Mavzu: Mikroprotsessorlarda ma’lumotlarni qayta ishlash Reja


Buyruqlarning konveyerli bajarilishi



Download 30,57 Kb.
bet3/3
Sana30.04.2022
Hajmi30,57 Kb.
#598767
1   2   3
Bog'liq
Shexroz M ish

Buyruqlarning konveyerli bajarilishi — bu natijalarni MP ning bir qismidan boshqa qismiga bevosita uzatishda, MP ni turli qismlarida ketma-ket buyruqlarning turli taktlarini bir vaqtda bajarishdir. Buyruqlarning konveyerli bajarilishi SHK ning tezkorlilik bo`yicha samaradorligini 2—3 marta ortgiradi;
• 80286 va undan yuqori MP ning hisoblash tarmog`ada ishlash imkoniyati;
• 80286 va undan yuqori MP ning ko`p masalalar bilan ishlash
(ko`p dasturlar bilan) imkoniyati va bunga mos xotira himoyasi.
Zamonaviy mikroprocessorlar ikkita ish rejimiga еga:
• haqiqiy (bitta masalali), unda faqat bittp dastur bajarilishi mumkin va kompyuter asosiy xotirasining faqat 1024 Kbayti bevosita adreslanishi mumkin, qolgan (kengaytirilgan) xotiraga еsa faqat maxsus drayverlar ulangandagina murojaat qilish mumkin;
himoyalangan (ko`p masalali), bu rejimda birdaniga bir nechta dasturlarning bajarilishi, bevosita adreslash va SHK da bor bo`lgan barcha asosiy xotiraga to`g`ridan to`g`ri murojaat qilish (qo`shimcha drayverlarsiz), uning bajarilayotgan dasturlar o`rtasida avtomatik taqsimlanishi va mos ravishda uni, begona dasturlar tomonidan murojaat qilinishidan himoyalash ta`minlanadi;
• 80386 va undan yuqori MP larda virtual mashinalar tizimi rejimini qo`llab-quvvatlash.
Mikroprotsessor tizimlari asosini tashkil qiladigan asosiy tushunchalar quyidagilardan iborat [11-12]: Elektron tizim —har qanday elektron uzel bo‘lib,
ma‘lumotlarni qayta ishlovchi blok, jihoz yoki kompleksdir. Masala — elektron tizimga bog‘liq bo‘lgan funksiyalar to‘plami. Tezkorlik - elektron tizim funksiyalarining bajarilish tezligi ko‘rsatkichi. Moslashuvchanlik - Tizimning turli masalalarga moslashuvchanligi. Interfeys — mantqiy va konstruktiv qurilmalararo
ma‘lumot almashish moslashmasi. Mikroprotsessor elektron tizimning bir qismi bo‘lib, kiritish va chiqarish signallarini qayta ishlash qurilmasi sifatida qabul
qilingan ( 1.2 - rasm.). Kiritish va chiqarish signallari sifatida analog signallar, raqamli signallar, raqamli kodlar, raqamli kodlar ketma-ketligi qabul qilingan.
Tizim ichida ma‘lumotlar yoki signallar saqlanadi. Agar tizim raqamli bo‘lsa, analog signallar analog – raqam o‘zgartirish qurilmalari asosida raqamli signallarga o‘zgartiriladi yoki aksi. Ma‘lumotlarni saqlash va qayta ishlash raqamli ko‘rinishda bo‘ladi. Ma‘lumotlarni saqlash va qayta ishlash sxemotexnik tizimlarga uzviy bog‘liq. Har qanday tizim maxsus bir vazifani yechish uchun mo‘ljallangan bo‘ladi. Maxsus tizim har bir elementi to‘liq ishlaydi. Maxsus tizim maksimal tezkorlikni ta‘minlaydi. Eng asosiy kamchiligi, har bir vazifa uchun qaytadan loyihalash va tayyorlash kerak. Ushbu masalani hal qilish uchun shunday tizim qurish kerakki, ushbu tizimda qurilmalarni har doim o‘zgartiravermaslik kerak. Dasturiy boshqariladigan tizim ushbu masalani hal qiladi. Ularni
mikroprotsessor tizimlari ta‘minlaydi
Universallik bir qancha muammolarni keltirib chiqaradi. Maksimal murakkab vazifalarni yechimini topish oddiy vazifalar yechimini topishga qaraganda ko‘p vositalarni talab qiladi. Shuning uchun universal tizim shunday bo‘lishi kerakki, murakkab vazifalarni yechishda barcha vositalardan maksimal foydalanish, oddiy vazifalarni yechishda esa kerakli vositalardan foydalanish kerak.
Bu qurilmalar sistema bloki ichida ham joylashgan bo’lishi mumkin. Bunda bu uning ichki qurilmalari deyiladi. Ammo ko’pincha ular alohida qurilma shaklida bo’lib kompyuterga ulanadi. Shuning uchun ularga nisbatan ba’zan tashqi (periferik) qurilmalar tushinchasi ham ishlatiladi.
1) Kiritish qurilmalarining asosiy vazifasi ma’lumotni qabul qilish va qayta ishlash uchun qulay ko’rinishga keltirishdan iborat. Boshqacha qilib aytganda, kiritish qurilmalari ma’lumotni kompyuter protsessorida qayta ishlash uchun qulay ko’rinishda uzatadi. Bunday qurilmalarga klavytura, sichqoncha, skanerni misol qilib keltirish mumkin.
2) Kompyuterning boshqaruv markazi qayta ishlash va asosiy hotira qurilmalaridan iborat bo’lib, ular sistema bloki ichida joylashgan. Bu qurilmalar sistema bloki bilan birgalikda ma’lumotni qayta ishlash qurilmalarini tashkil etadi: markaziy protsessor, operativ hotira.
3) Chiqarish qurilmalarining asosiy vazifasi foydalanuvchini kompyuter orqali qayta ishlagan axborotni ko’rish va ishlatishga qulay shaklda hosil qiluvchi vositalardan ta’minlashdan iborat. Masalan tartibsiz, turli manbalardan olingan va kompyuterga va kompyuterga kiritilgan ma’lumot qayta ishlanib tartibli jadval, matn diagramma shaklida qog’ozga chiqaradi. Printer, plotter, monitor, sambufer.
Ma’lumot 2 xil variantda chiqariladi: qattiq nusxa-bu nusxani qo’l bilan ushlash mumkin bo’lib, u ko’pincha qog’ozda chiqarilgan bo’ladi. Yumshoq nusxa esa kompyuter ekraniga grafika yoki matn shaklida, hamda tovush shaklida chiqarilishi mumkin.
4) Yuqori ta’kidlagandek, saqlash qurilmalarining asosiy vazifasi programma va ma’lumotlarni nisbatan uzoq muddatga saqlash vositalari bilan ta’minlashdir.
5) Aloqa (komunikatsiya) qurilmalarining asosiy funksiyasi ikki kompyuter va tarmoqqa ulangan kompyuterlar o’rtasida ma’lumot almashishni ta’minlashdan iborat. Albatta , kompyuter “yolg’iz”, ya’ni biror kompyuterga yoki tarmoqqa ulanmagan bo’lishi mumkin, lekin kompyuterning komunikatsiya vositalari orqali boshqa kompyuterga yoki tarmoqqa ulanmagan bo’lishi ham mumkin. Lekin, kompyuterning komunikatsiya vositalari orqali boshqa kompyuterlarga ulanishi uning imkoniyatlarini keskin oshiradi.
Download 30,57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish