilash, ta’lim va malaka oshirish, aholi tunnush darajasi va sifatini yaxshilash uchun xarajat va sarflar yig'indisiga asoslangan.
12.12-jadval
Milliy boylikning dunyo mintaqalari bo 'yicha tarkibi
Davlatlar
|
Milliy boylik aholi jon boshiga
|
Jami boylik, doll
|
Inson kapitali
|
Jismoniv kapital
|
Tabiiy kapital
|
doll
|
%
|
doll
|
%
|
doll
|
%
|
Shimoliy Amerika
|
325274
|
247892
|
76,2
|
61953
|
19,0
|
15429
|
4,7
|
Tinch okeani daviatlari
|
302389
|
205156
|
67,8
|
89786
|
29,7
|
7447
|
2.5
|
G'arbiy Yevropa
|
236164
|
175570
|
74,3
|
54990
|
23.3
|
5604
|
2,4
|
Yaqin sharq
|
146243
|
55898
|
38,2
|
27304
|
18,7
|
63041
|
43,1
|
Transformatsion
iqtisodiyotli
davlatlar
|
62500
|
30530
|
48.9
|
22256
|
35,6
|
9714
|
15,5
|
Jahon iqtisodchilari inson bilimi darajasining oshirilishi (%da) darajasi bilan iqtisodiy o'sish darajasi o'rtasidagi korrelyatsion bog'liqlik kuchi ancha katta ekanligini aniqlamoqdalar. Xususan, Islandiya Universiteti ilmiy xodimi Tornaldur Gilfason Norvegiya iqtisodiy analiz markazi uchun ko'pchilik ishtirokida tayyorlangan tadqiqot “Neft, farovonlik va iqtisodiy o'sish” doirasida yozgan maqolasida qisqa muddatli davrda boy holda tabiiy boyliklarning mavjudligi farovonlikni oshiradi, ammo uzoq muddatli davrda, pirovard natijada, iqtisodiy o'sishga to'sqinlik qiladi. Buning sababi, deb ko'rsatiladi, bu mamlakatlarda boshqa sohalami rivo-jlantirishga va ayniqsa, bilim olishga e’tiborning susayishidir. Investitsi-ya hajmini ko'paytirishning (ayniqsa, sifatli bo'lmagani) ham iqtisodiy o'sishga ta'siri uncha katta bo'lmas ekan. Masalan, YalMni taqsimlashda unda investitsiya salmog'ini uzoq istiqbolda iqtisodiy o'sish (jonboshiga YalM darajasi) 2,0 foizga teng boiishi mumkin ekanligi baholangan. Yuqoridagi holatlami e’tiborga oigan holda iqtisodiy o'sish muammosi bilan shug'ullanuvchi iqtisodchilar yaqindan boshlab sifatli investitsiya - bilim olish orqali inson kapitaliga e'tibor qaratdilar. Yaqin vaqtga qadar iqtisodiy o'sishning asosiy omili: aholi sonining o'sishi va ilmiy-texnika progressi deb tushunilar edi hamda mamlakatlarning milliy boyligi qiymatini to'liq baholash uchun inson kapitali va uning sifati muammosiga asosiy e’tibor qaratilmoqda.
XULOSA
Hayot farovonligi va sifatini oshirish hamda barqaror taraqqiyotni ta’minlashga bofclgan intilish butun dunyoda ishlab chiqarish omillari qa-torida inson omilini - uning bilimi va malakasi bilan uyg'unlikda birinchi o'ringa qo‘ydi. A. Smit tomonidan e’tirof etilgan uch oinil - kapital, yer, mehnatning qo'shilishida inson ishlab chiqarish va iqtisodiy o'sishining muhim omili hisoblanadi.
Milliy boylikning an’anaviy unsurlaridan farqli olaroq, yangi kengaytirilgan konsepsiyasi tabiiy va inson resurslarini o‘z ichiga qamrab oladi, Biroq, ko‘pgina davlatlarda milliy boylik tarkibiga xanuzgacha asosiy va aylanma kapital hamda aholining shaxsiv mulki kiritib kelinmoqda.
Inson kapitali- bu umr davomida inson tomonidan to’planadiganjihat-lai yig indisi (sog‘liq, bilim, malaka, kasbiy sifatlar va boshqalar) boMib, ulaidan foydalanish ishlab chiqarish jaravonini yoiga qo4yish imkonini beiadi. Milliy hisoblar tizimida iqtisodiy aktivlarga quyidagi talablar qo’yiladi: egalik qilish huquqi imkonivatining o'rnatilishi hamda iqtisodiy foydav(manfaat) keltira olishi. Inson kapitali bu talablarga to’liq javob bera olmaydi, chunki inson kapitalining egasi va tasarruf etuvchisi inson-ning o'zi hisoblansada, inson kapitalini shakllantirish manbalari turlicha bo'ladi. Inson shakllanishi oiladan boshlanib, ma’lum davrga kelganda bu jarayonga davlat qo'shiladi (bilim olish, sog'liqni saqlash jarayonlarida), bu jarayonda ish beruvchilar ham ishtirok etishi mumkin, masalan, xodim-lar malakasini oshirishda. Bundan tashqari inson kapitali shakllanishiga qilingan xarajatlar va undan olinadigan iqtisodiy manfaat o'rtasida aniq boimagan vaqt lagi mavjuddir. Inson kapitali qiymatini miqdoriy baholash muammolari quyidagilarda namoyon bo'ladi: inson kapitaliga taalluq-li bo'lgan identifikatsion belgilar va elementlar tasnifini ishlab chiqishning murakkabligi; statistika mavjud bo'lgan usullar - ta’lim olish va sog'liqni saqlashning rivojini bilvosita tavsiflaydi va inson kapitali shakllanishidagi sifat xususiyatlarini baholash imkonini bermaydi.
FOYDALANGAN ADABIYOTLAR
1. N.M.Soatov, X.Nabiev, D.Nabiev, G.N.Tillaxo’jaeva. Statistika. Darslik. – T.: TDIU, 2009. – 568 bet.
2. X.Nabiyev, D.X.Nabiyev. Iqtisodiy statistika. Darslik. – T.: Aloqachi, 2009. 512 bet.
3. Statistika: Uchebnik. / N.Umarov A. Abdullaev. R. Zulinova T-2009.
4. Qishloq va suv xo’jaligi statistikasi. S. Ochilov. SH. Ergasheva T-2008
5. Tashqi iqtisodiy faoliyat statistikasi. A.X. Ayubjonov T-2004
6. Makroiqtisodiy statistika YO. Abdullaev T-1998
7. A.X.SHoalimov, SH.A.Tojiboyeva. Iqtisodiy taxlil nazariyasi.Toshkent “Iqtisodiyot” 2012y.
8. SHodiyev va boshqalar. Statistika bo’yicha praktikum. Toshkent “Tafakkur bo’stoni” 2012y.
9. A.X.Ayubjonov, B.X.Mamatqulov, S.N.Sayfullaev.”Statistika fanidan amaliy mashg’ulotlar o’tkazish uchun o’quv qo’llanma. Toshkent. “Iqtisodiyot-2012
Do'stlaringiz bilan baham: |