Qorong‘i ko‘ruv maydonidagi mikroskopiya. Qorong‘i ko‘ruv maydonida mikroskop ostida ko‘rish. Suyuqlikdagi juda mayda zarrachalar aralashmasini (Tindal effekti) yon

tomonidan kuchli yoritilishi natijasida hosil bo‘ladigan yorug‘li k difraksiyasiga asoslangan. Bunga biologik mikroskopdagi oddiy kondensorni paraboloid yoki kardioid-kondensor bilan
almashtirish natijasida erishiladi.
Paraboloid kondensor o‘z markazida markaziy yorug‘lik nurlarini tutib qoladigan, qorong‘ilikka va nurlarni qaytarish uchun ichki ko‘zguli yuzaga ega. Kardioidkondensorda yorug‘lik nurlari avval qabariq sirtdan, so‘ngra esa botiq sirtdan qaytariladi.
Qorong‘i ko‘ruv maydonidagi kondensordan chiqadigan chetki nurlar qiyshiq yo‘nalishda o‘tib, obyektivga tushmaganligi sababli ko‘ruv maydoni qorong‘iligicha qoladi. Obyektivga obyektdan qaytarilayotgan nurlar kelib tushadi, ular preparatning qorongi fonidagi mikrob hujayralar va boshqa zarrachalarning konturlarida yorug‘ nurlarning o‘ziga xos tasvirini hosil qiladi.
Fazo-kontrast mikroskop ostida ko‘rish. Shaffof obyektlardan yorug‘lik to‘lqini o‘tayotganda faza o‘zgarishlarining amplituda o‘zgarishlariga aylanishiga asoslangan, buni ko‘z bilan sezsa bo‘ladi. Fazo-kontrast moslama yordamida obyektdan o‘tuvchi yorug‘lik to‘lqinlarining fazoviy o‘zgarishlari amplitudali va shaffof obyektlarga aylanib mikroskop ostida ko‘rinadigan bo‘ladi. Bunda ular yuqori kontrastli tasvirlarga ega bo‘lib pozitiv yoki negativ bo‘lishi mumkin. Pozitiv fazo-kontrast deb, yorug‘ ko‘rish maydonida obyektning qora, negativ fazo-kontrast deb, qorong‘ilikda obyektning yorug‘ tasviriga aytiladi. Fazo -kontrast mikroskopda ko‘rish uchun oddiy mikroskop va unga qo‘shimcha KF-1 yoki KF-4 moslamadan foydalaniladi. Ularning komplektiga quyidagilar kiradi: